Научная статья на тему 'SURXONDARYODAGI TARIXIY OBIDALAR VA OBYETKLARNI REKONSTRUKSIYA QILISH'

SURXONDARYODAGI TARIXIY OBIDALAR VA OBYETKLARNI REKONSTRUKSIYA QILISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
583
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ziyorat turizmi / Termiziy ziyoratgohlari / xonaqoh yoki karvonsaroy / sayyohlik forumi / kompleks rivojlantirish / madaniy meros.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jo‘rayeva Farangiz Bahrom Qizi, Numonov Mansurbek Nosirjon O’g’li

Ushbu maqolada Surxondaryodagi tarixiy obidalar va yodgorliklarni o’rganish va ularni asrash va shu asosida turizmni rivojlantirish shuningdek prizidentimizning tarixiy obidalarni asrashga qaratilgan islohotlari o’z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYODAGI TARIXIY OBIDALAR VA OBYETKLARNI REKONSTRUKSIYA QILISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

SURXONDARYODAGI TARIXIY OBIDALAR VA OBYETKLARNI

REKONSTRUKSIYA QILISH 1Jo'rayeva Farangiz Bahrom qizi, 2Numonov Mansurbek Nosirjon o'g'li

1,2Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya ta'lim

yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10035033

Annotasiya. Ushbu maqolada Surxondaryodagi tarixiy obidalar va yodgorliklarni o'rganish va ularni asrash va shu asosida turizmni rivojlantirish shuningdek prizidentimizning tarixiy obidalarni asrashga qaratilgan islohotlari o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: Ziyorat turizmi, Termiziy ziyoratgohlari, xonaqoh yoki karvonsaroy, sayyohlik forumi, kompleks rivojlantirish, madaniy meros.

Viloyatning tabiiy so'lim go'shalari, maftunkor sharsharalari, ma'danli suv va shifobaxsh tog' tuzlari agro-eko, tog' va tibbiyot turizmini keng yo'lga qo'yishga qulay imkoniyat yaratadi. Qadimiy bu yurtning o'ziga xos urf-odat va an'analari, milliy hunarmandchilik buyumlari ham dunyo ahlida katta qiziqish uyg'otib keladi.Viloyatdagi boy tarixga ega qadamjolar, muqaddas ziyoratgohlar hududda ziyorat turizmini joriy etib, nafaqat mahalliy balki, xorijlik sayyohlar oqimini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, hozirgacha viloyatning bu boradagi salohiyatidan samarali foydalanishga e'tiborsizlik bilan yondashib kelinayotgan edi.

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha "yo'l xaritasi" bu boradagi ishlarni yangi bosqichda ruyobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19-20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog'ida vohaning turizm salohiyatidan samarali foydalanib, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga alohida e'tibor qaratgan edi. Shunga muvofiq viloyatda 2018-2019-yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilinmoqda. Unda hududning yangilangan, zamonaviy qiyofasini yaratish, transport infratuzilmasini takomillashtirish, xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlarga sifatli xizmatlar ko'rsatish kabi muhim masalalarga alohida ahamiyat berilgani ziyorat turizmi imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qulay muhit yaratadi.

- O'tmishda Surxondaryo muqaddas islom dinini targ'ib qilgan va uni rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan Hakim Termiziy, Iso Termiziy kabi ko'plab buyuk olimlarga beshik bo'lgan, - deydi O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Surxondaryo viloyati vakili Sh.Ibragimov. - Boy tarixga ega bu yurtda So'fi Olloyor, Alouddin Attor, Muhammad Zohid singari ulug' zotlar mangu qo'nim topgan. Mazkur dastur asosida Boysun, Termiz, Jarqo'rg'on, Oltinsoy, Denov, Uzun, Sherobod tumanlaridagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar rekonstruksiya qilinib, obodonlashtiriladi. Yo'llar ta'mirlanadi. Savdo-hunarmandchilik do'konlari quriladi. Xorijlik sayyohlarning emin-erkin ziyorat qilishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Denov tumanida Naqshbandiya ta'limotining asoschisi Hazrat Bahouddin Naqshbandning birinchi xalifasi Alouddin Attor mangu qo'nim topgan muqaddas ziyoratgoh mavjud. Oltinsoy tumanida "Silsilai oliya" tarkibiga kiruvchi ulug' zotlardan yana biri - Muhammad Zohid maqbarasi, turkiy tasavvuf ta'limotining yirik namoyandasi So'fi Olloyor qadamjosi va ul zot tomonidan barpo etilgan masjid saqlanib qolgan. Yangi yo'nalishlarda ziyorat turizmini

