Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING PIROVARD NATIJASI SIFATIDA'

TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING PIROVARD NATIJASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

860
158
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / sifat / о‘quv jarayoni / natija / ta’lim oluvchi / kompleks / shaxsiy / ijtimoiy / rivojlanish / ehtiyoj / ilm-fan / texnologiya / jamiyat / tizim / model. / образование / качество / образовательный процесс / результат / обучающийся / сложный / личностный / социальный / развитие / потребность / наука / технология / общество / система / модель.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xurshida Xusanboyevna Rajabova, M. B. Dekhkanova

Ta’limda sifat faqatgina о‘quv jarayoni natijasinigina aks ettirmaydi, balki ta’lim oluvchilarning kompleks ravishda shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlaydigan hamda ularning ehtiyojlarini tо‘liq hisobga olgan holda ilm-fan, texnologiya, jamiyatni rivojlanishi uchun hissa qо‘shishga imkon beradigan tizim, model ekanligi muallif tomonidan yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Качество в образовании отражает не только результат образовательного процесса, но и возможность внести свой вклад в развитие науки, техники, общества, что обеспечивает всестороннее личностное и социальное развитие обучающихся и полностью учитывает их потребности. объяснил, что это система и модель.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING PIROVARD NATIJASI SIFATIDA»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATI - TA'LIM-TARBIYA JARAYONINING PIROVARD NATIJASI SIFATIDA

Xurshida Xusanboyevna Rajabova

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Axborot-ta'lim texnologiyalari" o'qituvchisi.

M. B. Dekhkanova

A graduate student of "Educational Management" at Oriental University

ANNOTATSIYA

Ta'limda sifat faqatgina o'quv jarayoni natijasinigina aks ettirmaydi, balki ta'lim oluvchilarning kompleks ravishda shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlaydigan hamda ularning ehtiyojlarini to'liq hisobga olgan holda ilm-fan, texnologiya, jamiyatni rivojlanishi uchun hissa qo'shishga imkon beradigan tizim, model ekanligi muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, sifat, o'quv jarayoni, natija, ta'lim oluvchi, kompleks, shaxsiy, ijtimoiy, rivojlanish, ehtiyoj, ilm-fan, texnologiya, jamiyat, tizim, model.

АННОТАЦИЯ

Качество в образовании отражает не только результат образовательного процесса, но и возможность внести свой вклад в развитие науки, техники, общества, что обеспечивает всестороннее личностное и социальное развитие обучающихся и полностью учитывает их потребности. объяснил, что это система и модель.

Ключевые слова: образование, качество, образовательный процесс, результат, обучающийся, сложный, личностный, социальный, развитие, потребность, наука, технология, общество, система, модель.

ABSTRACT

It is illuminated by the author that quality in education is not only a reflection of the result of the educational process, but also a system, a model that ensures the complex personal and social development of learners and allows them to contribute to the development of Science, Technology, Society, fully taking into account their needs.

Keywords: education, quality, educational process, result,

May 6

251

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

learner, complex, personal, social, development, need, Science, Technology, Society, system, model.

Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni industrial rivojlantirishda insonning intellektual omiliga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 yo'nalishda amalga oshirilib, uning 4-yo'nalishi-sifatli ta'lim-tarbiya masalasi doimiy e'tibor markazida bo'lishi belgilangan. Unda yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o'rtasida uzviylikni ta'minlashga qaratilgan Milliy ta'lim dasturi ishlab chiqish ko'zda tutilgan.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida" 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'lim-tarbiyaning samarali usullari hamda umumta'lim fanlari bo'yicha o'quvchilaming o'zlashtirishini doimiy nazorat qilish, davlat ta'lim standartlari talablarining bajarilishi, o'quvchilarning bilimi va ta'lim sifatiga ta'sir qiladigan omillarni aniqlash hamda muammolarni bartaraf etish har tomonlama tizimni rivojlantirish orqali ta'lim sifati samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalari hisoblanadi.

Ta'lim sifati monitoringi yuzasidan tadqiqotlar kompleks xarakterga ega bo'lganligi sababli uning metodologik asoslari pedagogika, sotsiologiya, psixologiya fanlari nazariyasiga asoslanadi. Ta'lim tizimida ta'lim sifati monitoringini amalga oshirilishi bir necha o'zaro aloqador, pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan ma'lum darajada mustaqil tushunchalarning uzviy aloqadorligidan tashkil topadi: ta'lim sifati, monitoring va model tushunchalar kabi.

