"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
O'QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA PEDAGOGIK VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASIDAN
FOYDALANISH Shernazarov Iskandar Ergashovich
Nizomiy nomidagi TDPU "Kimyo va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi p.fd. DSc, dotsent v.b.
https://doi.org/10.5281/zenodo. 1003 7059
Zamonaviy sharoitda o'quvchilarning o'quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o'qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta'lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, modul-kredit tizimi, masofali o'qitish, blended learning (aralash o'qitish) va mahorat darslari raqamli texnologiyalar yordamida tashkil etish ta'limning innovatsion shakllari sifatida e'tirof etilmoqda[1-4].
Respublika ta'lim muassasalarida interfaol ta'limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo'llanilmoqda:
Interfaol metodlar: "Keys- stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blits-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Munosabat", "Reja", "Suhbat" va boshqalar [5].
Strategiyalar: "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotatsiya", "T-jadval", "Yumaloqlangan qor" va hokozolar [6].
Grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "B/B/B", "Konseptual jadval", "Venn diagrammasi", "Insert", "Klaster" "Nima uchun?", "Qanday?" va boshqalar [7]
O'quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashda bir qancha metodlar bilan birga raqamli texnologiyalardan foydalanish ham juda katta ahamiyatga ega bo'lib, xalqaro baholash tadqiqotlarini o'tkazish va topshiriqlarni ishlash raqamli texnologiyalar asosida amalga oshiriladi.
Qo'yida bir qancha metodikalar tasnifini ko'rib chiqamiz. Masalan:
Vizual vositalar - bu vizual (ko'rgazmali) vositalar pedagogik texnologiya jarayonida o'quvchilar ko'z bilan ko'rishlari uchun mo'ljallangan barcha vositalarni o'z ichiga oladi. Bularga sinf doskasidagi yozuv va boshqa tasvirlar, kitoblardagi yozuv va tasvirlar, tarqatma materiallar, o'quv plakatlari, foto suratlar, tasviriy san'at asarlari, video, kino tasvirlar, jonivorlar, o'simliklar, tabiat obyektlari, turli buyumlar va boshqalar kiradi [8].
Ko'rgazmali vositalarning raqamli texnologiyada qo'llanilishi o'quvchilarga o'rgatish kerak bo'lgan axborotga tegishli mazmunni turli shakl va usullarda ko'rsatish orqali tez, aniq va to'g'ri tushuntirish imkoniyatini beradi.
Audio vositalar - bu eshitish orqali axborotni o'rganish, o'zlashtirish imkoniyatini beradi. Hozirda ko'proq audioviziual vositalar, ya'ni bir vaqtda eshitish va ko'rishga xizmat qiluvchi vositalar: kino va boshqa ovozli video tasvirlardan foydalaniladi. Aslida esa amaliyotda mavjud sharoit va vaziyatdan kelib chiqqan holda, ijodiy yondashuv asosida mavjud vositalardan kompleks foydalanish o'quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashda eng yaxshi samara beradi.
Tabiiy vositalar - bu pedagogik texnologiya jarayonida o'rganish ko'zda tutilgan mazmunga tegishli barcha tabiiy narsalar kiradi. Bular odam va jonivorlar, o'simliklar va tabiat, asbob-uskunalar, buyumlar, mashinalar, mexanizmlar, rawamli texnologiyalar, inshootlar va shu kabilardan iborat [9].
Umuman raqamli texnologiyaning sifati va samaradorligi hozirgi kunda ko'p jihatdan barcha turdagi zarur vositalarning sifati va ulardan yuqori samaradorlik bilan foydalana bilishga
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
bog'liq. Bu vositalardan to'g'ri va unumli foydalanish o'quvchilarning ko'nikma, mahorat, ijodkorligi, izlanuvchanligiga bog'liq.
