Научная статья на тему 'PEDAGOGLARNING TA‟LIM JARAYONIDA YUZ BERAYOTGAN TURLI O„ZGARISHGA VA YANGILANISH JARAYONLARIGA TEZ VA OSON MOSLASHA OLISHI'

PEDAGOGLARNING TA‟LIM JARAYONIDA YUZ BERAYOTGAN TURLI O„ZGARISHGA VA YANGILANISH JARAYONLARIGA TEZ VA OSON MOSLASHA OLISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

48
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moslashuvchanlik / bilim / ko„nikma / malaka / kompetensiya / tajriba va atrofmuhitga bo„lgan hissiy / qadriyatli va ijtimoiy buyurtma / spesifik va sekin nospesifik / tug„ma.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sayyora Sattorovna To„Rayeva

Maqolada moslashuvchanlik tushunchasi haqida, bugungi kunda kasbiy o„zini o„zi takomillashtirish pedagoglar kasbiy faoliyatining o„ziga xos turi haqida, ularni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning ajralmas qismi ekanligi, ta‟lim mazmuni haqida, pedagog kasbiy o‟zini o„zi takomillashtirishi tashqi kasbiy talablarga, pedagogik faoliyat shartlariga va shaxsni rivojlantirish dasturiga muvofiq kasbiy malakasini oshirishi haqida, kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarni ataylab rivojlantirishi orqali amalga oshishi haqida ma‟lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGLARNING TA‟LIM JARAYONIDA YUZ BERAYOTGAN TURLI O„ZGARISHGA VA YANGILANISH JARAYONLARIGA TEZ VA OSON MOSLASHA OLISHI»

PEDAGOGLARNING TA'LIM JARAYONIDA YUZ BERAYOTGAN TURLI O„ ZGARISHGA VA YANGILANISH JARAYONLARIGA TEZ VA OSON

MOSLASHA OLISHI

Sayyora Sattorovna To'rayeva

Surxandaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikaga o'rgatish milliy markazi

katta o'qituvchisi sayyoratorayeva4@gmail. com

ANNOTATSIYA

Maqolada moslashuvchanlik tushunchasi haqida, bugungi kunda kasbiy o'zini o'zi takomillashtirish pedagoglar kasbiy faoliyatining o'ziga xos turi haqida, ularni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning ajralmas qismi ekanligi, ta'lim mazmuni haqida, pedagog kasbiy o'zini o'zi takomillashtirishi tashqi kasbiy talablarga, pedagogik faoliyat shartlariga va shaxsni rivojlantirish dasturiga muvofiq kasbiy malakasini oshirishi haqida, kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarni ataylab rivojlantirishi orqali amalga oshishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Moslashuvchanlik, bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya, tajriba va atrof- muhitga bo'lgan hissiy, qadriyatli va ijtimoiy buyurtma, spesifik va sekin nospesifik, tug'ma.

KIRISH

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida: ulug' ajdodimiz Yusuf Xos Xojibning "Zakovat bor joyda ulug'lik bo'ladi,bilim bor joyda buyuklik bo'ladi" degan fikrini aytib o'tdilar. Haqiqatdan ham bugun ilm iqtisodiyotni haqrakatlantiruvchi kuchga aylandi.

Bugun ta'lim tizimida faoliyat ko'rsartayotgan xodim yuz berayotgan islohotlar asosida o'z kasbiy faoliyatini rivojlantirib borishi, ta'lim jarayonida yuz berayotgan turli o'zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olishi juda muhimdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ta'lim sifati avvolambor, kadrlarning intelektual salohiyati, kasbiy mas'uliyatlilik xususiyatlarining shakllanganlik darajasi bilan belgilanadi.

Shu o'rinda biz avvalo moslanuvchanlik deganda nimani tushunamiz.

March, 2023

279

Moslashuvchanlik loincha "adaptation" adaptasiya yani moslashuv degan ma'noni bildiradi va quyidagicha rivojlanadi.

1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi;

2) sezgi a'zolarining o'ziga ta'sir etadigan qo'zg'atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o'zgarishi (masalan, ko'zning yorug'lik yoki qorong'ilikka moslashuvi).

Qo'zg'atuvchining ta'sir kuchi o'zgarishi bilan sezgirlik ham o'zgaradi. Qo'zgatuvchilar sust ta'sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta'sir etganda esa kamayadi. Taktil, harorat, hid va ko'rish sezgilarida adaptatsiya kuchli, eshitish va og'riq sezgilarida kuchsizdir. Ichki sezgilar (masalan, tashnalik, ochlik)ga nisbatan adaptatsiya hosil bo'lmaydi.

