Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
85
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / innovatsion texnologiyalar / innovatsion tadbirkorlik / raqamli texnologiya / raqamli tadbirkorlik. / цифровая экономика / инновационные технологии / инновационное предпринимательство / цифровые технологии / цифровое предпринимательство.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boboqulov Sanjar Baxronkulovich, Qadamboyeva Dilso‘Z Doniyor Qizi

Ushbu maqolad bugungi kundagi Respublikamiz oldida turgan “raqamli tadbirkorlikni” rivojlantirish masalalari bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Shuningdek, zamonaviy dunyoda innovatsiyalardan keng foydalanish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish haqidagi taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье проведено исследование вопросов развития «цифрового предпринимательства», стоящих сегодня перед нашей республикой. Также даются предложения и рекомендации по развитию предпринимательства за счет широкого использования инноваций в современном мире.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Boboqulov Sanjar Baxronkulovich

SamISI dotsenti v.b., PhD Qadamboyeva Dilso'z Doniyor qizi

SamISI IK-522 guruh talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolad bugungi kundagi Respublikamiz oldida turgan "raqamli tadbirkorlikni" rivojlantirish masalalari bo'yicha izlanishlar olib borilgan. Shuningdek, zamonaviy dunyoda innovatsiyalardan keng foydalanish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish haqidagi taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar, innovatsion tadbirkorlik, raqamli texnologiya, raqamli tadbirkorlik.

Аннотация. В данной статье проведено исследование вопросов развития «цифрового предпринимательства», стоящих сегодня перед нашей республикой. Также даются предложения и рекомендации по развитию предпринимательства за счет широкого использования инноваций в современном мире.

Ключевые слова: цифровая экономика, инновационные технологии, инновационное предпринимательство, цифровые технологии, цифровое предпринимательство.

Abstract. In this article, research was conducted on the issues of development of "digital entrepreneurship" facing our Republic today. Also, proposals and recommendations on the development of entrepreneurship through the wide use of innovations in the modern world are given.

Keywords: digital economy, innovative technologies, innovative entrepreneurship, digital technologies, digital entrepreneurship.

Kirish. Raqamli iqtisodiyot bu siyosiy-iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash yordamida amalga oshiruvchi yangi tizim bo'lib, insonlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga kirishishda intensivlikni ta'minlashida muhim ahamiyat kasb etishi bilan ajralib turadi. Shundan kelib chiqib iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron hukumatga o'tishni jadallashtirish hamda iqtisodiy tarmoqlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirishda innovatsion faoliyatdan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalgan tadbirkorlar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish bilan alohida o'rin tutib kelmoqda.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida 2019-2021-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy

sohada, shu jumladan, qishloq xo'jaligi, energetika, qurilish, ta'lim, sog'liqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni ta'minlash va rag'batlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Buning natijasida tadbirkorlik sohasidainnovatsion tadbirkorlik faoliyatining yangi imkoniyatlarini kashf qilib, vaqt va mablag' tejash orqali ko'proq daromad keltirish manbai sifatida qaralmoqda [1].

Hozirgi vaqtda innovatsion texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhum masalaga aylanib bormoqda. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko'maklashish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish bosqichlarini tadqiq qilish va uning o'ziga xos xususiyatlarini asoslash, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishra ta'sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iboratdir. Innovatsion faoliyat ulushining o'sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo'lida, innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning, mamlakatimizda ko'p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun - qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech imkoni yo'q. Mamlakatimiz bugungi kunda innovatsion texnologiyalarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga alohida etibor qaratib kelmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ergashev E.I., Yuzbayeva M.Z, Charshanbiyeva B.U "O'zbekistonda innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish yo'nalishlari" nomli ilmiy maqolasida mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning innovatsion shart-sharoitlari va omillari bilan bog'liq jarayonlar tadqiq etilgan. Tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishning mavjud muammolar o'rganilgan. Tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishga doir tizimli islohotlar samaradorligi baholangan. Mavjud imkoniyat va shart-sharoitlar ta'sirida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlanish yo'nalishlarini shakllantirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan [2].

