Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON PAST TOG’LARINING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI'

O’ZBEKISTON PAST TOG’LARINING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
754
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ICHKI SUVLAR / IQLIM / QIZILQIM / YOG'INGARCHILIK / YER OSTI SUVLARI

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Namozov A.M.

O’zbekistonda past tog’lar uning yirik tog’ tizmalarining (Turkiston, Zarafshon, Hisor) eng chekka g’arbiy qismidagi past tog’ tizmalarini va Qizilqum cho’lidagi paleozoy erasida hosil bo’lgan qoldiq tog’larini o’z ichiga oladi. O’zbekistonning past tog’lari quruq va kuchli parchalangan bo’lib, o’ziga xos tabiiy-geografik sharoit bilan xarakterlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLIMATE AND INSIDE WATER OF THE LOW MOUNTAINS OF UZBEKISTAN

Low mountains in Uzbekistan include the low mountain ranges in the westernmost part of its major mountain ranges (Turkestan, Zarafshan, Gissar) and the remnant mountains of the Paleozoic era in the Kyzylkum Desert. The low mountains of Uzbekistan are dry and strongly fragmented, and are characterized by unique natural and geographical conditions.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON PAST TOG’LARINING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI»

DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_96_145

Namozov A.M.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'qituvchisi O'ZBEKISTON PAST TOG'LARINING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI

Annotatsiya: O 'zbekistonda past tog 'lar uning yirik tog' tizmalarining (Turkiston, Zarafshon, Hisor) eng chekka g'arbiy qismidagi past tog' tizmalarini va Qizilqum cho'lidagi paleozoy erasida hosil bo'lgan qoldiq tog'larini o'z ichiga oladi. O'zbekistonning past tog'lari quruq va kuchli parchalangan bo 'lib, o 'ziga xos tabiiy-geografik sharoit bilan xarakterlanadi.

Kalit so'zlar: ichki suvlar, iqlim, Qizilqim, yog'ingarchilik, yer osti suvlari.

Namozov A.M. teacher

Presidential School in Jizzakh

CLIMATE AND INSIDE WATER OF THE LOW MOUNTAINS OF

UZBEKISTAN

Abstract: Low mountains in Uzbekistan include the low mountain ranges in the westernmost part of its major mountain ranges (Turkestan, Zarafshan, Gissar) and the remnant mountains of the Paleozoic era in the Kyzylkum Desert. The low mountains of Uzbekistan are dry and strongly fragmented, and are characterized by unique natural and geographical conditions.

Keywords: inland waters, climate, Kyzylkim, precipitation, groundwater.

KIRISH

O'zbekiston past tog'larining iqlimi va ichki suvlari Butun Qizilqum cho'lining, binobarin, okrugning eng asosiy iqlimi xususiyatlaridan biri shimoliy va janubiy qismlar iqlimining farq qilishidir: shimoliy qismining qishi sovuq (boreal tipidagi cho'llar), janubiy qismining qishi esa iliq bo'ladi (subtropik cho'llar). - 3°S ga teng yanvar izotermasi janubiy qism bilan shimoliy qism orasidagi chegaradir. Bu izoterma taxminan 41° shimoliy kenglik bo'ylab g'arbdan sharqqa yo'nalgandir.

Cho'lning shimoliy qismi iqlimning hosil bo'lishida, asosan, o'rta mintaqa - Sibir-Mongoliya yuqori bosim oblastining quruqlik havo massalari va g'arbdan keladigan siklonlar katta rol o'ynaydi. Ikki xil havo massalarining bir -biri bilan to'qnashishi va Shimoliy Muz okeanidan sovuq havo oqimlarining kirib kelishi qish ob-havosining tez-tez o'zgarib turishiga olib keladi; nam, seryomg'ir va iliq ob-havo sovuq, ochiq ayoz ob-havo bilan almashib turadi. Ba'zan hatto - 35°S gacha sovuq bo'ladi. Okrugning janubiy yarmida iqlim hosil

