Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI'

SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

722
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mineral buloqlar / minerallar tarkibi / vanna usuli / mineral suvni ichish tartibi / Xo„jaipok / Oqsuv / Omonxona / Uchqizil / Jayronxona / Marvarid / Mineral springs / mineral composition / bath method / procedure for drinking mineral water / Khodjaipok / whitewash / Omon / Uchqizil / haystack / Pearl.

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — T. A. Abdimo‘Minov

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan mineral buloqlarning shifobaxshlik xususiyatlari, inson organizmi uchun ijobiy va salbiy ta‟sirlari, ularning paydo bo‟lishidagi geografik xususiyatlar va geologik jarayonlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article covers the healing properties of mineral springs located in the Surkhandarya region, their positive and negative effects on the human body, their geographical features and geological processes.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI»

SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI

T. A. Abdimo'minov

O'zbekiston Milliy universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan mineral buloqlarning shifobaxshlik xususiyatlari, inson organizmi uchun ijobiy va salbiy ta'sirlari, ularning paydo bo'lishidagi geografik xususiyatlar va geologik jarayonlar yoritilgan.

Kalit so'zlar. Mineral buloqlar, minerallar tarkibi, vanna usuli, mineral suvni ichish tartibi, Xo'jaipok, Oqsuv, Omonxona, Uchqizil, Jayronxona, Marvarid.

ABSTRACT

This article covers the healing properties of mineral springs located in the Surkhandarya region, their positive and negative effects on the human body, their geographical features and geological processes.

Keywords. Mineral springs, mineral composition, bath method, procedure for drinking mineral water, Khodjaipok, whitewash, Omon, Uchqizil, haystack, Pearl.

KIRISH

Surxondaryo viloyati hududidagi mineral buloqlarning tarkibi xilma-xil bo'lib, bir-biridan buloq suvi tarkibidagi minerallarning shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Viloyatdagi mavjud buloqlarni asosan shifobaxshligi hamda antita'sir (buloq suvlarining inson va uning organizmiga salbiy ta'siri) darajasiga ko'ra ko'proq o'rganiladi va buloq suvlaridan foydalaniladi. Buloq suvlari ba'zi hollarda insonlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mineral buloqlarning ko'pchilligi Hisor tog'larining janubi-g'arbiy tarmoqlarida joylashgan [1;75-6.]. Bobotog' massivi hududida ham bir qancha buloqlarni uchratishimiz mumkin biroq bu buloqlarning ham barchasi shifobaxshlik xususiyatiga ega emas. Jarmasoy, Arg'amchisoy, Quruqsoy, Teraksoy va Fayzovasoy kabi nomlar bilan ataluvchi soyliklarda mahalliy tilda "Quduq" deb ataluvchi buloqlar mavjud bo'lib, suvi nihoyatda sho'r bo'lganligi uchun ichishga yaroqsiz. Aslida bu suvlar ham buloqlarning bir ko'rinishi. Ayrim buloqlarda bosim yuqori bo'lmaganligi uchun yer yuziga oqib chiqmaydi. Lekin ma'lum bir chuqurlikdagi masofada doimiy suv bor. Bunday buloq suvlaridan asosan chorva mollarini sug'orishda

March, 2022

810

foydalaniladi. Bobotog' massivi qurg'oqchil bo'lganligi uchun yoz oylarida tadqiqot olib boruvchilar uchun ham bir qancha qiyinchiliklar tug'ilishi mumkin. Bir tomondan buloqlar bir-biridan ancha olis masofada joylashgan bo'lsa, ikkinchidan buloq suvlarining nihoyatda sho'rligidir. Agar suvingiz tugab qolguday bo'lsa o'sha nordon quduq yoki buloq suvidan ichishga majbur bo'lasiz. Bu suvdan ichganingizdan bir necha daqiqa o'tgach yana tez-tez suv ichishni xoxlaysiz. Ichgan nordon suvingiz ta'sirida qorinda og'riq turishi, bosh og'rig'i va ich ketishi holatlari kabi salbiy jarayonlar kuzatiladi. Hayotiy tajribamizda bunday voqealarga bir necha bor duch kelganmiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Viloyatdagi ba'zi mineral buloqlarning shifobaxshlik xususiyati, shu buloq atrofidagi xalqlar uchun ma'lumdir. Ko'pchillik shifobaxsh buloqlar esa aholi manzilgohlaridan yiroqda joylashgan. Shunday buloqlar sirasiga Bobotog'ning sharqiy yonbag'rida, dengiz sathidan 1160 m balandlikda joylashgan, mahalliy aholi tilida "Oqsuv" nomini olgan buloq shular jumlasidandir. Taxminan Bobotog' massividagi Zarkamar qishlog'idan 6-7 km masofada joylashgan ushbu buloq suvidan mahalliy aholi teri kasalliklari va oshqozon ichak kasalliklariga shifo ekanligini juda yaxshi bilishadi. Buloq suvi unchalik ko'p emas, taxminan 1 minutda 4-5 litr atrofida suv chiqadi. Buloq atrofiga yaqinlashgan sayin oltingugurt hidi dimog'ingizga uriladi. Xuddi "Xo'jaipok" bulog'i suvi bilan bir xildek. Buloq suvi tarkibi aniqlanmagan bo'lsa ham, Oqsuv bulog'ining tarkibi Xo'jaipok bulog'i tarkibidagi minerallardan kam emasligi ma'lum.