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

rivojlantirish bo'yicha "Yo'l xaritasi"da aziz-avliyolarimiz muqaddas hoki qo'yilgan bu maskanlarni obodonlashtirib, ziyoratchi sayyohlarning tahorat qilishi, namoz o'qishi uchun zamonaviy qulayliklar yaratish, "halol" standartini joriy etish belgilab berilgan.

- Mamlakatimizda ziyorat turizmining yo'lga qo'yilayotgani yurtimizda yashab o'tgan buyuk zotlarni yod etib, ularning haqiga duo qilish va ibratli hayot yo'llarini chuqur o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi O'zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakili A.Sayfuddinov. - Xorijlik sayyohlarning ham o'tmishda yashab o'tgan aziz avliyolarimizning diniy ta'limoti va islom dini rivojiga qo'shgan salmoqli hissasi bilan yaqindan tanishishiga keng imkoniyat yaratadi. Muqaddas qadamjolar atrofi yanada obod, yanada ko'rkam bo'ladi.Ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari doirasida Termiz tumanidagi Kokildor ota, Qirq qiz, Sulton Saodat yodgorliklari, Chorgumbaz masjidi, Boysun tumanidagi Hazrati Eshonbobo ziyoratgohi va shifobaxsh suvi, Hazrati Sulton Valiy, Jarqo'rg'on tumanidagi Xo'ja Samandar Termiziy ziyoratgohlari, Oltinsoy tumanidagi Xo'jaipok ziyoratgohi va shifobaxsh suvi, Uzun tumanidagi Oq ostona bobo maqbarasi kabi tarixiy obidalar so'lim go'shaga aylantiriladi.[1]

Surxondaryo viloyati uzoq vaqt sir bo'lib keldi. XIX asrning oxirgi choragigacha Hisor tizmasining janubida joylashgan tog'lar deyarli o'rganilmagan edi. 1875-yilda "Hisor ekspeditsiyasi" davomida Surxondaryo viloyatining yangi xususiyatlari kashf etila boshlandi. Ma'lum bo'lishicha, Surxon vohasi tekislikning pastida joylashgan bo'lib, sharqdan, shimoldan va g'arbdan tog' tizmalari bilan o'ralgan. Janubdan vohani O'rta Osiyodagi eng sersuv daryo -Amudaryo yuvib turadi. Geografik joylashuvi hamda orografik xususiyatlari mintaqaning o'ziga xos iqlimini shakllantirgan. Hisor tizmasining g'arbiy cho'qqilari vodiyni sovuq havo massalarining kirib kelishidan himoya qiladi, janubiy tomoni ochiqligi esa issiq tropik havoning kirib borishi uchun zamin yaratadi. Surxondaryoning iqlimi va geografiyasi tarixiy obidalar, qadimiy shaharlar xarobalari, tabiat yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylarni deyarli asl holicha saqlab qolish imkonini berdi. Surxondaryo qiziqarli sayyohlik maskani bo'lib, bu yerda O'zbekistonga xos bo'lmagan arxitekturani, qadimiy davrning rang-barang binolarini ko'rib, ushbu hududning noyob, o'ziga xos madaniyati bilan tanishish mumkin. Ma'lumki, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Ibn Battuta, Rui Gonsales de Klavixo kabi tarixiy shaxslar Surxondaryodan o'tganlar. Surxondaryo qadimdan ko'hna So'g'diyona shaharlarini Baqtriya va Hindiston bilan bog'lab turgan. Bu joy har doim sayohatchilarni, tadqiqotchilarni va sarguzasht ishqibozlarini o'ziga jalb qilgan. Biz Surxondaryo viloyatining ko'rishingiz kerak bo'lgan eng diqqatga sazovor joylari haqida hikoya qilamiz.

