"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
TA'LIM OLUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO'LLARI Agaliyeva Xabiba Narmaxmad qizi
Professional ta'limni rivojlantirish instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10159484
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda, ularni kommunikativ kompetentligini oshirish yo'llari, amaliyot bilan nazariyaning integratsiyasidan tashkil topadi. Nazariy qabul qilingan bilimlardan, pedagog yordamida ko'nikma hosil qilinadi va malakali kadr yuqori saviyada faoliyati davomida qo'llay oladi. Kommunikativ kompetentlik kadrni kasbiy faoliyatda to'liq moslashish va jamoa bo'lib ishlash kompetensiyasini aks etadi.
Kalit so'zlar: tadqiqot, integratsiya, amaliyot, nazariya, ta'lim mazmuni, mutaxassis, kontekst, kombinatsiya, gumanistik pedagogika, tamoyillar, didaktik shakl, resurslar, professional ta'lim,prizma, individual.
Аннотация. В данной статье рассматриваются пути подготовки обучающихся к профессиональной деятельности, повышения их коммуникативной компетентности, заключающиеся в интеграции теории с практикой. Из теоретически полученных знаний с помощью педагога формируется навык, который квалифицированный персонал может применять на протяжении всей своей деятельности на высоком уровне. Коммуникативная компетентность отражает компетентность персонала к полноценной адаптации и работе в команде в профессиональной деятельности.
Ключевые слова: исследование, интеграция, практика, теория, содержание образования, эксперт, контекст, сочетание, гуманистическая педагогика, принципы, дидактическая форма, ресурсы, профессиональное образование, призма, индивидуальный.
Abstract. In this article, the ways to prepare graduates for professional activities, increasing their communicative competence, are formed from the integration of theory with practice. From the knowledge received in theory, with the help of an educator, a skill is formed, and a qualified cadre is able to apply during his career at a high level. Communicative competence reflects the competence of personnel to fully adapt in professional activities and work as a team.
Keywords: research, integration, practice, theory, educational content, specialist, context, combination, humanistic pedagogy, principles, didactic form, resources, professional education, prism, individual.
Kirish. Hozirgi zamon talabi salohiyatli kadrlarni yetishtirish va ularni jahon bozori talablari darajasidagi kadr etib tarbiyalash, eng oliy maqsadlarimizdan biri. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomadagi bir fikrga e'tiboringizni qaratishni o'rinli, deb bilaman. Ya'ni: "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir". Bu fikrlardan ko'rinib turibtiki, ta'lim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning umumiy hamda kasbiy kompetensiyalariga alohida e'tibor qaratish lozim. Ularni zamon talabi darajasida kadr bo'lib yetishishida, bilim, ko'nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar majmui, hamda bularni barchasini kasbiy faoliyatga professional darajada tadbiq eta olish qobiliyatlarini shakllantirish professional ta'lim tizimi oldidagi eng katta mas'uliyatdir.
Asosiy qism. O'zbekistonda professional ta'lim tizimining, ta'lim sohasida xorijiy tajribalar asosida erishilgan ijobiy natijalarni umumlashtirish va rivojlantirish, interfaol
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
metodlardan foydalanib ta'lim oluvchilarda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish modelini ishlab chiqish, ta'lim oluvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash modelini amalga oshirishga imkon beruvchi metodik va didaktik ta'minotni yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Jumladan, ta'lim oluvchilarda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish borasida keng qamrovli, maqsadli ishlarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kundagi davr talabidir. Bu borada professional ta'lim tizimida juda katta islohotlar amalga oshirilib borilmoqda biroq, ta'lim-tarbiyaviy jarayonda turli xil yondashuvlar olib borilsada, ta'lim oluvchilarning mehnat bozori va ish joyiga moslashishi, tengdoshlari va atrofdagilar bilan o'zaro samarali muloqotga kirishishi qiyin kechmoqda.
