Научная статья на тему 'PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI'

PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1845
347
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / tabiiy-ilmiy savodxonlik / formativ baholash / summativ baholash / kontekst / 4K tamoyili / “XXI asr ko‘nikmalari” / kritik fikrlash / kollaboratsiya / kreativlik (ijodkorlik) / kommunikatsiya / PISA / естественнонаучная грамотность / формирующая оценка / итоговая оценка / контекст / принцип 4K / “навыки XXI века” / критическое мышление / коллаборационизм / креативность (креативность) / коммуникация.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Meliqo‘ziyev Dadaqo‘zi Jo‘raqo‘ziyevich

Ushbu maqolada xalqaro pedagogik amaliyotda xalqaro baholash tadqiqotlarining milliy ta’lim tizimida samaradorlik hamda o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini ta’minlashdagi roli, o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning tashkiliy jihatlari yuzasidan quyidagi tavsiyalar, PISA xalqaro baholash dasturi konsepsiyasida keltirilgan jarayonlar va o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar, shuningdek tabiiy fanlarda qo‘llaniladigan kontekstlar va ularga doir misollar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ ОЦЕНКИ PISA

В данной статье излагаются следующие рекомендации по роли международных оценочных исследований в Международной педагогической практике в обеспечении эффективности в национальной системе образования и успешности обучения учащихся, организационные аспекты развития естественнонаучной грамотности учащихся, процессы и требования к учащимся, изложенные в концепции международной программы оценки PISA, а также контексты, применяемые в естественных науках, и примеры.

Текст научной работы на тему «PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI»

Meliqo'ziyev Dadaqozi Jo raqo ziyevich,

Qo'qon davlat pedagogika instituti "Fizika va astronomiya" kafedrasi o'qituvchisi

PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA OQUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI

UO'K: 37.014.6:316.628 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_6_5

MELIQO'ZIYEV D.J. PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI

Ushbu maqolada xalqaro pedagogik amaliyotda xalqaro baholash tadqiqotlarining milliy ta'lim tizimida samaradorlik hamda o'quvchilarning ta'limdagi muvaffaqiyatini ta'minlashdagi roli, o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning tashkiliy jihatlari yuzasidan quyidagi tavsiyalar, PISA xalqaro baholash dasturi konsepsiyasida keltirilgan jarayonlar va o'quvchilarga qo'yilgan talablar, shuningdek tabiiy fanlarda qo'llaniladigan kontekstlar va ularga doir misollar bayon etilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: PISA, tabiiy-ilmiy savodxonlik, formativ baholash, summativ baholash, kontekst, 4K tamoyili, "XXI asr ko'nikmalari", kritik fikrlash, kollaboratsiya, kreativlik (ijodkorlik), kommunikatsiya.

МЕЛИКУЗИЕВ Д.Ж. КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ ОЦЕНКИ PISA

В данной статье излагаются следующие рекомендации по роли международных оценочных исследований в Международной педагогической практике в обеспечении эффективности в национальной системе образования и успешности обучения учащихся, организационные аспекты развития естественнонаучной грамотности учащихся, процессы и требования к учащимся, изложенные в концепции международной программы оценки PISA, а также контексты, применяемые в естественных науках, и примеры.

Ключевые слова и понятия: PISA, естественнонаучная грамотность, формирующая оценка, итоговая оценка, контекст, принцип 4K, "навыки XXI века", критическое мышление, коллаборационизм, креативность (креативность), коммуникация.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

MELIQUZIYEV D.J. CONCEPTUAL FOUNDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF NATURAL SCIENCE LITERACY OF STUDENTS BASED ON THE INTERNATIONAL PISA ASSESSMENT PROGRAM

This article presents the following recommendations on the role of international assessment studies in International pedagogical practice in ensuring the effectiveness of the national education system and the success of student learning, organizational aspects of the development of natural science literacy of students, processes and requirements for students set out in the concept of the international PISA assessment program, as well as contexts used in the natural sciences, and examples.

Key words and concepts: PISA, science literacy, formative assessment, final assessment, context, 4K principle, "21st century skills", critical thinking, collaborationism, creativity (creativity), communication.

Kirish.

Ta'limning asosiy vazifasi o'quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Buning uchun kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'lgan muhim ko'nikmadir. Bu ko'nikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan o'zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari "XXI asr" ko'nikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga ko'maklashadi. Umuman olganda, bugungi o'quvchi kelajakda hozir hatto mavjud bo'lmagan sohalarda ish-lashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. O'quvchida kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish ularga tob-ora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Yuqoridagi talablar ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksari-yat xorijiy mamlakatlardagi kabi, ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dastur-lariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan "Stesting" loyihasi doirasida 100 dan ortiq tre-najyor video yaratildi va "Stesting" platformasi ishga tushirildi. Bu platforma o'quvchilarning xalqaro baholash dasturlari doirasidagi top-shiriqlar bilan ishlash ko'nikmasini shakllanti-rishga qaratilgan elektron tizim va video mahsu-lotlarni o'z ichiga olgan. Unga 1500 tadan ortiq test joylashtirilgan. Xalqaro tadqiqotlarga tayy-orgarlik ko'rish, testlarni yechish ko'nikmasini

shakllantirishga qaratilgan mazkur elektron platforma sentyabr-oktyabr oylarida muayyan mak-tablarda tajriba-sinovdan o'tkazildi. Eng muhim jihatlardan biri ushbu platformadan foydalanish mutlaqo bepul. Bugunga qadar ushbu platfor-mada 2,6 milliondan ortiq o'quvchi ro'yxatdan o'tgan va ularning diagnostik baholash natijalari tahlil qilingan1.

Mavzuning dolzarbligi tabiiy-ilmiy savodx-onlikni rivojlantirishning asosi bo'lgan tabiiy fanlarning o'qitilishi xorijiy davlatlar misolida qiyosiy tahlil qilinmaganligi, tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi bo'yicha dunyo bo'ylab o'qitish tartiblari va metodikalari haqida ilmiy - nazariy ma'lumotlar tahlili yetarli darajada o'rganilmaganligi bilan belgilanadi.

