"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
METHODOLOGY OF ORGANIZING INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS OF PROFESSIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS Alimnazarov Olim
Institute for development of professional education, independent researcher https://doi.org/10.5281/zenodo.10159442
Annotatsiya. Mazkur maqola empirik tadqiqotlar orqali professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining mustaqil ta'limini tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish natijalari bo'yicha ularning o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishga qaratilgan. O'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish jarayonida elektron ta'lim resurslari, jumladan, Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantiriladi. Bu orqali mustaqil ta'lim vazifalarini bajarish metodikasini takomillashtirish maqsadida, o'quvchlar uchun o'quv mashg'uloti tashkil etildi va natijalar empirik tadqiqotlar orqali tahlil qilindi.
Kalitso'zlar: kompas 3D, empirik tadqiqot, kreativlik, o'quv-bilish kompetentligi.
Аннотация. Данная статья направлена на формирование образовательной компетентности студентов профессиональных образовательных учреждений на основе результатов совершенствования методики использования электронных образовательных ресурсов при организации самостоятельного образования посредством эмпирического исследования. В процессе организации самостоятельного обучения обучающихся использование электронных образовательных ресурсов, в том числе инженерной программы «Компас 3D», формирует образовательную компетентность. При этом в целях совершенствования методики выполнения самостоятельных учебных задач для студентов было организовано обучающее занятие, результаты которого были проанализированы посредством эмпирического исследования.
Ключевые слова: компас 3D, эмпирическое исследование, креативность, образовательная компетентность.
Abstract. This article is aimed at the formation of educational competence of students of professional educational institutions based on the results of improving the methodology of using electronic educational resources in organizing independent education through empirical research. In the process of organizing the independent education of students, the use of electronic educational resources, including the Kompas 3D engineering program, forms educational competence. Through this, in order to improve the methodology of performing independent educational tasks, a training session was organized for students and the results were analyzed through empirical research.
Keywords: compass 3D, empirical research, creativity, educational competence.
Kirish. Bugungi kunda jahonning rivojlangan davlatlarida professional ta'lim tizimini tashkil etish va uni rivojlantirishda bo'lajak kadrlarning raqamli texnologiyalardan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilganligini kuzatishimiz mumkin. Mazkur jarayonlarda professional ta'lim tizimi ham, ma'lum darajada xizmat qiladiki, mazkur ta'lim tizimi orqali mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlash sifatini takomillashtirish hamda ularning amaliy faoliyatlari jarayonida zarur bo'ladigan kompetentligini shakllantirish vazifalari belgilangan. Professional ta'lim tizimida ta'lim jarayoni sifati, unda tayyorlanayotgan bo'lajak kadrlarning amaliy
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
faoliyatlari davrida zarur bo'lgan o'quv-bilish kompetentlik darajasi, shuningdek uni uzviy va uzluksiz ravishda takomillashtirib borish mexanizmlari, ya'ni "Hayot davomida ta'lim" tamoyilining tatbiq etilganligi bilan belgilanadi.
Shu sababli ham, bugungi kunda "dunyo miqyosida professional ta'lim muassasalarida o'quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo'lgan o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishda, ularning mustaqil ta'limini tashkil etishga yo'naltirilgan metodikalarini takomillashtirishga qaratilgan metodikasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati, shakllari va metodlaridan samarali foydalanish bo'yicha ko'plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda" [12]. Mazkur jarayonlarda o'quvchilarni amaliy faoliyatlariga tayyorlashda, ularning o'quv-bilish kompetentligini o'quv auditoriyalari va mustaqil ta'limini tashkil etish orqali shakllantirish, muhim j arayondir.
Bu jarayonda ta'lim tizimini raqamlashtirish orqali o'quvchilarni amaliy faoliyatlariga tayyorlash, ularning o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalaridan foydalanish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali vazifalarini belgilaydi. O'quvchilarni amaliy faoliyatlariga tayyorlash jarayonida ularning mustaqil ta'limini tashkil etish orqali, ularda o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishning eng muhim jihatlari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi "Raqamli 0'zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli Farmoni [9]ning qabul qilinishi, mazkur vazifalarni zamon talablariga muvofiq ravishda bajarish imkoniyatini ta'minlaydi.