1. Qirqqiz qal'asi

Qirqqiz qal'asi — Termiz tumanida joylashgan, IX-X asrlarda qurilgan me'moriy yodgorlik. Hozirgi vaqtda yodgorlikning vayronalari saqlanib qolgan bo'lib, ular ming yilliklardan keyin ham qadimiy inshootning avvalgi ulug'vorligini ko'rsatib turibdi. Tadqiqotchilar bu tuzilma o'tmishda qanday vazifani bajarganligi haqida turli farazlarni ilgari suradilar. Balki bu inshoot qadimda shahar chetidagi zodagonlar saroyi, ayollar madrasasi, xonaqoh yoki karvonsaroy bo'lgandir. Ammo ko'pchilik tarixchilar bu bino Ko'hna Termizning mudofaa qal'asi bo'lib xizmat qilgan, degan fikrga qo'shilishadi.

2. Kokildor ota xonaqohi

Kokildor ota xonaqohi Termiz shahrida joylashgan bo'lib, XI asr o'rtalarida qurilgan. Bu bino musulmon olamida hurmatga sazovor bo'lgan muqaddas qadamjodir. Xonaqoh o'zining

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

g'ayrioddiy loyihasi va me'morchiligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bino XV asrda qayta qurilgan, ya'ni old tomondagi ochiq devorga ulug'vor ayvon qo'shilgan.

3. Sulton Saodat majmuasi

Sulton Saodat - Termiz sayidlari qabri joylashgan maqbaralar majmuasi. IX asrda Termiz sayidlari sulolasi shakllanib, ular davlat rivojiga katta hissa qo'shganlar. Bu mintaqaning ko'plab aholisi o'zlarining kelib chiqishini qadimgi sulola bilan bog'lashadi. Asosiy maqbaralar majmuasi XII asrda, qolganlari XV-XVII asrlarda yonma-yon qurilgan. Ular uzun hovlining ikki tomonida joylashgan bo'lib, tomli va gumbazli to'rtta zaldan iborat.

4. Said Vaqqos maqbarasi

Said Vaqqosning to'liq ismi Ahmob ibn Abu Said Vaqqos Termiziydir. Bu olimning hayot yillari va ijodiy faoliyati haqida aniq ma'lumotlar saqlanib qolmagan. U Imom al-Hakim at-Termiziy yashagan Bug qishlog'i yaqinida dafn etilgan. Said Vaqqos ham Imom Termiziy kabi Sayidlar avlodidan, degan taxmin bor. Olimlarning fikricha, Sheroboddagi Abdulla Said Vaqqos maqbarasi XI-XII asrlarda qurilgan. Demak, Abdulloh Said Vaqqos at-Termiziy ancha ilgari yashagan.

5. Hakim at-Termiziy majmuasi

Al-Hakim at-Termiziy majmuasi noyob me'moriy yodgorlik va musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hisoblanadi. U Eski Termizning chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy dafn etilgan bo'lib, bu zot xalq orasida hurmat bilan "Termiz otasi" deb atalgan. At-Termiziy majmuasi hududida yana bir qancha qiziqarli, diqqatga sazovor joylar mavjud. Bular chillaxonalar, ya'ni miloddan avvalgi V-X asrlarga oid qadimiy g'or inshootlari, qadimiy Tarmita shahri (Eski Termiz) xarobalari va Termiz shahri muzeyi.

6. Fayoztepa buddaviylar ibodatxonasi

Miloddan avvalgi I asrdan milodiy III asrgacha bo'lgan davrga oid Fayoztepa yodgorligi ibodatxonalar majmuasi bo'lib, Eski Termiz hududida, Amudaryo sohillari va qadimgi karvon yo'li oralig'ida joylashgan. Bir vaqtlar bu yerda uchta katta bino bor edi: ma'bad, ibodatxona va yordamchi xonalari bo'lgan hovli. Majmua bugungi kungacha o'zining ulug'vorligi va g'ayrioddiy shakli bilan hayratda qoldiradi.

