Научная статья на тему 'DIN-ZIYORAT TURIZMI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN JOY NOMLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI'

DIN-ZIYORAT TURIZMI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN JOY NOMLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
329
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DINIY-ZIYORAT TURISTIK OBYEKTLAR / AFSONAVIY NOMLAR / OTA / AVLIYO / BOBO / ISLOM / SHAYX XO'JA / PAYG'AMBAR / ESHON / BULOQLAR / ILOXIYLIK

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova M.H., To'Rayev Q.T.

Maqolada G’arb mamlakatlarida diniy geografik nomlar o’zbek tilida, umuman turkiy tillarda din bilan bog’liq nomlar, ota, avliyo, bobo, islom, momo, nur, ziyo, shayx kabi qo’shimchalar qo’shiladi va bunday nomlar, Surxondaryo viloyatidagi diniy-ziyorat joy nomlari, buloqlar bilan bog’liq unda suv, daraxt kulti kabi kompanitlar iloxiylashtirilganligi, hamda Xo’jalar, Payg’ambarlar bilan bog’liq bo’lgan joy nomlari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NAMES OF PLACES RELATED TO RELIGIOUS TOURISM AND THEIR ORIGIN

The article includes religious geographical names in Western countries in Uzbek, in general in Turkic languages, religious names, suffixes such as father, saint, grandfather, Islam, momo, nur, ziyo, sheikh, and such names. , The names of places of pilgrimage in the Surkhandarya region, the names of places associated with springs, such as water, the cult of the tree, as well as the names of places associated with the Lords and Prophets.

Текст научной работы на тему «DIN-ZIYORAT TURIZMI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN JOY NOMLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI»

DOI 10.46566/2225-1545_2021_1_85_271 UDK:911

Umarova M.H. katta o 'qituvchisi geografiya kafedrasi Termiz davlat universiteti To'rayev Q.T. o 'qituvchisi geografiya kafedrasi Termiz davlat universiteti O'zbekiston, Termiz.sh.

DIN-ZIYORAT TURIZMI BILAN BOG'LIQ BO'LGAN JOY NOMLARI

VA ULARNING KELIB CHIQISHI

Annotatsiya: Maqolada G'arb mamlakatlarida diniy geografik nomlar o 'zbek tilida, umuman turkiy tillarda din bilan bog'liq nomlar, ota, avliyo, bobo, islom, momo, nur, ziyo, shayx kabi qo 'shimchalar qo 'shiladi va bunday nomlar, Surxondaryo viloyatidagi diniy-ziyorat joy nomlari, buloqlar bilan bog 'liq unda suv, daraxt kulti kabi kompanitlar iloxiylashtirilganligi, hamda Xo'jalar, Payg'ambarlar bilan bog'liq bo 'lgan joy nomlari ko 'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Diniy-ziyorat turistik obyektlar, afsonaviy nomlar, ota, avliyo, bobo, islom, momo, nur, ziyo, shayx Xo'ja, Payg'ambar, Eshon, buloqlar, iloxiylik.

Umarova M.H. great teacher Department of Geography Termez State University To'rayev Q.T. teacher

Department of Geography Termez State University Uzbekistan, Termez.sh.

NAMES OF PLACES RELATED TO RELIGIOUS TOURISM AND

THEIR ORIGIN

Annotation: The article includes religious geographical names in Western countries in Uzbek, in general in Turkic languages, religious names, suffixes such as father, saint, grandfather, Islam, momo, nur, ziyo, sheikh, and such names. , The names of places of pilgrimage in the Surkhandarya region, the

names of places associated with springs, such as water, the cult of the tree, as well as the names of places associated with the Lords and Prophets.

Keywords: Religious-pilgrimage tourist objects, legendary names, father, saint, grandfather, Islam, momo, nur, ziyo, sheikh Khoja, Prophet, Eshan, springs, divinity.

Kirish Toponimika, bu toponimlarni (joylaming to'g'ri nomlari, shuningdek, joy nomi yoki geografik nomi sifatida ham tanilgan) o'rganish, kelib chiqishi va ma'nolari, ishlatilishi va tipologiyasini o'rganadi. Har qanday geografik obektning o'ziga xos xususiyatlarning o'ziga xos nomlarini ham o'z ichiga oladi [1].