Metodologiya. Kommunikativ kompetentlikni shakllantirishdagi pedagogik faoliyatimizning zamirida uning amaliy yo'nalishi yotadi. A.A.Verbiskiy asarlarida keltirilgan belgi-kontekstli ta'lim nazariyasi professional ta'limga nisbatan faollik yondashuvini amalga oshirishga misol bo'lib xizmat qiladi. A.A.Verbiskiyning ta'kidlashicha, "... ta'lim, bunda didaktik shakllar, usullar va vositalarning butun tizimi yordamida mutaxassisning kelajakdagi kasbiy faoliyatining oraliq va ijtimoiy mazmuni modellashtiriladi va mavhum bilimlarni o'zlashtiradi, imo ishora tizimlari ushbu faoliyatning kanvasiga qo'yilganligi sababli" belgi - kontekstli (oddiylik uchun - kontekstli) o'rganish deb ataladi. Bunday bilim olishda ma'lumot o'quv matnlari shaklida taqdim etiladi, ya'ni, "belgi" va ushbu matnlarda mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida tuzilgan vazifalar kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun kontekstni belgilaydi. Agar darslar kelajakdagi kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan bo'lsa, ta'lim mazmuni shaxsan muhim ma'nolar bilan boyitiladi. O'qituvchi asosiy e'tiborni ta'lim jarayonining muammoliligini ta'minlash, tanlagan kasbiga, hurmat, shaxsni qadrlash munosabatini shakllantirishga qaratadi. Ta'lim mazmuni o'quvchi uchun shaxsan ahamiyatli bo'lgan, o'quvchining ehtiyojlarini hisobga oladigan ma'nolar bilan qanchalik to'ldirilsa, uning o'quv predmetiga nisbatan qadrli munosabati, kognitiv qiziqishi shunchalik rag'batlantiriladi. Kommunikativ kompetentlikni shakllantirish bo'yicha ishlarni faollashtirishning asosiy usullaridan biri bu asosiy fanlar bo'yicha o'qitish mazmunining kommunikativ kompetentlikni shakllantirish mazmuniga mos kelishi deb hisoblaymiz. Bu kommunikativ kompetentlikni real sharoitlariga yaqin bo'lgan vaziyatlarni yaratishga, shu jumladan o'quv jarayonida rolli o'yinlaridan intensiv foydalanishga, ya'ni ta'lim oluvchilarni ushbu kasbiy faoliyatga xos bo'lgan muloqot holatlariga kiritishga imkon beradi. Shunday qilib, mazmun jihatining kasbiy yo'nalishi kommunikativ kompetentlikni shakllantirishning muhim omilidir, chunki ta'lim mazmuni ta'lim oluvchi uchun shaxsan ahamiyatli bo'lgan ma'nolar bilan to'ldirilgan, uning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kognitiv qiziqish va motivatsiyani rag'batlantiradi, bu esa kommunikativ kompetentlikni shakllantirish jarayoni va umuman o'quv jarayonining samaradorligiga hissa qo'shadi. Ta'lim oluvchilar o'rtasida kommunikativ kompetentlikni shakllantirishning navbatdagi muhim omili - bu o'quv jarayonini kasbiy qadriyat sifatida madaniyatga yo'naltirishdir, chunki kommunikativ ko'nikmalar madaniyatning bir qismi sifatida shaxsni shakllantiradi, ta'limda, uning axloqiy fazilatlarini tarbiyalash, kasbiy kompetentligini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Har qanday kasb jahon madaniyatining bir qismi bo'lib, jahon tajribasiga muvofiq rivojlanib, ma'lum bir mamlakatning madaniy va ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga qo'shiladi. Amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish tajribasi shuni ko'rsatadiki, har bir ta'lim oluvchi o'zining kasbga mansubligini o'ziga xos tarzda his qiladi va uni maqsadi, qiziqishi, istiqboli va madaniy darajasiga mos ravishda ifodalaydi. Shunday qilib,
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
madaniyat kommunikativ kompetentlikni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyati omilidir. Ta'lim oluvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirishga qanday omillar ta'sir qilishiga asoslanib, ushbu jarayon muvaffaqiyatli davom etishi uchun quyidagi shart-sharoitlarni belgilaymiz: - ta'lim mazmuni tarkibini boyitish; - kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish; - madaniyat elementi sifatida ishbilarmonlik odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish. Kommunikativ kompetentlikni shakllantirish, ta'lim oluvchilarda jamoa bo'lib ishlash va qadriyatlarni hurmat qilish, o'zaro jamoaga moslashish va bilimlarini o'z vaqtida qo'llay olish va samarali kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun, o'quv jarayonida quyidagi metodlardan unumli foydalanishni taklif etamiz.
"Tarmoqlar" metodi - ta'lim oluvchilarni mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni urgaishga karatilgan.
"3x4" metodi - ta'lim oluvchilarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g'oyalarni bera olishi, ta'lim jarayonida yakka, kichik gurux xolda taxlil etib, xulosa chiqara olishi ta'rif bera olishiga karatilgan.
«Blis-o'yin» metodida harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga o'rganilayotgan predmeti asosida ko'p, xilma-xil fikrlardan, ma'lumotlardan keragini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan.
"Intervyu" texnologiyasida ta'lim oluvchilar savol berish, eshita olish, savolni to'g'ri berishga qaratilgan.