Respublikamizning ta'lim muassasalarida ta'lim sifati ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hamda ta'lim-tarbiya jarayonining pirovard natijasi sifatida doimiy nazoratdagi ustuvor vazifa hisoblanib kelgan. Pedagogika fanida «Ta'lim sifati» tushunchasining bir qator talqinlari, izohlari mavjud. Ta'lim sifati tushunchasiga ta'rif va qarashlar ta'lim-tarbiya tizimining rivojlanishiga mos ravishda rivojlanib, takomillashib borgan. Ta'lim sifati tushunchasining kelib chiqishi tarixi bilan shug'ullangan V.I.Zvonnikov aynan ta'lim sifati atamasi qadimgi davrda ishlatilmagan bo'lsada, shu ma'noni anglatuvchi ta'riflar bo'lganligini ta'kidlaydi. Jumladan, M.V.Martinenko, L.D.Maslova,

May 6

252

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

D.SH.Matros, V.N.Pugach va N.EYefremovalar o'z tadqiqotlarida «ta'lim sifati» tushunchasi shakllanishining birinchi boshlang'ich davri qadimgi dunyo davlatlarida mavjud bo'lgan darvga borib taqaladi, degan fikrni aytishgan. «Sifat» tushunchasini Aristotel borliqning ko'rinishdagi farqlanishi sifatida ta'riflagan. Uning fikricha biror-bir predmet boshqasi bilan bir xil bo'lmaydi, chunki u sifat jihatdan o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga ega. Sifat tushunchasi ma'lum bir holat, borliqning farqli jihatlari, predmetga xos bo'lgan xususiyatlar, rivojlanayotgan yoki harakatlanayotgan ob'yektning joylashish koordinatalaridan iborat ekanligidadir.

Mazkur masalaga oid fikrlar o'sha davr faylasuflarining ta'lim jarayoni va natijalari qanday bo'lishi kerak, degan qarashlarida o'z aksini topgan. Qadimgi dunyo faylasuf olimlarining fikricha, ta'lim va tarbiyaning eng samarali natijasi insonning komilligi bo'lishi lozim degan fikrni ilgari surganlar. Gerakl ko'p ma'lumotni bilish aqllilikka o'rgatmaydi, deb ta'kidlagan bo'lsa, Konfutsiy ta'limning eng oliy darajali maqsadi insonning ma'naviyatli va odob-ahloqli bo'lishi, urf-odat, an'analarni bilishi, yaqin insonlarga hurmatda bo'lishi va o'zi tug'ilib o'sgan zaminni sevib ardoqlashida deb ta'kidlaydi.

Ta'lim sifatiga yondashuvlar XVIII asrga kelib tubdan o'zgardi. Bu davrda ta'lim-tarbiya va bilim konsepsiyasi takomillashib, ilm-fanning nazariy va ilmiy tajriba yutuqlari sifatni belgilovchi omil hisoblana boshladi.

Ta'lim sifati tushunchasiga S.YE.Shishov va V.A.Kalniylar «Maktab: ta'lim sifati monitoringi» deb nomlangan kitobida «Ta'lim sifati - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining umid va maqsadlarining ta'lim muassasasi tomonidan ko'rsatilgan ta'lim xizmatidan qondirilish darajasi» yoki «Ta'limdan ko'zlangan maqsad va vazifalarga erishilgan darajasi» deb ta'rif berganlar. Mazkur tushunchaga A.Moiseyev «Ta'lim sifati -o'quvchilar, jamiyat va buyurtmachilar talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta'lim natijasining xususiyatlari va xarakteristikasining o'ziga xos jamlanmasi» deb ta'rif beradi.

N.V.Bordovskaya va A.Rean ta'lim sifati quyidagi o'ziga xos uchta jihat: ta'lim natijalari va maqsadlarining aniq bir ta'lim tizimi yoki ta'lim muassasasi miqyosida moslik darajasi; alohida bir shaxsning ta'limiy tayyorgarlik darajasining belgilangan parametrlarga mosligi; nazariy bilimlar va ko'nikmalarni shaxsiy hamda kasbiy faoliyatda qo'llay olishning mosligi darajasi bilan ajralib turishini ta'kidlagan.

V.Gurov esa «ta'lim sifati» tushunchasini aniqlashtirishda tadqiqotchilar asosan to'rtta yondashuvga oid ta'rif berganlarini ta'kidlaydi: ta'lim muassasasining shart-sharoitlar va mexanizmlarga mos meyorlar asosida faolivat

ko'rsatishi; mutaxassislar tayyorlash sifati; ta'lim standartlari si

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 j TMA Conference j 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid meyorlarni bajarilishi va boshqalar.

Sifat haqidagi fan «Kvalitologiya» bo'yicha mutaxassis N.A.Selezneva oliy ta'limda ta'lim sifati haqida tadqiqotlarni amalga oshirib, unga natijalar, jarayon va ta'lim tizimining ehtiyojlar, maqsadlar, talablar hamda standartlarga mosligi, degan ta'rifni beradi.

