INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLARNI TAKOMILLASHTIRISH Ergasheva Zulfiya Shavkatovna,
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi
biznes va tadbirkorlik Oliy maktab magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7227300
Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish borasida takliflar va yechimlar o'z aksini topadi.
Kalit so'zlar: Kichik biznes, raqobatni rivojlantirish va iste 'mol bozorini to'ldirish, moliyaviy resurslar, imkoniyatlardan foydalanish, innovatsiya, rag'batlar, tadbirkorlik sub'ektlari.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
Аннотация. В данной статье отражены предложения и решения по совершенствованию социально-экономических факторов развития малого бизнеса и предпринимательства.
Ключевые слова: Малый бизнес, развитие конкуренции и наполнение потребительского рынка, финансовые ресурсы, использование возможностей, инновации, стимулы, хозяйствующие субъекты.
IMPROVEMENT OF SOCIO-ECONOMIC FACTORS IN THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP
Abstract. In this article, proposals and solutions are reflected in the improvement of socio-economic factors in the development of small business and entrepreneurship.
Keywords: Small business, development of competition and filling of the consumer market, financial resources, use of opportunities, innovation, incentives, business entities.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o'tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo'llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo'llab - quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko'rsatish, uni rag'batlantirishga bag'ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma'naviy va hayotiy ko'nikmalarida namoyon bo'lmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo'jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste'mol bozorini to'ldirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta'minlamoqda.
Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan.
Mamlakatimizni rivojlantirishni 2017-2021 yillarga mo'njallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes oldiga juda keng ko'lamli vazifalar qo'ydi. Ushbu vazifalarni samarali tarzda yechish uchun kichik biznes sub'ektlarini boshqarishda innovatsion faoliyatga katta ahamiyat qaratilgan. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ham innovatsion tadbirkorlik bo'lishi kerak. Innovasion faoliyat tadbirkorlik faoliyatining mohiyatini tashkil qilishi kerak. Sharafli nomga ega bo'lish uchun har qanday shaxs o'z ustida ishlashi, yangiliklarni qidirish, yaratishi, izlanishi lozim. Bozor iqtisodiyotidagi keskin raqobat kurashida engib chiqib, yashab qolaman degan tadbirkor innovatsion faol bo'lishi, innovatsion boshqaruvni amalga oshirishi kerak. Bu hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Innovatsiya -bu raqobat qonunidir, bozor iqtisodiyotining o'ziga hos hususiyati bo'lib, u-siz bozor tizimi hech qachon rivojlanmaydi.
1-rasm. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish omillari. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal ravishda qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati sub'ektlari innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor berishlari katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
1.Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2.Imkoniyatlardan foydalanish
3.Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm).
Kichik biznes sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi. Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab qiladi.
1-rasm.
Faol tadbirkorlikni amalga oshirish omillari.
Rag'batlaT ImkoniyatlaT
\ /
CheklovlaT
Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal ravishda qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati sub'ektlari innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor berishlari katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1. Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2. Imkoniyatlardan foydalanish
3. Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm).
Kichik biznes sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi. Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab qiladi.
Shu bilan birgalikda, katta xarajatlarni qilib, bozorga olib chiqilgan mahsulotni bozorda yaxshi qabul qilmasliklari mumkin. U etarli miqdorda sotilmasdan, qilingan xarajatlar qoplanmasligi mumkin. Mahsulotning biron-bir hususiyati etarli darajada hisobga olinmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun har qanday tadbirkor har qanday yangi ishni, innovatsiyani amalga oshirish uchun ko'p marta o'ylashi, hisob-kitoblarni amalga oshirishi lozim.
Shu bilan birgalikda. tadbirkorni innovasion tavakkalchilikka etaklaydigan bir kuch bor. Bu bozordagi raqobat kuchidir. Bozorda mahsulot ishlab chiqaruvchilar ko'pligidan, ular o'rtasida kuchli raqobat kurashi mavjuddir. Har bir ishlab chiqaruvchi ko'proq mahsulot sotishga harakat qiladi. Kimda-kim harakatni susaytirsa, xotirjamlikka berilsa, raqobatda yutqazib qo'yishi mumkin. Bunday xavf har qanday tadbirkorga doimiy ravishda yo'ldosh bo'ladi. Shu sababli, tadbirkorni innovasion faoliyatga undovchi kuch bo'ladi. Ana shu narsa - innovasion rag'batdir.
Kichik biznes sub'ektlarida innovasion loyiha ustida shug'ullanish uchun ma'lum imkoniyatlarga ham ega bo'lish talab qilinadi.Unda qandaydir o'ylab topilgan yangilik yoki ilmiy-texnikaviy faoliyat natijasi bo'lishi kerak.Tadbirkor qandaydir ilmiy muassasaga topshiriq berishi, ichki yoki tashqi bozordan tayyor lisenziya sotib olishi, patent tadqiqoti o'tkazishi mumkin.Muammo bo'lsa, olimlar va tadqiqotchilar bu muammo ustida ishlaydilar va echimini topishga harakat qiladilar.
Shu sababli, tadbirkor o'z muammolarini ilmiy-tadqiqot muassasalariga etkazishi lozim. Bunday ishlarning hammasi tadbirkorda mablag'bo'lishini talab qiladi. Yaratilgan yangilikni joriy qilish uchun ham mablag'bo'lishi kerak. Yirik innovatsiyalarni amalga oshirish uchun kichik biznes sub'ektlarida mablag'etishmaydi.
Shu sababli,kichik biznes sub'ektlario'zaro birlashishlari mumkin. Shu yo'l orqaligina bunday cheklashlarni engib o'tishi mumkin. Natijada yirik tadbirkorlik sub'ektlari tashkil topadi.
Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo'jaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini ta'minlamoqda. Ko'pgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to'g'ri keladi.
TADQIQOT NATIJALARI
O'zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o'zgartirishlari qat'iy va izchil amalga oshirilmoqda. Shu sababli ham, Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1.Kichik biznes subyektlarining ro'yxatdan o'tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro'yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.
2.Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to'lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes subyektlari uchun yagona ijtimoiy to'lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.
3.Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro'yxatdan o'tgan kunidagi soliq va majburiy to'lovlar stavkasini qo'llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko'proq yer maydoniga ega bo'lgan kichik korxonalar yagona yer solig'i to'lashi belgilab qo'yildi.
4.Kichik biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash quyidagi yo'llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo'yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag'larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo'yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.
5.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ma'sul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O'zbekistonda kichik biznes subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo'jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik subyektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.
6.Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi "yagona darcha" tamoyili ostida faoliyat ko'rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi subyektlar uchun o'zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko'mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun "biznes-inkubatorlar" tashkil etilgan.
7.Respublika bo'yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo'yicha o'quv kurslari, xususiylashtirilgan obyektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.
MUHOKAMA
Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining "Biznes yuritish - 2020" hisobotida O'zbekiston 7 pog'onaga ko'tarilib, 69-o'rinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona ochish qulayligi bo'yicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi o'ringa ko'tarildi. Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning o'tgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-yilgiga nisbatan 2 barobar ko'p yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali soha rivoji yo'lida qilinadigan ishlar ham ko'pligini ta'kidlash joizdir.
XULOSA
Jumladan, "Biznes yuritish - 2020" hisobotida ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni ro'yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak. Shu bois ham tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini ta'minlash zarurdir. Xorijiy tajriba
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
asosida, mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan mustaqil o'tkazishga mas'ul alohida tuzilma tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi "Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasini tashkil qilish to'g'risida"gi qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida"gi farmoni.