Asosiy qism. Fan va zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan bugungi kunda mamlakatimizda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, bo'lajak kadrlarni tayyorlashga e'tibor qaratiladi. Bu borada, e'tibor bo'lajak kadrlarni tayyorlash jarayonlarining o'zaro uzviyligini va izchilligini ta'minlashga qaratiladi. Shu sababli ham, mazkur ta'lim tizimi orqali mehnat bozi talablariga javob bera oladigan raqabotbardosh bo'lajak kadrlarni tayyorlash muammosining yechimi sifatida, ularning raqamli texnologiyalardan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishga qaratilgan metodikalarini takomillashtirish zaruriyati mavjudligini namoyon qiladi.
Hozirgi vaqtda professional ta'lim tizimida mustaqil ta'lim uchun ajratilgan o'quv rejasidagi soatlari ulushining kamligi, o'quvchilarda mustaqil ta'lim olish, o'z faoliyatiga tizimli yondashish va ijodiy fikrlash, tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarining yetarli darajada shakllantirilmaganligiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularda tashkilotchilik qobiliyati, o'quv-bilish kompetentligini yanada rivojlantirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni tatbiq etishning zamon talablariga javob beraolmasligi mazkur jarayonlarning dolzarb muammolari qatoriga kiradi" [5]. Shu sababli ham, professional ta'lim tizimida o'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish uchun ajratiladigan o'quv soatlari ulushini ko'paytirish orqali yuqorida ta'kidlab o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil ta'lim jarayonini tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanilgan holda, o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishga yo'naltirish, bu borada ta'lim jarayoniga Xalqaro tasniflagichning uchinchi darajasi va O'zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiq, didaktik vositalar, metodlar, shuningdek uning shakllarini keng joriy etish mazkur jarayonning ustivor vazifalaridan biridir.
Mazkur ta'lim tizimidagi kuzatilayotgan o'zgarishlar omili sifatida, qabul qilinayotgan qonunlar, qaror va farmoyishlarni ko'rishimiz mumkinki, buning natijasi sifatida
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
mamlakatimizning intellektual salohiyatini yuksaltiradigan, mehnat bozori talablariga javob bera oladigan kompetentli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil ekanligini ko'rishimiz mumkin.
O'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish dolzarb muammo sifatida e'tirof etilganligini O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida [22], "Mustaqil ta'lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta'lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma'naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi" deb belgilab qo'yilganligini ta'kidlab o'tishimiz joiz. Ayniqsa, bu orqali ta'limning professional ta'lim tizimidagi yangiliklar va o'zgarishlar natijasida, jamiyatimizning intellektual salohiyatini rivojlanishida muhim rol o'ynaydigan mazkur ta'lim tizimida tayyorlanadigan o'quv-bilish kompetentligi shakllangan kadrlar bilan ta'minlanadi.
O'quvchilarning yosh jihatlaridagi farqlaridan kelib chiqib, ularning individual qobiliyatlari va qiziqishlarini e'tiborga olgan holda, auditoriyadan tashqari ta'lim jarayonida o'quvchilarni amaliy faoliyatlariga tayyorlash metodlarini tanlash, uning izchil va uzviyligini ta'minlash muhim omillardan biridir [6]. Demak, mazkur jarayonlarda metodlarni tanlashda avvalo, o'quvchilarning fikrlash darajasi, qiziqishlari va imkoniyatlarini e'tiborga olish zarurdir.
Professional ta'lim muassasalarida o'quvchilarning o'quv auditoriyalari va auditoriyadan tashqari ta'lim orqali amaliy faoliyatlariga tayyorlash jarayonlarida ularning tayyorgarlik darajalarini shakllantirishga e'tibor qaratilmog'i zarurdir [16].
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash jarayonlaridagi, ularning auditoriyadan tashqari ta'limini, ya'ni mustaqil ta'limini tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanib, uning samaradorligini ta'minlashga yetarli darajada e'tibor berilmayotganligini kuzatishimiz mumkin. Kasb-hunar maktablarida o'quvchilarning auditoriyadan tashqari bo'sh vaqtlarida o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish va uni yanada rivojlantirishda o'z ustida shug'ullanmasliklari, axborot resurs markazlarida mustaqil faoliyat olib borishlari uchun zarur bo'lgan metodik ta'minotining yetishmasligi, elektron ta'lim resurslaridan ko'ra, turli mazmundagi ijtimoiy tarmoqlarga og'ib ketishlari mazkur muammoning yechimlarini aniqlash zaruriyatining dolzarbligini ko'rsatadi. Mazkur muammoni ijobiy tomonlama bartaraf etishda o'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish jarayonida didaktik vositalar, jumladan, elektron ta'lim resurslaridan foydalanish metodikalarini takomillashtirish ehtiyojini yuzaga keltiradi.
