Научная статья на тему 'MAVZU: RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH MASALALARINING QIYOSIY TAHLILI'

MAVZU: RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH MASALALARINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
20
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagog kadr / sivilizatsiya / o‘qituvchi / standartlar / ta’lim dasturlari / strategiya / tizim / dolzarblik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.R.Tashpulatova

Maqola rivojlangan xorijiy mamlakatlarida pedagog kadrlar tayyorlash masalalarining qiyosiy tahlili mavzusida bo‘lib, unda o‘qituvchilar uchun o‘quv, ijtimoiy va kasbiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta’lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAVZU: RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH MASALALARINING QIYOSIY TAHLILI»

MAVZU: RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH MASALALARINING QIYOSIY TAHLILI M.R.Tashpulatova

Nordik Xalqaro Universiteti Ta'lim muassasalarini boshqaruv yo'nalishi 1-kurs magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10676616

Annotatsiya. Maqola rivojlangan xorijiy mamlakatlarida pedagog kadrlar tayyorlash masalalarining qiyosiy tahlili mavzusida bo'lib, unda o'qituvchilar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta'lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: pedagog kadr, sivilizatsiya, o'qituvchi, standartlar, ta'lim dasturlari, strategiya, tizim, dolzarblik.

Abstract. The article is on the subject of a comparative analysis of the issues of teacher training in developedforeign countries, in which, in determining the prospects for the development of the educational, social and professional support system for teachers, based on the study of the needs of teachers in our country, pedagogic staff the experience of countries that have achieved high pedagogical education processes due to training and effective work with them is analyzed.

Keywords: pedagogical staff, civilization, teacher, standards, educational programs, strategy, system, structural changes, relevance.

Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo'l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o'qib o'rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o'zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va

jamiyatimiz o'zgaradi.

SH.Mirziyoev

Jahonda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni, raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida samarali foydalanish keng tadbiq etilayotgan bugungi kunda, pedagog kadrlar tayyorlashdagi muammolar inson kapitali sifatining o'sishini susayishiga sabab bo'lmoqda. Respublikamizda ham kadrlar bo'shlig'ini to'ldirish, shu jumladan, umumta'lim maktablarida pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish ob'ektiv zaruratdir. Ushbu masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg'or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

Ta'lim tizimi mazmuni - yoshlarni oliy ma'lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma'lumot mazmunidan tanlanib, ta'lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko'nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va boshqa ko'plab kasblar kabi o'qituvchilik kasbi tayyorgarligi dastlabki pedagogik ta'lim olingandagina tugamaydi. O'qituvchilarga doimiy yangilanib turuvchi talablar qo'yiladi. Professional o'qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy ravishda o'z kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim. O'qituvchilarni tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga kirgunicha, ishga kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri bosqichlarini o'z ichiga olishi kerak.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo'lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o'zgarishlarni insonning o'zini o'zgartirmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o'z-o'zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga

oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yetakchi o'ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta'lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o'qitish usullari va metodlari ma'nan eskirib, ta'limning ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.

Pedagogik kadrlar tayyorlash va pedagogik faoliyat bilan bog'liq ta'limotlar eramizgacha yaratilgan asarlarda ham o'z aksini topgan va G'arbda Qadimgi Yunoniston va Rimda Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Mark Fabiy Kvintilian, Yan Amos Komenskiy, Adolf Distegverg kabi buyuk faylasuf, pedagog, mutafakkirlarning ta'limotlarida, ma'rifiy-axloqiy asar tarzida maydonga kelib, pedagogik faoliyat va uning mazmuni to'g'risida qimmatli fikrlarni ifodalagan. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyoti sharoitida pedagogik jarayonga "Onalar maktabi" (1632), "Buyuk didaktika" (Yan Amos Komenskiy, 1632), "O'qituvchilar uchun 33 qoida" (Adolf Disterverg, 1956), "O'qituvchiga ta'lim yo'lida o'quv qo'llanma" (1150), "O'rtoq, o'qituvchi, fan tanlash haqida" (1206, Burhoniddin Zarnudjiy), "Nozik iboralar" (Az-Zamaxshariy, 1992), "Qutadg'u bilig" (Yusuf Xos Hojib, 1439) kabi pedagogik asarlar paydo bo'lgan. Bu esa o'z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda diniy va dunyoviy bilimlarni o'rgatuvchilarga qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Natijada pedagogik faoliyat yuzaga kelgan.

Ma'lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini, xususan, pedagogikani jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, umuman ta'lim paradigmasining o'zgarishi bilan isloh qilishga katta ahamiyat berilmoqda. O'zbekistonda salohiyatli pedagogik ta'lim tizimi azaldan mavjud. Shu bilan birga o'zbek pedagogik ta'lim tizimining ijobiy jihatlaridan biri, O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan va mehnat bozorining barqaror bo'lmagan sharoitida pedagogika ta'lim yurti bitiruvchisi o'z kasbi bo'yicha faoliyat yuritmasa ham, shu diplom bilan boshqa sohada o'z faoliyatini davom ettira olish imkoniyati kengligidir.

Chet el universitetlarida, shu jumladan, Amerika pedagogika oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining tor doiradagi mutaxassislari mehnat bozori ehtiyojlari va o'zgarishlariga moslashuvida hamda ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchi-mutaxasislarni tayyorlashda muammolar paydo bo'lmoqda. Shunga ko'ra, O'zbekistonda pedagogika ta'lim yurtlari bitiruvchilarining umumiy va kasbiy malakasi yuqoriligi o'tish davri iqtisodiyoti uchun qulay bo'ldi.

