Научная статья на тему 'QIZILQUM TABIIY GEOGRAFIK O`LKASINING TABIIY BOYLIKLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI'

QIZILQUM TABIIY GEOGRAFIK O`LKASINING TABIIY BOYLIKLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1071
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turon tekisligi / Qizilqum cho`li / Quyi Amudaryo okrugi / oltin / boksit / simob / grafit / Zarafshon / Uchquduq / Tomdibuloq / Qo`kpatos. / Turan plain / Kyzylkum desert / Lower Amudarya region / gold / bauxite / mercury / graphite / Zarafshan / Uchkuduk / Tomdibulak / Kokpathos.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Saliyev, Erkinbay Po’Lat O’G’Li, Yuldashova, Dilnoza Kidirbayevna

Turon tekisligidagi eng katta cho`llardan biri bo`lgan Qizilqum asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum okrugiga Qizilqum cho`lining O`zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi. Qizilqum okrugi shimoli-g`arbda Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho`l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g`arbiy Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog`iston bilan bo`lgan davlat chegarasiga to`g`ri keladi. Qizilqum janubi-sharqdan shimoli-g`arbga qarab pasayib boradi. Uning o`rtacha mutloq balandligi 200—300 m bo`lsa, janubi-sharqda 350—400 m, shimoli-g`arbda esa 90—100 m ga tushib qoladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF RATIONAL USE OF NATURAL RESOURCES OF KIZILKUM NATURAL GEOGRAPHICAL REGION

Kyzylkum, one of the largest deserts of the Turan plain, is located mainly between the Amu Darya and the Syr Darya. However, the Kyzylkum region includes a part of the Kyzylkum desert, located on the territory of Uzbekistan. Kyzylkum region borders with Nizhneamudarya region in the north-west, Lower Zarafshan region in the southeast and Tashkent-Mirzachul region in the east. The region is bordered by the southwestern part of Turkmenistan and the northeastern part of Kazakhstan. Kyzyl Kum decreases from the southeast to the northwest. Its average absolute height is 200-300 m, in the southeast 350-400 m, and in the north-west 90-100 m.

Текст научной работы на тему «QIZILQUM TABIIY GEOGRAFIK O`LKASINING TABIIY BOYLIKLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

QIZILQUM TABIIY GEOGRAFIK OLKASINING TABIIY BOYLIKLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI

Saliyev Erkinbay Po'lat o'g'li, Yuldashova Dilnoza Kidirbayevna

Nukus Davlat pedagogika instituti magistranlari

ANNOTATSIYA

Turon tekisligidagi eng katta chollardan biri bolgan Qizilqum asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum okrugiga Qizilqum cholining O^zbekiston hududidajoylashgan qismi kiradi.

Qizilqum okrugi shimoli-g^arbda Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzachol okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g^arbiy Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog^iston bilan bolgan davlat chegarasiga to^g^ri keladi.

Qizilqum janubi-sharqdan shimoli-g^arbga qarab pasayib boradi. Uning o^rtacha mutloq balandligi 200—300 m boisa, janubi-sharqda 350—400 m, shimoli-g^arbda esa 90—100 m ga tushib qoladi.

Kalit so'zlar: Turon tekisligi, Qizilqum choli, Quyi Amudaryo okrugi, oltin, boksit, simob, grafit, Zarafshon, Uchquduq, Tomdibuloq, Qo "kpatos.

Kyzylkum, one of the largest deserts of the Turan plain, is located mainly between the Amu Darya and the Syr Darya. However, the Kyzylkum region includes a part of the Kyzylkum desert, located on the territory of Uzbekistan.

Kyzylkum region borders with Nizhneamudarya region in the north-west, Lower Zarafshan region in the southeast and Tashkent-Mirzachul region in the east. The region is bordered by the southwestern part of Turkmenistan and the northeastern part of Kazakhstan.

Kyzyl Kum decreases from the southeast to the northwest. Its average absolute height is 200-300 m, in the southeast - 350-400 m, and in the north-west - 90-100 m.

Keywords: Turan plain, Kyzylkum desert, Lower Amudarya region, gold, bauxite, mercury, graphite, Zarafshan, Uchkuduk, Tomdibulak, Kokpathos.