Ta'lim sifatini ta'lim standartlari talablariga muvofiqligi deganda, ta'lim sifati -maqsad va natijaning muvofiqligi, maqsadga erishish tadbirlari, ta'lim oluvchining imkoniyatlarini rivojlantirishni doimiy kuzatib borish bilan aloqadorlik sifatida qaraladi. Ta'lim xizmatlarining jamiyat ehtiyojlari va kutilgan natijalarga mosligi darajasi sifatining mohiyatini aniqlashga hizmat qiladi.

Ta'lim sifatiga berilgan ta'riflar ichida quyidagi izoh alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha ta'limda sifat faqatgina o'quv jarayoni natijasinigina aks ettirmaydi. Bu ta'lim oluvchilarning kompleks ravishda shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlaydigan hamda ularning ehtiyojlarini to'liq hisobga olgan holda ilm-fan, texnologiya, jamiyatni rivojlanishi uchun hissa qo'shishga imkon beradigan tizim, model, o'quv jarayonini tashkillashtirish va ta'lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi.

Demak, xulosa qilib shuni aytish joizki sifat tushunchasi ikkita nisbiy aspektga ega: birinchisi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha davlat ta'lim standartlari, malaka talablari va soha xususiyatlari, ikkinchisi iste'molchilarning talab-ehtiyojlariga mos kelishidir.

Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda tadqiqotchilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ta'lim maqsadlariga erishilganlikni tashxis qilishning samarali metodlarini izlab topish hisoblanadi.

SH.Qurbonov, E.Seytxalilovlarning «Ta'lim sifatini boshqarish» nomli kitobida ta'lim tizimini boshqarishning kompleks tizimi: ta'lim jarayoni va boshqaruv jarayonining barcha sub'yektlari zarur malakaga ega bo'lib, o'z faoliyatining va ta'lim sifatining samaradorligini oshirishdan manfaatdor bo'lsa; ta'lim-tarbiya jarayoni DTS, malaka talablari asosida tashkil qilingan, reja va topshiriqlar ushbu talablarga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lsa; ta'lim sifatini monitoring qilish, nazorat qilish va baholashning turli usul va vositalaridan foydalanilsa va shu kabi holatlarda samarali bo'lishi qayd etilgan.

REFERENCES

1. Ахмедова, М. (2017). Педагогик конфликтология. Укув кулланма, 2016.

2. Axmedova, M. T. (2014). Pedagogik konfliktologiya. T.: TDPît

3. Akhmedova, M. T., Umarova, M. K., & Polatova, M. S. (20:

THE ROLE OF MODERN METHODS AND TECHNOLOGIES

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SOCIAL SERVICES SYSTEM IN THE COUNTRY. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 784-787.

4. Akmedova, M. T., & Ugli, J. D. E. (2022). Representations are Emotional-Psychological Visual Images of Reality. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 5, 188-192.

5. Akhmedova, M., Narmetova, Y., & Alisherov, B. (2021). Catigories of person in conflict and methods of conflict resolution in the occurrance of conflicts between medical personnel.

6. Нарметова, Ю. (2020). Актуальные проблемы организации психологической службы у больных с психосоматическими заболеваниями.

7. Нарметова, Ю. (2020). Оила хотиржамлиги-болалардаги психосоматиканинг олдини олиш омили сифатида. Бола ва замон.

8. Нарметова, Ю. К. (2023). ВИДЫ ПСИХОСОМАТИЧЕСКИХ РАССТРОЙСТВ И ИХ ХАРАКТЕРИСТИКА У ДЕТЕЙ. Gospodarka i Innowacje., 33, 221-224.

9. Мелибаева, Р. Н. (2018). Проблема умственного развития в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 127-129).

10. Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.

11. Мелибаева, Р. (2018). ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.

12. Салохиддинова Газалхон Бекмирзаевна (2018). Профессиональная социолизация будущих педагогов вуза. Вопросы науки и образования, (1 (13)),

13. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Social pedagogue's responsibilities in cooperation with a family to increase child sociability. Достижения науки и образования, (19 (41)), 59-61.

14. Karimovna, N. Y., Nasirovna, M. R., Tursunaliyevna, A. M., Abduvaliyevna, A. N., & Ravshanovna, U. S. (2023). Psychodiagnostics of psychosomatic diseases. Journal of Survey in Fisheries Sciences, 10(2S), 2903-2911.

15. Abdunasimovich, I. S. (2022). KONFLIKTOLOGIYADA TANA ZABONI. Scientific Impulse, 1(2), 633-637.

124-126

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.