Hamroyev H.R. "Tadbirkorlik asoslari" nomli darsligida O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo'llab-quwatlashning nazariy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda taraqqiyot yutuqlari, muammolari va istiqbol lari yoritilgan [3].

G'ofurova U.F., Xayitboyev B.X. "Tadbirkorlikni innovatsion faoliyat asosida rivojlantirishning yo'llari" nomli ilmiy maqolada tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshishida innovatsion g=oyalar va yangiliklar yaratilishi hamda ularning amaliyotda qo=llanilishi keng yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to=sqinlik qiluvchi qator tizimli muammolar yoritilib ularga takliflar keltirilgan [4].

Axunova M.X. "Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar" nomli ilmiy maqolasida O'zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi qo'llabquvvatlash va ularga munosib daromad olishi uchun sharoit yaratib berish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa ushbu maqolada ayollar tadbirkorligini qo'llabquvvatlash borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish va ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha mamlakat Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan ko'rsatilgan yangi mexanizmlarga keng o'rin berilgan. Shu bilan birga mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini soha iqtisodiyotidagi o'rni va xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalari muammolari o'rganilib ilmiy asoslangan takliflar berilgan [5].

Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur muammoni tadqiqotining bir qator usullardan foydalanish asosida o'rganilgan, jumladan, asosan xorijiy tajribalarni monografik tahlillar natijalarini monografik tadqiqot, analiz va sintez, tizimli tahlil kabi iqtisodiy usullar asosida o'rganilib, rivojlangan mamlakatlar tajribasini mamlakatimizda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha imkoniyatlarini ochib berishda ahamiyat kasb etgan.

Tahlil va natijalar. O'zbekiston Respublikasida aholi soni o'sib bormoqda, bu esa o'z navbatida aholi iqtisodiy faoliyatiga hamda sanoat korxonalari faoliyatining kuchaytirish tadbirlariga olib kelmoqda va nafaqat sanoatni balki respublikaning jamiki iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga olib keladi. Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo'layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o'zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi. Agar mamlakatimizdagi innovatsion jarayonlar bilan rivojlangan mamlakatlardagi holatni taqqoslasak, hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlari 15 yildan ortiq vaqt mobaynida innovatsion texnologiyalari rivojlanib kelmoqda va biz boshqa mamlakatlardan ortda qolishimizga sabab bo'lmoqda. Shunday ekan davlatimizda innovatsion salohiyatni rivojlantirish bilan ustuvor vazifalarni yanada rivojlantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risidagi" Qonunida "...innovatsion faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o'tkazilishi va amalga oshirilishini ta'minlash bo'yicha faoliyat" deb keltirilgan bo'lib, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini jadal sur'atlarda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan yangiliklar, texnik ishlanmalar, patent, "nau-xaular", "Start-up", kashfiyot, ixtirolarni tadbirkorlik faoliyatida keng qo'llash natijasida intensiv iqtisodiy o'sish sur'atlariga erishishni ta'minlashi lozimdir.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha samarali mexanizmlar o'z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo'lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo'lida to'siq bo'lmoqda"[6] deya ta'kidlab o'tganligi tadbirkorlik

sohasida elect-energiya tejaydigan texnologiyalarni keng jalb qilish orqali ham tadbirkorlar uchun kommunal to'lovlarni tejas, ham ishlab chiqarish samaradorligigha oshishi olib kelishi mumkin.

Innovatsion tadbirkorlikni boshqa tadbirkorliklardan farqi shundaki innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining shakli, boshqaruv uslubi, ishlab chiqarishda qo'llaniladigan yangi texnika-texnologiyalar, ilmiy tadqiqotchi hamda ularning natijalarini mahsulot ishlab chiqarishda qo'llay oladigan malakali mutaxassislar, yangi mahsulot turi va ularning iste'molchi talabini qondirish darajasi, innovatsion tadbirkorlikni yaratishdagi mavjud biznes muhiti singari bir qancha omillar bilan farqlashimiz mumkin . Bundan tashqari innovatsion tadbirkorlik riskning yuqoriligi, ilm-fan yutuqlariga asoslanganligi, ma'lum yo'nalishda tadqiqotlar olib borilishi va ularni tadbirkorlik faoliyatida qo'llashga yo'naltirilganligi kabi jihatlari bilan klassik tadbirkorlik faoliyatidan ajralib turadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati aynan shu xususiyatlarga egaligi uchun ham jahon iqtisodiyotida yetakchi o'rinda turadi.