Кызылкум, одна из крупнейших пустынь Туранской равнины, расположена в основном между Амударьей и Сырдаръей. Однако в состав Кызылкумской области входит часть пустыни Кызылкум, расположенная на территории Узбекистана.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

О

Кызылкумская область граничит с Нижнеамударьинской областью на северо-западе, Нижне-Зарафшанской областью на юго-востоке и Ташкент-Мирзачульской областью на востоке. Область граничит с юго-западной частью Туркменистана и северо-востоком Казахстана.

Кызылкум понижается с юго-востока на северо-запад. Его средняя абсолютная высота составляет 200-300 м, на юго-востоке - 350-400 м, а на северо-западе - 90-100 м.

Ключевые слова: Туранская равнина, пустыня Кызылкум, Нижняя Амударья, золото, бокситы, ртуть, графит, Зарафшан, Учкудук, Томдибулак, Кокпатос.

Orta Osiyoning geolgik tuzilishi, geomorfologiyasi va qazilma boyliklarni o'rganishda K.K.Markov, I.P.Gerasimov, X.Abdullaev, I.Hamraboev, O.Akramxo'jaev, G.O.Mavlonov, V.I.Popov, Yu.A.Skvortsov, M.Mamatkulovlar va boshqalarning xizmatlari katta. Orta Osiyo iqlimini o'rganishda L.N.Babushkin, V.A.Bugaev, V.O.Jorjio, F.A.Mo'minov, daryo va ko'llarni o'rganishda esa V.L.Shults, O.P.Sheglova, R.Alimov kabi olimlarning xizmati katta.

Orta Osiyo yer osti suvlari, ularning xususiyatlari va miqdorini o'rganish ishi bilan G.O.Mavlonov, M.A.Kenesaren, S.Sh.Mirzaev, N.Xojiboev kabi olimlar shug'ullanganlar. R.I.Abolin, K.Z.Zokirov, T.Z.Zoxidov, I.I.Granitov, D.M.Kashkarov, E.N.Karovin, A.I.Formozov, M.Orifxonova, S.N.Rijov, Genosov A.Z, A.Rasulov, X.Abdullaevlarning Orta Osiyoning tuproq, o'simlik qoplamini, hayvonot olamini har tomonlama organishlarda xizmatlari katta. Orta Osiyo tabiati va tabiiy boyliklarni o'rganish tarixi bilan H.Hasanov, A.Azatyan, R.Raximbekov, R.Yugay, Z.N.Dontsova, I.Inog'omov kabi mutaxassislar shug'ullanganlar.

O'zbekiston tabiiy geografiyasini yaxlit va uning ayrim qismlarini o'rganishda hamda tabiiy geografïk rayonlashtirishda N. L. ^^^vs^y, E. M. Murzaev, V. M. Chetirkin, L. N. Ba-bushkin, N. A. Qog'ay, N. D. Dolimov, M. Qoriev, M. Umarov, S. Nishonov, L. Alibekov, A. Abilqosimov, A. Rafiqov, P. G'ulomov, Sh. Zokirov, Yu. Sultonov kabi olimlarning qilgan ishlari muhim axamiyatga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qizilqum tabiiy geografik o'lkasi hududida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, ekologik vaziyat eng yomon mintaqa va shaharlarda muhit holatini tubdan yaxshilashga erishish, aholi salomatligi uchun o4a xavfli moddalar miqdorini yo'l qo'yiladigan darajaga tushirishni taminlash;

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

Qizilqum Turon plitasida joylashgan. Plita zamini paleozoy qattiq (kristall slanes, ohaktosh, granit) jinslaridan tashkil topgan bo'lib, ustini so'nggi davr qalin (qumtosh, mergel, gil, qum) jinslari qoplab olgan.