Albatta bu borada, mazkur jarayon bugungi kunda dolzarbligi bilan ham muhim ahamiyatga egaki, ta'lim jarayonining sifatli va samarali faoliyat olib borish shart-sharoitlarini, shuningdek, o'quvchilar va o'qituvchilarining hamkorlik munosabatlarining ijtimoiy jihatlarini yo'lga qo'yilishini ta'minlaydi.
Ushbu jarayonlarda rivojlangan davlatlar tajribasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, uning samarali jihatlaridan andoza olgan holda, mamlakatimiz ta'lim tizimiga tatbiq etish jarayonlarida avvalo shuni e'tiborga olishimiz zarur va shartki, tarixan shakllanib kelgan milliy ma'naviyatimiz va buyuk ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan be'baho me'rosimizga mos jihatlarini tanlab olishimiz kerakligini unutmasligimiz zarur bo'ladi. Shu o'rinda Amerikalik davlat arbobi Benjamin Franklin tomonidan: "Eng yaxshi sarmoya, bu bilimga qilingan sarmoyadir" deb ta'kidlagan bo'lsa, buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy ta'kidlaganlaridek, "Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo'lsada, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg'on, birining vujudi biriga
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
boylangan jon ila tan kabidir" degan fikrlari mazkur jarayonlarda g'arb va sharq ta'lim-tarbiya jarayonlarining o'ziga xos jihatlarini namoyon qiladi.
O'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish bu, salohiyatli, bilimli, yetuk kadr bo'lib yetishishining muhim omilidir. Ayniqsa, ushbu ta'lim jarayonini faollashtirishning samarali natijalari, ularning amaliy faoliyatlarida namoyon bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali yo'nalishlarini joriy etish" vazifalari belgilangan [1].
Sharqning buyuk allomalaridan Bahouddin Naqshband "Dil ba yoru-dastba kor", ya'ni "Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin" deb ta'kidlaganlar. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ham, "Farhod va Shirin" dostonida shunday ta'kidlagan: "Hunarni asrabon netkumdir oxir, olib tufroqqamu ketgumdir oxir" [13] degan ibratli so'zlaridan shuni anglashimiz zarurki, ularning hayoti va ijodida kasb-hunar o'rganishni rivojlantirish bilan birgalikda kasb-hunar o'rganishda mustaqil ravishda faoliyat olib borishning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tganlar.
Mustaqil ta'limni tashkil etish, o'quvchilarning bo'lajak kadr sifatida rivojlanishida asosiy omil bo'lib, uning amaliy faoliyatlarida mustaqil ravishda mavjud muammolarning yechimlarini aniqlash sifatlarini shakllantirishga bog'liq bo'ladi. Mustaqil ta'lim o'quvchilarning amaliy faoliyatlari davomida maqsadlarini belgilashning vositasi bo'lib, ularning imkoniyatlari va layoqatliligini baholay olishiga poydevor bo'ladi.
Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining mustaqil ta'limini tashkil etish metodikasi aniq bir maqsadga yo'naltirishi va bu maqsadga erishishida quyidagi pedagogik shart-sharoitlar bajarilishi zarur:
o'quvchilarning o'z bilimini mustaqil ta'lim jarayonini tashkil etish orqali olib borilayotgan o'quv mashg'ulotlarida oshirishi, uyg'unlashtirishi zarur; o'quvchilarning quyidagi sifatlarini shakllantirib borishi zarur:
- jarayonga nisbatan intilishlari, qiziqishlari, anglashlari, ehtiyojlari va imkoniyatlarini e'tiborga olishi zarur;
- o'qituvchilar bilan hamkorlikning ijtimoiy munosabatlarini yo'lga qo'yishi zarur. o'quvchilarning o'quv-bilish mahoratini oshirishning eng samarali usullari, yo'llarini
tanlab olishi, texnologik jarayon va texnik obyektlarni ongli ravishda to'g'ri tanlab amaliy faoliyat ko'rsatishi zarur;
o'quvchilarning aniq shart-sharoitlarni e'tiborga olgan holda, ularga muvofiq ravishda individual holda, yoki jamoa bilan birgalikda bilimini rivojlantirish shakllaridan foydalanishi, amaliy mashqlar bajarishi zarur;
o'quvchilar bilimlarini ma'lum maqsadga yo'naltirish orqali rivojlantirishni doimiy ravishda tashkil etishlari zarur.