Finlyandiyaning o'qituvchi--pedagoglar tayyorlash tizimi ko'p mamlakatlar uchun namuna bo'lib xizmat qiladi. O'tgan asrning oxirida o'qituvchilar uchun magistratura darajasi minimal ta'lim me'yori deb belgilandi (shu jumladan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun ham), bu esa qaysidir darajada mamlakatdagi o'qituvchilar hurmatini va ijtimoiy maqomini oshirish uchun muhim hissa qo'shdi. Finlyandiyada maktab o'qituvchisi bo'lish uchun juda qattiq tanlovdan o'tish zarur: pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga ishga olinadi. Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o'qitishga ustuvorlik berilishi. Bu shubhasiz, ta'limning yuqori sifatda bo'lishiga olib keladi. Mamlakatda maktab ta'limining muvaffaqiyati maktab o'quvchilarini qo'llab-quvvatlash tizimi bilan ham bog'liq. Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va psixologlar soni jihatidan, barcha Yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.

Bugungi kunda ta'lim sohasida yetakchi o'rinni "aqlli maktablar, ziyoli millat" strategik dasturida o'z aksini topgan mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish paradigmasiga ega bo'lgan Singapur egallaydi. Ushbu strategiyaning asosiy g'oyasi "umrbo'yi ta'lim" g'oyasi bo'lib, u bilan

mamlakat kelajagi uzviy bog'liq. Singapurda Finlandiyadagi kabi o'qituvchilik kasbi ijodkorlik hisoblanib, o'qituvchi kasbi ijobiy va jamiyatda sharafli hisoblanadi, shuning uchun, o'qituvchi kasbiga talabgor nomzodlar eng yaxshi deb tan olinishi uchun yetarlicha uzoq va murakkab tanlov jarayonidan o'tadilar.

Xitoy dunyoda eng katta aholi soniga ega bo'lgan davlat bo'lganligi sababli ham hukumat qashshoqlikni kamaytirish maqsadida ta'lim tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan. Olib borilgan islohotlar natijasida keyingi 10 yilliklarda Xitoy ta'lim tizimi katta yutuqlarga erishdi. XX asrning o'rtalariga qadar Xitoy iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan bo'lib, qo'l mehnatiga tayangan dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Aholining katta qismi qishloqlarda istiqomat qilgan va ta'limda ko'proq gumanitar fanlar falsafa, tarix va ijtimoiy sohalarga ustuvorlik berilgan. Tahlillar ko'rsatganidek, ko'pgina mamlakatlarda pedagog kadrlar tayyorlashning asosiy maqsadi o'z amaliyotini rivojlantirish va butun hayoti davomida mustaqil o'rganishga qodir bo'lgan o'qituvchini tayyorlashdir.

Amerika, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlarida pedagog kadrlar tayyorlashdagi umumiy tendensiya o'qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, kasbiy malakali o'qituvchini ish bilan ta'minlash va saqlab qolish, kadrlar siyosatini takomillashtirish, o'qituvchilarni o'z ustida ishlashga jalb etish, professional jamoalarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni yo'naltirishdan iboratdir.

O'zbekistonda ta'lim tizimidagi islohotlarning navbatdagi bosqichi ilg'or xorijiy tajriba asosida tor doiradagi mutaxasis-pedagoglarni tayyorlashga o'tish hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida tayyorlanadigan pedagog kadrlarni har bir yo'nalish bo'yicha aniq ehtiyojlarni aniqlash asosida amalga oshirishni ob'ektiv zaruratga aylantiradi. I.D.Fruminning fikriga ko'ra, xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasidan foydalanish yoki pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik tizimini rivojlantirishning o'ziga xos usulini izlash kerak. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog kadrlar buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish asosida tarmoq samaradorligini oshirishda to'planib qolgan yuqoridagi muammolarni hal etish bo'yicha ilmiy jihatdan asoslangan va amaliy ahamiyatga molik bo'lgan fikr mulohazalar, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qoladi. Har qanday to'g'ri belgilangan maqsad unga erishishga yordam beradigan ko'rsatmalarga ega. Ularga g'amxo'rlik qiling va siz albatta kerakli natijaga erishasiz! Yaxshi motivatsiya bo'lmasa, o'z-o'zini takomillashtirish jarayoni ko'p yillar davomida davom etishi mumkin. O'zingiz uchun haqiqiy rag'bat bo'ladigan munosib o'rnak toping.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026- yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida

3. A.Radjiyev, F.Karimov, A.Ibragimov, M.Axmedov. TALIS-2018 xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o'tkazilgan so'rovnoma va tadqiqotning hisoboti. TALIS-2023 xalqaro tadqiqotiga O'zbekistondagi maktab o'qituvchilari va direktorlarini tayyorlash. 1-qism. T.: 2021. 72 bet

4. Sh. Qurbonov, E. Seytxalilov. Ta'lim sifatini boshqarish. T.: "Turon-Iqbol", 2006. 592 bet.

5. R. X. Djuraev, S.T.Turg'unov. Ta'lim menejmenti. T.: "Voris-Nashriyoti", 2006. 263 bet.

6. NTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Ibragimov Abdimalik Gapparovich A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bo'lim mudiri, i.f.n., dotsent. Muradov Ikrom Turdiboyevich A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.7297822

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.