Mineral buloqlar atrofida yaratilgan sihatgohlarga ko'pincha vanna usuli keng qo'llaniladi. Oqsuv bulog'i atrofida ham kelajakda sihatgoh barpo etsa bo'ladi. Chunki buloq R-106 avtomabil yo'lidan taxminan 1200-1500 m masofada joylashgan. Buloq suvini ichsa ham bo'ladi ammo bu organizm uchun salbiy bo'lishi ham mumkin. Buning uchun buloq suvidan foydalanuvchi har bir inson shifokor nazoratidan to'liq o'tib, shifokor tavsiyasi asosidagina iste'mol qilishi maqsadga muofiq.

Mineral suvli vannalar sanatoriya va dam olish maskanlarining asosiy davolash omili bo'lib, ular vanna, ichish va yuvish muolajalari uchun ishlatiladi. Mineral suvlar umumiy ta'sir etuvchi davolash vositasi hisoblanib, vanna buyurishda asosiy kasalliklarning xususiyati, bemorning yurak qon-tomir, asab sistemasining holati inobatga olinadi.

March, 2022

Mineral suvli vannalar bilan davolash haqida A.Z.Zokirovning "O'zbekistonning shifobaxsh resurslari va shifobaxsh maskanlari" asarida batafsil yoritilgan. Mineral suvli vannalar kamquvvat bemorlarga va qon aylanishi buzilishining birinchi bosqichi, gipertoniyaning ikkinchi bosqichi hamda gipotoniyada (bemor o'zini holsiz sezmasa) buyuriladi [2].

Kasalliklarni davolashda mineral suvlar tarkibi, organik moddalar va mikroelementlar hisobga olinadi. Mineral vannalarning organizmga ta'sirini ta'minlovchi asosiy omillaridan biri-suvning haroratidir. Harorat teri termoreseptorlariga ta'sir etib, qon aylanish sistemasida reflektor o'zgarishlarini yuzaga keltiradi va organizmda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Issiq vannalar terida va surunkali yallig'lanish o'chog'ida qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa asab sistemasining yallig'lanish kasalliklarini davolovchi asosiy omil hisoblanadi. Organizmga ko'p miqdorda issiqlik kirib, oksidlanish jarayonini uyg'unlashtiradi. Zararli moddalarni organizmdan chiqarib yuborib, himoya kuchini oshiradi. Masalan, sulfidli vannalar muolajasidan keyin bemor terisida organizmga shifobaxsh ta'sir ko'rsatuvchi tuz qatlami hosil bo'ladi. Bu mineral suvlarning bemorlarga ham termik, ham mexanik ta'sir ko'rsatishini bildiradi.

Suvning harorati va muolaja davomiyligi kasalliklarning xususiyatiga ko'ra bekgilanadi. Teri kasalliklarida mineral vannalarning harorati 34-36°C, davomiyligi 10-15 minut, tayanch harakat a'zolari, asab, me'da-ichak va ginekologik kasalliklarda esa harorat 36-37°C. davomiyligi esa 10-12 minut qilib belgilanadi. Tayanch harakat a'zolarining og'ir kechadigan kasalliklarida va tomir toraytiruvchi endoartiritda harorat 38°C, vaqt esa 10-12 minutdan iborat bo'ladi. Tromboflibet, trofit, yara va osteomilitda mineral vannalar (qo'l-oyoqqa) 38-39°C haroratda, 10-15 minutdan tavsiya etiladi.