Adaptasiya organizmning me'yoriy hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof muhitning turli omillari: harorat va iqlimning o'zgarishiga, ko'pgina infeksiya, bakteriya, viruslarga moslanishi (immunitet hosil bo'lishi)ni ta'minlaydi.

Masalan, og'ritadigan omil ta'siriga javoban oyoq-qo'lni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak faoliyatining tezlashishi va qonning qayta taqsimlanishi, qorong'ida ko'z yorug'lik sezish layoqatining zo'rayishi bularning hammasi tug'ma tez adaptasiya reaksiyalaridir. Har bir kishining turli yashash sharoitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog'lig'i va boshqalarga bog'liqdir.

Ijtimoiy adaptatiya (yunon. "adapto" - moslashish) - anomal shaxs individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.

Bugungi kunda kasbiy o'zini o'zi takomillashtirish pedagoglar kasbiy faoliyatining o'ziga xos turi, ularni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning ajralmas qismi sifatida qaralmoqda.

Ta'lim mazmuni - bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya, tajriba va atrof-muhitga bo'lgan hissiy, qadriyatli va ijtimoiy buyurtmaga mos pedagogik moslashtirilgan munosabatlar tizimidir.Tizimli modulli o'qitishga yo'naltirilgan axborot texnologiyasining asosiy tavsifi moslashuvchanlik bo'lib, u yuqori texnologik yondashuv negizini tashkil etadi.

Tizimli moslashuvchanlik - kompyuterli modul tuzilishining mobilligi modulli dastur va dasturlar to'plamining bosqichliligi bilan xarakterlanadi.

Mazmunan moslashuvchanlik, eng avvalo, ta'lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalashda aks etadi.

Texnologik moslashuvchanlik kompyuterli muammoli modulli o'qitishning ma'lum yo'nalishini ta'minlaydi va u

March, 2023

280

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

ta'limning variativ metodlarini, nazorat va baholash tizimining moslashuvchanligini, o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatlarini individuallashtirishni o'z ichiga oladi.

Pedagogning o'zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi.

U o'zini yetuk mutaxassis shaxs sifatida rivojlantirish va o'zini takomillashtirish, o'zini anglash, o'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi tashkil etish, o'zini o'zi tuzatish shakllarini izlash va amalga oshirish orqali kechadigan jarayondir.

Pedagogning o'zgarishlarga moslashuvchanligi o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmay, balki, pedagog kasbiy o'zini o'zi takomillashtirishi tashqi kasbiy talablarga, pedagogik faoliyat shartlariga va shaxsni rivojlantirish dasturiga muvofiq kasbiy malakasini oshirishi, kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarni ataylab rivojlantirishi orqali amalga oshadi.

Shu o'rinda pedagogning o'zgarishlarga moslashuvchanligini uning kasbiy o'sishining individual traektoriyasini aniqlash va kasbiy deformatsiya (kasbiy to'yinganlik va charchash) larini bartaraf etish usullari belgilashini ta'kidlash joiz.

Pedagog o'zini o'zi takomillashtirishining dastlabki asoslari uning kasbiy rolini anglashi, tegishli pedagogik qarorlarni va ularning oqibatlarini chuqur his etishi, kasbiy faoliyatini umumlashtirish va uning istiqbollarini bashorat qilishi, o'zini o'zi boshqarish va o'zini rivojlantirish qobiliyatlari va tayyorgarligi.

O'z- o'zini takomillashtirish jarayonining negizida mavjud mahoratlilik darajasi (o'zini o'zi real) va uning modellashtirilgan holati (o'zini -o'zi ideal) o'rtasidagi ichki ziddiyatlarni doimiy ravishda yengib o'tishning psixologik mexanizmi yotadi.

O'qituvchi shaxsining o'zini o'zi takomillashtirishiga quyidagilar kiradi:

-uning kasbiy kompetentsiyasining shakllanish darajasini o'rganish;

-maqsadlar tizimini loyihalash;

- belgilangan maqsadlarga erishishning mazmuni va usullarini aniqlash;

- ma'lum bir vaqt davomida olingan natijalarni aniqlash va ularning belgilangan maqsadlar bilan o'zaro bog'liqligi;

-o'z oldiga yangi maqsadlar qo'ya olishi.

