Научная статья на тему 'TA’LIM IQTISODIYOTI, RAHBARNING MOLIYAVIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI'

TA’LIM IQTISODIYOTI, RAHBARNING MOLIYAVIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / boshqaruv / menejment / usul / mexanizm / iqtisodiyot / iqtisodchi kadrlar tayyorlash / iqtisodiy bilim / iqtisodiy ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Melixo‘Jayev Amurxon Toxirjon O‘G‘Li, Madaminov Oybek Dilshodbek O‘G‘Li, Rahmonaliyev Salohiddin Kamoliddin O‘G‘Li

Maqolada ta’lim tizimida iqtisodiyoti, rahbarning moliyaviy kompetentligini oshirish hamda iqtisodchi kadrlar tayyorlashni boshqaruv usullari, tamoyillari, mezonlari, mexanizmi bo‘yicha nazariy bilimlardan va ta’lim tizimida iqtisodchi kadrlar tayyorlash boshqaruv samaradorligining iqtisodiyotga ta’sirini baholash keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM IQTISODIYOTI, RAHBARNING MOLIYAVIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI»

TA'LIM IQTISODIYOTI, RAHBARNING MOLIYAVIY KOMPETENTLIGINI

OSHIRISH YO'LLARI

1Melixo'jayev Amurxon Toxirjon o'g'li, 2Madaminov Oybek Dilshodbek o'g'li, 3Rahmonaliyev Salohiddin Kamoliddin o'g'li

1,2,3QDPI, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11182023

Annotatsiya. Maqolada ta'lim tizimida iqtisodiyoti, rahbarning moliyaviy kompetentligini oshirish hamda iqtisodchi kadrlar tayyorlashni boshqaruv usullari, tamoyillari, mezonlari, mexanizmi bo'yicha nazariy bilimlardan va ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlar tayyorlash boshqaruv samaradorliginingiqtisodiyotga ta'sirini baholash keltirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, boshqaruv, menejment, usul, mexanizm, iqtisodiyot, iqtisodchi kadrlar tayyorlash, iqtisodiy bilim, iqtisodiy ta'lim.

Annotation. The article presents theoretical knowledge about the methods, principles, criteria, mechanisms for managing the training of economists in the education system and evaluates the impact of managing the training of economists in the education system on the economy.

Key words: education system, management, management, method, mechanism, economics, training of economists, economic knowledge, economic education.

Mamlakat taraqqiyoti uning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda barqaror rivojlanish darajasi ta'minlanganligiga qarab baholanadi. Shu o'rinda, mamlakatni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish masalasi bevosita ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlarni tayyorlash samaradorligiga bog'liqdir. Ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yuqori pog'onaga ko'tarish, shuningdek, bilimlarni iqtisodiy o'sishning asosiy omiliga aylantirish kabilar milliy iqtisodchi kadrlar tayyorlash tizimining muhim vazifalaridandir. Bugungi kunda iqtisodchi kadrlarga bo'lgan talabni qondirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, bu jarayonda zamonaviy ixtisosliklarni joriy etish va takomillashtirish, shuningdek iqtisodiy ta'lim tizimida bitiruvchilar raqobatbardoshligini oshirish va ularning bandligini ta'minlash hal qilinishi lozim bo'lgan muhim masalalardan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur"1. Iqtisodiyotni innovasion talablar asosida taraqqiy ettirishda aholining bilimlilik darajasini oshirish, ishlab chiqarishning intellektual salohiyati, chet el investisiyalari ko'lamini kengaytirish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish, o'z navbatida, yangi iqtisodiy yo'nalishdagi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar, shu jumladan, ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalari hisoblanadi. Jahon ta'lim standarti talablari asosida iqtisodchi kadrlar tayyorlash va boshqaruvini tizimli ravishda tashkil etish, ta'lim muassasalari faoliyat samaradorligini oshirish, iqtisodchi kadrlar tayyorlashda zamonaviy boshqaruv usullarini tatbiq etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash imkonini beruvchi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Shu jihatdan, mamlakatimiz ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmini

1 Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини мард ва олижаноб халкимиз билан

бирга курамиз // Халк сузи, 2016 йил 15 декабрь.

takomillashtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bularni biz ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlar tayyorlashni boshqarishning ilmiy-nazariy jihatlari ko'plab xorijiy olimlardan W. Stock, J. Siegfried, A. Finegan, L. Maureen, G. Pettersson, P. Drucker, M. Meskon, M. Albert, F. Xedouri, T. Saati va boshqalarning boshqaruvga doir ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritilganligini ko'rishimiz mumkin2.

