Научная статья на тему 'PEDAGOGIK TA’LIMNI MODENIZATSIYALASH ZARURATI VA MAQSADI'

PEDAGOGIK TA’LIMNI MODENIZATSIYALASH ZARURATI VA MAQSADI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
318
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PEDAGOGIK TA'LIM / TA'LIMNI MODERNIZATSIYALASH / AMALIY KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT / EMPATIYA VA REFLEKTSIYAGA QOBILIYATIDIR

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Рафиқова Д.

Ushbu maqolada xozirgi kunda pedagogik ta’limni modernizatsiyalashning yangi nazariy-metodik uslubiy asoslari, bo’lajak o’qituvchilarni amaliy kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash masalalari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NECESSITY AND PURPOSE OF MODELING PEDAGOGICAL EDUCATION

This article presents information about the new theoretical and methodological foundations of the modernization of pedagogical education at the present time, about the issues of preparing future teachers for practical professional pedagogical activity.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK TA’LIMNI MODENIZATSIYALASH ZARURATI VA MAQSADI»

УДК. 37.0.2

Рафикрва Д. o'qituvchisi "Pedagogika" kafedrasi Farg'ona davlat Universiteti

PEDAGOGIK TA'LIMNI MODENIZATSIYALASH ZARURATI VA

MAQSADI

Annotatsiya: Ushbu maqolada xozirgi kunda pedagogik ta'limni modernizatsiyalashning yangi nazariy-metodik uslubiy asoslari, bo'lajak o'qituvchilarni amaliy kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash masalalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Pedagogik ta'lim, ta'limni modernizatsiyalash, amaliy kasbiy-pedagogik faoliyat, empatiya va reflektsiyaga qobiliyatidir.

Rafikova D. lecturer

department of "Pedagogy " Fergana State University

THE NECESSITY AND PURPOSE OF MODELING PEDAGOGICAL

EDUCATION

Annotation: This article presents information about the new theoretical and methodological foundations of the modernization of pedagogical education at the present time, about the issues of preparing future teachers for practical professional pedagogical activity.

Keywords: Pedagogical education is the modernization of education, practical professional and pedagogical activity, the ability to empathize and reflect.

Pedagogik ta'limni modernizatsiyalashning yangi nazariy-metodik uslubiy asoslarini izlash muammosini faollashtirish hozirgi zamon maktabining dolzarb muammolarini hal qilish zarurati bilan uzviy bog'liq. Bunda hech shubhasiz o'qituvchining alohida o'rni bor. Shuning uchun pedagogik ta'limni modenizatsiyalash maqsadi o'qituvchilarning pedagogik ta'limni modernizatsiyalash sohasida davlat siyosatini joriy etishga va amaliy kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish zarurati bilan uzviy bog'liq. Talabalar, ya'ni bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik ta'limni modernizatsiyalash sohasida davlat siyosatini joriy etishga va amaliy kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash uchun bugungi kunda quyidagi masalalar e'tiborga olinishi zarur.

Birinchidan, o'qituvchining o'quvchini pedagogik qo'llab-quvvatlashga, uning shaxsiy va kasbiy rivojlanish yo'lida hamroh bo'lishga tayyorligi muammosini ko'rsatib o'tish kerak. O'qituvchi va o'quvchilarning shaxslararo o'zaro ta'siri jarayonida tajriba, bilim, dunyoqarash rivojlanadi, ularning shaxsiyatini shakllantirishga ko'maklashadi. Hech shubha yo'qki, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlik, ular o'rtasida amaliy muloqotning paydo bo'lishi, o'quvchiga ijobiy pedagogik ta'sir ko'rsatish imkoniyatining o'zi o'qituvchining shaxsiy kamolot darajasi, uning kommunikativ madaniyati, o'quvchilar bilan hissiy va qadriyatli munosabatlarni o'rnatish, o'quv guruhida qulay psixologik-ijtimoiy muhit yaratish qobiliyatini bildiradi.

O'qituvchining ziddiyatlarni bartaraf etish madaniyatiga ega bo'lishi, o'quvchiga uning insoniy madaniyat va jamiyat yutuqlari bilan tanishishi, o'zining hayot yo'lini topishi jarayonida doimo duch keladigan turli muammolar va ziddiyatlarni hal qilishida pedagogik yordam ko'rsatish qobiliyati, o'zining mavjud bo'lishining maqsadi va ma'nosini tushunishi kasbiy muvaffaqiyatining muhim omilidir.

