TA'LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISH YO'LLARINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI (PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARI
MISOLIDA) Urazova Nodira Xamidovna
Xalqaro Nordik Universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10810813
Annotatsiya. Ushbu maqolada professional ta'lim tizimi, uning moliyalashtirilish yo 'llari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, iqtisodiyot taraqqiyotining zamonaviy talablari, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish zaruriyati, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining hayotimizga jadal kirib kelishi va boshqa shu kabi omillar ta'lim tizimining sifati va samaradorligi darajasiga ta'siri va rivojlangan davlatlar tajribasi asosida moliyaviy takomillashtirish yo 'llari o 'rganilgan.
Kalit so'zlar: Professional ta'lim, uzluksiz ta'lim tizimi, moliyaviy investisiyalar, innovtasion ta'lim, moliyaviy boshqaruv
KIRISH
Bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilibtarbiyalash, ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog'liqdir. Barchamizga ma'lumki, XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, dunyoning g'oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o'zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta'lim tizimida tub islohotlar qilishni talab etayapti desak mubolag'a bo'lmaydi. Xozirgi kunda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning moddiy texnik bazasi mustahkamlanib, ta'lim sifati yuqori bosqichga ko'tarilib borilayotgan bir vaqtda ularning moliyaviy ta'minoti ham asta shakllanib bormoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda ta'lim sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar barcha ta'lim muassasalarining yangicha zamonaviy qiyofasini ko'zlamoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. o'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 6 sentyabrda "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni qabul qilinganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Mazkur Farmon o'zbekiston tarixida yangi professional ta'lim tizimini tashkil etishga asos bo'ladi. Ushbu farmon yuzasidan 2020 yil 24-yanvarda davlatimiz rahbari o'z Murojaatnomasida "Joriy o'quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta'lim tizimi yo'lga qo'yilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi" deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida ta'kidlaganlari barcha kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning yangi zamonaviy qiyofada faoliyat yuritishlariga turtki bo'ldi.
2030 yilgacha mo'ljallangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti "Barqaror Taraqqiyot Dasturi"ning inklyuziv, adolatli va sifatli ta'limni ta'minlash va hayot davomida ta'lim olishni rag'batlantirishga qaratilgan maqsadlari - jahon tajribasini o'rganish asosida ta'lim tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda zamonaviy ta'lim tendensiyalari asosida kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib borilib, uning samaradorligini oshirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi o'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos
yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Aynan, bugungi kunda yoshlarda professional ta'lim, o'quvchi-yoshlarda kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish, professonal ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish masalasi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi.Ushbu masala yuzasidan so'nggi o'n yillikda amalda bo'lgan Yaponiya professional ta'lim tizimining asosiy tendensiyalari:
— har bir shaxsning hayoti davomida uzluksiz ta'lim tizimini yaratish;
— professional ta'lim tizimiga moliyaviy, moddiy va intellektual investisiyalar kiritilishini kengaytirish;
— professional ta'lim bilan shug'ullanadigan mutaxassislarni tayyorlash yo'nalishini tubdan mustahkamlash va kengaytirish;
— innovasion ta'limga o'tish hamda ta'lim mazmunining yanada muvozanatga erishishi;
— oliy ta'lim muassasalari boshqaruvida ularning mustaqilligini kengaytirish;
— yangi axborot texnologiyalari asosida noan'anaviy oliy ta'lim muassasalarini tashkil etish (texnik, texnologik universitetlar, qisqa muddatli ta'lim bo'yicha oliy ta'lim muassasalari).
Yapon professional ta'limining o'ziga xos xususiyatlaridan biri yetakchi professional ta'lim muassasalari, ish beruvchilar va tashkilotlar o'zaro hamkorligining yuqori darajada ekanligidir.
Natijalar va Takliflar
Maqolamizning asosiy maqsadi zamonaviy sharoitda respublikamizda amalga oshirilayotgan Professional ta'lim muassasalarini xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish, uning moliyaviy ta'minlanishi masalalarini o'rganish asosida professional ta'lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmlarini tatqiq qilish va uni yaxshilash bo'yicha asoslangan takliflar berishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
-professional ta'lim tizimi faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va moliyaviy manbalarini o'rganish;
-professional ta'lim muassasalarini moliyalashtirish yangi usullarining mohiyati va afzalliklarini tatqiq qilish;
-professional ta'lim tizimida kasb-hunar kollejlarini o'quvchi soniga qarab moliyalashtirishni tatbiq etish tajribalarini tahlil qilish;
-professional ta'lim muassasalarida bir o'quvchini o'qitish xarajatlaridan kelib chiqib o'rnatilgan bazaviy me'yorlar asosida muassasa byudjetini rejalashti-rish va moliyalashtirish amaliyotini o'rganish, hisob-kitoblar asosida muassasa byudjetini hisoblash tartibini ko'rsatib berish; -olib borilgan tadqiqotlar asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida professional ta'lim muassasalari taraqqiyotining moliyaviy asoslarini mustahkam-lashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va ularni nazariy jihatdan asoslab berish.
Shu bilan birga, professional ta'limida uning sifati va samarasini oshirish bilan bir qatorda, tizimni moliyaviy ta'minlash muammolari ham islohotlarning markazida turgan masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda ta'lim muassasalarini o'quvchi soniga qarab moliyalashtirish mexanizmlarining joriy qilinayotganligi ta'lim tizimining iqtisodiy jihatlari va moliyaviy muammolariga boshqacha yondoshuvlarni talab etadi. Mana shu holatlarni hisobga olgan holda,
iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida professional ta'limi tizimining moliyaviy masalalarini o'rganishning zarurligi mavzusning dolzarbligini belgilab beradi.