1-rasm. 2021 yilda tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni

joriy etish holati

Quyidagi rasmda 2021-yilda O'zbekistondagi innovatsion tashkilotlar va ular yaratgan innovatsiyalar soni keltirib o'tilgan bo'lib, bunda mamlakatimizda innovatsion faol tashkilotlar o'rtacha 2 tadan innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etganligini ko'гishimiz mumkin. Jumladan har-bir innovatsion faoliyat bilan mashg'ul tashkilotga Andijon, Farg'ona, Samarqand viloyatlarida o'rtacha 3 tadan innovatsiyalar, Buxoro, Navoiy, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o'rtacha 2 tadan innovatsiya, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari o'rtacha 1 tadan innovatsiyalar amaliyotga joriy qilganligini ko'гishimiz mumkin.

Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki innovatsiyalar kam miqdorda qo'llaniladigan hududlarda zaruriy choralar ya'ni, innovatsion faoliyatni rivoji, sohaga qo'llashda mavjud muammolarni bartaraf etish, davlat dodatsiyalarini ajratish, xodimlarbilim, malaka, ko'nikmasini innovasion faoliyatga mos ravishda malaka darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizlarini takomillashtirish orqali hududlarga innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish tendensiyasini ko'tarishish mumkin.

Innovatsiya atamasining mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa, o'shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo'llash jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat - innovatsiyaga aylanadi.

Hozirgi vaqtda innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning eng xarakterli xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Yaqinda bu nom ekzotik, noma'lum va hatto professionallar orasida ham unchalik aniq bo'lmagan narsani eslatardi, ammo endi innovatsiyaning o'zi ham, uning tushunchalari ham dunyoni tezda zabt etmoqda. Innovatsion jarayonda jiddiy rol o'ynaydigan va innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik resursga aylantiradigan xalqaro kapital bozori kengayib bormoqda, bu borada unga yangi moliyaviy tuzilmalar unga yordam bermoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, innovatsiyalarga ko'pincha odamlarning bevosita salbiy munosabat va pozitsiyasi to'sqinlik qiladi. Biroq, O'zbekistonda paradoksal vaziyat rivojlanmoqda, ya'ni butun jamiyat innovatsion jarayonlarga ijobiy munosabat va qo'llab-quvvatlashni bildirayapti. Bu esa innovatsion faoliyatdan samarali foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatni keng miqyosda rivojlantirishga, aholi turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning tannarxini arzonlashishi, sifatini yuksalishi hamda qayta tiklanmas tabiiy resurslarni tejalishiga olib keladi.

Xulosa va takliflar. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarmoqlarini, jumladan tadbirkorlik faoliyatini innovatsion usulda rivojlantirish mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masala bo'lib qolmoqda va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish natijasida mamlakatimiz fuqarolarining turmush farovonligini oshirish, kambag'allikni qisqartirish, iqtisodiy taraqqiyotga erishishning muhim shartidir. Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda aholi daromadlarining o'sishi birinchi navbatda tadbirkorlikda innovatsion jarayonlarning to'g'ri tashkil etilishi hamda "raqamli tadbirkorlikni" doimiy ravishda takomillashtirib borilayotgani bilan bog'liqdir.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish mamlakatning asosiy ustuvor vazifalaridan biridir.

Innovatsion tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan va ishlab chiqarish jarayoniga xorij tajribasini qo'llash, yangiliklar joriy etish orqali innovatsion faoliyatga asoslangan korconalaróa, an'anaviy to^onala^a nisbatan ish haqi 2-3 barobar, ish unumdorligi 2 barobar oshganligi, ayniqsa ishchi xizmatchilar turmush darajasining ilgariga nisbatan sifati va faravonligi ta'minlanayotganligi bugungi innovatsion iqtisodiy islohotlarining ijobiy tomonlarini ko'reatmoqda. Ammo, erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim muammolar ham mavjud.