Binobarin, bo'lajak o'qituvchining o'quvchilar bilan samarali o'zaro hamkorlik qilishi, ularga har tomonlama yordam ko'rsatish, shaxsiy va kasbiy tayyorgarligini shakllantirish pedagogik ta'limining eng muhim vazifasi bo'lib, u zamonaviy pedagogika instituti bitiruvchisining umumiy va kasbiy madaniyati belgisi sifatida kommunikativ kompetentligining asosiy mezonidan iborat.

Ikkinchidan, o'qituvchini pedagogik faoliyatning etik (axloqiy) komponentini joriy etishga tayyorlash muammosi pedagogik ta'limni modernizatsiyalashning kontseptual qoidalarini belgilash nuqtai nazaridan ahamiyatli ko'rinadi. O'qituvchining amaliy faoliyatidagi etikaviy yo'nalish uning qadriyatlari, axloqiy munosabatlari tizimini aks ettiradi, amaliy faoliyati va xatti-harakatlarining axloqiy asosidir, pedagogik tafakkurning gumanistik yo'nalishini belgilab beradi.

Uchinchidan, o'qituvchining samarali amaliy faoliyatining yana bir muhim omilini ta'kidlash joizki, bu uning o'quvchilar uchun axborot qiymatiga egaligidir. Bu omil, ayniqsa, o'qituvchi o'quvchilar uchun asosiy ma'lumot manbai bo'la olmagan hollarda, ya'ni komptyuter texnologiyalari davrida alohida ahamiyatga ega. O'qituvc hi tomonidan kasbiy funktsiyalarni bajarishning ustuvor yo'nalishlari o'zgarib bormoqda: uning asosiy vazifasi endi bilimlarni uzatish emas, balki o'quvchilarga kerakli ma'lumotlarni topishda yordam berish, ularni filbtrlash ko'nikmalarini shakllantirish, ishonchlilik darajasini, foydaliligi va olingan bilimlarni amalda qo'llanishi imkoniyatlarini aniqlash. O'qituvchining boshqa ma'lumot manbalaridan asosiy ustunligi shundaki, u ma'lum bir fan sohasida yaxlit, tizimli bilimlarga ega bo'lib, o'quvchilarga o'rganayotgan predmet va hodisalarning mohiyatini ochib berishga imkon beradi; ularga ma'lum o'quv fani bo'yicha tizimli bilimlarni shakllantirishga yordam beradi.

To'rtinchidan, o'qituvchining eng muhim kasbiy fazilatlari uning empatiya va reflektsiyaga qobiliyatidir. Hamdardlik qobiliyati o'qituvchilik kasbining gumanistik mohiyatiga mos keladi, uning empatiyaga tayyorligini, o'quvchining ichki holatini tushunishini tavsiflaydi, empatiya u bilan amaliy muloqot qilishning zarur sharti bo'lib, unga pedagogik yordam ko'rsatishni taqozo etadi. O'qituvchining kasbiy muvaffaqiyatining asosiy omili uning refletsiyaga, o'zini o'zi tahlil qilishga qobiliyatidir. O'z faoliyati natijalarini tushunish, motivlar, harakatlar, qabul qilingan qarorlar, xatolarni tahlil qilish, pedagogik tajriba to'plash, kasbiy shakllanish va rivojlanish uchun asosdir. Shu nuqtai nazardan, amaliy pedagogik tayyorgarlik jarayonida bo'lajak o'qituvchilarda hamdardlik va reflektsiyaga qobiliyatini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.

Beshinchidan, o'qituvchining madaniyat tarqatuvchi sifatidagi eng muhim ijtimoiy funktsiyasini qayd etish lozim. Zamonaviy o'qituvchi madaniyat va bilish sub'ekti shaxsiyati o'rtasidagi vositachi vazifasini bajaradi. Shubhasiz, bo'lajak o'qituvchining ana shu yo'nalishdagi tayyorgarligini shakllantirish uning amaliy-kasbiy tayyorgarligi va shaxsiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, bu uning pedagogik ta'lim sohasidagi reallik va o'quvchi o'rtasidagi vositachi bo'lishini ta'minlaydi.

Oltinchidan, zamonaviy pedagogik ta'limni modernizatsiyalashning o'ziga xos xususiyati uning bo'lajak o'qituvchining amaliy pedagogik faoliyatiga ijodiy munosabatini shakllantirishga qaratilganligidir. O'qituvchining ijodiy faoliyati o'quvchida ta'lim idealiga mos ijobiy o'zgarishlar hosil qilishdan iborat. Maqsadga erishish yo'lida o'qituvchi muammolarni qo'yadi va hal qiladi, pedagogik vaziyatlarni tahlil qiladi, bu sharoitda amaliy faoliyatning eng samarali usullarini tanlaydi, eskilarni o'zgartiradi, yangilaydi, ta' limning ma'lum shakllari, usullari, vositalarini birlashtiradi, agar kerak bo'lsa, yangilarini ishlab chiqadi va qo'llaydi. O'qituvchining ijodkorligi - bu o'quvchiga yangi bilimlar berish, yangilikklarni o'rgatish, insoniyat madaniyati yutuqlari asosida uning bilimi, dunyoqarashi, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'maklashishdan iborat.