Mavzuning maqsadi hozirgi kunda tabiiy fanlardan ham milliy o'quv dasturi ishlab chiq-ish. Milliy o'quv dasturi doirasida o'quvchilarga endi nazariy bilim emas, hayotiy ko'nikma va malaka berish ustida ish olib borish. Hozirgi kunda xalqaro baholash tadqiqot dasturlariga tayyorgarlik, erishilgan yutuq va kamchiliklarni aniqlash, xalqaro baholash dasturi natijalari asosida umumta'lim maktablarida ta'lim sifa-tini baholash milliy tizimini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda maktab o'quvchilarining kelajakdagi xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat2.

Tadqiqotning ob'yekti sifatida — Mam-lakatimiz maktablarida tahsil olayotgan 15 yoshli o'quvchilarning savodxonligini hamda bilimlarini

1 https://stesting.uz/uz

2 Madieva R. Xalqaro baholash tadqiqotlari — ta'lim sifatida muhim qadam /https://yuz.uz/uz/news/xalqaro-baholash-tadqiqotlari--talim-sifatida-muhim-qadam.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholash jaray-oni tanlandi.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar miqdoriy, analitik, ilmiy, qyosiy usulllar va adabiyotlar tahl-ilidan foydalanildi.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asar-lari qisqacha tahlili M.Oripova o'z ilmiy maqo-lasida "tabiiy-ilmiy savodxonlik kuzatish va tajribalarga asoslangan xulosalar olish uchun ilmiy metodlar yordamida tekshirish va hal etil-ishida tabiiy-ilmiy bilimlarni ishlata olish qobili-yati, dolzarb muammolar haqida fikrlay olishi, shaxsiy, ijtimoiy, global muammolarga duch kel-ganda yechish ko'nikmasiga ega bo'lishi, mushohada yuritish qobiliyati sinovdan o'tkazilishi"1 deb ta'rif bergan.

PISA xalqaro baholash dasturi pedagogik amaliyotga keng qo'llaniladigan "ta'lim" tushun-chasi mazmunini ham tubdan o'zgartirib yubordi. Pedagog olim va ta'lim bo'yicha xalqaro ekspert A.Shlyaxer ta'lim tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: "Ta'lim nafaqat o'quvchilarga biror narsani o'rgatish, balki ularga tobora murakk-ablashib va o'zgarib borayotgan dunyoda, o'ziga bo'lgan ishonch bilan ildam harakatlanish uchun yordam beradigan zaruriy imkoniyatlar bilan ta'minlash jarayonidir"2. Bundan kelib chiqqan holda umumta'lim maktablari, pedagoglarining ham funktsional vazifasi ham shunga mos rav-ishda o'zgarib bormoqda. "Ta'lim" tushuncha-sining o'zgarishi o'quv adabiyotlari, o'quv top-shiriqlarining mazmunida ham o'z aksini topadi.

A.Ismoilov o'z dissertatsion ishida umumta'lim maktabi o'quvchilarining ta'limdagi yutuqlarini xalqaro tadqiqotlar hamda milliy tadqiqotlar asosida baholash orqali quyidagi-larga erishish mumkin ekanligini ta'kidlab o'tadi:

- milliy ta'lim tizimining yutuq va kam-chiliklari yuzasidan o'z vaqtida axborot olish;

- ta'lim tizimida olib borilayotgan chora-tadbirlar va dasturlarning ta'sirini tahlil qilish imkoniyati yaratiladi;

1 Oripova M.Q. PISA - o'quvchilarni ta'limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturining ahamiyati // Konferentsiya materiallari. - Toshkent, 2022. 166-169 B.

2 Schleicher A. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti. Ta'lim va ko'nikmalar departamenti direktori, PISA dasturi asoschisi.

https://www.oecd-ilibrary.org/sites/2c0d9903-en/index. html?itemId=/content/component/2c0d9903-en.

- ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakatning nufuzini mustahkamlashga yordam beradi;

- o'quvchilarning bilimi, salohiyati va savodxonligining qay darajada shakllanganligini bilish hamda xalqaro miqyosda taqqoslash;

- ta'lim muassasalaridagi joriy etilgan o'qitish usullarini boshqa mamlakatlardagi usul-lardan farqli jihatlari haqida tasavvurga ega bo'lish;

- o'quvchilarning savodxonlikni rivojlan-tirishga oid darslar maktablarda qanday tashkil etilganligi haqida ma'lumot olish;

- ota-onalar tomonidan o'quvchilarning bilimi va savodxonligini yaxshilashda qo'shilayotgan hissalari salmog'ini bilish;

- o'quvchilarni fanlararo uyg'unlik asosida baholash, dunyo bo'yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta'lim jarayonlarini chuqur tahlil qilish;

- ta'lim sifati va samaradorligiga yangicha qarash, zamonaviy, kompetentsiyaviy yondashu-vlar, ya'ni o'quvchilarning olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo'llay olish, ijodiy va man-tiqiy fikrlash ko'nikmalarini baholash va rivojlan-tirish yondashuvini olib kirish;

- shuningdek tizimda tub islohotlar va burilishlarga sabab bo'ladigan strategik qarorlar qabul qilish uchun zaruriy ma'lumotlarni olish imkoniyatlari yaratiladi3.

Maqolaning ilmiy mohiyati Tadqiqot ishi doirasida tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlanti-rishning asosi bo'lgan tabiiy fanlarning o'qitilishi xorijiy davlatlar misolida qiyosiy tahlil qilindi. Tabiiy (Science) fanlarni o'qitish metodikasi bo'yicha dunyo miqyosida o'qitish tartiblari va metodikalari haqida ilmiy-nazariy ma'lumotlar tahlili ko'plab tatbiq etish borasida yangi inno-vatsion yondashuvlarni shakllanishiga asos bo'ladi. Quyida Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Bri-taniya, Finlandiya va Germaniya davlatlari mak-tablarida tabiiy fanlarni o'qitish metodikasini ilmiy qiyosiy tahlil qilib o'tiladi.

