Научная статья на тему 'MINERAL VA SHIFOBAXSH SUVLAR HAQIDAGI BILIMLARNING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO HUDUDLARIDA RIVOJLANISH TARIXI'

MINERAL VA SHIFOBAXSH SUVLAR HAQIDAGI BILIMLARNING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO HUDUDLARIDA RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
531
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MINERAL SUVLAR / MUQADDAS BULOQLAR / QADIMGI YUNONISTONDAGI MINERAL SUVLAR / QADIMGI RIMNING MINERAL SUVLARI / BOLGARIYANING MINERAL SUVLARI / VENGRIYANING MINERAL SUVLARI / GERMANIYANING MINERAL SUVLARI / POLSHANING MINERAL SUVLARI / CHEXIYANING MINERAL SUVLARI / SLOVAKIYANING MINERAL SUVLARI / ITALIYANING MINERAL SUVLARI / BUYUK BRITANIYANING MINERAL SUVLARI / MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING MINERAL SUVLARI

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Abdimo‘Minov T.A.

Ushbu maqolada mineral va shifobaxsh suvlarning Yevropa va Markaziy Osiyoda o‘rganilishi, qadimda mineral suvlar bilan davolash usullari kabi jihatlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF KNOWLEDGE OF MINERAL AND MEDICINAL WATERS IN EUROPE AND CENTRAL ASIA

In this article, aspects such as the study of mineral and healing waters in Europe and Central Asia, methods of treatment with mineral waters in ancient times are highlighted.

Текст научной работы на тему «MINERAL VA SHIFOBAXSH SUVLAR HAQIDAGI BILIMLARNING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO HUDUDLARIDA RIVOJLANISH TARIXI»

DOI 10.46566/2225-1545_2022_2_102_11

Abdimo'minov T.A.

Termiz davlat pedagogika instituti

MINERAL VA SHIFOBAXSH SUVLAR HAQIDAGI BILIMLARNING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO HUDUDLARIDA RIVOJLANISH

TARIXI

Annotatsiya: Ushbu maqolada mineral va shifobaxsh suvlarning Yevropa va Markaziy Osiyoda o'rganilishi, qadimda mineral suvlar bilan davolash usullari kabi jihatlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Mineral suvlar, muqaddas buloqlar, qadimgi Yunonistondagi mineral suvlar, qadimgi Rimning mineral suvlari, Bolgariyaning mineral suvlari, Vengriyaning mineral suvlari, Germaniyaning mineral suvlari, Polshaning mineral suvlari, Chexiyaning mineral suvlari, Slovakiyaning mineral suvlari, Italiyaning mineral suvlari, Buyuk Britaniyaning mineral suvlari, Markaziy Osiyo davlatlarining mineral suvlari.

Abdimominov T.A.

Termiz State Pedagogical Institute

HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF KNOWLEDGE OF MINERAL AND MEDICINAL WATERS IN EUROPE AND CENTRAL ASIA

Abstract: In this article, aspects such as the study of mineral and healing waters in Europe and Central Asia, methods of treatment with mineral waters in ancient times are highlighted.

Keywords: Mineral waters, holy springs, mineral waters of ancient Greece, mineral waters of ancient Rome, mineral waters of Bulgaria, mineral waters of Hungary, mineral waters of Germany, mineral waters of Poland, mineral waters of the Czech Republic, mineral waters of Slovakia, mineral waters of Italy, mineral waters of Great Britain, mineral waters of Central Asian countries.

Qadim zamonlardan beri tabiiy noorganik moddalar tibbiyotda turli maqsadlarda qo'llanilgan. Mineral suvlarning ham samarali davolash usullari har doim eng muhim o'rinni egallagan. Ko'plab ertaklar, afsonalar va hatto xristian va islom dinining muqaddas kitoblarida ham suvning mo'jizaviy kuchi haqida eslatib o'tilgan.

Dunyoning ko'p joylarda muqaddas suvli buloqlar mavjud bo'lib, undan inson salomatilgini tiklashda keng foydalanib kelinmoqda. Yer osti suvlarini, jumladan mineral buloq suvlarini o'rganish tarixining ham o'ziga xos jihatlari mavjud. Birinchi bo'lib bundan 2000 ming yil ilgari yer osti suvlari va

buloqlarning paydo bo'lish sabablarini Rim arxitektori va injeneri Mark Vitruviy aniqlagan. O'rta Osiyoda esa Abu Rayxon Beruniyning qarashlari ma'lum. Oktaviy Konstantinovich Lange (1883-1975) ni O'rta Osiyo gidrogeologiya maktabining asoschisi [1;5-b.] sifatida bilamiz. Mineral buloq suvlaridan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida foydalanish tarixini ko'rib chiqamiz.

