Научная статья на тему 'SURXONDARYONING MINERAL SUVLI BULOQLARINI O‘RGANISH VA KARTALASHTIRISH MASALALARI'

SURXONDARYONING MINERAL SUVLI BULOQLARINI O‘RGANISH VA KARTALASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
27
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mineral suvli buloqlar / oltingugurt-vodorodli suvlar / doimiy kuzatuvda bo‘lgan buloqlar / buloqlarni kartalashtirish. / mineral water springs / sulfur-hydrogen waters / springs under constant observation / cartography of springs.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdimo‘minov T. A.

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatidagi mineral suvli buloqlar bayon qilingan va ular ArcGIS dasturida kartalashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF STUDY AND CARTOGRAPHY OF MINERAL WATER SPRINGS OF SURKHANDARYA

this article describes mineral water springs in Surkhandarya region and they are mapped in the ArcGIS program.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYONING MINERAL SUVLI BULOQLARINI O‘RGANISH VA KARTALASHTIRISH MASALALARI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Abdimo'minov T.A. Termiz davlat pedagogika instituti Geografiya va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o 'qituvchisi

SURXONDARYONING MINERAL SUVLI BULOQLARINI O'RGANISH VA KARTALASHTIRISH MASALALARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatidagi mineral suvli buloqlar bayon qilingan va ular ArcGIS dasturida kartalashtirilgan.

Kalit so'zlar: Mineral suvli buloqlar, oltingugurt-vodorodli suvlar, doimiy kuzatuvda bo 'lgan buloqlar, buloqlarni kartalashtirish.

Abdimominov T.A.

teacher

Department of Geography and its Teaching Methodology

Termiz State Pedagogical Institute

ISSUES OF STUDY AND CARTOGRAPHY OF MINERAL WATER SPRINGS OF SURKHANDARYA

Annotation. this article describes mineral water springs in Surkhandarya region and they are mapped in the ArcGIS program.

Keywords: mineral water springs, sulfur-hydrogen waters, springs under constant observation, cartography of springs.

Mineral suvli buloqlar insonlar salomatligini tiklashda eng samarali tabiiy vositalardan bin. Ko'p mineral suvli buloqlar insonning ichki kasalliklarini davolashga xizmat qilsa, aksariyatlari esa tana va teri to'qimalari bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarda shifo ekanligi ma'lum. Mineral suvli buloqlarning tarqalishida ham o'ziga xos qonuniyat mavjud.

Buloqlarning ko'p yoki kam bo'lishi hududga tushadigan yog'in miqdori bilan ifodalanadi. Surxondaryo viloyatining shimoliy, g'arbiy va sharqiy tomonlari tog'lardan iborat bo'lganligi uchun buloqlar tog'li hududlarda ko'pchillikni tashkil etadi. Asosan viloyatning g'arbiy qismlaridagi tog'larda, tog' etaklaridagi soyliklarda va daryo bo'ylariga yaqin joylarda buloqlar ko'pchillikni tashkil etadi. Viloyatning sharqiy qismidagi Bobotog' va uning etaklarida buloqlar nisbatan kamroq. Bunga asosiy sabab Bobotog'ning viloyatdagi qolgan tog' massivlariga nisbatan past ekanligi hamda yog'in miqdorining kamligi bilan ifodalash mumkin.

Aynan buloqlarning paydo bo'lishiga asosiy sabablardan biri yog'in miqdoridir. Yer osti suvlari esa ko'pincha tekislik qismida vujudga kelgan

buloqlaming asosiy manbayi hisoblanadi. Demak bundan ko'гinib tuгibdiki, buloqlarning geografik ta^alishida hudud omili, ya'ni гelyef omili muhim hisoblanadi. Turli adabiyotlarda Surxondaryo viloyatida tarqalgan buloqlarning soni haqidagi ma'lumotlaг biг biгidan faгqni ko'rishimiz mumkin. Viloyatda 247 ta buloq mavjudligi qayd etilgan [1]. Buloq suvidan olingan namunalar mutaxasislaг tomonidan tekshiгuvdan o'tkaziladi va buloq suvining holati o'гganiladi.

Bugungi kunda Sureondaiyo viloyati gidгogeologiya qo'mitasi mutaxasislaгi tomonidan 6 ta yo'nalishdagi 33 ta buloqda doimiy kuzatish isЫaгi amalga oshirilib kelinmoqda (1-jadval).