Yettinchidan, pedagogik ta'limni modernizatsiyalash aspektida kelajakka e'tibor qaratish zarurligi alohida ahamiyatga ega. O'qituvchilik kasbining rivojlanishi va unga tayyorgarlik ob'ektiv qonunlarga muvofiq davom etadi, bu qonunlar kelajakdagi amaliy ta'limining umumiy tendentsiyalarini aniqlash, bashorat qilish uchun o'rganilishi kerak. O'qituvchining ishi intellektual jihatdan murakkablashmoqda, u eng murakkab aqliy operatsiyalarni bajarishi kerak: tahlil, sintez, kombinatsiya, prognoz, modellashtirish va boshqalar. Amaliy ta'limni tashkil etishda bu tendentsiya yetarlicha e'tiborga olinmaydi. Bo'lajak o'qituvchi hali ham maxsus fanlarni o'rganishga va (ozgina darajada) ularni o'qitish metodikasiga e'tibor qaratadi. Holbuki, amaliy pedagogik faoliyatning mohiyatini tushunish o'qituvchiga ancha yuqori darajaga ko'tarilishiga imkon beradi

Sakkizinchidan, o'qituvchining kasbiy ma'naviyatiga oid kontseptual tezis pedagogik ta'limni modernizatsiyalash aspektida ustuvor ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi ma'naviyati uning amaliy faoliyatida insoniylik tamoyilining maksimal darajada namoyon bo'lishi sifatida izohlanadi. O'qituvchining amaliy faoliyatida shaxsiy va kasbiy tamoyillarning birlashuvi ma'naviy mohiyatdan dalolat beruvchi ushbu murakkab fenomenal holat talqini kontseptual va uslubiy tezisni modellashtirish va uning mazmunini shakllantirishning eng muhim asosi sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi. Demak, pedagogik ta'limni modernizatsiyalash o'qituvchining kasbiy ma'naviyatining o'ziga xosligini hisobga olgan holda amalga oshirilsa, bu uning o'qituvchilik missiyasining qadriyatiy-ijtimoiy, amaliy kasbiy ma'nosini aks ettiradi.

To'qqizinchidan, innovatsion dasturlar, zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish zamonaviy o'quv jarayonida samarali natijalarga erishishning yetakchi omili ekanligiga o'qituvchining e'tibori qaratilishi kerak. Hozirgi ta'lim holatining o'ziga xos xususiyati shundaki, ko'pincha o'quvchi o'qituvchiga qaraganda eng yangi kompbyuter texnologiyalarini yaxshiroq egallaydi va axborot jamiyatidagi hayotga, kerakli ma'lumotlarni izlashga, ularni tuzatishga va qayta ishlashga ko'proq moslashgan. O'qituvchining bu borada ortda qolishi nafaqat uning bilimlarni eltuvchi sifatidagi mavqeining zaiflashishiga, balki o'quvchilarning unga bo'lgan qiziqish darajasiga, uning fikri obro'siga va natijada uning shaxsiy hayotiga ta'sir qilishi mumkin. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish o'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan didaktik usul va vositalar doirasini sezilarli darajada kengaytiradi, unga o'qitish tamoyillarini har tomonlama amalga oshirish, o'quvchilarning individual xususiyatlarini, aniq pedagogik vaziyatning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatini beradi.

O'ninchidan, o'qituvchining kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun uni o'zining imkoniyatlarini namoyon qilish istagi alohida ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda shaxsning o'zini rivojlantirish, o'zini takomillashtirish, o'zini o'zi anglash muammosining dolzarbligi haligacha yuqori bo'lib turibdi, chunki o'zining imkoniyatlarini namoyon qilish darajasiga yetgan inson o'z iste'dodi, qobiliyati, salohiyatidan foydalanadigan, bir so'z bilan aytganda, to'liq kuch bilan ishlaydigan shaxsga aylanadi. Pedagogik universitetda talabalarning amaliy tayyorgarligini o'z hayotiy ma'nolarini amalga oshirish usuli sifatida ko'rish kerak. Ta'lim samaradorligi va shaxsiy ma'noni izlash, o'rganish motivatsiyasi o'rtasidagi bog'liqlikni e'tirof etish kerak. Shu bois, amaliy pedagogik tayyorgarlik jarayonida talabalarning o'zini o'zi namoyon qilishini pedagogik qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli harakatlarni amalga oshirish zarur.