Mustaqil ish-muayyan fandan o'quv dasturida va dasturdan tashqari belgilangan bilim, ko'nikma va malakalarni mustaqil ravishda egallash maqsadida, o'quvchi tomonidan fan o'qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida bajarilishi nazarda tutilgan topshiriq, vazifa, hayotiylikka asoslangan ish hamda vaziyatlar majmuasidir.
Mustaqil ta'lim-o'quv resurslarini mustaqil ravishda o'zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo'lgan topshiriqlar, hayotiylikka asoslangan amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida kreativ va mustaqil bajarish asosida o'quvchilarda o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
Mustaqil ta'limni tashkil etish bilan mukammal shug'ullanishda, o'quvchilarda istak, qiziqish, qobiliyat yetarli darajada shakllanganligi, mustaqil ravishda faoliyat yuritishga ehtiyoj bo'lishi zarur. Bundan tashqari o'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etishlariga psixologik omillar ham ta'sir ko'rsatishi zarur [10].
Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining mustaqil ta'limini tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish, shuningdek, ta'lim oluvchilar tomonidan egallangan bilimlar darajasining o'sish sur'ati, elektron ta'lim resurslaridan foydalanish ko'lamining kengayishi ta'lim samaradorligini belgilashga yordam beradi.
Bilimlarni mustaqil, ya'ni individual ravishda egallashga bo'lgan intilishi (ehtiyoji)-bu, o'quvchining ta'lim olish jarayonidagi amaliy faoliyatining ta'lim muassasasidagi e'tibor beriladigan jihatlari hisoblanadi. Mustaqillik-shaxs sifatlarining kreativligi bilan bog'liq bo'lib, inson dunyoqarashining turli ko'rinishidagi faoliyat va harakatlarida namoyon bo'ladi [15]. Mustaqillik-bu, inson oldida turgan mavjud muammolarning yechimlarini aniqlash yo'llari va vositalarini tanlashdagi mustaqillik to'g'risidagi g'oyalar bilan bog'liqdir" [9]. Kasb-hunar maktablari o'quvchilarining mustaqil ta'limini tashkil etish jarayoni, ularning amaliy faoliyatlariga muvofiq ravishdagi natijalarining samaradorligini oshirishga yo'naltiriladi. Bunda professional ta'lim muassasalari o'quvchilari tomonidan ta'lim jarayoni faoliyati natijalarini tahlil etilib, amaliy faoliyatlari maqsadlarini aniqlaydi. Demak, mazkur jarayonda "Bo'lajak kadrlarning mustaqil ta'limini tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad, ularning amaliy faoliyatlarida zarur bo'ladigan o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir" [14].
O'quvchilarda mustaqil ta'limini tashkil etish jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishning maqsadi, ularning ijodiy va texnologik qobiliyatlarini baholash, shuningdek, uni boshqarish kabi tarkibiy qismlarini rivojlantirish hamda uni tashkil etishda turli jarayonlardagi ehtimoliy vaziyatlarga tayyorlash hisoblansada, elektron ta'lim resurslaridan foydalanib, mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishda quyidagilarga e'tibor qaratiladi [7, 8]:
- aniq maqsadga yo'naltirilgan muammoli jarayonlarda muammoni ajratib, aniqlab olish va ularning yechimlarini aniqlash yo'llarini takomillashtirish;
- elektron ta'lim resurslaridan foydalanib, mustaqil ta'limni tashkil etish jarayonlarida, ulardan foydalanish metodikasiga bo'lgan qiziqish va intilishlarini rivojlantirish;
- mustaqil ta'limni tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanishning reproduktiv va ijodiy yondashuvlarini takomillashtirish;
- mazkur jarayonga muvofiq muhim sifatlarni rivojlantirish.