Qizilqumning markaziy qismlarida past tog'lar joylashgan. Ularning eng muhimlari Quljuqtog' (764 m), Yetimtog' (568 m), Tomditog' (922m), Ovminzatog' (635 m), Sulton Uvays tog'i (473m), Bu tog'lar orasida esa uzunligi 150 km, eni 3 -5 km ga yetadigan Mingbuloq, Qoraxotin, Mullali, Oyoqog'itma kabi botiqlar joylashgan. Bu botiqlarda sho'rxoklar, taqirlar, qumlar mavjud. Qizilqumning ko'pchilik qismini mutlaq balandligi 200 m atrofida bo'lgan qumli tekisliklar ishg'ol qiladi.

Qizilqum o'lkasida oltin (Buruntog', Ko'kpatas), uran (Uchquduq), gaz (Gazli,Toshquduq, Xo'jaqazg'on), oltingugurt, simob, grafit, fosfor, asbest, korund, mis, feruza, binokorlik materiallari konlari mavjud.

Qizilqum okrugida, ayniqsa, paleozoy qoldiq toglarida oltin, slyuda, feruza, asbest, boksit, simob, grafit, volfram, taTk granat, yashma, island shpati kabi qazilma boyliklar, tekislik qismida esa gaz, neff, uran, oltingugurt konlari mavjud.

Qizilqum okrugida foydali qazilmalar qazib olinayotgan va qazishga tavsiya qilingan konlarni o'zlashtirish asosida oltin, uran, qurilish xom ashyolari, keyinchalik mis, boksit, strontsiy konlarini o'zlashtirish asosida Zarafshon, Uchquduq, Tomdibuloq, Ko'kpatos ishlab chiqarish tarmoqlari, granit, oltin, bo'yoqbob minerallar, qurilish xom ashyolarini o'zlashtirish negizida Tasqazg'on ishlab chiqarish shoxobchasi, tabiiy gazlarni o'zlashtirish negizida esa Gazli ishlab chiqarish tarmog'i vujudga kelgan.

Qizilqum okrugi katta hududni egallagani uchun uning iqlimiy xususiyatlari shimoldan janubga qarab o'zgarib boradi. Qizilqumning shimoliy qismi iqlimi asosan Markaziy Osiyo antitsikloni va g'arbdan keladigan tsiklonlar tasirida vujudga kelsa, janubiy qismi iqlimining shakllanishida tropik havo massalarining tasiri ancha kattadir. Shuning uchun Qizilqum okrugining qishi sovuq, davomli bulib, yanvarning o'rtacha harorati shimolida -4 -10° bo'lsa, janubida -1-2° boladi. Qizilqum okrugining iqlimiy xususiyati jihatidan farqlanuvchi shimoliy qismi bilan janubiy qismi orasidagi chegara taxminan 41° shimoliy kenglik yoki -3° yanvar izotermasi orqali o'tadi.

Qizilqum okrugidagi Amudaryo sohillarida joylashgan to'qay landshafti va u erdagi o'simlik hamda hayvonlarni (xongul, jayron, to'ng'iz, qirg'ovul, o'rdak g'oz va bosh.) muxofaza qilish uchun Qizilqum qo'riqxonasi tashkil etilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Qizilqumda 600 dan ortiq o'simlik turlari mavjud. Ular ichida keng tarqalganlari bahorda o'suvchi efemer va efemeroidlar - rang, qo'ng'irbosh, yaltirbosh, lola, boychechak, chuchmoma, kavrak. Yozning boshlanishi bilan ular sarg'ayib qoladi. So'ngra qurg'oqchilikka va sho'rxok yerlarga moslashgan o'simliklar o'saveradi.

O'lkaning mustahkamlangan qumliklarida juzg'un, oq saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, qandim, selen kabi o'simliklar o'sadi. Sur-qo'ng'ir tuproqli yerlarda shuvoq, burgan, toshburgan kabilar tarqalgan.

O'lkaning sho'rxok,-botqoq yerlarida qorasaksovul, yulg'un, baliqko'z, sarisazan, taqirlarda donasho'r o'sadi. Amudaryo sohillarida to'qayzorlar bor.

Qizilqumning qumli cho'llarida yumronqozoqlar, qum sichqoni, shalpanquloq, qo'shoyoq, kaltakesak, echkemar, o'qilon, qum bug'ma iloni, charxilon yashaydi. Sut emizuvchilardan cho'l mushugi, jayron, xongul, saygoq, bo'ri, tulki, quyon, chigirtkalar bor. Amudaryo sohilidagi to'qaylarda to'ng'iz, qirg'ovul, qizil g'oz, xongul kabi hayvonlar yashaydi.