Dunyo xaritasida afsonaviy ham ko'plab-uchraydi, bunga misol qilib O'sh shahri yaqinidagi Taxti Sulaymon, Amudaryodagi Duldul o'tagan (Xazrati Alining uchar oti daryoning shu joyidan sakrab o'tgan yemish) [3]. Ohangarondagi Alining qoyasi, Sirdaryodagi Farhod qoyasi, Farg'ona vodiysidagi Shohimardon, Toshkentdagi Kaykovus arig'i, Turkmaniston chegarasidagi Zulfiqor yo'lagi (Alining qilichi chopgan dara), Shri Lankadagi Odamato cho'qqisi (guyo Odam Alayhissalom o'sha yerda osmondan tushgan emish) va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Afsonaviy nomlar orasida xayoliy va taxminiy nomlar, ya'ni biror voqea yoki mish-mish gaplar sababli bor deb taxmin qilingan, aslida esa mutlaqo bo'lmagan joylarning nomlari ham uchraydi: Ya'juj - Ma'juj yeri, Saddi Iskandar, Ko'hiqof Sannikov yeri va hokazo [2].

G'arb mamlakatlarida diniy geografik nomlarga odatda san, sankt, svyatoy kabi so'zlar qo'shib yoziladi: San - Marino, San - Tome, San -Fransisko, San - Salvador, Santyago, Sankt - Peterburg, Svyatoy Lavrentiy, Svyatoy Nos kabi.

O'zbek tilidagi, umuman turkiy tillardagi dinga bog'liq nomlarga ko'pincha ota, avliyo, bobo, islom, momo, nur, ziyo, shayx kabi qo'shimchalar qo'shiladi va bunday nomlar aksariyat hollarda muayyan shaxslar nomlari bilan bog'langan bo'ladi: Avliyoota, Termizota Zangibuva (Zangiota), Cho'ponota, Nurota, Shavkatbobo, Oqsoqota, Norakota, Surenota, Yalang'ochbuva, Islomobod, Shayx Zayniddinbobo, Xo'jaqalandarbuva va boshqalar shular jumlasidandir [4].

O'tmishda butun-butun hududlarning yirik yerlari, shuningdek, mahalla va guzarlarning biror yirik yer egasining yoki muqaddas shaxslar, avliyolar, musulmon din peshvolarining nomi bilan atalganini viloyatning shahar va ularning atroflari toponimikasida yaxshi saqlanib qolganini ko'rish mumkin. Jumladan, Sherobod tumanidagi Xo'janqo qishlog'i nomining kelib chiqishi diniy nomga taqaladi [5]. Qishloq yaqinida Bedakota nomli buloq bor. Mahalliy aholi buloqni ilohiylashtirish maqsadida ota so'zi qo'shilgan. Suv, daraxt kulti bu o'rinda asosiy vazifa bajargan. Bedakota—muqaddas Bedak bulog'i deganidir [6].

Surxondaryo viloyati diniy nomlari asosini xo'ja va eshon qo'shimchali toponimlar tashkil qiladi.

Xo'jalarning kelib chiqishi haqida ikki xil fikr mavjud. (forscha «Xo'jayin», «Sohib»).

1. Xo'jalar dastlabki to'rt xalifa Abu Bakr, Umar, Usmon va Alidan (Alining Fotimadan boshqa xotinlaridan) tarqalgan avlodlari;

2. Payg'ambarimiz davridagi sarkardalarning avlodlari. Xo'jalar, aslzodalikda (oqsuyaklikda) sayidlardan keyin turganlar.

Boysun tumanidagi Xo'jaqo'chqor balandligi, Oltinsoy tumanidagi Xo'jabarko'h tog'i, Sherobod shahri yaqinidagi Xo'jgi mahallasi, Sariosiyo tumanidagi Eshonqishloq, Eshonguzar kabi joy nomlari shunday toponimlardir. Mazkur toponimlarning paydo bo'lishi ko'p hollarda tarixiy rivoyatlarga borib taqaladi [14]. Quyida shu kabi joy nomlarining ba'zilarining izohiga to'xtalib o'tamiz.

Xo'ja Gurezato - yoki Xo'ja Gulrez ota Boysun tumanidagi ziyoratgoh joy nomi [7]. Rivoyatlariga ko'ra, avliyo avlodlaridan bo'lib, shu yerda yashab vafot etgan. Qabri tashqi Panjobda, bu qabriston Xo'ja Gurezota nomi bilan ataladi. Aytishlaricha, kishilarning ko'ziga «gul» tushsa (ko'rish xiralashsa) o'sha yerga kelib ziyorat qilish orqali sog'ayib ketganlar. Shundan bu ziyoratgoxni Xo'ja Gulrez ota ham deb atashadi. Gulrez-degani forscha so'z bo'lib, gul to'ktiruvchi demakdir [13].