Xalqaro baholash tadqiqotlari asosida o'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni ishlashda pedagogik texnologiyalar bilan birga raqamli texnologiyalar integratsiyasidan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Sababi Xalqaro baholash tadqiqotlari odatda kompyuter texnologiyalar asosida o'tkaziladi. Demak qo'yida berilgan barcha topshiriqlarni va metodikalarni raqamli texnologiyalar bilan o'zviy bog'liq bo'lishi shart[6].
O'quvchilarni xalqaro baholash dasturidagi matematik savodxonligini shakllanti ish uchun qo'yidagi metodlar bilan raqamli texnologiyalar integratsiyasidan foydalanish mumkin.
Matematik savodxonlikni shakllantirishda "Evristik ta'lim" va "Muammoli vaziyat" metodlaridan foydalanamiz.
Evristik ta'lim metodi. Evristik degan so'zning ma'nosi savol javobga asosan "topaman" demakdir. Evristik metod bilan o'qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridan boshlab qo'llanila boshladi. Mashg'ulotlar qiziqarli bo'lishi uchun, bu mashg'ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq so'zma so'z quruq yodlash uchun emas balki ularning oliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bo'lishi kerak. Hozirgi kunda bu kabi topshiriqlarni tayyorlash va uni darsda o'quvchilar bilan ishlashda asosan raqamli texnologiyalar dasturlaridan keng foydalanilmoqda [7]. "Tushunchalar tahlili" metodi.
Metodning maqsadi: mazkur metod o'quvchilar yoki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirish darajasini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo'llaniladi[9].
Muammoli vaziyat metodlaridan foydalangan holda ta'lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirilib kelinmoqda [10].
Shunday ekan yuqorida keltirilgan barcha ma'lumotlar asosida o'quvchilarni funksional savodxonligini shakllantirish xalqaro baholash tadqiqotlaridan PISA tadqiqoti tayyorlashda foydalanishlari uchun asosiy manbalar tayyorlash, topshiriqlar ishlab chiqish, topshiriqlarni ishlash ko'nikmalarini shakllantirish raqamli texnologiyalar asosida amalga oshiiriladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni 20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi https://lex. uz/docs/http ://lex. uz/ru/docs/5841063
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-3893445
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29-apreldagi PF-5712-son "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-4312785
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. https://lex.uz/uz/docs/-4097073
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
5. Shernazarov I.E. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarni xalqaro baholash tizimiga tayyorlashdagi vazifalar va ularning yechimlari. "Uzluksiz ta'lim" ilmiy-uslubiy jurnal 2021. № 5 son. Toshkent. -B.13-21.
6. Shernazarov I.E., Bektosheva S.R. O'quvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish//Science and innovation international scientific journal. -V. 1 2022. -Pp.1570-1577
7. Shernazarov I.E., Iskandarov A.Y., Xasanova S.G'. Kimyo fanidan tabiiy savodxonlikni oshirishga doir topshiriqlar to'plami. Umumiy o'rta ta'lim maktablarini 14-15 yoshli o'quvchilari uchun//O'quv qo'llanma. 2021. -B. 324.
8. Shernazarov I.E., Berdiqulov R.Sh., Qoraxonova L. M., Akbarova S.R. Xalqaro baholash tadqiqotlari (zamonaviy pedagoglarga funksional savodxonlikni rivojlantirish biologiya fan misolida)//Oliy ta'lim muassasalarining tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo'nalishi talabalari uchun qo'llanma. 2023. -B. 200.
9. Shernazarov I.E., Ismailov S.A., Salixova M.Q. Xalqaro baholash tadqiqotlari//Oliy ta'lim muassasalarining tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo'nalishi talabalari uchun qo'llanma. 2023. -B.260.
10. Maxmudova D.M., Shernazarov I.E., Qoraxonova L.M., Xujanov E.B., Avci D.E., Eshmamatov I.A. Xalqaro baholash asoslari//Oliy ta'lim muassasalarining tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi o'quvchilari uchun darslik. Toshkent. 2022. -B.299.