Yuz va boshning sochli qismi (teri kasalliklarida) vanna qabul qilganda yuviladi, trofik yara va ostimelitda oqma yaralar bo'lsa, muolajadan keyin vanna qilinadi. Asab sistemasi, tayanch-harakat, ovqat hazm qilish va ayollar jinsiy a'zolari kasalliklarida mineral vannalar ikki kunda bir mahal buyuriladi, teri xastaliklarida ikki kun vanna qabul qilinib bir kun dam olinadi.

Ostexondroz va umurtqa pog'onasining boshqa kasalliklarida suv ustida beriladigan mineral vannalar tavsiya etiladi. Umurtqa pog'onasini suv ostida yotgan holda cho'zish uchun bemorning tanasi vannaning ikki tomoniga o'rnatilgan kronshteynlar yordamida yelka kamaridan va boldir-oyoq kafti bo'g'imlaridan mustahkamlanadi. Bemor ko'kragigacha suvga botadi va gajak holatida osilib turadi. Bunday holat muolaja

March, 2022

812

paytida asab tolalarini, umurtqalar orasidagi disklarni bosim ta'siridan bartaraf etadi va og'riqni kamaytiradi. Davolash kursi 10-12 muolajadan iborat bo'ladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Asab sistemasi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarga "Javohir" vannalar qo'llaniladi. Bunday maxsus vannalarning tagida yog'och panjaralar bo'lib, ularga juda ko'p mayda teshikchali metal quvurchalar o'rnatilgan bo'ladi. Vanna minéral suv bilan to'ldiriladi. Kompressor yordamida quvurchalarga 1-2 atom bosim ostida havo haydaladi. Teshikchalardan suvga tovush chiqarib chiqqan havo pufakchalari xuddi javohirlarni eslatadi. Ular teriga yoqimli ta'sir etib, bemorning markaziy asab sistemasini tinchlantiradi. Bunday mineral suvning harorati 36-37°C, muolaja davomiyligi 10-12 minut, davolash kursi 10-12 ta bo'ladi.

Bemor belgilangan tartibda muolajani yaxshi qabul qilsa, umumiy ahvoli yaxshilanib,og'riqlar kamayadi, uyqu va ishtahasi meyorga yetib, kayfiyati ko'tarinki holarda bo'ladi. Agar bu muolaja salbiy ta'sir qilsa, bemorning yuragi tez-tez ura boshlaydi, og'riqlar kuchayadi. Bunday holatlarda shifokor bemorning davolanish tartibiga o'zgartirish kiritadi [3;65-6.].

Mineral suvni ichish tartibi. Ayrim sihatgohlarda mineral suvlarni qo'llashning asosiy usullari sifatida ichish, tyubaj, o'n ikki barmoqli ichakni drenaj qilish, meda ichaklarni yuvish va mikroxuknada qo'llaniladi.

Mineral suvlarni ichish uchun tavsiya etilayotganda me'da shirasining kislotaliligi, asosiy va qo'shimcha kasalliklar hisobga olinadi. Shunga asoslanib, ichish miqdori, tezligi, vaqti va harorati belgilanadi.

4-jadval. Surxondaryo viloyatida mavjud mineral suvlar to'g'risida

MA'LUMOT

№ T/r Obyekt nomi Chuqurligi Harorati, C0 Suv debiti, l/sek Joylashgan o'rni

1 Termiz tumani, Uchqizil massivi 232 22 0.25 Termiz tumani

2 Termiz tumani, Uchqizil massivi, Semashka davolash maskani hududi 436 29 0.14 Termiz tumani

March, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal '

©

© ©

©

813

Termiz tumani, Mineral suv Jarqo'rg'on

Uchqizil massivi, Uchqizil tumani

Jayronxona massividan

3 davolash maskaniga politelin 21 0.25

qarashli burg'li quvurlar

quduq orqali

keltiriladi

Izoh: jadval ma'lumotlari viloyat gigrogeologiya qo'mitasi ma'lumotlari asosida qayta ishlanib to'Idirildi [4].

REFERENCES

1. Атлас родников Узбекистана. Т., 2006., 92-б.

2. А.З.Зокиров. Узбекистоннинг шифобахш ресурслари ва шифогох, масканлари,.-Т.:Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашр,.1997.-184 б.

3. Ю.С.Ковалев,.Л.А.Калабугин. Сирли булоклар/'Mehnat''-T., 1987.-73 б.

4. O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi Surxondaryo viloyati gidrogeologiya stansiyasi axboroti. Yurchi qo'rg'onchasi-2021.

March, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal'

©

© О

©

814

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.