3 Ismailov A.A. O'quvchilarning yutuqlarini xalqaro tadqiqot dasturlari asosida baholash // "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to'plami - Toshkent: Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, 2022. - 21-26 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

Asosiy qism.

Finlandiya maktablari tabiiy fanlarni PISA standartlariga mos ravishda o'qitishni va fan doirasida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlan-tirishni yo'lga qo'ygan. Finlandiyaning Kuo-pio shahridagi maktab o'qituvchisi Marjo Luytt o'quvchilarni biologiya darsida mavzuni tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodi-kasi bilan ishlashni ilgari suradi. U 45 daqiqalik dars davomida aniqlangan narsa va hodisala-rni o'quvchilar amaliy ish jarayonida real dun-yoda qanchalik ahamiyatli tomonini fikrlashga o'rgatadi. Marjo Luytt "Agar o'quvchilar top-shiriqni amalda bajarib ko'rmasa, savollarga javob berishda qiyinchiliklar yuzaga keladi" degan fikrlarni bildirgan. Asosan o'quvchilarga yanada qiziqarli mashg'ulotlar tashkil qil-ish maqsadida didaktik o'yinlar, usullar keng qo'llaniladi1.

Buyuk Britaniya maktablarida o'qituvchilar, eng yaxshi o'qituvchi fanni qanday o'rgatadi? tamoyiliga suyanib, o'quvchilar uchun haqiqiy hayotda uchrashi mumkin bo'lgan muammo-larga yechimlarni topish ko'nikmalarini rivojlant-irishga ilmiy-amaliy yondashadi. Amaliy va labo-ratoriya mashg'ulotlari davomida qo'llaniladigan metodlar asosan, o'quvchilarni tanqidiy, kreativ fikrlash, hayotda tadqiqotlarni qo'llay olish ko'nikmasi, tasavvurlarning ortishi, analiz-sintez fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga oid metodi-kalar bilan birgalikda hamkorlikda ishlash, teng-doshlarga o'rgatish ko'nikmasini rivojlantiradi-gan metodikalarga qaratilgan2.

Germaniya davlati maktablarida 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan o'quvchilarni tabiiy (science) fanlarni o'qitishda o'ziga xos jihatlari, idrok etish, laboratoriya mashg'ulotlari mazmunini anglash ko'nikmasini shakllantirish asosiy xususiyat sanaladi. Tabiiy fanlarni o'qitishning umumiy tamoyillaridan biri moderinizatsiya (qayta ish-lash) va muammoli vaziyatlar bilan ishlashni o'rganish. Asosan o'quvchilarni amaliy ishlarni bajarish usullariga jalb etishga e'tibor qaratilgan. Natijada ushbu faoliyat innovatsiyalarning

1 Kivirauma J., Kari R. Excellence through special education? Lessons from the Finnish school reform. International review of education 53, 2007. - P. 283-302.

2 Breakspear S. The policy impact of PISA: An exploration of the normative effects of international benchmarking in school system performance. 2012. - P. 12 (164).

turli sohalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-kon-struktorlik faoliyatlarini yuritishga olib keldi3.

Rossiya Federatsiyasi maktablarida tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi faqat bilim olish va namoyish etishga qaratilgan. Asosiy e'tibor ilmiy savollarni shakllantirish, tadqiqotni rejalashtirish, ma'lumotlarni boyitish va ilmiy dalillarni yarat-ishga qaratilgan. Ya'ni, tabiiy fanlarni o'qitishni modernizatsiya qilish, dars jarayonida olingan bilimlarni kundalik hayotga tatbiq etish, tabiiy fanlar bo'yicha misol uchun "Dunyo atrofimizda" kursini tashkil etish, hodisalarni ilmiy tushunti-rish, amaliy laboratoriya ishlarini natijali olib borish metodikalariga yo'naltirilgan4.

Tabiiy (science) fanlarning amaliy mashg'uloti, shaxsning motivatsiyasiga ta'sir etuvchi metod-larning ahamiyati yuqoriligini isbotladi. Shun-ingdek, jamoaviy, hamkorlikda ishlash, keys muammoli vaziyatlar yordamida o'qitishning o'quvchilarda tasavvurlarning shakllanishi analiz-sintez fikrlash qobiliyatining ortishiga va amaliy mashg'ulotlarni ishlash ko'nikmasining boyishiga xizmat qiladi.

Xalqaro pedagogik amaliyotda xalqaro baholash tadqiqotlarining milliy ta'lim tizimida samaradorlik hamda o'quvchilarning ta'limdagi muvaffaqiyatini ta'minlashda fan dasturlari uzvi-yligi va uzluksizligini ta'minlash muhimligini ko'rsatadi. Tahlillar bu sohada quyidagi birlam-chi muammolar uchrashini ko'rsatadi:

- uzluksiz ta'limning fanlararo tabiati bilan bog'liq holda, mavzu va ob'ektni tanlashda nomutanosibliklar yuzaga keladi;

- uzluksiz ta'limning turli bosqichlarda mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlan-ish borligi;

- takrorlanish va ortiqcha vaqt sarflash evaziga o'qituvchi hamda o'quvchining vaqti besamar sarflanishi;

- ta'lim bosqichlarida ayrim mavzu-larga ortiqcha vaqt ajratilganligi, nazariy mashg'ulotlarga amaliyga nisbatan ko'p vaqt ajratilganligi va h.

3 Münch R. "Education under the regime of PISA & co.: Global standards and local traditions in conflict—The case of Germany". Teachers College Record 116.9, 2014. - P. 1-16.