Qizilqum okrugi tabiiy boyliklarga serob hudud xisoblanadi. Eng muhim boyligi mineral resurslari (oltin, uran, gaz, fosforit, korund, grafit)dir. Bundan tashqari okrugda iqlim, resurslari, yaylov-o'tloqlari, yer osti suvlari, mo'yna beruvchi hayvonlari xam mavjud boTib, ular yurt boyligidir.

-Tabiiy resurslarning iste'molini barcha bo'g'inarida, ehtiyot kilib, tejab, sanoatning kam chiqindili texnologiyasini joriy etib, chiqindisiz kompleks ishlab chiqarishga o'tish;

- tabiiy muhitning holati va ifloslanishini ekologik nazorat ostiga olib, kuzatishning yagona avtomatlashgan tartibini yaratish;

- tabiat unsurlari barcha urlarining tabiiy xususiyatlari va rang-barangligini oz xolicha saqlashga erishish;

- tabiiy yodgorliklarni hisobga olish va ularning, oz holicha saqlashga erishish;

- aholi orasida, ayniqsa, talim muassasalarida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan talim -tarbiyani kuchaytirish;

- tabiatni ifloslanishidan kelib chiqayotgan salbiy oqibatla-rini, ayniqsa, kishilarning salomatligiga tasirini chuqur o'rganib, uning oldini olish choralarini zudlik bilanishlab chiqish;

XULOSA

Qizilqum okrugi oz navbatida L.N.Babushkin, N.A.Kogay (1964) ning rayonlashtirish tizimi bo'yicha Sultonvays, Shimoliy Qizilqum, Bo'kan-Yetimtog, Janubiy Qizilqum, Tomdi-Kuljiqtog' kabi tabiiy-geografik rayonlarga bolinadi.

Qizilqum tabiiy geografik o'lkasi tabiiy resurslari, ularning holati, bir-biriga

318

Scientific Journal Impact Factor

0

bog liqligi, tabiiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanib, muhofaza ostiga olish haqida bilim berish bilan birga Ozbekiston tabiatidagi tafovutlarni tushuntirish.

1. Qizilqum tabiiy geografik olkasi yer usti tuzilishining xilma-xilligi, geologik tuzilishi va rivojlanish tarixi,tektonikasi hamda uning tabiatning boshqa unserlariga tasirini o'rganish;

2. Qizilqum tabiiy geografik o'lkasi reFefining asosiy turlari, ularning genetik kelib chiqishi hamda reFefning shakllanishida erning tashqi dinamik jarayonlarini ishtirokini aniqlash;

3. Qizilqum tabiiy geografik olkasining iqlimiy xususiyatlari, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim unusurlari(harorat, yog'in, namlik, shamol)ning hududiy taqsimlanishi va ichki suvlari, ularning gidrologik xususiyatlarin o'rganish va tahlil qilish;

4. Qizilqum tabiiy geografik olkasi tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi, ularning turlari va tarqalishini o'rganish;

5. Qizilqum tabiiy geografik olkasi tabiati va tabiiy resurslarining holati, ularga ta sir etuvchi omillar, ulardan oqilona foydalanib, muhofaza ostiga olishga qaratilgan chora tadbirlarni aniqlash va o'rganish;

REFERENCES

[1] Baratov P. O'zbekiston tabiiy geografiyasi. T. 1996

[2] Baratov P., Mamatqulov M., Rafikov A. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi. T.: O'qituvchi. 2002.

[3] Hasanov I.A., Gulomov P.N. Orta Osiyo tabiiy geografiyasi. T.2003.

[4] Rafikov A.A. Geoekologik muammolar. T. 1997.

[5] Roziev A.R. Markaziy Osiyo davlatlarilari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.Termiz 2000.

[6] Roziev A.R., Abirqulov K.A. O'zbekiston iqtisodiy geografiyasi. T. 2001. Soliev A.S.va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. T.2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.