Научная статья на тему 'BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARNING PERSEPTIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURATI'

BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARNING PERSEPTIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
907
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
fuqoro / ijtimoiy-siyosiy / ta’lim-tarbiya / e’tiqod / o‘qituvchi / malaka / ma’lumot / tadqiqot / faoliyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mirzarahim Abdualiyevich Zokirov

Ushbu maqolada bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning perseptiv qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati yuzasidan fikrlar, kasbga oid mahoratini shakllantirishda pedagogik-psixologik nazariyalarning ahamiyati,maʼnaviyatimizning shakllanishida o‘z-o‘ziga ega bo‘lgan ulug‘ insonlar faoliyati to‘g‘risida, ularga qo‘yilayotgan talablar haqida fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARNING PERSEPTIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURATI»

BO'LG'USI O'QITUVCHILARNING PERSEPTIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURATI

Mirzarahim Abdualiyevich Zokirov

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lg'usi o'qituvchilarning perseptiv qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati yuzasidan fikrlar, kasbga oid mahoratini shakllantirishda pedagogik-psixologik nazariyalarning ahamiyati,ma'naviyatimizning shakllanishida o'z-o'ziga ega bo'lgan ulug' insonlar faoliyati to'g'risida, ularga qo'yilayotgan talablar haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: fuqoro, ijtimoiy-siyosiy, ta'lim-tarbiya, e'tiqod, o'qituvchi, malaka, ma'lumot, tadqiqot, faoliyat

THE SOCIAL-PEDAGOGICAL NEED OF DEVELOPING PERCEPTIVE

SKILLS OF TEACHERS

Mirzarahim Abdualievich Zakirov

Abstract: In this article, thoughts on the socio-pedagogical necessity of developing the perceptive abilities of future teachers, the importance of pedagogical-psychological theories in the formation of professional skills, the activities of great people who have self-sufficiency in the formation of our spirituality, and the requirements placed on them. done

Keywords: citizen, socio-political, education, faith, teacher, qualification, information, research, activity

Bugungi kunda iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqorolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilishdan iboratdir. Shu jihatdan ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani o'zida mujassam etgan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchiga bog'liq. Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning xilma xil faoliyatini uyushtirish,ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o'stirish o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Darhaqiqat, xalqimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishida bo'lgan munosabatiga bog'liq. Kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy

xususiyatimizdir. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. O'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirilishi pedagogik mahoratni takomillashtirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy o'qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o'zi kifoya qilmaydi. Shuningdek, maxsus bilimlar va malakalar asosida bolalarini kuzatish, ularning o'sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g'oyalar bilan taqqoslash, ta'lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish yo'llari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bunda o'qituvchi talabchan, yaxshi mehribon, sabrli, bosiq va o'z kasbiga nisbatan e'tiqodli bo'lishi lozim. Bolani butun qalbi bilan sevadigan o'qituvchi ko'proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. Bolalarga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga o'z xarakterini o'tkaza oladi, ularga odamiylik namunasi bo'lib ko'rinadi.

O'qituvchining kasbga oid mahoratini shakllantirishda pedagogik-psixologik nazariyalarning ahamiyati kattadir, chunki ma'naviyatimizning shakllanishida o'z-o'ziga ega bo'lgan ulug' insonlar faoliyati to'g'risida, ularga qo'yilayotgan talablar haqida zamonaviy pedagogik texnologiyalar to'g'risida nazariyalar kasbiy mahoratni shakllantirishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Pedagogik tajribalarni takomillashtirishda ilmiy pedagogik ma'lumotlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki, hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o'quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o'quvchilarni ham ijobiy fikrlash, tadqiqotchilik ishlarini o'rgata olishini talab qiladi.Shuning uchun o'qituvchi avvalo,tadqiqodchilik ishlarini olib borishi va bu sohadagi malakalarni egallashi zarur. O'qituvchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi davomida, tajribalarni to'playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U shu xulosalardan o'zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o'qituvchi uchun zarur bo'lgan juda muhim bilimlarni egallaydi. Kasbiy mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik izlanishning ahamiyati kattadir. O'qituvchi ishidagi muvaffaqiyatni kunlik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini ta'minlaydi. Aloqalar faoliyatda duch keladigan turli xil voqealarga pedagogik qoidalar nuqtai nazaridan emas,balki sharoitni hisobga olgan holda ijobiy hal etish talab etiladi. Keng ilmiy saviyaga ega bo'lish,intelektual qiziqish, yangilikni his qila bilish, kasbiy mahoratni oshirishga intilish o'qituvchiga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Ta'lim sifati davlat ta'lim standartlariga muvofiq bo'lishi uchun amaliy va nazariy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari amalga