Xususan:

- tadbirkorlarimiz biznesni boshqarish jarayonida innovatsion texnologiyalardan amaliy foydalanish bo'yicha yetaгlicha malakaga ega emasligi va ishchi xodimlarning yangiliklami tez o'zlashtiгa olmasligi;

- tadbnkoriarimiz ichki va tashqi risklami, innovatsiyalaгga bo'lgan ehtiyojni va jahon bozoгidagi o'z holatini yetarlicha baholay olmasligi, koгxonalaгni гivojlantiгish, гaqobatbaгdoshlikni oshirishga yetaгlicha e'tiboг qaгatilmagan;

- ishbilarmonlik muhitini tashkil etish va innovatsiyalami гag'batlantiгish tuzilmasini ishlab chiqishda ham ko'plab muammolaming mavjudligi.

Yuqorida keltirilgan muammolarga yechim sifatida quyidagi taklif va tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

Birinchidan, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish jarayonida xususiy biznesning rolini oshirish kerak, bu esa tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalar samaradorligini oshirishga turtki beradi;

Ikkinchidan, innovatsiyalar uchun zarur bo'lgan investitsiyalar darajasini oshirish orqali mukammal raqobat muhitini shkllantirish hamda erkin raqobat muhitini kuchaytirish;

Uchinchidan, innovatsion faoliyat, innovatsion loyihalashtirish jarayonlariga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, mavjud qonunchilik bazani rivojlantirish, innovatsion faoliyatdan samarali foydalanadigan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, davlat dotatsiyalari paketini tashkil etish;

To'rtinchidan, O'zbekistonda yaratilgan ilmiy ishlanmalarini xorijiy patentlashni va innovatsiyalarni rag'batlantirishning asosiy elementi bo'lgan ishlanmalar uchun marketing qidiruv tizimini qo'llab-quvvatlash zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Pгezidentining "2022-2026^^^ O'zbekiston Respublikasining innovatsion гivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" 6765-sonli Farmoni. 2022-yil 7 Iyul. www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mimyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017-yil. 22-dekabr, http : //uza. uz/uz/documents/o -zbeki ston-respublikasi-prezidenti-shavkat

3. Miгziyoev Sh.M. Егйп va faгovon, demokгatik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, 2016.

4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017.

5. H. R. Hamroyev. "Tadbirkorlik asoslari" O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Т.: Yangi nashr, 2010. - 360 b

6. Иванов М.А., Гужина Г.Н. Особенности управления рисками в рыночных условиях//Вестник Российского государственного аграрного заочного университета. 2009. № 7 (12). С. 198.

7. Axunova Ma'rifat Xakimovna. Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar. Iqtisodiy fanlar / Economic Sciences/ Экономические науки. SJIF 2021:5.5T. 2. № 1 2022

8. Ergashev E.I., Yuzbayeva M.Z, Charshanbiyeva B.U "O'zbekistonda innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish yo'nalishlari" Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://siifactor.com/passport.php?id=22258

9. B.Bobokulov. Diversifying the service field under digitalization. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: https: //aj ird.j ournal spark. org/index.php/aj ird/article/view/429

10. G'ofurova U.F., Xayitboyev B.X. "Tadbirkorlikni innovatsion faoliyat asosida rivojlantirishning yo'llari" "Халкаро молия ва хдсоб" илмий электрон журнали. № 2019 йил 1 февраль.

11. S.B.Boboqulov "Kommunal xizmat ko'rsatishda xarajatlarni optimallashtirish" Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №2. 2023.

12. Erenberg R. Dj., Smit R.S. Sovremennaya ekonomika truda. Teoriya i gosudarstvennaya politika. - M.: MGU, 2016.

13. https://stat.uz/uz/2-uncategorised/5221 -o-zbekiston-aholisi

14. http://www.worldbank.org/eca/russian/data

15. http: //https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.