Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ TURIZMINI TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI'

SURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ TURIZMINI TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qishloq turizm / agroturizm / ekologik tur / shifobaxsh suv / buloq / g’or / qo’riqxona / nodir tabiiy yodgorlik / sohil / suv ombori. / Rural tourism / agrotourism / ecological type / medicinal water / spring / cave / reserve / rare natural monument / beach / reservoir.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Torayev Q.T., Xolmatov Z.M.

maqolada Surxondaryo viloyatida qishloq turizmni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Qishloq turizm, agroturizm, ekologik turizm resurslari shifobaxsh suv va buloqlar, g’orlar, qo’riqxona va nodir tabiat yodgorliklari, misolida ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOGRAPHICAL ASPECTS OF ORGANIZATION OF RURAL TOURISM IN SURKHANDARYA REGION

the article analyzes the possibilities for the development of rural tourism in the Surkhandarya region. Resources of rural tourism, agrotourism, and ecotourism are considered as examples of healing waters and springs, caves, nature reserves and rare natural monuments.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ TURIZMINI TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI»

To'rayev Q.T. Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD. Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o'qituvchisi Termiz Davlat universiteti Xolmatov Z.M. Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi Termiz Davlat universiteti O'zbekiston, Termiz

SURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ TURIZMINI TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI

Annotatsiya: maqolada Surxondaryo viloyatida qishloq turizmni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Qishloq turizm, agroturizm, ekologik turizm resurslari shifobaxsh suv va buloqlar, g'orlar, qo'riqxona va nodir tabiat yodgorliklari, misolida ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Qishloq turizm, agroturizm, ekologik tur, shifobaxsh suv, buloq, g'or, qo'riqxona, nodir tabiiyyodgorlik, sohil, suv ombori.

Turaev K.T., doctor of philosophical science in Geography, PhD.

senior lecturer Department of Geography Termez State University Uzbekistan, Termez Kholmatov Z.M. Lecturer

Department of Geography Termez State University Uzbekistan, Termez

GEOGRAPHICAL ASPECTS OF ORGANIZATION OF RURAL TOURISM IN SURKHANDARYA REGION

Abstract: the article analyzes the possibilities for the development of rural tourism in the Surkhandarya region. Resources of rural tourism, agrotourism, and ecotourism are considered as examples of healing waters and springs, caves, nature reserves and rare natural monuments.

Key words: Rural tourism, agrotourism, ecological type, medicinal water, spring, cave, reserve, rare natural monument, beach, reservoir.

KIRISH: Qishloq turizmi - qishloq taraqqiyotiga farovonligi barqaror yondashuv desak mubolag'a bo'lmaydi. So'ngi yillarda olib borgan tadqiqotlarimiz doirasida biz iqtisodiy-ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirishda turizmning rolini o'rgandik. Turizmning ko'plab jihatlariga duch keldik. Ularning eng qiziqarlilaridan biri "Qishloq turizmi" xisoblanadi.

UNWTO bergan tarifiga ko'ra qishloq turizmi sayyohlik faoliyatining bir turi bo'lib, unda tashrif buyuruvchining tajribasi tabiatga asoslangan faoliyat, qishloq xo'jaligi, qishloq turmush tarzi, madaniyati, baliq ovlash va diqqatga sazovor joylar bilan bog'liq bo'lgan keng turdagi mashg'ulotlar bilan bog'liq [Rural Tourism | UNWTO]. Qishloq turizmi faoliyati shahardan tashqari (qishloq) quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan joylarda amalga oshiriladi:

a) Aholi zichligi pastligi,

b) Qishloq va o'rmon xo'jaligi ustunlik qiladigan landshaft va erdan foydalanish,

c) An'anaviy ijtimoiy tuzilma va turmush tarzi.