Qadimgi Yunonistondagi mineral suvlar. Qadimgi Yunonistonda mineral suvlar dorivor maqsadlarda keng qo'llanilgan. Tibbiyot va farmatsevtika san'ati xudosi Asklepiy sharafiga ibodatxonalari (rimliklar uni Eskulapiy deb atashgan) shifoxona sifatida dong taratgan [2;698-b.]. Asklepiy ibodatxonasi yaqinida Kori (Qrim) dan kelgan Yuliy Apellaning shifobaxsh loydan va mineral suvdan davolaganini hikoya qiluvchi yozuv adabiyotlarda topildi. Unga imperator Entoni davrida (miloddan avvalgi II-asrning 2-yarmi) mineral buloqda cho'milish tavsiya qilinadi. Gretsiyada bu usullar oltingugurtli suvlar bilan davolashning dastlabki usullari edi.

Qadimgi Rimning mineral suvlari. Qadimgi Rimliklar Yunonlardan mineral suvlarning shifobaxshlik xususiyatlari bilan davolashni o'rgandilar. Qadimgi Rimliklar har bir mineral suv buloqlarining kelib chiqishini ilohiy kuchlarning ta'siri deb bilgan va ularni muqaddas deb hisoblashgan. Eng mashhur mineral suvli buloqlari Vezuviy vulqoni yaqinida joylashgan bo'lib, aksariyati termal (issiq) suvlardir.

Pliniy Elderning yozishicha, Rimda 600 yil davomida suvni tozalashdan tashqari, mineral suvlarning tasnifini, bemorlarni mineral suv bilan davolash usulini ishlab chiqdi. Rim yerlarida mineral suvlardan dorivor maqsadlarda foydalanilgan 80 ga yaqin aholi punktlari mavjud bo'lgan [3; 9-b.].

Bolgariyaning mineral suvlari. Balneologiya uzoq tarixga ega Bolgariyada ko'plab arxeologik qazishmalar shuni ko'rsatadiki, gidroterapiya eramizdan avvalgi 4-5 ming yilliklarda mavjud bo'lgan (Hisoriy, Sofiya yaqinidagi gidrotermal markazlar, Xaskovodagi vannalar). Balneoterapiyaning gullab-yashnashi uchun asos frakiyaliklar tomonidan qo'yilgan. Issiq buloqlar joylashgan joylarda quyidagi Kyustendil, Serdika (Sofiya), Sapareva kabi shaharlar qurilgan.

Rim imperiyasi davrida balneologiya va issiq buloqlar bilan davolash eng yuqori cho'qqiga chiqdi. Yangi balneologik markazlar sifatida Augusta (Hisaryo), Desudava (Sandanski), Toansos (Sliven mineral vannalari), Germopolis (Burgasdagi mineral vannalar) va boshqalar rivojlanmoqda. Pautalia va Augusta (Avgusta) Rim imperiyasidagi eng yirik markazlar hisoblangan.

Bizning hududlarimizda ham qadimgi balneologik kurortlar mavjud bo'lgan. Ulardan biri Hisor balneologik kurortidir. Dam olish maskanida IV asrga oid bo'lib, qal'a devorlari va lotin yozuvli hammom saqlanib qolgan. O'rta asrlarda eng ko'p tashrif buyurilgan balneologik markazlar Hisarya, Sapareva Banya, Merichleri, Vergietslar edi. Bu maskanda X asrning o'zidayoq odamalrning turli kasalliklari davolangan.

Vengriyaning mineral suvlari. Davolashda Vengriya poytaxti Budapeshtdagi mineral suvlardan foydalanish bundan 2000 yillar oldin boshlangan. Aquincum issiq buloqlari (rimliklar shaharni shunday atashgan) butun Rim imperiyasiga ma'lum edi. Budapeshtdagi eng qadimiy kurortlardan biri Gellertfürd 1556 yilda qurilgan. Balatonfüder balneologik kurortining rasmiy ochilishi 1708 yil hisoblanadi, o'shanda birinchi hammom binosi qurilgan. Paradfurde balneologik kurortiga asos solingan 18-asrning o'rtalarida 1925 yilda mineral suvlar negizida Hajduszoboszlo tashkil etilgan [3;10-b.]. Bundan ko'rinib turibdiki, mineral suvlardan samarali foydalanish bo'yicha Yevropa mintaqasida joylashgan mamlakatlarda tajriba anchagina katta ekanligidan dalolatdir.

