Научная статья на тему 'ILMIY-TADQIQOT ISHLARI SIFATINI BOSHQARISHDA INNOVATSION YONDASHUV'

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI SIFATINI BOSHQARISHDA INNOVATSION YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

116
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy-tadqiqot / ilmiy-pedagogik kadrlar / innovatsiya / hamkorlik / raqobat. / научные исследования / научно-педагогические кадры / инновации / сотрудничество / конкурентность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Bekmuradova Maxmudovna Gulnoza

Ushbu maqola O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va uning mavjudligini yaxshilash, innovatsion ta’lim amaliyoti asosida shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Данная статья направлена на повышение качества и доступности научных исследований в Узбекистане, создание условий на основе инновационной образовательной практики.

Текст научной работы на тему «ILMIY-TADQIQOT ISHLARI SIFATINI BOSHQARISHDA INNOVATSION YONDASHUV»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI SIFATINI BOSHQARISHDA INNOVATSION

YONDASHUV

Bekmuradova Maxmudovna Gulnoza

Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti, O'quv-mashg'ulot jarayoni ilmiy axborot bilan ta'minlash hamda ilmiy-metodik bo'limi boshlig'i, Institut ilmiy kotibi. bekmuradovagulnoza@gmail .com

Ushbu maqola O'zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va uning mavjudligini yaxshilash, innovatsion ta'lim amaliyoti asosida shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik kadrlar, innovatsiya, hamkorlik, raqobat.

Данная статья направлена на повышение качества и доступности научных исследований в Узбекистане, создание условий на основе инновационной образовательной практики.

Ключевые слова: научные исследования, научно-педагогические кадры, инновации, сотрудничество, конкурентность.

This article is aimed at improving the quality and accessibility of scientific research in Uzbekistan, creating conditions based on innovative educational practices.

Keywords: scientific research, scientific and pedagogical personnel, innovations, cooperation, competition.

Kirish. Bugun mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish masalalarida tadqiqotlar olib borilmoqda.

O'zbekistonda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish bora '1" keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shav

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayoni zamonaviy bilimlami puxta o'zlashtirgan, raqobatbardosh va innovatsion texnologiyalami qo'llay oladigan yosh avlodni tarbiyalashni talab etmoqda. Ta'lim sohasidagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog'liq. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsion jarayon vujudga keladi.

So'nggi yillarda mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borishga qiziqish ortishiga sabab, Davlatimiz rahbari tomonidan "Ta'lim to'g'risida"[1]gi va "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"[2]gi qonunlar ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biriga qo'yilganligidir.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining "Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo'shimcha haq to'lash to'g'risida"[3]gi va "Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"[4]gi qarorlari hamda "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi esa, yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishni samarali amalga oshirish maqsadlari yo'lida foydalanishning samaradorligini ta'minlaydi.

Adabiyotlar tahlili. Mamlakatimiz va dunyo olimlari, tadqiqochilari tomonidan innovatsion ta'lim sharoitida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi bo'yicha xalqaro dasturlarda ishtirok etish, ularning tajribasini o'rganish, tahlil qilish va baholash tizimini takomillashtirishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar ko'plab olib borilgan bo'lib, ular mazkur keng qamrovli ilmiy muammoning turlicha jihatlarini qamrab oladi. Ushbu yo'nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni shartli ravishda 3 guruhga bo'lish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar:

R.Djuraev, Sh.Qurbonov, U.Inoyatov, R.Ahliddinov, E.Seytxalilov, S.Turg'unov, M.Vaxobov va boshqalar tomonidan umumiy oliy ta'lim tizimida o'qitish sifatini monitoringini amalga oshirishning pedagc :1 shart-sharoitlari hamda o'qitish sifati boshqaru

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

takomillashtirish, tizimli-faoliyatli yondashuvni joriy etish masalalari tadqiq etilgan. K.Karimov, B.Usmonov, Ya.Ismadiyarov, A.Magrupov, M.Qodirov, J.Eltazarovlar tomonidan O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limdan keyingi ta'lim, xususan doktorantura orqali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishning dolzarb muammolari, oliy ta'lim muassasalarida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda innovatsion infratuzilmalar va inson kapitali omillarining o'rni tahlil qilingan.

I.M.Gafurjonov, B.X.Eshchanov va boshqalarning ilmiy nashrlarida uzluksiz pedagogik ta'limni rivojlantirish tizimining maqsadi, vazifalari, tamoyillari va strategik yo'nalishlari tadqiq qilingan, shuningdek pedagogik ta'limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.