мЭкономнка h соцнумм №5(96)-1 2022

www.iupr.ru

145

bo'lishi bir oz boshqacharoqdir. Bu yerda tropik havo massalarining ta'siri seziladi. Bu yerda qish iliq (0° va — 2°S ga teng yanvar izotermalari shu yerdan o'tadi). Umuman Qizilqum okrugi quyoshdan juda ko'p miqdorda issiqlik oladi. Butun okrug hududida yilning issiq davrida ob-havo o'zgarmay, bir tekisda turadi. Yuqori harorat ta'sirida cho'l juda qizib ketadi. Siklon faoliyati qariyb tugaydi. Ana shular natijasida uzoq muddat davomida issiq va quruq obhavo bo'lib turadi. Yil mavsumlarida harorat (O. A. Semyonova ma'lumotlariga ko'ra) quyidagicha o'zgaradi. Sutkalik o'rtacha harorat — 5°S dan pasaygandan keyin qish boshlanadi. Shimoliy qismida qish oktyabr oxiri yoki noyabrning birinchi o'n kunligida, markaziy rayonda noyabrning ikkinchi o'n kunligida, janubi-g'arbiy rayonda esa noyabr oyining oxiridan boshlanadi. Qizilqumda qishning tugashi martdan sezila boshlaydi, shunday qilib qish shimolda 4—5 oy, janubda esa 3 oy davom etadi. O'rtacha sutkalik harorat +5°S dan ko'tarilgandan keyin bahor boshlanadi. Bu davrda o'simliklarning aktiv vegetatsiyasi boshlanadi. Sutkalik o'rtacha harorat +20°Sdan oshgandan keyin bahor tugab yoz boshlanadi. Yoz janubda aprel oxiridan, shimolda esa mayning birinchi yarmidan boshlanadi. Yoz okrugning eng shimoliy rayonlarida 4 oy, janubi-g'arbiy rayonlarda esa 4,5—5 oy davom etadi. Shunday qilib, yozning oxiri va kuzning boshlanishi sentyabrning ikkinchi va uchinchi o'n kunligiga to'g'ri keladi. Butun O'rta Osiyoning tekislik qismida yog'ingarchilik kam bo'ladi, Qizilqumda esa bundan ham kam bo'ladi. Masalan, hududning katta qismiga atigi 100 mm yog'in tushsa, shimoliy qismida esa undan ham kam, bor -yo'g'i 75 mm yog'in yog'adi. Mirzacho'l bilan chegaradosh bo'lgan eng janubi -sharqiy rayonlar va Nurota tog'larining tog'oldi qismlariga bir oz ko'proq - 200 mm yog'in yog'adi. Yog'inlar asosan kuz va qishda, bir oz miqdorda esa bahorda tushadi. Qor qalin bo'lmaydi va uzoq yotmaydi. Odatda okrugning shimoliy qismida oktyabrdan aprel oyining boshigacha, janubiy qismida esa noyabr oyining boshlaridan mart oyining oxirlarigacha qor bo'lishi mumkin. Qor qoplami yupqa bo'lsa ham (ko'pi bilan 20 sm) sovuqsiz kunlar ko'p bo'lsa -da, qishda ham mollar yaylovda o'tlab yura oladi. Qizilqumda yil bo'yi asosan shimol tomondan shamol esadi: qishda ko'pincha shimoli-sharqiy, bahorda esa shimoli-sharqiy kuchli shamollar esadi, yozda shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi. Shamolning tezligi 4—8 m/sek bo'ladi. Qizilqum okrugida doimiy oqar suv yo'q. Ko'llar asosan Amudaryo bilan Zarafshonning etaklaridadir, lekin ularning hammasi sho'r ko'llardir. Bu ko'llardan eng kattalari: Qoraqalpog'iston bilan Qozog'istonning Qizilo'rda shahri chegarasidagi Ko'kchadengiz, Zarafshonning quyi qismidagi Dengizko'ldir. Yer osti su v l a r i O'rta Osiyo cho'llarining xalq xo'jaligida juda muhim rol o'ynaydi. Okrug hududidan yer osti suvlarining yangidan-yangi havzalari topilmoqda. So'nggi vaqtlargacha, bu suvlarning ko'pchiligi juda sho'r (minerallashgan), shuning uchun ham hech narsaga yaramaydi, deb hisoblanar edi. Lekin, faqat yer yuziga yaqin (20—40 m gacha) bo'lgan suvlargina sho'rdir. Keyingi yillarda qazilgan chuqur quduqlar Qizilqumda chuchuk suvning