Ruminiyaning mineral suvlari. Ruminiyaning eng yirik balneologik kurorti Kelimenestida Rim vannalarining qoldiqlari topilgan. 1873 yilda Kelimenesti mineral suvlari Venadagi xalqaro mineral suvlar ko'rgazmasida namoyish etildi. 1770 yilda Borchekning mineral buloqlaridan olingan suv shishaga solingan va sotish uchun Vena va Budapeshtga eksport qilingan. 17601837 yillarda buloqlarning birinchi tibbiy tavsifi paydo bo'lib, ular dorivor maqsadlarda qanday ishlatilganligini ko'rsatadi. 1873 yilda xalqaro Venada mineral suvlar ko'rgazmasi, mineral suvlar oltin medal bilan taqdirlandi.

Germaniyaning mineral suvlari. Asrlar davomida Germaniyadagi yirik mineral buloqlarda davolash markazlari shakllana boshladi. Bu markazlar keyinchalik Vichi, Baden, Visbaden, Baden-Baden, Axen deb nomlandi. Axenning buloqlari Markaziy Yevropadagi eng issiq buloqlar hisoblanadi. Ularning shifobaxshlik xususiyatlari ma'lum va mashhur bo'lgan. I asr oxirida rimliklar asos slogan Akve Grani posyolkasi va mineral buloqlarning suvini hammom uchun ishlatgan. Baden-Baden mineral suvlari eramizdan avvalgi I asrda dorivor maqsadlarda ishlatilgan.

XVIII asrdan boshlab "Kurort" tushunchasi (nemischa "kur"-davolash va "ort"-joy) muomalaga kirdi va u tabiiy shifobaxsh omillar ta'sirida davolanish amalga oshiriladigan hududni belgilay boshladi. XX asr boshlarida Germaniyada 600 ta kurort bor edi va Italiya bilan birga Fransiya esa kurort biznesi eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirdi.

Polshaning mineral suvlari. Polshadagi eng qadimgi kurort-Rabka hisoblanadi. Rabkaning natriy xloridli buloqlari XII asrdayoq mashhur bo'lgan. 1857 yilda Polsha Fanlar akademiyasining balneologik qo'mitasi Rabka qa'rida joylashgan sho'r suvlarning yuqori shifobaxshlik xususiyatlarini asoslab berdi va tasdiqladi. XIII asr oxirida esa mineral suvli buloqlar yonida birinchi ibtidoiy balneologik muassasalar qurilgan.

Dushniki mineral karbonli buloqlar tarixi haqidagi ma'lumotlar 1468 yilga borib taqaladi. 1769 yilda bu yerda birinchi tibbiy muassasalar qurilgan. XVI asrdan boshlab Londek kurorti mashhur bo'lib, u yerda subter mal, radon, chuchuk, kremniyli suvlar bilan davolash boshlangan. Schavno mineral buloqlari birinchi marta K. Shvendfeld tomonidan 1601 yilda tasvirlangan.

Biroq, kurortning paydo bo'lishining boshlanishi 1776 yil deb hisoblanadi. Mazkur hududda dastlab, mineral suvlarni idishlarga quyish va ularni kurortdan tashqariga olib chiqishni tashkillashtirilgan.

Krinitsa mineral buloqlari haqidagi ma'lumotlar XVIII asrga oid bo'lsada, buloq suvining birinchi kimyoviy tahlili 1814 yilda Fisher tomonidan amalga oshirilgan. 1807 yilda bu yerda birinchi balneologik klinika qurilgan. Birinchi jahon urushidan oldin Krinitsa Polshaning eng yaxshi kurortlaridan biri hisoblangan.

Chexiya Respublikasining mineral suvlari. Chexiyadagi dam olish maskanlarining aksariyati uzoq tarixga ega. Karlovi kurorti butun dunyoda mashhur hisoblanadi. Shahar tashkil etilganining aniq sanasi ma'lum emas, doimiy aholi punktining paydo bo'lishi taxminan 1350 yilga to'g'ri keladi.

O'rta asrlardan XVI asr oxirigacha Karlovi Vari kurorti davolash, asosan cho'milish tartib-qoidalaridan ishlab chiqilgan. Ichish tartibini qo'llash shifokor Vatslav Paer tashabbusi bilan amalga oshirila boshlandi, u 1522 yilda Lipskda Karlovi Varini davolash bo'yicha birinchi maxsus kitobni nashr etdi. Unda u hammom protseduralari fonida va terapevtik vositalardan foydalanishni tavsiya qildi.