Jahon iqtisodiyotining bugungi rivojlanish jarayonlari, iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi, shuningdek, noaniq vaziyatlarda iqtisodiy bilimning iqtisodiy resursga aylanishi mumkinligini alohida ta'kidlash lozim. Hozirda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta ahamiyat berilayotgani, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlari davlat tomonidan kafolatlanayotgani, tadbirkorlikning iqtisodiy o'sishni ta'minlashdagi ahamiyati ortib borayotgani, jamiyatimizda iqtisodchi kadrlarga bo'lgan ehtiyojning oshib borayotgani aholining iqtisodiy bilimlarini muntazam oshirib borishni talab etmoqda.

Ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlarni tayyorlash iqtisodiy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish vositasida amalga oshiriladi. Bir tomondan, iqtisodchi kadr bo'lish insonlarning o'z xohish-istagi va mazkur sohaga qiziqishidan kelib chiqib erkin tanlanadi. Ikkinchi tomondan esa, iqtisodiy bilimlarni egallashda yoki iqtisodchi kadrlarga bo'lgan talabni shakllantirishda davlatning o'rni ham muhim hisoblanadi.

Ta'lim tizimida iqtisodchi kadrlarni tayyorlash quyidagi muhim vazifalarni o'z ichiga

oladi:

- iqtisodiy ta'limga bo'lgan mamlakat miqyosidagi ehtiyojni aniqlash;

- iqtisodiy bilimlarning zamonaviy tarkibini shakllantirish;

-iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta'minlaydigan, ya'ni aholi turmush darajasining yuksalishiga xizmat qiladigan iqtisodiy bilimlarni shakllantirish;

- iqtisodiy tanlovni samarali amalga oshirish va iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish bilan bog'liq iqtisodiy tafakkurni vujudga keltirish.

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy ta'limga tizim sifatida qaralsa, ushbu tizimning takomillashishiga ta'sir etuvchi omillar, uni harakatlantiruvchi kuchlar ko'lami kengligi namoyon bo'ladi. Ushbu masala yuzasidan iqtisodiy ta'limning ijtimoiy munosabatlar tizimi tarkibiy tuzilishida tutgan o'rnini ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-ma'rifiy, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-texnik tavsiflari bilan tushuntirish mumkin.

Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy ta'lim xizmatlarini iste'mol qiluvchilarga faqat xaridor sifatida emas, balki iste'mol qilingan ta'lim hajmini kengaytirilgan shaklda takror ishlab chiqaruvchilar sifatida qarash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday jarayonning rivojlanishi natijasida iqtisodiy ta'lim tizimida innovasion ta'lim tuzilmalari vujudga keladi. Bu esa o'ziga xos ijtimoiy-ma'rifiy samara beradi, shuningdek, iqtisodchi kadrlar malakasini ommaviy miqyosda yuksalishini ta'minlaydi va natijada iqtisodiy ta'lim sifatiga bo'lgan talab oshadi hamda ushbu sohada raqobat kuchayib boradi.

2 Stock, Wendy A., Siegfried, John J., and Finegan, Aldrich (2011) «Completion Rates and Time-to-Degree in Economics Ph.D. Programs». American Economic Review Papers and Proceedings 101 (3) (May): 176-188; Lewis, Maureen A., Gunilla Pettersson. (2009) Governance in Education: Raising Performance. Washington, DC: The World Bank.; Peter F. Drucker, «Anew Discipline», Success! January-February 1987, p.18.; Мескон М., Альберт М., Хедоури Ф. Основы менеджмента // пер. Л. И. Евенко. - М.: Дело, 1997. - 704 с.; Саати Т.Л. Принятие решений при зависимостях и обратных связях. Аналитические сети. - М.: ЛКИ, 2008.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz // Xalq so'zi, 2016 yil 15 dekabr.

2. Xodiyev B.Yu. Oliy iqtisodiy ta'lim tizimi uchun zamonaviy o'quv adabiyotlar yaratish: yangi standart talablari, tuzilishi, mazmuni. - T.: TDIU, 2005.- 168 b

3. Qurbonov Sh.E., Seytxalilov E.A. Ta'lim tizimini boshqarish. - T.: «Turon»: 2006. - 592 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.