Professional ta'lim muassasalarida o'quvchilarning elektron ta'lim resurslaridan foydalanish, shuningdek, mustaqil ta'limini tashkil etish jarayonini ta'minlashda quyidagilar e'tiborga olinadi:
- mustaqil ta'lim olish uchun shart-sharoitlarni ta'minlash;
- zaruriy ma'lumotlarni izlab topish uchun qulay metod hamda vositalarni aniqlab olish;
- "axborot manbalari, jumladan, kompyuter texnologiyalari va mobil texnologiyalardan samarali foydalanish;
- an'anaviy ta'lim va ilmiy adabiyotlardan foydalanish;
- elektron ta'lim resurslaridan foydalanish;
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
- mustaqil ta'lim jarayonini ijodiy yondashuvlar orqali tashkil etish ko'nikmasini shakllantirish;
o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishga yo'naltirish".
O'quvchilarning mustaqil ta'lim jarayonini ta'minlash natijasida, mazkur sohaga tegishli bo'lgan me'yoriy hujjatlarni tadqiq qilish va ular asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta'lim jarayonlarining bog'liqligi va uzviyligini ta'minlash, sifat va samaradorligini rivojlantirishga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish orqali, ularning mustaqil fikrlash va kreativ yondashuv sifatlarini rivojlantirish, o'quvchilar uchun zarur va qulay bo'lgan elektron ta'lim muhitini ta'minlashdir [11].
Elektron ta'lim muhitining asosiy komponenti kompyuter va mobil texnologiyalar hisoblanadiki, ularning yordamida elektron ta'lim resurslarini yaratish, qayta ishlash vositasi sifatida bilimlarni yangilash, o'quvchilarning mustaqil faoliyatini amalga oshirish vazifalarini bajaradi. Shu bilan birga, ta'lim tajribalarini tashkil etishda obyektlarni loyihalash, modellashtirish va boshqalar sifatida foydalaniladi [2].
O'quvchilarda o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishda, ularning mustaqil ta'limini faollashtirish maqsadli, jarayonli va natijaviy komponentlari asosida tuzilgan modeli ishlab chiqildi. Bu jarayonda elektron ta'lim resurslari ya'ni, Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishda pedagogik modellashtirish tamoyillari quyidagi asosiy g'oyalar bo'yicha ilmiy tadqiqotni amalga oshirish hisoblanadi [3, 4].
Olib borilgan tadqiqotlarda o'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish jarayonida pedagogik tamoyillarning funksiyalarini quyidagicha ifodaladik:
- birinchidan, mustaqil ta'limni tashkil etishda bajarilishi zarur bo'lgan topshiriqlardagi muammoning maqsadlari sodda shaklda taqdim etiladi....;
- ikkinchidan, mustaqil ta'limni tashkil etishda pedagogik jarayonni loyihalash uchun qo'llaniladigan tamoyillar ya'ni, mazmun-mohiyat, metodika, vosita, shakl va ularning munosabatlarini tanlash....";
- uchinchidan, mazkur tamoyillardan mustaqil ta'limni tashkil etishda ta'lim munosabatlarining samaradorligi ta'minlashda foydalaniladi...;
- to'rtinchidan, mazkur munosabatlarni mustaqil ta'limni tashkil etishda pedagogik jarayonning yo'nalishlari sifatida foydalaniladi.
Metodologiya. Tadqiqot davomida o'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish maqsadida tashkil etilgan o'quv mashg'ulotida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari tadqiq qilindi. Demak, bu jarayonda interfaol ta'lim metodlaridan foydalanildi. Mazkur metodlarning didaktik jihatdan keng imkoniyatlari mavjud. Mazkur o'quv mashg'ulotida o'quvchilarning elektron ta'lim muhitida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish bilim, ko'nikmalarini shakllantirish maqsad qilib olindi.
Demak, mustaqil ta'limini tashkil etish maqsadida tashkil etilgan o'quv mashg'uloti orqali o'quvchilar mazkur jarayonni tahlil qilishlari, mavjud muammoning mazmun-mohiyatini anglashlari, shuningdek ularning muqobillarini tanlashlarida tabiiylikka e'tibor qaratishlari zaruriyati yuzaga keladi [18, 62 b.].