7. Qoratepa budda g'or ibodatxonalari majmuasi

Qoratepa — Eski Termizning shimoli-sharqiy qismida joylashgan budda ibodatxonalari majmuasi. Yodgorlik 3 ta tabiiy tizma ustida qurilgan. Umumiy maydoni 8 gektardan oshadi. Qoratepada birinchi buddaviylik ibodatxonalari milodiy I asr boshlarida paydo bo'la boshlagan. Ma'bad majmuasining gullab-yashnagan davri eramizning II-III asrlariga to'g'ri keladi.

8. Kampirtepa qal'asi

Kampirtepa - Termiz shahridan 30 km uzoqlikda, Amudaryoning o'ng qirg'og'ida joylashgan qadimiy shahar. 2018-yilda arxeologlar Iskandar Zulqarnaynning qarorgohi bir paytlar shu yerda - Oks (Amudaryoning boshqa nomi) bo'yidagi qadimiy Iskandariyada joylashganligini isbotladilar. Arxeologik qazishmalar davomida buyuk sarkarda bu yerga kelgan davrga oid madaniy qatlamlar o'rganilib, qimmatbaho buyumlar topildi.

9. Xo'jaikon tuz g'ori

Xo'jaikon tuz g'ori Sherobod tumanida joylashgan bo'lib, bir necha yildan buyon sanatoriy-kurort davolash xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xizmatlardan biri speleoterapiya bo'lib, bu shifobaxsh tuzli g'orda davolash turidir. Xo'jaikon tuz g'ori 1989-yilda topilgan. Bunday

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

g'orda bo'lish astma, nafas olish kasalliklari, surunkali bronxit, pnevmoniya asoratlari, shuningdek, teri kasalliklari va immuniteti pasaygan bemorlar uchun juda foydalidir. Ushbu tuz g'orining boshqa turdagi g'orlardan afzalligi shundaki, dengiz sathidan1200 metr balandlikda joylashganligi uchun bu yerning iqlimi quruq. Xo'jaikon tuz g'orining uzunligi 155 metr bo'lib, uning ichida bir-biridan harorati, namlig, bosimi va mikroelementlari bilan farqlanadigan 3 ta davolash xonasi mavjud.

10. Zarautsoy qoyatosh suratlari

Zarautsoy petrogliflari Hisor tizmasining janubi-g'arbida, Ko'hitang tog'ining sharqiy yon bag'rlarida, Sherobod tumanida joylashgan Zarautsoy darasidagi eng qadimiy qoyatosh rasmlari hisoblanadi. 1912-yilda bu yerdan qizil angobda chizilgan 200 dan ortiq tasvir topilgan. Zarautsoy qoyatosh suratlarida itlar bilan yovvoyi buqalarni ovlayotgan odamlar tasvirlangan.Qoyatoshlarda hayvonlar, jumladan, yovvoyi buqa, it, tulki, cho'chqa, jayron, tog' echkisi, hasharotlar va turli buyumlar (kamon, nayza, o'roq) hamda niqobli odamlar o'ziga xos tarzda tasvirlangan.

11. Sayrob chinori

Sayrob chinori ming yoshdagi "hayot daraxti" bo'lib, mahalliy aholi tomonidan juda ardoqlanadi. Daraxt tanasining ichi bo'sh, unda hosil bo'lgan kovak shunchalik kattaki, avvallari uning ichida yigirma nafar o'quvchi va o'qituvchi sig'adigan kichik maktab bo'lgan. Hozir ichkarida kichik muzey joylashgan. Chinor tabiiy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan bo'lib, bu maskan mahalliy ziyoratgoh hisoblanadi.

12. Teshiktosh g'ori

Teshiktosh g'ori Boysuntov tog'larida joylashgan bo'lib, Musteriya madaniyati o'rni ekanligi va u erdan topilgan neandertal qizning qabri bilan mashhurdir. Dafn qilingan joy atrofiga tog' echkisining shoxlari o'rnatilgan bo'lib, tevaragiga qizil bo'yoq bilan aylana chizilgan.Shuningdek, g'ordan 3000 ga yaqin ro'zg'or buyimlari va mehnat qurollari topilgan. G'orning o'zi dengiz sathidan 1550 metr balandlikda joylashgan. Tog' cho'qqisiga chiqqach, Qarshi dashti va Derbent qishlog'iga olib boradigan katta yo'lni ko'rasiz.