oshiriladi. Shaxsiy izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish o'qituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Mustaqil O'zbekiston davlatining professional ta'limi muassasalarida ishlaydigan o'qituvchi vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan holda ixtisosga doir bilimlarni chuqur bilishlari lozimdir. Shuningdek, nazariy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor ma'naviy barkamol bo'lmog'i lozim. Xalqimizning kelajagi mustaqil O'zbekistonnig istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga uning saviyasiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. O'qituvchi shaxsining kasb sohasidagi xususiyatlari bu - o'z kasbiga muhabbatli bo'lish, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qat'iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o'zini tuta bilish, kasbiy layoqatlik va boshqalar. Samarali pedagogik ta'sir ko'rsatishni to'g'ri tashkil etish bolalar bilan muomala qilishda, samimiy munosabatda bo'lishga yordam beradi. Amaliy pedagogik faoliyatda ilmiy g'oyalar va pedagogik tarbiyani qo'llash, o'qituvchi mehnatiga ko'p jihatdan bog'liq. Lekin bu mehnat natijalari darhol ko'rinmaydi.Uning mahsulini ko'rish uchun yillab mehnat qilish kerak. O'qituvchi faoliyatini o'rganish shuni ko'rsatadiki, bu faoliyat o'zining sifat ko'rsatkichlari bo'yicha ham turlicha bo'ladi. Haqiqiy fidoiy o'qituvchilar o'z faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishadilar. Tajribali novator o'qituvchilar bolalarga samarali ta'lim tarbiya berish bilan bir qatorda pedagogika fanidan yangi yo'l ham ochmoqdalar. Kasbiy mehnatni amalga oshirish jarayonida quyidagi xususiyatlarni o'z faoliyatida amalga oshirishlari zarur.

1. O'qituvchining siyosiy qarashlari va e'tiqodining aniqligi hamda barqarorligi, o'quvchilar oldida chinakam obro' e'tibor qozonishi.

2. Mamlakatning butun ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish va egallagan tajribalarni ta'lim muassasalariga olib kirish, bu faoliyatga o'z o'quvchilarini jalb qilish, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini ta'minlash.

3. Har bir o'quvchi shaxsiga katta qiziqish bilan qarash va barcha jamoa ishlarini tashkil etish.

4. O'qituvchilar o'z ishlariga bugungi kun talabi bilan emas, balki kelajakni o'ylab ish yuritish.

5. Bolalarga bo'lgan munosabatlari, ularning taqdiri haqida g'amxo'rlik qilish, o'z tarbiyalanuvchilarining kelajagi bilan qiziqish.

6. O'quvchi shaxsiga har tomonlama ta'sir ko'rsatish.

7. Ilg'or pedagogik tajribani hamda ta'lim va tarbiya nazariyasini chuqur o'rganish, hamma yangiliklarni tushunib olish,ularni o'z tajribalari bilan solishtirib ko'rish, ba'zilarini o'z ishida tatbiq qilish.

O'qituvchining ijodkorligi o'quvchining ijodkorligini uyg'otadi. Ular o'z o'quvchilarini vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga ularning qalbida

olijanob fazilatlarni qaror toptiradilar. Shunday ekan, o'qituvchilarning kasbiy mahoratida shaxsiy faoliyat tizimini ishlab chiqish muhimdir. Hayot kashfiyotlar olami. Tajriba, uslub, fikrlar rang-barang. U samarali mehnat natijasida isbot va dalillar orqali o'quvchilar qalbiga ko'chadi. Ularning tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilar muallimning fahri, kelajagidir. Shu bois ularning niyati o'quvchilarni mustaqil yurt bunyodkorchilari, muxandislari, ilmu ma'rifat fidoiylari safida ko'rishdir. O'qituvchining eng birinchi maqsadi, o'quvchisini tezroq savodli qilishdan iboratdir. Lekin uni amalga oshirish juda ham mashaqqatdir. Bir o'qituvchinig o'z faoliyat tizimini ishlab chiqishi va unga qat'iy amal qilishi, uning ta'lim sohasidagi muvaffaqiyatlarinig muhim omillaridan biridir. O'qituvchi bir xil metodlarda dars o'tish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Aksincha, u o'qitish metodlarini takomillashtirish ustida tinimsiz ishlashi zarur. O'qituvchining o'quvchilar bilan muomalasi tarbiya natijalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Bolaga muhabbat hech qachon javobsiz qolmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Калинина Н.В. Развитие социальной компетентности школьников в образовательной среде: психолого-педагогическое сопровождение / Н.В. Калинина. - Ульяновск: УИПК ПРО, 2014. - 228 с.

2. Лукьянова М.И. Психологические аспекты развития социальной компетентности школьников. - Ульяновск, 2003. - 207 с.

3. Первутинский В.Г. Развитие социальной компетентности студента в условиях профессиональной подготовки / В.Г. Первутинский.- СанктПетербург, 2002. - 320 с. 58.

4. Sharifzoda S. The use of an integrative approach in the formation of basic competencies in students as a socio-didactic necessity // Journal of critical reviews ISSN- 2394-5125 vol 7, issue 12, 2020 3115.

5. Egambergan Khudoynazarov, Jumanazar Yarmetov //Application of problembased teaching methods in the development of mathematical thinking skills of students. Psychology and education (2021) 58(1): p. 4537-4541

6. Мирзарахим Абдуалиевич Зокиров (2021). У^УВЧИЛАРДА ТАЯНЧ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ АСОСИДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. Oriental Art and Culture, 2 (4), 491-197.

7. Abdualiyevich Z. M. The need for an innovative approach to improving perceptual abilities aimed at increasing the social activity of students in future teachers //Eurasian Research Bulletin. - 2022. - Т. 14. - С. 135-139.

8. Зокиров Мирзарахим Абдуалиевич (2022). У^УВЧИЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕРЦЕПТИВ

ACOCHAPH. Science and innovation, 1 (B3), 659-666. doi: 10.5281/zenodo.6790090 Culture, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 491-197.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.