Yana shuni ta'kidlash mumkinki, iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun ta'limning turi, sifati va samaradorligi kabi barcha jabhalari ta'sir ko'rsatadi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, ta'lim bosqichlariga yo'naltirilayotgan xarajatlar hajmi nafaqat to'rg'idan to'g'ri iqtisodiy o'sish sur'atlariga ta'sir ko'rsatadi balki rivojlanish uchun zarur bo'ladigan ta'lim salohiyatini shakllanishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Ta'limning nafaqat bevosita, balki shu bilan birga bilvosita (tashqi) ta'sirlar ham shakllanib boradi, chunki bir induvid tomonidan olinayotgan bilim atrofidagi boshqa insonlarga, sonoat tarmoqlariga, shaharlarga, tuman va qishloqlarga va umuman mamlakatga tarqalishi kabi ta'sirlarini ham ko'rish mumkin. Makro miq'yosda ta'limdan shakllanadigan ijtimoiy ta'sir, xususiy holatga nisbatan farqli o'laroq, o'zining hajmlari bilan va o'z navbatida shunga yarasha ta'siri bilan ham ta'lim sohasini davlat tomonidan qo'llab quvvatlanishiga asos bo'la oladi. Ta'limning ijtimoiy ta'siri qanchalik yuqori bo'lsa, shunchalik ta'limga yo'naltirilayotgan davlat xarajatlarini samaradorlik darajasi yuqori bo'ladi. Ayniqsa, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borayotgan O'zbekiston uchun ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini shakllanayotgan bozor, shu jumladan, mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlari va vazifalariga muvofiqlashtirishni hayotning o'zi taqozo etdi.
O'zbekistonda ta'lim tizimining moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish orqali malakali kadrlar tayyorlashning yangicha boshqaruv tuzilmalarini tashkil etish va boshqaruvning zamonaviy shakl va usullaridan foydalanishi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun, avvalo, ta'lim tizimini davlat tomondan moliyaviy qo'llab-quvvatlash, mavjud mablag'lardan samarali foydalanish hamda ta'lim muassasalariga byudjetdan tashqari mablag'larni jalb etishni takomillashtirish muhim o'rin tutadi. Respublikada iqtisodiy islohotlar o'tkazish davrida ta'limni moliyaviy sog'lomlashtirishning strategik yo'nalishi byudjetdan tashqari mablag'lar, ya'ni tadbirkorlik faoliyati orqali mablag'larni jalb etish hisobiga moliyalashning yangi manbaidan foydalanish hisoblanadi. Davlat tomonidan ta'lim xizmatlari tizimini bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish bo'yicha iqtisodchi olimlar va davlatlar tomonidan katta e'tibor berilmoqda. Ammo, aytish mumkinki, xozirgi bozor munosabatlari sharoitida ta'lim xizmatlari tizimi ta'lim xizmatlari va mehnat bozorlari talablariga moliyaviy samaradorlik jihatdan uning ta'lim xizmatlari tizimini sifati jihatdan va undan foydalanish ta'lim olishga intiluvchilarni talablarini qondiradigan darajada bo'lishi kerak. Buning uchun:
- milliy ta'lim tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish iqtisodiy mintaqalarning kadrlarga bo'lgan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish zarur;
- ta'lim tizimini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog'liqlikda olib borishni tashkil etishni doimiy ravishda ta'lim tizimining rivojini ta'minlovchi muassasalar tomonidan amalga oshirilishi zarur.
O'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari maqomining o'zgarishi, ularning ta'lim tizimining majburiy shaklidan ixtiyoriylik asosidagi ta'lim shakliga o'tkazilishi ular moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga ham ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi, ular mablag'larining manbalari tarkibida byudjet mablag'lari bilan bir qatorda, korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar, davlat idoralarining mablag'lari, to'lov-kontrakt asosidagi mablag'lar ortib boradi. Shu jihatdan qaraganda, kasb-hunar kollejlari moliyasini o'rganish va tadqiq qilish masalasi o'z dolzarbligini saqlab qoladi. Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo'lgan va turdosh mutaxassisliklar bo'yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo'yicha amaliy
ko'nikmalarga ega bo'lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlashni yo'lga qo'yish lozim. Kadrlarga bo'lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo'yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, ta'lim sifatining buyutmasi asosida professional ta'limda kasb-hunar egallashni asosiy resurslari hisoblangan moliyaviy, texnik, texnologik va, albatta, inson faoliyati zarur. Ana shu resurslar qanchalik kuchli bo'lsa, natija ham shunga yarasha bo'ladi. Inson resurslarini rivojlantirish orqali yoshlar,xotin-qizlar, kambag'allikni qisqartirish va migrantlar bandligini ta'minlash masalalariga doir yangi siyosatni amalga oshirish mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://www.uza.uz. 2021. - 70 b.
2. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'grisidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 29.04.2019 yildagi PF-5712 son farmoni. www.lex.uz sayti.
3. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. - T.: Iste'tod, 2008. -10S - b.
4. Yusupov X. Tizimli innovatsion yondashuv asosida ta'lim sifatini boshqarishning asosiy yo'nalishlari. - T.: Xalq ta'limi, 2019. - 44- b.
5. Omonov B. Ta'lim va milliy taraqqiyot. - T.: Xalq so'zi, 2020. - 2-3 - b.
6. http://www.press-service.uz - o'zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti
7. http://www.gov.uz - o'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti
S. http://www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta'minlash markazi rasmiy sayti.