Mustaqil ta'limni tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan, amaliy jarayonlarga qaratilgan interfaol pedagogik metodlari orqali ta'minlanadi. Demak, mazkur jarayonda interfaol pedagogik ta'lim metodlari sifatida "Practic-study" metodidan foydalanish to'g'risida to'xtalib o'tamiz.
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
"Practic-study" metodi. Practic-study interaktiv ta'lim metodi bo'lib, o'qituvchi va o'quvchilarning umumiy intellekual va kommunikativ imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metod hisoblanadi.
"Practic-study" metodidan ta'lim jarayonining ixtiyoriy shakllarida foydalanish mumkin. SHu jumladan, mazkur metodni o'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etishda foydalanish imkoniyatlari ham mavjud. Demak, ushbu metod o'quvchilarga tashabbus bildirish, nazariy ma'lumotlarni o'zlashtirishda hamda ular asosida amaliy ko'nikmalarini shakllantirishda mustaqillikka ega bo'lish imkoniyatlarini ta'minlanishini ko'rishimiz mumkin.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirish, shuningdek mazkur ta'lim resurslaridan foydalanib ularning mustaqil ta'limini tashkil etish metodikasini takomillashtirish maqsadida, o'quv mashg'uloti tashkil etildi.
Demak, mazkur jarayonlarda avvalo shuni, etiborga olish zarurki, ta'limning yangi turini ya'ni elektron muhitidan samarali foydalanish jarayonlarini o'quvchilarga aniq tushuntirib o'tmasdan uni amaliyotga tatbiq etib bo'lmaydi. Agar mazkur jarayonlardan maqsadli foydalanilsa, ta'lim jarayonining sifatini oshirish imkoniyati mavjud bo'ladi [17].
O'quvchilarning mustaqil ta'limni tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan o'quv mashg'ulotining avzallik jihatlari quyidagicha:
olib boriladigan har bir dars mashg'uloti ma'lum bir darajada tadqiqot jarayoni hisoblanadi;
o'quvchilar o'z fikrlarini mustaqil bayon etish imkoniyati ta'minlanadi;
bu orqali o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida hamkorlining ijtimoiy munosabatlari yo'lga qo'yiladi.
O'quv mashg'uloti hamkorlikdagi ijtimoiy munosabatlar asosida olib boriladi, ya'ni o'qituvchi o'quvchilarning fikrlarini aniqlab olib, so'ngra bilimlarini yanada boyitishga yo'naltiradi [19, 64 b.]. Mazkur o'quv mashg'uloti davomida faqat o'qituvchi faol ishlamasdan o'quvchilar ham faollik ko'rsatadi.
Demak, yuqorida ta'kidlanganidek, bu jarayonda o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida erkin ijtimoiy munosabatlar shakllanadi hamda ularda mazkur jarayonlarga mos ravishda o'quv-bilish kompetentligi shakllanadi. Mazkur mashg'ulotlarning afzallik tomonlaridan yana biri, bu ta'lim jarayonida olingan nazariy bilimlar bilan amaliy mashg'ulotlarni uyg'unlikda olib borilishlari natijasida ko'nikmalarning shakllanishidir. O'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv-bilish kompetentligi shakllantirish maqsadida tashkil etilgan o'quv mashg'ulotida Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanib jarayonini ko'rib chiqamiz.
Mazkur jarayonda o'quvchilarning muhandislik faoliyatiga tayyorgarligini ta'minlashda ta'lim jarayonida amaliy dasturlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishning dolzarbligini ko'rsatadi [21].
Tadqiqot ishimizni amalga oshirishda kasb-hunar maktablari 30711401-Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash yo'nalishi o'quvchilariga "Texnikaviy chizmachilik" fanidan mustaqil ta'limini tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish, jumladan Kompas 3D muhandislik dasturi foydalanish metodikasini takomillashtirish bo'yicha o'quv mashg'uloti tashkil etildi. O'quv mashg'ulotini olib borishda akademik guruh o'quvchilari tajriba
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
va nazorat guruhlariga ajratildi. Nazorat guruhi uchun o'quv mashg'uloti an'anaviy ta'lim shaklida, tajriba guruhi uchun esa, o'quv mashg'uloti takomillashtirilgan metodikamiz asosida olib borildi.