Xorijiy mutaxassislar va ta'lim sohasidagi olimlarning tadqiqotlari:

Xans Sonneveld, A.Kviram., Melinda Maris, D.X.Stefen, Glen N.Gaulton, Bryus Al'berts, B.L. Gubman tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda duch keladigan muammollar, innovasion ta'lim texnologiyalarining o'rni, o'quv amaliyotlarini qiyosiy tahlil qilish, doktorantura davomida yosh olimlar duch keladigan kasbiy va boshqa muammolar tahlil qilingan.

MDH mamlakatlari olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar:

Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish masalalari T.V.Serova, J.I.Alferov, N.I.Arister, V.I.Baydenko, B.I.Bedniy, T.S.Bendyukov, M.B.Gitman, V.A.Gurtov, I.G.Dejina, C.B.Egerev, va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Mazkur tadqiqotchilarning ilmiy nashrlarida Rossiya va xorijiy universitetlarda oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilingan, shuningdek, doktoranturaning samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar berilgan. Bundan tashqari, ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini baholash usullari va shakllarini takomillashtirish zarurligiga e'tibor qaratilgan bo'lib, MDH mamlakatlari doktoranturada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ilgari surilgan.

Asosiy qism. Ma'lumki, Pedagogik innovatsiya - bo'lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo'lib, u old" egallangan bilimlar asosida ta'limda sifat jihatidan o'zgarishlar q

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

yuqori samaradorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir. Dunyo miqyosida shiddat bilan rivojlanayotgan raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqaligina munosib javob bera olishimiz mumkin.

Ilmiy-tadqiqotlar sifat va samaradorligini oshirishda xalqaro dasturlar, xalqaro tajribalarning o'rni muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'sib kelayotgan yosh avlodni hamda iqtidorli tadqiqotchilarni har tomonlama barkamol inson sifatida ko'rish, ularga o'z qiziqishlarini inobatga olgan holda qo'shimcha bilimlar berish hamda ilg'or pedagogik texnologoyalardan foydalangan holda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishlariga shart-sharoitlar yaratib berish maqsad qilib olingan.

Ma'lumki, Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ma'lum bir sistemaga va oldindan ishlab chiqilgan rejaga asosan olib boriladi. Ilmiy tadqiqotdan ko'zlangan maqsadga erishish, aniq bir tadqiqot olib borish uslubiga tayangan holda va unga asosan amalga oshiriladi. Ilmiy izlanishlarda albatta tajribalar o'tkaziladi, aktiv yoki passiv kuzatuvlar natijalari olinadi, ilmiy xulosalarga kelinadi[6]. Ilmiy bilimlar tizimi hammabopligi, ilmiy dalillarning haqiqiyligi (tekshirilganligi), voqeliklarni amalga oshira olinishligi, bilimlar tizimini turg'unligiga ega bo'lishi kerak.

Shunday ekan, Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda yangi innovatsiyaviy ilg'or g'oyalarni ilgari suruvchi, jahon ilm-fanidagi yangi, istiqbolli yo'nalishlarni muntazam kuzatib boruvchi hamda mamlakat manfaatlari yo'lida qo'llay olishga qodir iqtidorli yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yaratish, xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalarni kengaytirish, doktorant va tadqiqotchilarning xorijda malaka oshirish ko'lamini kengaytirish, ilmiy tadqiqot muassasalarida o'qitish sifati va raqobatbardoshlikni ta'minlash xozirgi kunda dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Bundan ko'rinadiki, bugungi zamonaviy ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning haqiqiy maqsadi - bu faqat ma'lum bilim va ko'nikmalarni shakllantirishgina emas, balki tasavvurni, kuzatuvchanlikni rivojlantirish va shaxsiy ijodkorlikni tarbiyalashdan iboratdir.

Xulosa. O'rganilgan ilmiy manbaalar va tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, ularda bugungi kundagi innovatsion ta'lim sharoitida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirish va baholash texnologiyalari metodologik jixatlari ilmiy tadqiq qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini monitoring qilishni takomillashtirish va zamonaviy baholash indikatorlarni joriy etish tizimini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Shuningdek, ushbu tadqiqotlar natijalari va undan olingan tajribalar yoshlarimizda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qilsa, ta'lim sohasi uchun esa raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda asosiy omillardan bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. O'RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr. O'RQ-637-son.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida" gi qonuni. 29.10.2019-yildagi O'RQ-576-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. Toshkent sh., 2020-yil 6-noyabr, PF-6108-son

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli "Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni, 08.10.2019-yildagi PF-5847-son.

6. A. Radjabov. Ilmiy tadqiqot asoslari, «Tafakkur-bo'stoni» 2012-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.