4 Pentin, A., et al. "Science education in Russian schools as assessed by TIMSS and PISA". Voprosy obrazovanija = Education Issues 1 (2018): 79-109.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi quyidagi natijalarni beradi:

- ta'limning har bir bosqichi yakunida XI asr ko'nikmalariga ega bo'ladigan bitiruvchilarga qo'yiladigan malaka talablarini shakllantirish;

- maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha mantiqiy, tanqidiy fikrlash, amaliy ko'nikmalarni rivojlantiruvchi va soddalashtirilgan hamda uzvi-yligi ta'minlangan o'quv dasturlari, darsliklar, raqamli resurslar yaratish;

- o'quv dasturlariga xalqaro tadqiqot-lar (PISA, PIRLS, TIMSS kabi) savollarining maz-mun-mohiyatini singdirish, o'quvchi, talaba-lar, o'qituvchilar uchun aniq va tabiiy fanlar bo'yicha o'quv dasturlari, qo'llanmalar va darsliklar, metodikalar bosqichma-bosqich xalqaro talablarga qarab takomillashtirib borish;

- o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyor-lash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv das-turlari va O'MM modernizatsiya qilish;

- uzviylashgan o'quv dasturlarini bosq-ichma-bosqich joriy etish natijasida ta'lim sifati yangi bosqichga ko'tariladi, har bir bitiruvchida XI asr ko'nikmalari shakllantiriladi va hokazo1.

O'quvchilarning PISA xalqaro baholash das-turida tabiiy-ilmiy savodxonligi domeni bo'yicha yuqori natijalarni qo'lga kiritishi, o'quvchlarning kimyo, biologiya, fizika, geografiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlardan past ko'rsatkichga erishayotganligini oldini olish uchun tabiiy fanlar bo'yicha pedagoglarni tayyorlash jarayonini rivojlantirishga bo'lgan e'tiborni yanada kuchay-tirish kerakligini anglatadi. O'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning tashkiliy jihatlari yuzasidan quyidagi tavsiyalar shakllan-tirildi:

- pedagogika oliy ta'lim muassasala-rida tabiiy fanlar bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha imkoniyatlarni kengaytirish va ularni kerakli zamonaviy hamda innovatsion asbob-uskunalar bilan jihozlash;

- umumta'lim maktablarida 7-sinfdan tabiiy fanlarni chuqurroq o'rgatuvchi sinflar tashkil qilish;

1 Kuysinov O.A., Nosirov A., Abduraimov Sh., Sodikova A., Kutlimuratov K., Mamajonova K. New Uzbekistan - The value of Membership in the Continuous Education System. "International journal of special education" Scopus Journal. https://www.internationaljournalofspecialeducation.com/ submission/index.php/ijse/article/view/515 ISSN No:0827-3383 VOLUME 37, №3. - 2022.

- umumta'lim maktablarida texnikalarning ishlash tamoyili, ularning tuzilishini o'rganish, murakkab bo'lmagan mashinalar modellarini yasash uchun shart-sharoitlar yaratish;

- umumta'lim maktablarida tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida respub-likada mavjud zavodlardan turli detal va texnik qismlar, motorlar, laboratoriya ishlari uchun jihozlar, vositalar, o'lchov asboblari bilan to'ldirish;

- tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishni targ'ib qiluvchi yagona milliy tadqiqot ishla-rini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan tanlovlar tashkil etish;

- umumta'lim maktab o'quvchilari uchun barcha tabiiy fanlardan virtual internet olimpi-adalarini tashkil qilish;

- tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan qonuniyatlar, murakkab masalalar va laboratoriya ishlarini ko'rsatib va tushuntirib beruvchi internet saytlarni yaratish;

- o'quvchilar uchun tabiiy fanlarni o'rganish uchun teleko'rsatuvlar, videodars-liklar sonini va sifatini uzluksiz rivojlantirish va targ'ibot qilish;

- tabiiy fanlar bo'yicha olimlar, yetakchi mutaxassislar ishtirokida umumta'lim maktablarida treninglar, savol-javoblar, uchrashuvlarni tashkil etish;

- hududlarning o'ziga xosliklarini hisobga olgan holda tabiiy fanlar negizida sayohatlar, ekspeditsiyalar, loyihalar tashkil etish (hududda mavjud baliq turlari, tuproqning tuzulishi, havoning tarkibini aniqlash, shu kabilar).

Yuqorida sanab o'tilgan takliflarning baja-rilishi o'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxon-ligini PISA xalqaro baholash dasturida yuqori ko'rsatkichlarga erishishni ta'minlaydi, tabiiy fanlarga bo'lgan qiziqishlarini ortishiga, va ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi.

PISA xalqaro baholash dasturida topshiriqlar-ida tabiiy fanlar tegishli bo'lgan savollar, aso-san, standart (matn, grafik, diagramma, jadval va ularga bog'liq savollar) va interaktiv (kompyuter simulyasiyasi va unga bog'liq savollar) kabi topshiriqlarni qamrab olgan. Har bir topshiriq o'quvchilarning tabiiy-ilmiy salohiyatini baholab beruvchi kategoriyalar bo'yicha sinflarga ajratil-gan bo'lib, bular quyidagilardan iborat:

- kompetensiyalar (hodisa, jarayonlarni ilmiy jihatdan tushuntirib berish va amalda

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

qo'llay olish hamda o'z bilimlarini nazariya va qonunlar asosida tahlil qilish, ilmiy aso-slab xulosa chiqara olish), tabiiy-ilmiy bilimlar (ilmiy bilim va ko'nikmalariga tayangan holda kuzatish va tadqiqot tajribalari qay darajada o'zlashtirganligi);

- kontekstlar (bilimlarni sog'liqni saqlash, tabiiy resurslar, xavf-xatar va zamo-naviy texnologiyalarni shaxsiy, milliy va global tarzda qo'llay olish darajasini) va kognitiv (yuqorida ko'rsatilgan kompetensiyalar doira-sida o'quvchilar bilimlarni o'z mohiyatidan kelib chiqqan holda past, o'rta va yuqori darajada baholash).