13. "Omonxona" sanatoriysi

Boysun tumani markazidan sharqqa eltuvchi katta yo'l chetidagi belgi "Omonxona" sanatoriysiga yetaklaydi. Sanatoriy Omonxona qishlog'ida joylashgan. Mahalliy oqsoqollarning aytishicha, bu yerda 700 yildan beri odamlar yashaydi. Buni qishloqdagi eski qabriston va undagi qabr toshlari ham tasdiqlaydi. "Omon" so'zi sog'lom, xavfsiz, tinch, osoyishta, "xona" so'zi esa xona, joy, manzil, makon ma'nolarini bildiradi. Xullas, "Omonxona" tinchlik, salomatlik va osoyishtalik maskanidir. Katta yo'ldan burilib, qirlar orasidan 15 kilometr yurganingizdan so'ng qishloq markaziga yetib borasiz.

14. Xo'ja Gur Gur ota mavzesi

Xo'ja Gur Gur ota mavzesi Boysun tog'larining eng diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lib, bir tomonida besh yuz metrlik qoya, yana bir tomonida chuqur kanyonlar joylashgan g'ayrioddiy ulkan cho'qqidir. "Barcha g'orlarning otasi" - Xo'ja Gur Gur ota tog' tizmasi aynan shunday nomlanadi. Bu joy faqat alpinistlar va ekstremal sportchilarnigina o'ziga jalb qilish bilan cheklanmaydi. Ushbu maskanda qadimiy ziyoratgoh va muqaddas buloqli dara ham bor.

15. To'palang suv ombori

Surxondaryo viloyati hududida 5 ta suv ombori joylashgan bo'lib, ulardan biri To'palang suv omboridir. Uning qurilishi 1982-yilda Sariosiyo tumanida boshlangan. Bugungi kunda to'g'onning balandligi 122 metr bo'lib, bu joy Surxon vohasining eng so'lim tabiatli

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

maskanlaridan biridir. Suv omborining asosiy suv manbai Hisorning janubiy tog' tizmalaridan oqib o'tuvchi Qoratog' va To'palang daryolarining irmoqlariidan hosil bo'lgan To'palang daryosi bo'lib, bu daryo Amudaryoning o'ng irmog'i hisoblanadi. To'palang tojikchada "Qizil daryo" degan ma'noni anglatadi. Daryoning uzunligi 175 km, havzasining maydoni 13500 km. Iyundan avgustgacha bo'lgan davr oralig'ida daryo suvi toshadi.

16. Sangardak sharsharasi

Sangardak sharsharasi Termiz shahridan 205 kilometr uzoqlikda, Sariosiyo tumani hududida joylashgan. Sangardakni haqli ravishda O'zbekistonning eng go'zal maskanlaridan biri deyish mumkin. Balandlikdan tushgan suv tomchilari tumanga o'xshab havoga ko'tariladigan milliardlab mikroskopik zarrachalarga parchalanadi. Sharshara atrofidagi qoyalar yashil yo'sin bilan qoplangan. Mahalliy e'tiqodga ko'ra, Sangardak hududida daraxtga kichik mato bog'lab, tilak bildirsangiz, albatta ijobat bo'ladi.

17. Xojaipok sog'lomlashtirish markaz

Xojaipok bir vaqtning o'zida ham ziyoratgoh, ham sog'lomlashtirish maskanidir. Xojaipok ismi Abdurahmon ibn And hazratlarining laqabidir. Bu g'or Kenagi tog'ining etagida joylashgan. G'orning chuqurligi mutaxassislar tomonidan to'liq o'rganilmagan. G'or yuzasidan oqib o'tadigan shifobaxsh buloq suvi 45 metrgacha oqib borib, kichik yerosti daryosiga quyiladi. G'ordan sekundiga 200 litrga yaqin suv chiqadi. Suv tarkibi Semashko nomidagi Ilmiy- tadqiqot markazi laboratoriyasi tomonidan o'rganilgan bo'lib, u natriy, kaliy, kaltsiy, natriy bikarbonat, kremniy kislotasi, azot, temir, alyuminiy va boshqa mikroelementlarni o'z ichiga olganligi aniqlangan.