'^KOHOMHKa h соцнумм №5(96)-1 2022

www.iupr.ru

146

kattagina zahirasi borligini ko'rsatdi. Fontan bo'lib otilib chiqadigan va ko'p miqdorda suv beradigan (40-110 l/sek) quduqlarning suvlari mollarni sug'orishgagina emas, hattoki yem-xashak va sabzavot-poliz ekinlarini sug'orishga ham yetarlidir. Yosh va qadimgi daryo vodiylarining hammasi allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan bo'lib, ko'pchilik hollarda bu yotqiziqlar Qizilqum okrugida tuproq hosil bo'lishi uchun ona jins bo'lib hisoblanadi. Shamol paydo qilgan yotqiziklar ayniqsa cho'lning ichki qismidagi rayonlarda juda katta hududni egallab yotadi. Bu yotqiziqlar, o'z navbatida, allyuvial oqiziqlarni shamol to'zitib yurishidan va tog' jinslari ellyuviysidan vujudga kelgan.

Arid iqlim sharoitda rivojlanayotgan bu tog'lar cho'llanish jarayonining kuchli sodir bo'lishi bilan boshqa tog'lardan ajiralib turadi. Past tog'larda suvlarning taqchilligi, suvga bo'lgan kundalik talabning ortib borishi ko'plab jiddiy iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. O'zbekistonning past tog'lari o'zining tabiiy resurslarga boyligi va undan foydalanish holati bo'yicha eng murakkab hududlardan biridir. Bugungi kunda respublikamiz past tog'laridagi tabiiy boyliklaridan tejab-tyergab foydalanish, cho'llanish jarayoniga qarshi kurashishning chora tadbirlarini ishlab chiqish, hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bugungi kunda Qizilqumdagi qoldiq tog'lar o'zining tabiiy resurslarga boyligi va undan foydalanish holati bo'yicha O'zbekistoning eng murakkab hududlaridan biri bo'lib sanaladi. Shu bois, past tog'lar mintaqasini ekologik va geoekologik holatini chuqur tahlil qilish, uni barqaror rivojlanishini umumiy tarzda hamda cho'llanishning o'ziga xos muammolarini uzviy bog'liqlikda o'rganish va shu yo'l bilan ularni hal qilish bo'yicha zaruriy ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Baratov P. O'zbekiston tabiiy geografiyasi. Toshkent: "O'qituvchi", 1996. -B. 263

2. Geologicheskaya karta Uzbekskoy respubliki. Tashkent, 1979.

3. Салиев А. География городов республик Средней Азии. Часть 2. - Т.: Изд-во ТашГУ, 1984

4. Soliyev A. O'zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. - T., 2014

5. Toshov X.R., Mirzaeva I.E. Buxoro viloyatida atmosfera yog'inlarining miqdoriy va mavsumiy taqismlanishi. «Cho'l zonasi landshaftlari resurslaridan samarali foydalanishning geografik asoslari». Respublika ilmiynazariy, amaliy konfyerenstiya matyeriallari. Buxoro, 2010. 110-113 b.

6.Hasanov I.A., G'ulomov I.N., Qayumov A.A. O'zbekiston tabiiy geografiyasi. Toshkent: "Univyersitet", 2010. -B.100

7. Yuryev A.A, Umarov A.U. Geomorfologiya i noveyshaya tektonika zapadnogo Uzbekistana. Tashkent, «Fan», 1971, 116 s.

"Экономика и социум" №5(96)-1 2022

www.iupr.ru

147

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.