Bu topshiriqlarda o'quvchilar noodatiyligidan, ma'lum bir masalaning hayotiy hodisa jaray-onlari bilan uzviy bog'langanli va bularga nis-batan o'quvchining mustaqil fikri, ko'nikmasi yo'qligidan va fanlarni bir biri-bilan bog'lay olmaganliklari, bunday va bu kabi savollarga maxsus tayyorgarlik ko'rmaganliklaridan test-lar qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Darsliklarga o'zgartirishlar kiritilganda mana shu talablar ham inobatga olinishi lozim.

PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlari o'quvchilar egallagan bilimlarini real vaziyatlarda qo'llanilishiga, fanlararo bilimlarning o'zaro inte-gratsiyasiga, o'quvchilarning qaror qabul qilish, o'z yechimini baholash ko'nikmasini rivojlan-tirishga qaratiladi. Baholash dasturi topshiriqlari aynan bir o'quv mashg'uloti mavzusi bilan cheg-aralanmaydi. Topshiriqlar jamiyat, atrof-muhit, tabiat hodisalari, texnika va texnologiya, insoni-yat taraqqiyoti, salomatligi, global va kundalik hayot, zamonaviy fanlarga oid vaziyatlar, hol-atlar, ma'lumotlar va muammolarga bog'lagan holda shakllantiriladi. Hozirda dolzarb bo'lgan global iqlim o'zgarishi, epidemiya, digitali-zatsiya (axborotni raqamli shaklga o'tkazish) va shu kabilar topshiriqlar kontekstida qo'llaniladi. Xalqaro baholash dastur o'tkazilgan yillarda qo'shimcha ravishda asosiy domenlar bo'yicha savodxonligi bilan bir qatorda o'quvchilarning texnologik kompetentsiyalari (2006-yili tek-shirildi), moliyaviy savodxonligi (2018), kreativ fikrlash (2022 yil), "raqamli dunyoda o'rganish" (2025-yil) kompetentsiyalari baholanadi.

Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning didaktik vazifalari borligini alohida uqtiradi:

1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim standartlari qan-day bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifa-lar belgilanadi.

2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash nati-jasida o'quvchilarda bilimlar yanada kengay-adi. Bu bilan ta'lim muassasalari oldida turgan ta'limiy maqsad bajariladi.

3. Ta'lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tar-biyasiga ham ta'sir ko'rsatadi, ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqish paydo bo'ladi. Shuning uchun ham ta'lim nati-jalarini nazorat qilish va baholash ta'lim tizimin-ing ajralmas qismidir1.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib o'quvchilar o'quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan. Har bir fan bo'yicha o'quvchining o'quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:

- formativ baholash;

- summativ baholash.

Formativ baholash - bu ta'lim jarayonida o'quvchilar tomonidan o'quv dasturida belgilan-gan muayyan mavzularni o'zlashtirilish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, o'quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni nazarda tutadi.

Summativ baholash - o'quvchilar tomonidan o'quv materialining muayyan bob yoki bo'limlari bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.

O'qituvchining o'quvchilar o'zlashtirishi monitoringini amalga oshirishga qo'yiladigan asosiy talablar:

- o'quvchilarning bilimlarini obyek-tiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni mukammal ravishda reyting nazoratda qo'llashga qaratilgan didaktik vositalar majmua-sini ishlab chiqish malakasiga ega bo'lish;

- o'quvchilarning bilimlarini obyek-tiv baholash mexanizmlarini bilishi va ularni mukammal ravishda reyting nazoratida qo'llash, standart testlarni ishlab chiqish va qo'llay olish malakasiga ega bo'lish;

1 Tolipova J. Pedagogik kvalimetriya. - T.: TDPU bosmaxonasi, 2015. - 107 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

- reyting tizimi topshiriqlarini reproduktiv va produktiv, qisman izlanishli va ijodiy darajada tuzish va qo'llay olish;

- o'quv materialining didaktik tahlili aso-sida o'quvchilar o'zlashtirishi talab etiladigan o'quv elementlari, material hajmini belgilash va shu asosda ta'lim mazmunini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- dars, darsdan tashqari ishlar (uy vazi-fasi, kuzatish, tajriba va eksperiment o'tkazish, mustaqil ta'lim), sinfdan tashqari mashg'ulotlar (iqtidorli o'quvchilar bilan individual ishlash, fan to'garaklari, ommaviy tadbirlar va uchrashuvlar) da o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun muammoli savol va topshiriqlar majmua-sini tuza olish;

- didaktik vositalar yordamida o'quvchilarning yozma ishlari, og'zaki savol-javoblari, amaliy ish natijalarini tahlil qilish, aniqlangan xato va kamchiliklar asosida ta'lim jarayoniga tegishli tuzatishlar kirita olish;

- mashg'ulotda o'quvchilarning o'quv faoliyatining tashkil etilishi, boshqarilishi va natijasiga baho berish asosida uning samarador-ligini oshirish yo'llarini ishlab chiqish 1 .

Tabiiy-ilmiy savodxonlikka doir topshiriqlar o'quvchilarning tabiiy jarayonlar va unga insoniyat ta'siri, uning oqibatlari haqidagi bil-imlarini tekshiriladi. PISA xalqaro baholash das-turi topshiriqlari o'quv dasturidagi fizika, kimyo, biologiya va geografiya fanlaridagi tushuncha-larga asoslanadi, lekin aynan mazkur bilimlar so'ralmaydi. O'quvchilar kundalik hayotdagi ilmiy savollarga javob berishi uchun mazkur bil-imlarni qo'llashi talab etiladi. Ushbu topshiriqlar tabiiy fanlarning kundalik hayot, sog'liqni saqlash, atrof-muhit, texnika va texnologiyalarda qo'llanilishiga oid bo'ladi.

Tabiiy fanlarga oid jarayonlarni o'z ichiga olgan topshiriqlarda o'quvchilarning asoslab berish, interpretatsiya qilish va amalga oshirish ko'nikmalari tekshiriladi. Bunda o'quvchilar ilmiy savollarni tushunishi, ilmiy asoslay olishi, o'zaro bog'liqliklarni aniqlay olishi, xulosalarini bayon qilishi, ilmiy kontseptsiyalarni tushunishi tadqiq qilinadi.