18. Dalvarzintepa yodgorligi

Kushon podsholigii davri (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari orasida Termiz shahridan 60 km uzoqlikda, Sho'rchi hududida joylashgan Dalvarzintepa qadimiy manzilgohi alohida o'rin tutadi. Shahar xarobalarida olib borilgan qazishmalar davomida fil suyagidan yasalgan turli anjomlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar, tangalar, yunon-Baqtriya davriga oid nafis kulolchilik namunalari topilgan bo'lib,ularning orasida dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari alohida o'rin tutadi (eramizning I-II asrlari). ).

19. Iskandar ko'prigi

Ushbu qadimiy ko'prik XVI asrda qurilgan bo'lib, Hisor tog'larining janubiy hududlarini Ko'hna Termiz bilan bog'lagan qadimiy savdo yo'li o'rnida joylashgan. Ko'prik hozirgi Qumqo'rg'on tumanidagi M41 avtomagistrali yaqinida joylashgan. Mahalliy aholi uni G'isht ko'prik yoki Iskandar Zulqarnayn ko'prigi deb ataydi. Mahalliy afsonada aytilishicha, bu joyni Aleksandr Makedonskiy o'z qo'shini bilan kesib o'tgan. Dastlab, ko'prik suv o'tkazgich vazifasini bajargan va uning ostidan kengligi 20 metr va chuqurligi 10 metr bo'lgan oqim o'tgan.

20.Jarqo'rg'on minorasi

Minora Qumqo'rg'on va Termiz oralig'idagi Minor qishlog'ida joylashgan bo'lib, Sulton Sanjarning buyrug'i bilan 1109-yilda qurilgan. Hozirda uning balandligi yigirma metrdan oshadi, lekin qurilish vaqtida qirq uch metrga yetgan. Minoraga qarab,uning bezaklaridan ko'zingizni uzolmaysiz. G'ishtlarning mahorat bilan archa naqshida terilganligi to'qilganlik effektini yaratadi. Minoraning ostida turganingizda, terilgan g'ishtlar g'isht emas, balki mato kabi ko'rinadi. Minora bir-biriga tutashgan o'n olti yarim ustundan iborat.[2] "O'zbekiston - buyuk yo'llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar" mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida "O'zbekiston - sivilizatsiyalar chorrahasi" xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi bo'lib o'tdi. Forumda qatnashish uchun mamlakatimiz hududlari va 80 dan ortiq

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

xoriji davlatlardan kelgan dunyo ilm-fani vakillari - taniqli arxeolog olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari Termiz Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. O'zbek-Fransuz ekspeditsiyasi 1993-yildan buyon Surxondaryodagi bir necha tarixiy yodgorliklar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda, -deydi Fransiya milliy ilmiy tadqiqotlar markazi professori P. Lerish. - Manimcha, jahon sivilizatsiyasi tarixini o'rganishda Surxondaryodagi tarixiy yodgorliklar muhim o'ringa ega. Jumladan, Boysundagi Teshiktosh g'ori, Sheroboddagi Zarautsoy yodgorligi, bundan tashqari, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Jarqo'ton, Xolchayon, Qoratepa hamda Fayoztepa singari obidalar o'z bag'rida ne-ne sir-sinoatlarni saqlab kelmoqda. Turli madaniyat va dinlar hamda buyuk imperiyalar tarixi bu zamin o'tmishi bilan chambarchas bog'liq ekan, uni qiyosi o'rganish hayotiy zaruriyat, deb bilan. Shu ma'noda o'tkazilayotgan xalqaro forum ahamiyati nihoyat muhimdir.[3] Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19—20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog'ida vohaning turizm salohiyatidan samarali foydalanib, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga alohida e'tibor qaratgan edi. Shunga muvofiq viloyatda 2018— 2019- yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilinmoqda. Unda hududning yangilangan, zamonaviy qiyofasini yaratish, transport infratuzilmasini takomillashtirish, xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlarga sifatli xizmatlar ko'rsatish kabi muhim masalalarga alohida ahamiyat berilgani ziyorat turizmi imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qulay muhit yaratadi.