Marianske Lazne kurortidagi mineral buloqlar 13-asrdan beri ma'lum bo'lib, kasbiy kasalliklar, semirish, qandli diabetni davolashda suvdan foydalanishga katta e'tibor berilgan. Birinchi tahlil 1760 yilda A. Strinchi tomonidan qilingan. Dam olish maskanining yaratilishining boshlanishi 1808 yil birinchi balneologik klinika qurilgan yil hisoblanadi. Ko'pgina yirik kurort binolarining qurilishi 19-asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi [3; 14-b.].

Slovakiyaning mineral suvlari. Mamlakatdagi eng qadimgi kurort Luhakovitse hisoblanadi. U bir necha asrlar davomida dorivor maqsadlarda ishlatilgan ko'plab karbonli buloqlari bilan mashhur. Piestany kurorti esa 1571 yildan beri ma'lum bo'lib, issiq buloqlarining birinchi tibbiy tavsifi paydo bo'ldi. 1813 yilda yog'och binolar o'rniga toshdan kurort binolari qurilishi boshlandi.

Italiyaning mineral suvlari. Italiyada mineral suvlardan foydalanish tarixi bir necha ming yillik tarixga ega. Abano-Tarme mineral suvlari qadimgi Rimda Aponium posyolkasi tashkil etilganda ishlatilgan. Dam olish maskanining tiklanishi XIII asrda boshlangan. Hozir u Yevropadagi eng yirik loydan tozalash kurortlaridan biri hisoblanadi. Acireale kurortida mineral suvlar qadim zamonlardan beri ishlatilgan.

Buyuk Britaniyaning mineral suvlari. Vanna Buyuk Britaniyadagi termal buloqlarga ega eng qadimgi va yagona kurortdir. Vannaning asos solingani afsonada Lud Hadibrasning o'g'li Bloodudga va eramizning 863 yilda qirol Lir 16-ning so'zidan kelib chiqqan. Vanna 18-asrda ayniqsa mashhur bo'ldi.a.

Buxtonning mineral suvlari qadimgi Rim imperiyasi davridan beri ma'lum. O'rta asrlarda dam olish zonasi yaroqsiz holga kelgan. XVI asr

o'rtalarida Vannalar qayta tiklandi. XVIII asr oxirida mineral suv sanoat usulida olina boshladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining mineral suvlari. Markaziy Osiyo davlatlarida dunyoga mashhur bo'lgan mineral suvli buloqlar mavjud. Markaziy Osiyo davlatlari hududidagi mineral suvli buloqlar tarkibida yod, brom, litiy, bariy, temir va boshqa gazlar uchraydi. Mineral suvli buloqlarning asosiy qismi Tyanshan va Pomir tizma tog'larining etaklarida joylashgan. Chimyon, Uchqizil, Omonxona (O'zbekiston), Obishifo, Xo'jaobigarm (Tojikiston), Issiqota, Jetiog'iz (Qozog'iston) kabi mineral suvli buloqlar shular jumlasidandir.

Markaziy Osiyo davlatlarida mineral buloqlarni xususan yer osti suvlari bilan bog'liq ilmiy tadqiqotlar XX asrda olib borilgan. O'zbekiston hududida dastlabki tadqiqotlar G'.O.Mavlonov tomonidan a malga oshirilgan. U O'zbekiston yer osti suvlarini, ayniqsa, yer osti shifobaxsh suvlarini o'rganish hamda seysmologiyaga oid tadqiqotlar olib bordi. 1963 yilda S.M.Mirzayev va A.I.Islomovlarning "Toshkentoldi rayoni yer osti suvlari va tog' jinslarining fizik-mexanik xossalari" nomli monografiyasi chop etildi.

O'zbekistonda gidrogeologiya sohasida juda ko'p ilmiy izlanishlar olib borilgan. Garchand sohalar bir biridan farq qilsada, o'rganish obyektining bir biriga yaqinligi bilan bog'liq hisoblanadi. N.N.Xojiboyev, A.N.Sultonxo'jayev, A.S.Hasanov, I.Otajonov, A.Nizomov singari olimlarning ishlari shular jumlasidandir [4;7-b.].