1-jadval

Surxondaryo viloyati gidrogeologiya qo'mitasi tomonidan doimiy kuzatuvda bo'lgan mineral buloqlar haqida ma'lumot

T/r Yo'nalishlar Buloqlar nomi Joylashgan hududi Dengiz sathidan balandligi

Gazarak Sariosiyo -

1 Sariosiyo-Uzun Xufar Sariosiyo -

yo'nalishi Xufar-1 Sariosiyo -

Tog'chiyon Sariosiyo -

Tolichashma Uzun -

2 Denov-Bobotog' Pistamozor Uzun 820

massivi yo'nalishi Tombuloq Uzun -

Terakbuloq Uzun 1800

Xo'jaipok Oltinsoy 1000

3 Sho'rchi-Oltinsoy- Vaxshivor Oltinsoy 1420

Sho'гchi yo'nalishi Qo'tiгbuloq Oltinsoy 1500

Sanjarbuloq Boysun -

Omonxona Boysun 1217

Haydarbuloq Boysun -

Sharsharota Boysun -

Padang Boysun -

Ovlot Boysun -

4 Boysun yo'nalishi Miгqoгako'z Boysun 1148

Sayrob Boysun 1035

Xo'jamayxona Boysun 1163

Katta qorovul Boysun -

G'ajiгqoya Boysun -

Olchabuloq (Machay) Boysun -

Olchabuloq (To'da) Boysun 1580

Tagirchakota Sherobod -

5 Sherobod-Poshxurt Anjirota Sherobod -

yo'nalishi G'o'rimbuloq Sherobod 1840

O'lanbuloq Sherobod -

843 nomli Sariosiyo -

6 To'palang suv ombori yo'nalishi 844 nomli Sariosiyo -

845 nomli Sariosiyo -

846 nomli Sariosiyo -

847 nomli Sariosiyo -

Manba: Jadval ma'lumotlari Surxondaryo viloyati gidrogeologiya qo'mitasi ma'lumotlari asosida qaytadan to'ldirildi.

Jadvalda berilgan ma'lumotlardan To'palang suv ombori yo'nalishidagi buloqlar bevosita mazkur nomda ataluvchi suv ombori bilan bog'liq. To'palang suv omborining suv sathi ko'tarilsa, buloq suvi ham ko'payadi. Suv omboridagi suv sug'orishga sarflanganda ya'ni suv sathi pasayganda buloq suvlari ham kamayib qoladi, ba'zi buloqlar qurib ham qoladi.

O'zbekiston Respublikasi geologiya va minéral resurslar qo'mitasi Surxondaryo viloyati gidrogeologiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra viloyatda bugungi kunda 300 dan ortiq buloqlar mavjud bo'lib, hozirgi kunda 6 ta uchaskaga qarashli 33 ta minéral suvli buloqda viloyat gidrogeologiya qo'mitasi xodimlari tomonidan muntazam kuzatuv ishlari olib borilmoqda [2]. Mazkur buloqlarning asosiy qismi tog'li va tog'oldi hududlarida joylashgan.

Viloyat hududida joylashgan minéral buloqlarning asosiy qismi To'polang, Sangardak va Xalqajar daryolari havzalaridagi baland va o'rtacha tog'li hududlarga to'gri keladi (2-jadval). Asosan tarkibida 0,5-0,8 g/l tuz bo'lgan chuchuk suvli buloqlar 2550-3600 m balandlikga to'g'ri kelib, qadimgi paleazoy, yura va bo'r davri yotqiziqlari bilan chegaralanadi.

2-jadval

Surxondaryoning o'ng sohili bo'ylab joylashgan oltingugut-vodorodli va

№ Buloqlarnin Buloqlarnin Suv Suvni Suvni Umu- Suv

g g dengiz chiqayot- ng ng miy tarkibida

joylashgan sathidan gan jins miqdo harora miner gi

o'rni va balandligi. ri ti al-lar kimyovi

nomi (metr (l/s) (°C) miqdo y

hisobida) ri elementl

(g/l) ar

1 Xalqajar Ca, C3,

daryosi O4, K,

havzasida 1000 ohaktosh 120 20 2,0 HCO3

joylashgan

"Xo'jaipok'

' bulog'i

2 Machaydar yo havzasida joylashgan "Xo'jamay-xona" bulog'i 2500-3000 ohaktosh 2000 10 1,21,3 C2O, H12, O5

3 Sangardak- daryo havzasidagi "Oqsuv" bulog'i 3000-3200 2000 4 1-1,5 Ca, C3, K

4 To'polang- daryo havzasidagi "Obi shifo" bulog'i 2400-2500 ohaktosh 10 24 1,5 Ca, C3, O4, K, Md, HCO3

5 To'polang- daryo havzasidagi "Shivirbo'y in" bulog'i 1800-1900 Qumtosh ohaktosh 10 2,5 Ca, C3, O4,

6 Sherobod- daryo havzasidagi "Obi shifo" bulog'i ohaktosh 9 14 0,5 Ca, C3, O4, K, HCO3

7 Sherobod- daryo havzasidagi "Avliyo" bulog'i Osh tuzi 2 2 9,3 Ca, C3, O4, K, HCO3

Manba: Viloyat gidrogeologiya qo'mitasi ma'lumotlari va adabiyotlardagi ma'lumotlar umumlashtirilib qayta tahlil qilindi.