Xo'jabulg'on - Boysun tumanidagi «Sayrob» qishloq fuqarolar yig'ini xududidagi qishloq nomi Xo'jabulg'on - xo'ja(lar)-forscha - «Xo'jayin», «Soxib» haqida ikki fikrlar mavjud [12].

1.Xo'jalar dastlabki to'rt xalifa: Abu bakr, Umar, Usmon va Alidan (Alining Fotimadan boshqa xotinlaridan) tarqalgan avlodlar.

2.Payg'ambarimiz davridagi sarkardlarning avlodlari. Xo'jalar aslzodalikda (oqsuyaklikda) sayidlardan keyin turganlar[9]. Termiz shahridagi Solixobod (Salovat) qishlog'i xo'jalari Xalifa Ali avlodiga uning o'g'li Husaynga mansub ekanligi haqida aniq ma'lumotlar mavjud [8].

Xulosa. Toponimlar kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan birliklar bo'lib, muayyan hududni nomlash bilan bir qatorda tarixiy -madaniy muhit, xalq e'tiqodi, ma'anaviyati, urf-odat, an'analari, qiziqishlari haqida axborot beradi. Toponimlar tarixiy voqelik haqida guvohlik beruvchi harakatdagi birliklardir. Toponimlarni qiyosiy-tarixiy usulda o'rganish tilning tabiati, talabi bilan bog'liq holda, til sohibining qiziqishlari, dunyoqarashi, qadriyatlari haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, ayrim toponimlarning yuzaga kelishida xalq e'tiqodi, dunyoqarashini, madaniy munosabatlarini ifodalovchi birliklar asos vazifasini o'tagan.

Diniy va ziyorat geografik nomlarni bilish turizmni rivojlanishida jumladan turizmning ziyoratda tarjimonlarga qo'laylik yaratish, turistni qiziqtirgan savollarga javob berish mumkin.

Adabiyotlar:

1. Хасанов ХХ. Урта Осиё жой номлари тарихидан. -Т.: 1965.

2. Хдсанов ХХ. Географик номлар сири. -Т.: Узбекистан, 1985.

3. Кораев С. Узбекистон вилоятлари топонимлари. -Т.: Узбекистон Миллий Энциклопедияси!, 2005.-240 б.

4. Кораев с. Тошкент топонимлари. -Т.: Фан, 1991.

5. Кораев С. Узбекистон вилоятлари топонимлари. -Т.: Узбекистон Миллий Энциклопедияси!, 2005.-240 б. 113

6. Кораев С. Топонимика.-Т.: Узбекистон файласуфлари Миллий жамияти нашриети, 2006.

7. Еуломов П.Н. Жугрофия атамалари ва тушунчалари изошли лугати. -Т.: Укитувчи, 1994. 46. Еуломов П., Миракмалов М.Т. Топонимика ва географик терминшунослик!.-Т., 2005

8. Umarova M.Place names of Surkhandarya region formed on the basis of ethnonyms International Journal of Research in Economics and Social Sciences(IJRESS) Vol. 10 Issue 7, July- 2020.

9. Umarova M. Plant-related place names of Surkhandarya region. Science, research, development 27. Krakow.30.03.2020 - 31.03.2020.

10. Umarova M.Place names of Surkhandarya region formed on the basis of ethnonyms International Journal of Research in Economics and Social Sciences(IJRESS) Vol. 10 Issue 7, July 2020

11. Umarova M. H, Abdunazarov H. M, Kholmatov Z. M, and Turaev Q.T, "THE RECREATION IMPORTANCE OF NATURE MONUMENTS OF THE BAYSUN MOUNTAINS", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 9, p. 4, Dec. 2020.

12. Turaev Kuvonchbek Tohirovich, "RELIGIOUS TOURIST FACILITIES OF HISTORICAL AND GEOGRAPHICAL STRUCTURE IN UZBEKISTAN ", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 3, p. 5, Apr. 2020.

13. Turaev Kuvonchbek Tohirovich, "RELIGIOUS TOURIST FACILITIES OF HISTORICAL AND GEOGRAPHICAL STRUCTURE IN UZBEKISTAN ", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 3, p. 5, Apr. 2020.

14. Turaev K.T and Turayeva Z.M 2020. The Issue of Studying Religious Tourism in Uzbekistan. International Journal on Integrated Education. 3, 8 (Aug. 2020), 43-47. DOI:https://doi.org/10.31149/ijie.v3i8.535.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.