Kasalliklarni davolashda mineral suvlar tarkibi, organik moddalar va mikroelementlar hisobga olinadi. Mineral vannalarning organizmga ta'sirini ta'minlovchi asosiy omillaridan biri-suvning haroratidir. Harorat teri termoreseptorlariga ta'sir etib, qon aylanish sistemasida reflektor o'zgarishlarini yuzaga keltiradi va organizmda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Issiq vannalar terida va surunkali yallig'lanish o'chog'ida qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa asab sistemasining yallig'lanish kasalliklarini davolovchi asosiy omil hisoblanadi. Organizmga ko'p miqdorda issiqlik kirib, oksidlanish jarayonini uyg'unlashtiradi. Zararli moddalarni organizmdan chiqarib yuborib, himoya kuchini oshiradi. Masalan, sulfidli vannalar muolajasidan keyin bemor terisida organizmga shifobaxsh ta'sir ko'rsatuvchi tuz qatlami hosil bo'ladi. Bu mineral suvlarning bemorlarga ham termik, ham mexanik ta'sir ko'rsatishini bildiradi. Suvning harorati va muolaja davomiyligi kasalliklarning xususiyatiga ko'ra bekgilanadi. Teri kasalliklarida mineral vannalarning harorati 34-36°C, davomiyligi 10-15 minut, tayanch harakat a'zolari, asab, me'da-ichak va ginekologik kasalliklarda esa harorat 36-37°C. davomiyligi esa 10-12 minut qilib belgilanadi. Tayanch harakat a'zolarining og'ir kechadigan kasalliklarida va tomir toraytiruvchi endoartiritda harorat 38°C, vaqt esa 10-12 minutdan iborat bo'ladi. Tromboflibet, trofit, yara va osteomilitda mineral vannalar (qo'l-oyoqqa) 38-39°C haroratda, 10-15 minutdan tavsiya etiladi [5].

Mineral suvning foydalari shubhasizdir. Sog'lom ovqatlanish esa go'zallikni harakatlantiruvchi kuchidir. Ushbu ichimlik tarkibida ko'plab foydali moddalar mavjud. Mineral suv oshqozon-ichak kasalliklarini mukammal davolaydi. Bunday holda, suvni ovqatlanishdan 10-15 daqiqa oldin ichish kerak. Bundan tashqari, ushbu ichimlik ortiqcha vaznni engishga va yoshlikni saqlashga yordam beradi. Shuning uchun ham mineral buloqlar yuzasidan mukammmal va keng qamrovli tadqiqotlarni o'tkazish dolzarb bo'lib qolaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.Ковалев Ю.С., Калабугин Л.А "Сирли булоклар" Тошкент-Мехнат. 1987й.

2.O'zbekiston Milliy Ensklopediyasi, A-harfi, 879 bet. Биринчи жилд. Тошкент-2000.

3. Назаренко В.С., Назаренко О.В., Назаренко В.В. "Минеральные лечебные воды и грязи". Учебное пособие, 164 страница. Ростов-на-Дону-2008.

4. Abdimo'minov T.A "Surxondaryo viloyati mineral buloqlarining tibbiy geografik tahlili" magistrlik dissertatsiyasi ishi, 88 bet. Toshkent-2022.

5. Abdimo'minov, T. A. (2022). SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 810-814.

6. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.

7. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Shirinova, M. S. (2021). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN THE NAVOI REGION COTTON FIELD. Мировая наука, (4), 15-18.

8. Latipov Normurod Fakhriddin Ugli (2019). Geourbanistic's role in socioeconomic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.

9. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.

10. Калонов, Б. Х., & Латипов, Н. Ф. (2018). GEOGRAPHICAL PECULIARITIES OF POPULATION IN NAVOI REGION. Наука и мир, (22), 79-80.

II. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'li, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840.

12. Komilova, N. (2022). SOME PROBLEMS WITH CREATING A MEDICAL-GEOGRAPHICAL ATLAS MAP OF UZBEKISTAN. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE).

13. Latipov, N. (2022). НАВОИЙ ВИЛОЯТИ МАЪМУРИЙ БИРЛИКЛАРИ ЭКОЛОГИК ХЩАТИ ТАСНИФИ ВА АХ,ОЛИ САЛОМАТЛИГИГА ТАЪСИР ЭТУВЧИ ОМИЛЛАР.

14. Latipov, N. (2022). УРБОЭКОЛОГИЯ - ГЕОГРАФИЯ ВА ЭКОЛОГИЯНИНГ ФАНЛАРАРО СИНТЕЗИ.

15. Komilova, N., & Latipov, N. F. (2022). Classification of settlements on the basis of the ecological situation in the Navoi region and the factors affecting the health of the population. Вюник Харювського нащонального унiверситету iменi ВН Каразша.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.