O'quv mashg'ulotining boshlang'ich qismida o'qituvchi Kompas 3D muhandislik dasturi va uning imkoniyatlari bilan o'quvchilarni tanishtirdi. Keyin, o'qituvchi tomonidan Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanib, grafik chizma ishlarini bajarish to'g'risida namuna ko'rsatib berdi.
Bu jarayonda interfaol metodlaridan foydalanish o'quv mashg'ulotining samaradorligini ta'minlaydi. Shuning uchun ham, mazkur jarayonda "Practic-study" metodi yordamida tabiiylikka qaratilgan amaliy jarayonlar tahlili bajarildi, shuningdek u mashg'ulot davomida quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich. Boshlang'ich kompetensiyalarni shakllantirish.
Maqsad: O'quvchilarda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirish, shuningdek mazkur ta'lim resurslaridan foydalanib, ularning mustaqil ta'limini tashkil etish.
Bu jarayonlarda Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanib tabiiylikka qaratilgan obyektlarning proeksion va uning 3D o'lchamli modelini taqdim qilish, tahrirlash ishlari amalga oshiriladi.
Kutiladigan natija: Mazkur jarayonlar yordamida Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanish o'quv-bilish kompetentligini shakllantirishning boshlang'ich ishlari olib boriladi.
Ikkinchi bosqich. Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanish bo'yicha bilimlarni o'zlashtirish ishlari bajariladi.
Maqsad: Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanish bo'yicha bilimlarni mustaqil o'zlashtirish, oraliq o'quv-bilish kompetentligini shakllantirish.
Kutiladigan natija: bilim va ko'nikmalarni mustaqil ravishda egallash.
O'quvchilar Kompas 3D muhanadislik dasturidan amaliy jarayonlarda foydalanib bajarishadi.
Uchinchi (yakuniy) bosqich. Kompas 3D muhandislik dasturidan foydalanish bo'yicha o'quv-bilish kompetentligini baholash mezoni sifatida qo'llaniladi.
Yakuniy bosqichda vazifalarni bajarish darajasini baholash ko'rsatkichlarini quyidagicha ko'rinishda ifodalash mumkin:
- texnologik tayyorgarlik darajasi, chizma topshirig'ining belgilangan me'yor talablari darajasida bajarilganligi;
- o'quvchining mustaqil ravishda vazifalarni bajarish sifati;
- bajarilgan vazifalarning natijalarini taqdimot orqali namoyish etish sifati.
Yakunlovchi qism.
Guruh o'quvchilari berilgan topshiriqlarni belgilangan talablarga muvofiq ravishda bajarilganligiga qarab baholanadi. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning mustaqil faoliyat olib borish o'quv-bilish kompetentligining shakllanganlik darajalariga e'tibor qaratiladi.
Natijalar va muhokamalar. O'quvchilarining mustaqil ta'lim jarayonini samaradorligini oshirish maqsadida, empirik tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar 2-son kasb-hunar maktabi Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash yo'nalishi birinchi bosqich o'quvchilari uchun "Texnikaviy chizmachilik" fanidan olib borildi. Tadqiqot jarayonida tajriba guruhida 25 nafar, nazorat guruhida 24 nafar o'quvchi qatnashdi.
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
Mazkur natijalarga ko'ra, Tkrit(0,05; 47)=1,96 ga teng. Demak, tajribada olingan natijalar bo'yicha Tkrit=1,96<T=2,1 ga ega bo'ldi, ya'ni tajriba va nazorat guruhlari o'quvchilarining o'zlashtirishi 1.13 ga teng, Tk„t<T bo'lgani uchun H g'oya qabul qilindi. Shuning uchun natijalar tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 13 % ga yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi.
Bu esa, olib borilgan tadqiqot jarayon natijalarining samaradorligini va metodik ta'minotining ilmiy-pedagogik jihatdan ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
Xulosa. Tadqiqotlar natijasida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar 2-son kasb-hunar maktabida o'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etish mazmuni, sifati, ta'lim dasturlari, texnologiyalarining tatbiq etilishi natijasida bir qancha o'zgartirishlar amalga oshirildi. Demak, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar 2-son kasb-hunar maktabi o'quvchilarining elektron ta'lim resurslaridan foydalanib mustaqil ta'lim jarayonini tashkil etish maqsadida, tashkil etilgan o'quv mashg'ulotlarida ularning o'zlashtirish ko'rsatkichlari Styudent kriteriyasidan foydalanib, natijalar taqqoslab olindi. Demak, mazkur jarayondan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, tajriba guruhi o'quvchilarining natijalari nazorat guruhi o'quvchilarining natijalariga ko'ra, ijobiy natijalarga erishildi.