— O'tmishda Surxondaryo muqaddas islom dinini targ'ib qilgan va uni rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan Hakim Termiziy, Iso Termiziy kabi ko'plab buyuk olimlarga beshik bo'lgan, — deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Surxondaryo viloyati vakili Sh.Ibragimov. — Boy tarixga ega bu yurtda So'fi Olloyor, Alouddin Attor, Muhammad Zohid singari ulug' zotlar mangu qo'nim topgan. Mazkur dastur asosida Boysun, Termiz, Jarqo'rg'on, Oltinsoy, Denov, Uzun, Sherobod tumanlaridagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar rekonstruksiya qilinib, obodonlashtiriladi. Yo'llar ta'mirlanadi. Savdo-hunarmandchilik do'konlari quriladi. Xorijlik sayyohlarning emin-erkin ziyorat qilishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratiladi.[4] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonini bajarish yuzasidan va O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta'minlash maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishiga yo'naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta'minlash;

turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ'ib qilishga, O'zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo'naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;

ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo'nalishlari tashkil etilishini ta'minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo'nalishlari, gidlar (ekskursovodlar) va turizm obyektlari bo'yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;

turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo'ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlarning xavfsizligi va sog'lig'ini ta'minlashga yo'naltirilgan turizm xizmatlari ko'rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda litsenziyalanadigan va sertifikatlashtiriladigan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo'yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish;

turizm sohasini davlat tomonidan va bozor munosabatlari asosida tartibga solishni maqbullashtirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha g'ov va to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko'maklashish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;

turizm faoliyati sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo'yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;

turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko'maklashish.

2. Belgilansinki, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi barcha majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo'yicha "O'zbekturizm" Milliy kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno.

3. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tuzilmasida mustaqil bo'linmalar sifatida:

tugatilayotgan "O'zbekturizm" Milliy kompaniyasi huzuridagi "Buyuk ipak yo'li" reklama agentligi" davlat unitar korxonasi negizida "Milliy turizm mahsulotlarini targ'ibot qilish markazi" davlat unitar korxonasi;

"Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" unitar korxonasi negizida "Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" davlat unitar korxonasi;

"Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko'rsatish markaziy boshqarmasi" davlat korxonasi negizida "Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko'rsatish markazi" davlat unitar korxonasi;

"Respublika ilmiy-o'quv konsalting markazi" davlat korxonasi negizida "Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi" davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.[5]

Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

Tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.[6]

O'zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo'lmish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Moddiy madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ularni konservatsiyalash, tuzatish, ta'mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bog'liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini o'z ichiga oladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Moddiy madaniy meros obyektini konservatsiyalash — moddiy madaniy meros obyektini mavjud ko'rinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.

Moddiy madaniy meros obyektini tuzatish — moddiy madaniy meros obyektining muhofaza mazmunini tashkil etuvchi o'ziga xos xususiyatlarini o'zgartirmagan holda obyektni foydalanish holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.

Moddiy madaniy meros obyektini ta'mirlash — moddiy madaniy meros obyektining tarixiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.

Moddiy madaniy meros obyektini hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish — moddiy madaniy meros obyektining tarixiy-badiiy qimmatini va asralishini o'zgartirmasdan uning tarixiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan unsurlarini ta'mirlash asosida undan hozirgi zamonda foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.

Nomoddiy madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, hujjatlashtirish, targ'ib qilish va rag'batlantirish ishlarini o'z ichiga oladi.

(20-moddaning matni O'zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi O'RQ-228-sonli Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2009-y., 41-son, 440-modda)[7]

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, surxondaryoda mavjud barcha tarixiy obidalarni o'rganish va ularni muhofaza qilish shuningdek Surxondaryoda turizmni rivojlantish zarur. Shuningdek, barcha tarixiy obidalarni ro'yhatdan o'tqazish va ularni asrash uchun fondlar tashkil qilish zarur.

REFERENCES

1. www.uzbekembassy.in

2. uzbekistan.travel

3. https://xs.uz/

4. https://daryo.uz//

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonini

6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent-2023

7. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun. Toshkent-2001

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.