1 Фомин В.Н. Квалиметрия. Управление качеством. Сертификация. - М.: Ассоциация авторов и издателей "ТАНДЕМ". Изд-во "ЭКМОС", 2002.

Tabiiy fanlarga oid holatlarni o'z maz-munida aks ettirgan topshiriqlarda kundalik hayotda duch keladigan, tabiiy fanlar o'quv mashg'ulotlari va laboratoriyalarda kam kuza-tiladigan holatlarga munosabat, fikr, xulosa so'raladi. Mazkur topshiriqlar o'quvchilarning shaxsiy hayotida duch keladigan va yoki global qiziqishiga oid holatlar to'g'risida ham bo'lishi mumkin.

PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlar-ida kontekstual ma'lumotlar keng qo'llaniladi. O'quvchilarda o'qish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholash maqsadida shakllantiril-gan topshiriqlarda turli real vaziyatdagi jarayonlar hamda mazkur jarayonlarga tegishli bo'lgan muammolarni hal qilish uchun o'quvchilarga qo'yilgan talablar keltirib o'tilgan. Quyida PISA xalqaro baholash dasturi kontseptsiyasida keltirilgan jarayonlar va o'quvchilarga qo'yilgan talablar keltirib o'tilgan:

Tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga doir topshiriqlarda kontekstual ma'lumotlar hal qilu-vchi ahamiyatga ega bo'lib, topshiriqni o'quvchi tomonidan anglab yetishiga xizmat qiladi. Kontekstual ma'lumotlar xuddi real vaziyat kabi bir qancha ma'lumotlar majmuasini o'z ichiga oladi. Barcha ma'lumotlar ham topshiriqni yechimini topish uchun bevosita ma'lumot bermasa ham, umumiy vaziyatni baholash, shuningdek asosiy ma'lumotlarni qidirib topish uchun bilvosita yor-dam beradi. Tabiiy fanlarda quyidagi kontekstlar keng qo'llaniladi.

Mazkur kontekstlardan foydalanish topshiriqlar mazmunini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga, ularni kognitiv faollashti-rishga xizmat qiladi. PISA xalqaro baholash das-turida tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholashda o'quvchilardan quyidagi topshiriqlarni bajarish talab etiladi:

- ilmiy matnlarni o'qish;

- grafik, rasmli, eskizli topshiriqlarni talqin qilish;

- ma'lumotlardan xulosa chiqarish;

- aqliy modellarni yaratish;

- tezislarni asoslash, gipotezalar tuzish va qarama-qarshilikni taqqoslash;

- muammolarni maqsadli verbalizatsiya qilish, biror pozitsiyani egallab, faktlarni bahol-ash.

PISA xalqaro baholash dasturlarining 2000-yildan buyon natijalarining tahlili shuni

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

2-jadval. Tabiiy fanlarda qo'llaniladigan kontekstlar va ularga doir misollar

V__

1-jadval. PISA xalqaro baholash dasturi kontseptsiyasida keltirilgan jarayonlar va o'quvchilarga qo'yilgan talablar

Dunyodagi jarayonlar O'quvchilarga qo'yilgan zaruriy talablar

Globallashuv Insoniyat oldidagi burch, majburiyat hisining shakllanishi

Siyosiy Faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi

Iqtisodiy Oqilona munosabati shakllangan iste'molchi bo'lishlilik

Ijtimoiy Ijtimoiy ongi rivojlangan faol va rivojlangan shaxs pozitsiyasini shakllanishi

Texnik, texnologik Yangilik, qulaylikka intiluvchanlik

Atrof-muhitga bog'liq Resurslardan oqilona foydalanish va faol targ'ibot qilish

Kontekstlar Misollar

Tabiiy resurslar Neft, gaz, rangli metallar qazib olish, resurslardan oqilona foydalanish

Xavf-xatarlar Toshqinlar, muzlarning erishi, qurg'oqchilik

Salomatlik va kasalliklar Epidemiya, pandemiya, to'yib ovqat yemaslik

Atrof-muhit Cho'llashish, biologik turfa xillik, yo'qolib borayotgan o'simlik va hayvonot olami

Ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yangi bilimlar Sun'iy intellekt, virtual laboratoriyalar

ko'rsatadiki, o'quvchilarning yodlab olishga asoslangan ta'lim strategiyalari o'quvchilarga kamdan-kam yordam bermoqda. Ijobiy nati-jalar zamirida o'quvchilarda nostandart tahliliy ko'nikmalar, kompleks va kreativ fikrlash yotadi. O'quvchilarda o'rganish strategiyalari yangi va o'rganilgan ma'lumotlarni birlashtirish, muammolarni hal qilishda qaror qabul qilishda ijodiy yondashuv va nostandart yechim topish orqali rivojlanib boradi.

Ta'limning pirovard maqsadi umumta'lim maktabi o'quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun zaruriy hayotiy-amaliy kompetentsiyalarni rivojlantirishdan iborat-dir. Kreativ fikrlash doimiy tarzda va shiddat bilan o'zgarayotgan, "XXI asr" ko'nikmalaridan biri hisoblanib, o'quvchilarning potentsial yosh mutaxassis sifatida jamiyatga moslashishga ko'maklashadi. Bugungi o'quvchidan yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. O'quvchi kreativ fikrlash ko'nikmasi yordamida tobora murakkablashayo-tgan mahalliy va global muammolarni innovat-sion yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. O'z navbatida bu talablar ta'lim tizimi uchun juda muhim bo'lib, aksariyat xorijiy mamlakat-lardagi kabi, ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

Hozirgi innovatsion jamiyatda tabiiy-ilmiy savodxonlik bilimning o'zigagina asoslan-maydi. Tabiiy fanlarni misolida aytish mum-

kinki, avvallari tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya, geografiya haqidagi bilimlar edi. O'quvchilarga qo'yilayotgan zamonaviy talab esa o'quvchilarning analitik fikrlay olishi, tajrib-ani loyihalashtira olishi, ilmiy tadqiqot o'tkazish mumkin bo'lgan savollarni bir-biridan, unchalik farq qilmaydigan savollardan ajrata olishini taqozo etadi.

