Научная статья на тему 'TA’LIM TASHKILOTLARIDA IQTISODIY FANLARNI O’QITISH SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV YO‘LLARI'

TA’LIM TASHKILOTLARIDA IQTISODIY FANLARNI O’QITISH SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
36
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tashkilotlari / iqtisodiy fanlar / sifat / samara / innpvatsiya.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Isroilova Shoira Turgunovna

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar jadal olib borilmoqda bunda innovatsion faoliyatga, ta’lim tizimiga, oshirishda innovatsion yondashuvga alohida e’tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TASHKILOTLARIDA IQTISODIY FANLARNI O’QITISH SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV YO‘LLARI»

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

TA'LIM TASHKILOTLARIDA IQTISODIY FANLARNI O'QITISH SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI

Isroilova Shoira Turg'unovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti Ta'lim menejmenti kafedrasi

dotsenti

shoira.israilova@mail.ru Tel:(99)84671 18 https://doi. org/10.5281/zenodo. 8041746

Annotatsiya. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar jadal olib borilmoqda bunda innovatsion faoliyatga, ta'lim tizimiga, oshirishda innovatsionyondashuvga alohida e 'tibor qaratilmoqda.

Kalit so'zlar: ta'lim tashkilotlari, iqtisodiy fanlar, sifat, samara, innpvatsiya.

Mamlakat kelajagi, taraqqiyoti ta'lim tashkilotlari da iqtisodiy fanlarni o'qitish sifati va samaradorligi innavatsion faoliyat rivojiga bevosita bog'liq. Sohani isloh qilmasdan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirmasdan turib keng ko'lamli o'zgartirishlarni amalga oshirish, jamiyat hayotini izchil yangilash bo'yicha sa'y-harakatlar samaradorligiga erishish mushkul vazifa hisoblanadi. Keyingi besh yil ichida innavatsion faoliyatni tubdan yuksaltirish bo'yicha ko'rilayotgan Farmon va qarorlar zamirida ham mana shu hayotiy haqiqat mujassam, desak aslo yanglishmaymiz. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi",-deya alohida ta'kidlangan edi. 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berilishida ham chuqur mazmun bor. 2020 yil va undan keyingi xususan 2023 yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nomlanishi yillardagi barcha ezgu maqsadlarimiz albatta ana shu mezonga tayanmoqda.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek "...biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohatlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.

Buning uchun, avvalombor, tashabbuskor islohatchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. SHuning uchun ham bog'chadan boshlab oliy o'quv yurtigacha - ta'limning barcha bo'g'inlarini isloh qilishni boshladik"

Ma'lumki, 2022 yilda rivojlanishning o'ziga xos dasturi 2022-2025 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Mazkur muhim dastur 2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasining uzviy davomi bo'lib uning uchinchi ustuvor yo'nalishi bo'lmish "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sura'tlarini ta'minlash"da belgilangan maqsadlarda innovatsion rivojlantirishga doir masalalar belgilab qo'yildi.

2025 yilga qadar ilm-fanga yo'naltiriladigan jami mablag'larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030 yilgacha esa 10 baravarga oshirish ko'zda tutilgan.

Innovasiyalarga asoslangan tajribalar ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy fanlarni o'qitish fanda qator ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga samaralari ta'sir ko'rsatdi. SHuningdek, ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy fanlardagi tadqiqot natijalari ilmiy taraqqiyot asosini shakllantirishda muhim rol o'ynadi. Natijada ishlab chiqariladigan mahsulotlar o'zining ilmtalabligi, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

sharoiti uzluksiz jadal o'zgarib bordi, ta'lim tizimi oldiga tamoman yangi talablar qo'yila bordi. SHartli ravishda barcha iqtisodiy fanlar qatori Ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy fanlarni o'qitish sifati va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv yo'llarini rivojini quyidagilarda ko'rish mumkin:

1) iqtisodiy fanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o'rnini o'sib borishi, XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fanning taraqqiyoti eng yuqori sur'atlarga ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Hozirgi paytda fan taraqqiyoti zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sur'atlarini eng yuqori sur'atlarini o'zida aks ettirgan zamonaviy axborot oqimini o'zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari, individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnikaviy axborotlar, o'quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmalari-ni rivojlantirish imkoniyatini ta'minlashi lozim.

2)Zamonaviy iqtisodiy fanning rivoji ikki va undan ortiq ma'lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo'lishi bilan ham ta'minlanadi. Masalan: ekonometrika, iqtisodiy tahlil, tizimli iqtisodiy tahlil va ko'pgina boshqa fanlar. Ma'lum fanlar ulanmalarida paydo bo'lgan yangi iqtisodiy fanlar - yangi ilmiy yo'nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalarni o'z ichiga qamrab oldi. Fanni o'qitishda asosiy maqsad sifatida noan'anaviy fikrlash qobiliyati va tizim original tahlil olib asosiy maqsad sifatida qaraldi.

3) iqtisodiy fanlarni o'qitishning rivojida qonuniyat asosida o'suvchi ilmiy-texnikaviy axborot, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligining oshirilishi samarali ta'sir ko'rsatdi. Mazkur o'qitish jarayoni asosida kompyuter texnikasi asos sifatida qaraldi. O'qitishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanishni, o'qitishni individuallashtirishsiz tasavvur qilib bo'lmay qoldi. SHunday ekan, zamonaviy o'qitish tizimining markaziy o'zagi - o'qitishni individuallashtirish deya e'tirof etildi. O'qitishni individuallashtirish, ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy fanlarni o'qitish sifati va samaradorligini oshirish hamda innovatsion yondashuv yo'llarini ishlab chiqish va o'zlashtirish dolzarb masalaga aylanib qoldi.

4)Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida uning yuksalib boruvchi talablariga javob beradigan mutaxassislarni oliy maktabda tayyorlash uchun o'qitishni jadallashtirish, o'qitishda inson organizmining, uning ongini butun imkoniyatlaridan to'la foydalanish zarur bo'ladi. YA'ni, ko'rgazmali o'qitishni jadallashtirish lozimdir. Bu esa, o'qitish jarayonida axborotlar berishda, o'quv materialini tizimlash va turkumlash usullari, o'qitishni kompyuterlash va boshqa shu kabi usullardan foydalanishni bildiradi.

Ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy fanlarni o'qitish sifati va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv, oliy ma'lumotli iqtisodchi mutaxassislar tayyorlovchi tizimni, ishlab-chiqarish, texnika texnologiyaning uzluksiz o'zgarib turuvchi sharoitga zudlik bilan moslashuvchanlikni ta'minlash zarur. Ular bilimlar harakatlanuvchanligi, tanqidiy fikrlash, ijod va kasbiy faoliyatida epchillik kabi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020. https://www.uza.uz

2. Goncharenko L.P. Innovatsionnaya politika: uchebnik / L.P. Goncharenko, YU.A. Arutyunov. - M. : KNORUS, 2011. — 350 s.

3. Isroilova Sh.T. O'zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish strategiyasi //Monografiya.:- TDPU, 2023 yil

4. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.