Hozirigi zamon sharoitida ta'limni, shu jumladan, pedagogik ta'limni modernizatsiyalashda asosan uchta o'lchovga tayaniladi: tarixiy doirada, qayta o'zgartirish va ta'limni yangilash nuqtai nazaridan islohotlar olib boriladi.

1. Tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimiz mustaqilikka erishgan ilk kunlardan boshlab, ta'limda islohotlarning boshlanishi, matiqiy davom etishi va 1992 yildan ilk marta "Ta'lim to'g'risida"gi qonunnining qabul qilinishi jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy, iqtisodiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq.

2. Ta'limni qayta qurish nuqtai nazardan modernizatsiyalash o'tgan asrning 90-yillaridagi butun tizimli ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning oqibatlarini bartaraf etish zarurati va murakkab muammolari bilan bog'liq edi. Iqtisodiyot, sanoat, sog'liqni saqlash va ta'lim sohasini rivojlantirish borasida ulkan vazifalar turardi. Bu vazifalarni amalga oshirish davlat, jamiyat va ta'lim tizimini rivojlantirishning umummilliy ahamiyatini tushunish va mamalakat xavfsizligini ta'minlash, tashqi va ichki resurslarini jadal va to'g'ri safarbar etishni talab qildi.

3. Ta'limni mutlaqo yangilash mamlakatning rivojlanish ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lib, ta'limni mamlakatning rivojlanish ehtiyojlaridan ortda qolish holatini bartaraf etish nuqtai nazaridan modernizatsiyalash maqsadlari belgilandi. Shunga ko'ra, ta'limni modernizatsiyalash vazifalari maksimal darajada milliy ahamiyat kasb etadi, chunki biz ta'limni jamiyatning turg'unligiga rag'batlantiruvchi omil bo'ladimi yoki uning iqtisodiy o'sishi va farovonligining omili bo'ladimi, bu muammoni aniqlash mamlakatning raqobatbardoshligi va milliy xavfsizligini ta'minlash omili bo'lib xizmat qildi.

Shunday qilib, O'zbekistonda ta'limni modernizatsiyalashning quyidagi sabablarini ajratish mumkin: 1992 yildagi ta'lim islohotining mantiqiy xulosasi; O'zbekiston ta'limida "turg'unlik" ni keltirib chiqargan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz; XX asrning 90-yillarida o'zbek maktab o'quvchilarining bilimining nisbatan past ko'rsatkichi.

Pedagogik ta'limni modernizatsiyalashning asosiy maqsadi - barqaror qadriyatiy-gumanistik o'zini o'zi belgilashi bilan, fuqarolikning o'ziga xosligi, ko'p madaniyatli yo'nalishlari bilan alohida ajralib turadigan, ta'lim-tarbiya faoliyatini zamonaviy jamiyatning ehtiyojlari va talablari kontekstida samarali tashkil etishga qodir o'qituvchilarni tayyorlashga imkon beradigan va ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ta'minlaydigan zamonaviy oliy pedagogik ta'lim tizimini yaratishdan iborat.

Maqsad - kasbiy pedagogik tayyorgarlik tizimini pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng so'nggi yutuqlari asosida takomillashtirish, pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetentlik asoslarini shakllantirish uchun zarur shart -sharoitlarni yaratish (ta'minlash), umummadaniy qadriyatlar bilan tanishish, bilim va ko'nikmalar tizimini o'zlashtirishlari asosida talabalarning har tomonlama shaxsiy kamol topishi, fuqarolik barqarorligi, mas'uliyatliligi, ko'p madaniyatga yo'nalganligi, yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarda jamiyat hayotini yaxshilashga o'z hissasini qo'shish qobiliyati rivojlanishini ta'minlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha xarakatlar strategiyasi to'g'risida" 07.02.2017 y., PF-4947, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son 448-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019 yil 8 oktyabr, PF-5847-son Farmoni. www.lex.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 5.06.2018 y., PQ-3775 Qarori.

4. А.А.Мадаминов. Влияние СМИ на политическую культуру молодёжи. Вопросы науки и образования. 2018. 7 (19).

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=_3wa Dc4AAAAJ&citation for view= 3waDc4AAAAJ:HoB7MX3m0LUC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.