Ijtimoiy sharoit va muhit o'qituvchi shaxsining kasbiy rivojlanishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ijtimoiy omillar quyidagilarni o'z ichiga oladi: o'qituvchining bo'sh vaqt hisobi; o'qituvchi jamoasi va uning rasmiy rahbarlari faoliyatining uslubi; ta'lim tashkilotlarining o'quv-moddiy bazasining holati; o'zida ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantirish va o'z-o'zini tarbiyalashi uchun imkoniyatlarning mavjudligi; o'qituvchilarning moddiy va oilaviy

yashash sharoitlari.

March, 2023

O'qituvchi shaxsining kasbiy rivojlanishining eng muhim sharti - bu professional munosabat va qadriyat yo'nalishlari o'zaro muvofiqligidir. O'qituvchi kasbiga va o'z-o'zini tarbiyalashga shakllangan haqqoniy munosabat, madaniy va insonparvarlik qadriyatlariga yo'nalishi ko'p jihatdan o'qituvchi shaxsining izchil rivojlanishi va uning kasbiy faoliyati muvaffaqiyatini belgilaydi.

Jumladan, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Xitoy, Rossiya, Finlandiya, Daniya, No^egiya kabi mamlakatlaгda pedagoglaming kasbiy mas'uliyatlilik xususiyatlarini shakllantirishga doir qator psixologik va amaliy tatbiqiy izlanishlar amaliyoti keng joriy etilgan.

Shuningdek, ta'lim jarayonini baynalmilallashtiгish asosida ijtimoiy- iqtisodiy va madaniyatlararo munosabatlarda raqobatbardosh, kreativ (ijodiy), ijtimoiy faol, fidoiy kadrlar tayyorlashga ustuvorlik berilgan.

Dunyo bo'yicha har yili 7% shaxslar turli hayotiy qiyinchiliklaT tufayli o'z kasblarini boshqa kasblaTga o'zgartiradilar.

Bundan tashqari, xalqaro huquqiy maqomga ega bo'lgan "Pew гeseaгch centef' agentligining 2021 -yilgi be^an ma'lumotiga ko'ra, sohalaгaro kasbiy mas'uliyatlilik sifatlari bank-moliya xodimlarida 84%, axborot texnologiyalari xodimlarida 84%, pedagog xodimlarda 59%, texnika xodimlarida 59%, harbiy xizmatchilarda 46%, tibbiyot xodimlarida 33%, san'at xodimlarida 23%, qishloq xo'jaligi xodimlarida esa 22% ko'rsatkichga ega ekanligi aniqlangan.

Shuning uchun ham, ushbu xususiyatni ertaroq, maktabda ta'lim olish davridan boshlab o'гganish, shaxsda kasbiy mas'uliyatlilik shakllanishining psixologik jihatlarini ilmiy - amaliy jihatdan asoslash kabi masalalar dunyo mutaxassislari tomonidan dolzart muammo sifatida o'rganilmoqda.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo'lsak,Tarbiya fani o'qituvchilari pedagogik faoliyatida moslashuvchanlik kompetensiyasini rivojlantirish shakllanganligiga oid tajriba sinovni loyihalashtirish jarayonida umumlashtirilgan tahlillar ularning o'z mehnatini tashkil etishga etarli darajada motivasiyon tayyorligidan guvohlik berdi. Shuningdek, tarbiya fani o'qituvchilar moslashuvchanlik kompetensiyasini rivojlantirish empiric tajribasi pedagog faoliyatni amalga oshirishda sharoitlarning o'zi etarli bo'lib hisoblanmasligi ham aniqlandi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. O'qituvchi va mm^biy^ "Yangi O'zbekistonni ba!po etishda katta kuch, tayanch va

March, 2023

282

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

suyanchimizdir" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. "Xalq so'zi" gazetasi, 2020-yil 1-oktabr, 207-son.

2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi ■ "Xalq so'zi" gazetasi, 2022-yil 20-dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4963-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 dekabrdagi "Yangi O'zbekistonni Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Taraqiyot strategiyasi to'g'risida"gi 60-sonli Farmoni.

5. Ta'limda ilg'or xorijiy tajribalar moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua 2017 y

6. Ishmuxamedov R. va b. Ta'limda innovatsion texnologiyalar.-T.:Iste'dod, 2008 7.O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi: www.edu.uz.

8. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi: www.uzedu.uz

9. http://www.alledu.ru - Internetdan ta'lim! portali

10. www.pedagog.uz

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.