Научная статья на тему 'BO‘LGUSI O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATNI EGALLASH VOSITALARI'

BO‘LGUSI O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATNI EGALLASH VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
463
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
pedagogika / kreativlik / mahorat / jarayon / tarbiya / odob / ta’lim / tafakkur / ijodiy yondoshuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — E.Qobilova

Ushbu maqola bugungi kun o‘qituvchilari pedagogik mahoratni egallash vositalari, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etishi, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini qanday namoyon eta olishi kerakligi borasida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LGUSI O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATNI EGALLASH VOSITALARI»

BO'LGUSI O'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATNI

EGALLASH VOSITALARI

E.Qobilova Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqola bugungi kun o'qituvchilari pedagogik mahoratni egallash vositalari, o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etishi, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini qanday namoyon eta olishi kerakligi borasida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogika, kreativlik, mahorat, jarayon, tarbiya, odob, ta'lim, tafakkur, ijodiy yondoshuv

TOOLS FOR ACQUISITION OF TEACHERS' PEDAGOGICAL SKILLS

E.Qabilova Kokand SPI

Abstract: This article is about the means of acquiring pedagogical skills for today's teachers, the teacher's direct participation in the educational process, not only his spiritual and moral culture, but also his pedagogical skills. It has been said that he should be able to demonstrate.

Keywords: pedagogy, creativity, skill, process, upbringing, manners, education, thinking, creative approach

"Muallim bilimli, aqlli, adolatli, o'zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi." Abdurahmon Jomiy.

Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. "Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o'zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak", dedi Shavkat Mirziyoyev.1 Mahmudxo'ja Behbudiyning "Dunyo imoratlari

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi nutqidan

rfciTii^^Bl 256 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ichida eng ulug'i maktabdir" degan fikrini alohida ta'kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to'xtalib o'tdi.2 Pedagogik mahoratni egallash vositalari o'qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'mak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralaiini namoyon eta olishi, yetuk o'qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlami tayy orlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur. Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta'lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o'tmish qadriyatlari, O'rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiyiami tayyorlash to'g'risidagi ma'lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo' lish, ilg'or xorijiy davlatlaming o'qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o'qituvchilaming, shuningdek, ta'lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo'lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlari o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:

1. Mustaqil o'qib-o'rganish (pedagogika fanida ro'y berayotgan eng so nggi yangiliklar haqida ma'lumotlami beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma'lumotlar, shuningdek, ilg'or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g'oyalami umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalami tayyorlash).

2. Tajribali ustoz o'qituvchilar faoliyatini o'rganish (ta'lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib. vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o'qituvchilar faoliyatini o'rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg'ulotlami kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).

3. O'qituvchi xodimlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko'nikmalami oshirib borish.

4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarian pedagogik o'qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.

5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlaming yetakchi ta'lim muassasalarida o'z tajribalarini oshirish, kasbi bo'yicha eng so'nggi ma'lumotlami o'rganish.

Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommav tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalami boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato

2 Maxmudxo'jaa Bexbudiy saylanma

rfccTii^^Bl 257 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

yoki kamchiliklami o'z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yoïlarmi topish imkoniyati mavjud. Pedagogik mahoratga ega bo'lish ta'lim-tarbiya samaradorligini ta' minlash garovi boiibgina qolmay, ayni vaqtda o'qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro'-e'tiborini oshiradi, o'quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlami tashkil etish pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holi bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyadarga erishish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida yosh o'qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko'nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg'in faoliyat olib borilmoqda. Maktablarga yosh o'qituvchilami jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or va zamonaviy texnologiyalami joriy etishga ko'maklashish maqsadida 2009-yildan boshlab "Respublika yosh o'qituvchilar assotsiatsiyasi" o'z faoliyatini boshladi. Mustaqillikka erishgach, Mamlakatimizda an'anaviy ravishda "Yilning eng yaxshi pedagogi" Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. Umumta'lim maktablarida faoliyat ko'rsatayotgan pedagog xodimlar orasidan ilg'or va tashabbuskor o'qituvchilar aniqlanib rag'batlantirilishi, yosh o'qituvchilarda o'z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg'otadi. "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" ko'ri tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. "Yil maktabi" - Respublika ko'rik-tanlovi o'qituvchilarga jamoa asosida ta'lim muassasasida qo'lga kiritilayotga yutuqlami targ'ib etish uchun sharoit yaratmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" g'oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o'qituvchi kadrlaming roli nihoyatda beqiyos. XXI asr bolasini o'qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malaka mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasini faqat yuksak tajribaj ega XXI asr o'qituvchisigina uddalay oladi.O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda Pedagog olim Komil Zaripov o'qituvchining kasbiy mahorati mazmun va mohiyatini "Ilg'or o'qituvchi", "Ijodkor o'qituvchi", "Novator o'qituvchi" timsolida asoslaydi va shunday ta'riflaydi: "Ilg'or o'qituvchi" avvalo boshqa o'qituvchilarga qaraganda o'z ishiga mas'uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o'rganib, o'z darslarida, ta'lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo'llaydi. Shu orqali u ta'lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlami qo'lga kiritadi. "Ijodkor o'qituvchi"da ham "Ilg'or o'qituvchi"dagi xususiyatlar bo'lishi mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg'or o'qituvchi mavjud manbalami o'rganib, shular asosida ta'lim - tarbiya bo'yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, ijodkor o'qituvchi bor manbalarga tar qidiy ko'z bilan qaraydi. Ko'p hollarda mavjud metodik yo'l - yo'rik larga o'z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat taqozosiga, o'zinin imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy metodi usullardan foydalanadi" "Novator o'qituvchi", o'zining yaxlit pedagogik vosita va usulla mavjudligi bilan farqlanib

PÍgcTÍÍ^^BI 258 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

turadi. Shu bilan birga novator o'qituvchilar ilmiy tahlil, o'ziga tanqidiy ko'z bilan qaray bilish xususivatlariga hai ega bo'ladi. Ularning ko'pchiligida g'oyat murakkab, boshqalar o'zig ishonmaydigan sharoitlarda ham o'z ishlarining to'g'ri ekanligig ishonch bo'ladi. Demak, pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun o'qituvchi o'zid ham ilg'orlikni, ham novatorlikni (yangilikka intilish), ham ijodkorlikni tarbiyalashi lozim. O'qituvchi pedagogik mahoratini "O'qituvchilarni axloqiy shakllanishi" yo'nalishida o'rgangan professor Malla Ochilov pedagogik mahoratni egallashning muhim manbasi axloq deb ta'kidlal kasbga oid axloq normalarini shunday ta'riflaydi "Faoiiyatning Taalluqli bir sohasi bilan shug'ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar talablar xam bor. Bunday axloq kasb (professional) axloqi deyiladi. He bir jamiyatda hukumron bo'lgan axloq bilan kasb axloqi o'rtasida Taalluqli bir munosabat mavjud. Bu umumiylik bilan xususiylik o'rtasidagi munosabatdir. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasining qoidala, va kamchiliklarini o 'zida mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi v rivojlantiradi" Pedagogik mahoratning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri, unui o'qituvchi shaxsi va kasbi to'g'risida mukammal ma'lumot va tushur chalarga ega ekanligidadir. O'qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarg ega bo'lishi bilan birga, kasbiy, ya'ni ixtisoslik fazilatlariga ham eg bo'lishi lozimligini tajriba ko'rsatmoqda. Musiqa fani o'qituvchilari kuchli pedagogic mahoratga ega bo'lishlari talab etiladi. Chunki bolalarni musiqa olamiga olib kirish uchun pedagogik mahorat, musiqiy bilim uygunlashmogi kerak. Bolaga musiqa olamining naqadar betakror go'zalligini xis qildirish, ko'rsatish uchun o'qituvchining o'zi shu olamda yashashi va tushunishi xam muhim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Madgafurova, D. (2023). PEDAGOGIK MAHORAT: SAMARALI O'QITISHNING ZARUR QOBILIYATLARI. MHHoB^oHHHe uccnegoBaHua B coBpeMeHHoM Mupe: Teopua h npaKTHKa, 2(20), 44-46.

2. Niyozova, D. (2023). PEDAGOGIK MAHORAT VA UNI EGALLASH YO 'LLARI. " Science Shine" International scientific journal, 3(3).

259

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.