Jamiyatning axborotlashuv jarayonida zamonaviy dunyo o'quvchilarni bilimi bilan "rag'batlantirmaydi". "Google qidiruv xizmati barcha savollarga yetarli bilim taqdim eta oladi. Hozirda egallangan bilim bilan ma'lum bir faoli-yatni amalga oshirish ta'limning maqsadi ekan-ligi o'z isbotini topmoqda"1.

Tabiiy fanlar bo'yicha o'quv darsliklari tahlili shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarning o'rganilgan bilimlarning amalda qo'llay olish qobiliyatiga e'tibor qaratilmoqda, Finlandiya tajribasi aso-sida ishlab chiqilgan yangi o'quv darsliklarida 4 K tamoyilini qo'llagan holda shakllantirilgan. Tabiiy fanlar bo'yicha yangi avlod darsliklarining o'quv-metodik komplekslari aynan 4K tamoyili asosida shakllantirilmoqda. 4K tamoyili quyidag-ilarni o'z ichiga oladi:

- kritik (tanqidiy) fikrlash;

- kollaboratsiya (jamoaviy ishlash);

- kreativlik (ijodkorlik);

- kommunikatsiya (muloqot ko'nikmalari).

1 Shlyaher A. "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" https:lIyoutu.be/KPom8_ Mn6Oo?list=TLPQMTcwODIwMjIGj6KmAG9cEA&t=14).

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2G23, 6 (127)

Umumta'lim maktablarida o'quv jarayonida o'quvchilarni tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlan-tirishda quruq ma'lumotlarni yodlatish, savol-larga javob topish bilan cheklanmay, ularda analitik va kompleks fikrlash, ma'lumotlar va manbalarni o'rgatish, berilgan hodisa yoki vazi-yat bo'yicha qaror qabul qilish, taqqoslash kabi kompleks fikrlashni talab etadi. 4K tamoyili zamonaviy pedagogikada keng va dolzarbligi ortib borayotgan tamoyil sifatida o'quvchilardan nafaqat fanlarni, balki XI asrda zarur bo'lgan hayotiy o'rganishni taqozo etadi. XXI asr ko'nikmalari esa aynan 4 K tamoyilida o'z aksini topgan.

Hozirgi zamonaviy ta'lim o'quvchilarni maj-buriy mavzular, o'quv materiallari bilan o'quv jarayoniga jalb eta olmaydi. O'quvchilarning qiziqishi, dunyoqarashini hisobga olgan holda turli topshiriqlar, didaktik o'yinlar, interfaol metodlar, hayotiy-amaliy faoliyatga bog'liqligini keltirib chiqaruvchi emotsional-labilizatsi-yani rivojlantirish, mavzuni nima maqsadda o'rganish zarurligini tushuntirish orqali dars mashg'ulotlarini tushuntirishni taqozo etadi.

Jamiyatda axborotlashtirish jarayonlari inten-sivlashtirish orqali tabiiy-ilmiy savodxonlikni riv-ojlantirishga qaratilgan o'quv-metodik komplek-slarni o'quvchilar psixologiyasini hisobga olgan holda Android, iOS platformalarida mustaqil o'rganish, takrorlash, o'z iqtidoriga mos keladi-gan turli murakkabliklardagi topshiriqlar bilan boyitishni talab etadi. O'quv materiallarini matn ko'rinishida emas, balki ma'lumotlarni rang-barang rasmlar, grafikalar, sodda matnlar orqali berilgan. Bu orqali o'quvchilarning dars materialiga nisbatan motivatsiyasini oshiradi.

Innovatsion hamda virtual texnologiyalar o'quv va sinov topshiriqlarini kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqishni, chunki hozirgi avlod zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirishi, tushunishi, o'z hayotining bir qismi sifatida ko'rishi pedagogik-psixologik jihatdan maqsadga muvofiq deb qaraladi. Jumladan darslarda elektron doska, gadjetlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda o'quv topshiriqlari nafaqat o'quv darsliklari balki elektron ta'lim platformalarida joylashtirish orqali fanlardan olgan bilimlarini joy, vaqtdan qat'iy nazar mustaqil o'rganish imkoniyatini yaratadi. Bunday platformalardan darsda ham,

bo'sh vaqtda uyda ham foydalanish mumkin bo'ladi. Pedagogik amaliyotda hozirgi dars-liklar ishlab chiqishdagi zamonaviy tendentsi-yalari darsliklarni xalqaro baholash dasturlari PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA talablarini hisobga olayotganini kuzatish mumkin bo'ladi. Bu halqaro baholash dasturlarining milliy ta'lim tizimiga tadbig'ining yaqqol misoli sifatida qarash mumkin bo'ladi.

O'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish o'quv jarayonida o'qituvchining yo'naltiruvchi va qo'llab-quvvatlovchi vazifa-sini bajarishni taqozo etadi. O'quv jarayonida o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlan-ishi quyidagi talablarni bajarishni nazarda tutadi:

- o'quvchilarning kognitiv faolligi va mus-taqilligini ta'minlashni;

- o'qishga sog'lom, kuchli hamda ta'sirchan motivatsiyasini shakllantirish;

- o'zini mustaqil va o'zini o'zi boshqaruv-chi subyekt sifatida his etishi;

- erkin so'zlashi va faol ishtirok etishini qo'llab-quvvatlash.

Natijalar va amaliy misollar PISA xalqaro baholash dasturi asosida o'quvchilar tabiiy-ilmiy savodxonliklarini shakllantirishda o'quvchilarning o'z o'quv faoliyatini tahlil qilib borishni, muhim hayotiy muammolarni hal etish amaliyotni o'rganishni, o'z faoliyati natijalari va imkoniyatlari darajasini obyektiv baholashni, refleksiv tafakkurni rivojlantirishi muhim ahami-yatga ega.