REFERENCES
1. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoni. 8.02.2017-y. lex.uz/docs/3107036.
2. Alimnazarov O. Elektron ta'lim muhitida mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish vositalari. "Ta'lim, fan va innovatsiya" jurnali, 5-son., 2022.
3. Alimnazarov O. Methods of using engineering graphics software in the process of organizing independent education of students. India: Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, doi: 10.5958/2249-7137.2022.00332.9, 2022.
4. Alimnazarov O. Mustaqil ta'lim jarayonida Coding C++ dasturidan foydalanish metodikasi. Respublika janubida elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman to'plami, Termiz muhandislik-texnologiya instituti., 2022.
5. Alimnazarov O. O'quvchilarning mustaqil ta'limini tashkil etishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish metodikasi. International scientific-methodological electronic journal "Foreign Languages in Uzbekistan", 2023., 1/(48), 104-118. journal.fledu.uz/uz/issue/1-48-2023/.
6. Kuysinov O.A. Improving the methodologies of raising the effectiveness of continuous education on the basis of ensuring content consistency. Actual problems of modern science, education and training, 2021.
7. Kuysinov O.A. Some Aspects of Modular Educational Technologies Forming Professional Competence of Future Teachers Eastern. Germany: European Scientific Journal., 2018.
8. Kuysinov O.A., Muslimov N.A., Urazova M.B. Формирование профессиональной компетенции будущих учителей посредством применения веб-квест технологии. Москва: "Научное обозрение: гуманитарные исследования" научный журнал., 2014.
9. Qo'ysinov O.A., Alimnazarov O.M. The method of organizing independent education using Compass 3d software in educational process. International Journal of Early Childhood Special Education, int-jecse.net/abstract.php?id=1108. 2022. 2076 - 2085.
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
10. Ziyodullayeva G. O'quvchilarni faollashtirish, mustaqil ishlarni tashkil etish orqali bilim samaradorligini oshirish yo'llari. "Science and Education" Scientific Journal, 2020.
11. Divanova M.S, Inoyatova M.E, Abduqudusova F.E. Boshlang'ich sinflarda matematika fanini o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari // Uslubiy qo'llanma. - T.: "T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'PFITI" nashriyoti, 2014 - 125 b.
12. Eshonqulov B.S. Raqamli texnologiyalar asosida energetik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta'minotini takomillashtirish. Ped. fan. bo'yicha falsafa doktori (PhD).... diss. avtoreferati. T.: 2023.
13. Hamidov J. A. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda o'qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo'llash texnologiyasi. Ped. fan. doktori (DSc)... diss. T.: 2017.
14. Muqumov B.R. Talabalarni mustaqil ish jarayonida interfaol ta'lim metodlari asosida didaktik kompetensiyasini takomillashtirish (kasb ta'limi yo'nalishlari misolida). Ped. fan. bo'yicha falsafa doktori (PhD).... diss. T.: 2020.
15. Qo'ysinov O.A. Kasb ta'limi yo'nalishi bakalvr o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta'limning ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. nom...diss. T.: 2008 - 160 b.
16. Sadikova F.M. Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish. Ped. fan. bo'yicha falsafa doktori (PhD)... diss. avtoreferati. T.: 2021.
17. Mazen Ismaeel Ghareb and Saman Ali Mohammed. The Role of E-Learning In Producing Independent Students With Critical Thinking.: International Journal of Engineering and Computer Science, 2015.
18. Ro'ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi // Met.qo'll. T.: Nizomiy nomidagi DTPU. 2013. - 115 b.
19. Musayev J.P. 5-9-sinf o'quvchilarining mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari. Ped. fan. (PhD) diss. avtoreferati. Toshkent: 2022.
20. Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. 23.09.2020-y.
21. Stefanie Findeisen and Stefen Wild. General digital competences of beginning trainees in commercial vocational education and training. https://doi .org/10.1186/s40461 -022-00130-w.: Empirical Research Vocational Educational Training. Springer Open, 2022.