Viloyatda buloqlar ko'p bo'lishiga qaramasdan ularni ilmiy tadqiq qilish, kartalashtirish ishlari amalga oshirilmagan. Hozirgi zamonaviy ilm-fanda geografik kartalarni tuzish dolzarb masala kasb etmoqda, shuningdek hozirgi yaratilayotgan kartalarda GAT texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Mazkur ishda Surxondaryo viloyati hududida joylashgan mineral suvli buloqlar ArcGIS dasturidan foydalanib kartalashtirildi (1-rasm), mineral buloqlar atrofida asosan buloq nomi bilan ataluvchi sihatgohlar va kelajakda barpo etilishi kerak bo'lgan sihatgohlar haqida ma'lumotlar berilgan.

Viloyatda mineral buloqlar negizida bir qancha sihatgohlar barpo etilgan. Boysun tumanidagi "Omonxona" mineral bulog'i, "Xo'jamayxona" bulog'i, Oltinsoy tumanidagi "Xo'jaipokota" bulo'g'i, Sherobod tumanidagi "G'o'rimbuloq" bulog'i kabi buloqlar o'zining shifobaxshligi bilan alohida ajralib turadi. Xususan, "Omonxona" bulog'i, Sherobod tumanidagi "G'o'rimbuloq" buloqlari ichki a'zolar hastaligi jumladan, oshqozon-ichak, jigar o't toshi, buyrak toshi kasalliklarga davo ekanligi isbotlangan.

Viloyatdagi ayni vaqtda geografik o'rni qulay, shifobaxshlik xususiyati yuqori bo'lgan buloqlar atrofida sanatoriyalar bunyod etilgan bo'lib, kelajakda ularning sonini viloyatda ko'paytirish imkonimiz mavjud. Chunki viloyatimizdagi mineral buloqlar turli xil insondagi xastaliklarni davolashga qodirligi bilan ahamiyatlidir.

Viloyatda ayni vaqtda mineral buloqlar negizida bunyod etilgan sanatoriyalar ko'pchillikni tashkil etmaydi. Biroq viloyatdagi ko'pgina mineral buloqlar atrofida bunday maskanlarni tashkil etsak bo'ladi. Masalan biz o'rganib chiqgan mineral suvli buloqlardan G'o'rimbuloq bulog'i yoki Bobotog' massividagi mahalliy tilda Oqsuv nomi bilan ataluvchi buloq shular jumlasidandir.

1-rasm. Surxondaryo viloyati mineral buloqlarining shifobaxshlik xususiyatlari ko'ra guruhlashtirish xaritasi (Manba: Xarita ArcGIS dasturida ishlandi).

Viloyatdagi mineral suvli buloqlarni o'rganish bilan bilan bir qatorda ular joylashgan geografik obyektlarni xaritada belgilash, buloqlarni xaritalashtirish, buloqlarga olib boradigan zamonaviy yo'l ko'rsatgich yo'nalishlarini ishlab chiqish va uni google karta ilovasiga birlashtirish kabi dolzarb masalalar mavjud. Kelajakda bu yo'nalishdagi tadqiqotlar ko'lami kengayib, tadqiqot natijalarini axboratlashtirish ishlari zamonaviy ko'lamda amalga oshirilishiga ishonch bildirib qolamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Атлас родников Узбекистана. Т., 2006., 92-б.

2. O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi Surxondaryo viloyati gidrogeologiya stansiyasi axboroti. Yurchi qo'rg'onchasi-2021.

3. T.A.Abdimo'Minov (2022). SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 3 (3), 810-814.

4. Komilova N.K., & Abdimo'Minov T.A. (2023). THE GEOGRAPHICAL BASIS OF STUDYING MINERAL SPRINGS. Экономика и социум, (1-2 (104)), 62-65.

5. Abdimo'Minov T.A. (2022). MINERAL VA SHIFOBAXSH SUVLAR HAQIDAGI BILIMLARNING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO HUDUDLARIDA RIVOJLANISH TARIXI. Экономика и социум, (11-2 (102)), 11-17.

6. Abdimo'minov T.A. (2023). Surxondaryo viloyatida mineral buloq suvlaridan foydalanish masalalari. O'zbekiston Millliy universiteti xabarlari 2 (UDK: 911.3:33), 194-196.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.