PISA baholash dasturida qo'llanilgan topshiriqlar ko'plab ilmiy-pedagogik tadqiqotlarn-ing obyekti bo'lib kelmoqda. PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlaridan foydalanish o'quv-me'yoriy hujjatlar bilan belgilanib qo'yilmoqda1. Bundan tashqari, ta'lim standartlari, o'quv rejasi va dasturlarning mazmuniga bevosita dastur topshiriqlarining murakkablik darajasidagi top-shiriqlarning bajarilishi zaruriy bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalar shaklida belgilandi.

O'quvchilarning kundalik hayotiga bog'liq bo'lgan tabiiy jarayonlar tushuntirilsa, o'quvchilarni fanlarga bo'lgan qiziqishi hamda berilgan topshiriqlarni juda yaxshi natijalarga xos tarzda bajarib berishi mumkin.

1 Kulgemeyer C. PISA tasks in comparison. Structural analysis of the natural science items from the PISA runs 2000 to 2006 // Books on Demand GmbH, 2009. - P. 3.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

Umumta'lim maktablarida tabiiy fan-larga fizika, kimyo, biologiya, zoologiya, odam anatomiyasi, sitalogiya, tabiatshunoslik, ekologiya, geografiya, astronomiya fanlari inte-grativ ravishda o'qitilsa yaxshi natijalarga erishi-shi mumkin1.

Olima M.Ergasheva2 o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni havola etadi:

- fizika, kimyo, biologiya, geografiya darslarida amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etishga urg'u berish;

- tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya, astronomiya) darslarida fanlararo integratsiyani ta'minlashga qaratilgan topshiriq-lar bilan ishlash;

- ta'limni hayotiy vaziyatlar, tabiat hodis-alari, kundalik turmush, inson salomatligi, tabiiy resurslar, atrof-muhit, ilm-fan va texnologiyan-ing yangi yutuqlari bilan bog'liq holda olib bor-ish;

- muammoni hal qilish uchun qo'shimcha axborot manbalarini izlab topish, ulardan foy-dalanish ko'nikmasini shakllantirish;

- jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash, tabiiy-ilmiy savodxon shaxs qanday bo'lishi kerakligini singdirib borish;

- funksional savodxonlik, hamkorlikda ishlash, mantiqiy, kreativ, tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan topshiriqlar bilan ishlash;

- o'quvchilarni xalqaro tadqiqotlar top-shiriqlari bilan tanishtirib borish;

- o'quvchilarda shaxsiy fazilatlar va qobili-yatlarni rivojlantirish.

Umuman olganda, o'quv mashg'ulotlarining samarali tashkil etilishi topshiriqlarning o'quv maqsadlariga mos ravishda tanlanishi, didaktik jihatdan asoslanishi va ta'lim maqsadlar-iga yo'naltiruvchi didaktik vosita sifatida tan-lashi o'qituvchining professional yondashuviga bog'liq bo'ladi. Topshiriqlar davlat ta'lim standartida ko'rsatilgan fanga oid va tabiiy-ilmiy savodxonliklarning shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi didaktik vosita vazifasini baja-radi. O'qituvchi topshiriqlar orqali o'quv jarayo-nini moslanuvchanligi va to'liqligiga erishishi lozim.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Tolipova J. Pedagogik kvalimetriya. - T.: TDPU bosmaxonasi, 2015. - 107 b.

2. Shernazarov I.E. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini xalqaro baholash dasturi PISA tadqiqotiga tayyorlashdagi vazifalar va ularning yechimlari / Konferentsiya materiallari, 38-43.

3. Ergasheva M.T. Funksional savodxonlikni baholashning dastlabki natijalari / Konferentsiya materiallari, 92-95.

4. Kuysinov O.A., Nosirov A., Abduraimov Sh., Sodikova A., Kutlimuratov K., Mamajonova K. New Uzbekistan - The value of Membership in the Continuous Education System. "International journal of special education" Scopus Journal. https://www.internationaljour nalofspecialeducation.com/submission/index.php/ijse/article/view/515 ISSN No:0827-3383 VOLUME 37, №3. - 2022.

5. Kivirauma J., Kari R. Excellence through special education? Lessons from the Finnish school reform. International review of education 53, 2007. - P. 283-302.

6. Breakspear S. The policy impact of PISA: An exploration of the normative effects of international benchmarking in school system performance. 2012. - P. 12 (164).

7. Münch R. "Education under the regime of PISA & co.: Global standards and local traditions in conflict—The case of Germany". Teachers College Record 116.9, 2014. - P. 1-16.

1 Shernazarov I.E. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini xalqaro baholash dasturi PISA tadqiqotiga tayyorlashdagi vazifalar va ularning yechimlari / Konferentsiya materiallari, 38-43.

2 Ergasheva M.T. Funksional savodxonlikni baholashning dastlabki natijalari / Konferentsiya materiallari 92-95.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

8. Pentin, A., et al. "Science education in Russian schools as assessed by TIMSS and PISA". Voprosy obrazovanija= Education Issues 1 (2018): 79-109.

9. Фомин В.Н. Квалиметрия. Управление качеством. Сертификация. - М.: Ассоциация авторов и издателей "ТАНДЕМ". Изд-во "ЭКМОС", 2002.

10. Shlyaher A. "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" https://youtu.be/KPom8_Mn60o?list=TLPQMTcw0DIwMjIGj6KmA09cEA&t=14).

11. Kulgemeyer C. PISA tasks in comparison. Structural analysis of the natural science items from the PISA runs 2000 to 2006 // Books on Demand GmbH, 2009. - P. 3.

12. https://stesting.uz/uz

13. - Madieva R. Xalqaro baholash tadqiqotlari — ta'lim sifatida muhim qadam / https://yuz.uz/uz/news/xalqaro-baholash-tadqiqotlari--talim-sifatida-muhim-qadam.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.