"Ierarxiya" texnologiyasi oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga utish usullarini qo'llashni ularni mantiqiy, Tanqidiy, ijodiy fikrlashga, o'rgatishga qaratilgan.
"Bumerang" texnologiyasi ta'lim oluvchi dars jarayonida darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha ta'lim oluvchilarni baholay olishga qaratilgan. Darsning har bir bosqichida o'tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash, yangi bilimlar bayoni, amaliy mashg'ulotlar laboratoriya ishlarini bevosita axborot texnologiyalari yordamida qisman yoki butunlay amalga oshirish imkoniyati mavjud.
"Muloqot" o'qituvchilarni auditoriyada diqqatini o'ziga jalb qilish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga, uni tashkil etishni o'rgatishga qaratilgan.
"Boshqaruv" texnologiyasi o'qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda ta'lim oluvchini ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga qaratilgan. Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'quvchilar dunyoqarashi, bilim va ko'nikmalarini ko'rish, eshitish va mustaqil bajarish orqali rivojlantirishga ko'maklashadi.
Tahlillar. Tahlillarmiz shuni ko'rsatmoqda, ta'limning maqsadi - jamoat tartibini bajarish, ta'lim mazmuni esa o'z manfaati uchun ham, undan ham ko'proq jamiyat manfaati uchun faoliyatga tayyorlikni ta'minlashi kerak. A.A.Verbiskiy bo'lajak mutaxassisning o'quv va kasbiy faoliyatini tashkil etishning kontekstli yondashuvini asoslaydi, bu o'qish jarayonida didaktik shakllar, usullar va vositalarning butun tizimi yordamida, mavzu va uning kasbiy faoliyatining ijtimoiy mazmuni modellashtirilgan. Kontekstga asoslangan ta'limning asosiy xususiyati mutaxassisning kasbiy malakasini ta'minlaydigan bo'lajak kasbiy faoliyatning mavzu mazmunini ham, jamoada ishlash, ishlab chiqarishda tashkilotchi bo'lish qobiliyatini ta'minlaydigan ijtimoiy mazmunni modellashtirishdir. Kombinatsiyalangan o'quv faoliyatida kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan fazilatlarning shakllanishi uning predmeti, ijtimoiy va psixologik jihatlari bo'yicha kasbiy
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
ish konteksti bilan bog'liq. Ta'lim oluvchilarning kasbiy ahamiyatli fazilatlari orasida kreativ fikrlash va tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyat, yetakchilik, o'zini o'zi tashkil etish, mas'uliyat kabi ijtimoiy fazilatlarga alohida e'tibor qaratish lozim.
Natijalar. Kasb-hunar ta'limi tizimini yangilashning hozirgi bosqichida, ta'lim oluvchi ta'lim jarayonining markazida bo'lgan davrda, kadrlar tayyorlashning asosiy maqsadi kompetentli kadrni rivojlantirishdir. Kommunikativ kompetensiya maxsus fanlar, ixtisoslashtirilgan fanlarning kommunikativ kompetentlikka yo'naltirilgan bo'limlari va tanlov kurslarini o'rganish jarayonida shakllanadi. Maxsus fanlarning profil kurslari ("Avtomobil tuzilishi" o'quv qo'llanma, "Kasb-hunar maktabi o'quvchidarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish" o'quv qo'llanma, "Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko'rsatish" fani o'quv qo'llanma, "Avtomobil tuzilishi (amaliyot fani)" uslubiy qo'llanma) alohida fanlarni chuqur o'rganishni ta'minlaydi va birinchi navbatda kasbiy ta'limni amalga oshirishga qaratilgan. Tanlov kurslari, birinchi navbatda, o'quvchilarning shaxsiy ta'lim qiziqishlari, ehtiyojlari va moyilliklarini qondirish bilan bog'liq. Shuning uchun ular individual ta'lim dasturlarini qurishning eng muhim vositasidir, chunki ular ta'lim oluvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va kelajakdagi hayot rejalariga qarab ta'lim mazmunini tanlash bilan bog'liq. Tanlov kurslari, go'yo, ta'lim oluvchilarning turli ta'lim ehtiyojlarini qondirish uchun asosiy va ixtisoslashtirilgan kurslarning ancha cheklangan imkoniyatlarini ko'p jihatdan qoplaydi. Ishlab chiqilgan "Kasb-hunar maktabi o'quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish metodikasi" nomli o'quv qo'llanma, "Avtomobil tuzilishi" fanidan o'quv qo'llanma, "Avtomobilllar tuzilishi" amaliyot fanidan uslubiy qo'llanma, o'quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan. Ular o'quvchilarga maxsus fanlarni va shu asnoda kommunikativ kompetentlikni oshirish uchun xizmat qiladigan va mobil ilova ko'rinishida har qanday holatda xam ularga xizmat qiladigan "Ustoz shogird" shaklidir. Tanlov kurslari, shuningdek, fanlararo aloqalarni ta'minlashi va tegishli fanlarni profil darajasida o'rganish imkoniyatini berishi kerak. P.F.Kapterevning fikriga ko'ra, pedagogik jarayonning o'ziga xos xususiyati - bu shaxsning kamoloti emas, balki shaxsni o'z imkoniyatlari darajasida takomillashtirishdir. "Ta'lim - bu insonning fizikasi va ruhiyatiga, uning kamolotiga juda chuqur ta'sir qiluvchi kuch". O.S.Gazman ta'lim jarayonida o'qituvchining insonparvarlik yo'nalishining asosiy g'oyasi ta'lim jarayonining barcha subyektlarining hayotiy o'zini o'zi belgilash g'oyasi deb hisoblaydi. Ta'lim oluvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish jarayonida ta'limning o'rni katta, o'qituvchining roli esa ta'lim oluvchining eng yaxshi fazilatlarini topish va rivojlantirishga yordam berishdir. Pedagog ta'lim oluvchining ma'lum darajada bilim va hayotiy tajribaga ega bo'lgan shaxs ekanligini va u "o'z-o'zini bo'lishiga yordam berishi yoki hech bo'lmaganda xalaqit bermasligi" zarurligini unutmasligi kerak. Ta'lim oluvchi ta'lim markazida bo'ladi. Ta'lim oluvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirishning muhim omili -bu shaxsni hurmat qilish, ishonch, hamdardlik, o'quvchi shaxsini mulohaza qilmasdan va so'zsiz qabul qilishga asoslangan insonparvarlik muloqot uslubi.
Xulosa. Ushbu maqolada keltirilgan fikrlar va taxlilllardan ko'rinib turibtiki, hozirgi zamon talabi kadrlardan yuksak salohiyatli va kasbiy faoliyat davomida kompetentli mutaxassis ekanligini ko'rsatish, shuningdek talabga javob beradigan mutaxassis bo'lishni oldiga maqsad qilib qo'ygan va kelajak sari odim qadam tashlay olgan yoshlargina hayot yo'lida qoqilmay, o'z o'rnini topadilar. Endilikda bunday kadrni yetishtirish ta'limni oldiga nima vazifalarni qo'yishi haqida gaplashamiz. O'quvchi shaxsiga qaratilgan ta'limda dars jarayonlarida innovatsion
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
metodlardan foydalanish va raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish va o'zaro hamkorlik
munosabatlari, o'quvchilarni kasbiy faoliyatga yetuk mutaxassis bo'lib yetishishini ta'minlaydi.
Biz quyida o'qitish jarayonida kullash mumkin bo'lgan ba'zi bir treninglarga (texnologiyalarga)
tavsiyanoma berib, ba'zilarini o'tkazish tartibi to'g'risida metodik tavsiyanoma berib o'tamiz:
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 30 Sentabr 2020.
2. Verbiskiy A.A. Lichnostniy i kompetentnostniy podxodi v obrazovanii: problembi integratsii : monografiya [Tekst] / A.A. Verbiskiy, O. G. Larionova. - M. : Logos, 2009. - 336 s.
3. Latishina, D. I. Istoriya pedagogiki i obrazovaniya : uchebnik dlya vuzov / D. I. Latishina. — Moskva : Izdatelstvo Yurayt, 2023. — 314 s. — (Visshee obrazovanie). — ISBN 978-5-53409398-8. — Tekst : elektronnbiy // Obrazovatelnaya platforma Yurayt [sayt]. — URL: https://urait.ru/bcode/511066 (data obrasheniya: 25.09.2023).
4. Petrovskiy, A. V. Vse ostaetsya lyudyam / A. V. Petrovskiy // Gazman O. S. Neklassicheskoe vospitanie: Ot avtoritarnoy pedagogiki k pedagogike svobodi. - M. : MIROS, 2002. - 296 s
5. Abulxanova K. A. Rubinshteyn - retrospektiva i perspektiva / Problemi subyekta v psixologicheskoy nauke. M.: IP RAN, 2000, S. 13-27
6. Agaliyeva X.N. Ta'lim sifatini oshirishda kommunikativ kompetensiyaning ahamiyati "Ta'lim, fan va innovatsiya" ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal 2023yil 2-son. ISSN 2181-8274
7. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/reports/211