Qishloq turizmi - bu qishloq turmush tarzida faol ishtirok etishga qaratilgan turizm. Bu ekoturizmning bir varianti bo'lishi mumkin. Ko'pgina qishloqlar turizmni osonlashtirishi mumkin, azaldan qishloq aholisi va ko'plab qishloqlar mehmondo'stlikga intilishadi. Qishloq turizmi o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki unda ishtirokchilar o'z navbatida qishloq yoshlarning shaharlarga intilishiga xarakat bo'lsa shahar aholisining qishloq joylariga borishga va turmush tarzini tushunishga qiziqadigan bir qismi bor [N. P. Tsephe, and S. D. Eyono Obono].

Yana bir guruh olimlar nazarida qishloq turizmi zamonaviy turizmning o'ziga xos tushunchasi bo'lib, u faqat qishloq turmush tarzida ishtirok etishga qaratilgan. Buni agroturizmning muqobil varianti deb atash mumkin, bu kontseptsiya qishloq joylarni ko'tarishga qaratilgan. Bu jarayonda turistlar tabiat bilan bevosita aloqada bo'lishlari mumkin. Bundan tashqari, hozirgi avlod sayyohlari tabiati o'zining go'zal ne'matlari bilan kutib oladigan mamlakatning chekka hududlarida qishloq joylarni hayotini o'rganishga ko'proq moyil [Abdo KATAYA (2021)].

Qishloq joylarida qishloq hayoti, san'ati, madaniyati va merosini namoyish etadigan, shu bilan mahalliy hamjamiyatga iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltiradigan, shuningdek, sayyohlar va mahalliy aholi o'rtasidagi o'zaro aloqani yanada boyitish uchun qishloq turizmi xizmat qiladi.

Qishloq turizmining qishloq joylarda qo'yidagi afzalliklarini ko'rish mumkin.

• Ayniqsa, qishloq yoshlari uchun bandlik yaratish.

• Tovar va xizmatlarga talab ortadi.

• Davlat xizmatlarini yaxshilanishi.

• Mahalliy kichik tadbirkor ulushi ortishi.

Qishloq turizmining atrof-muhitni muxofaza qilish tabiatni asrashdagi afzalliklari.

• Yashillikni yaratish va saqlashda yordam berish.

• Sog'lom muhitni rivojlantirishni o'rganadilar.

• Qishloq joylarda biologik xilma-xillik, tarixiy obidalarni asrab-avaylashni o'rganadilar.

Sangardak turizm qishlog'i

1-rasm Surxondaryo viloyatida Sangardak qishlog'i turizm ob'ektlari

Qishloq turizmining Ijtimoiy-madaniy jihatdan qishloq turizmining afzalliklari.

• Qishloq aholisining ta'lim va salomatligi yaxshilash.

• Yarmarkalar va festivallar orqali qishloq joylarda aholining dunyoqarashi kengayishi.

• Qishloq aholisining shaharlarga migratsiyasi kamayishi tus oladi.

• Qishloq joylarda yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari va hunarmandchilik bozori rivojlanadi

Qishloq turizmi alohida daromat keltiradigan tur hisoblanib bu tur dunyo turizm bozorida katta qamrovi bilan alohida o'rin tutadi.

O'zbekistonda birinchi "Turizm qishlog'i"ni tashkil etish doirasida loyihaga start Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Kumushkondan boshlangan bo'lsa bu ro'yxat yillar sayin ko'payib bordi jumladan keyingi yillarda Samarqand viloyatidagi Konigil, Navoiy viloyatida Sentob, Jizzah viloyatida Uxum, Farg'ona viloyatida Avval, Surxondaryo viloyatida Sangardak qishloqlari kiritildi.

Surxondaryo viloyatida Sangardak qishlog'i o'zining betakror, so'lim tabiati, musaffo havosi, odamlarning turmush tarzi, madaniy meros ob'ektlari bilan sayyohlarni jalb etmoqda. Surxondaryo viloyatida ushbu ro'yxatni davom ettiradigan bo'lsak bularga Omonxona, Sayrob, Xo'jaipok, Chorbog' qishloqlari "Turizm qishlog'i" maqomini olish uchun imkoniyatlari mavjud

Sangardak sharsharasi. Sariosiyo tumanida Sangardak sharsharasi O'rta Osiyoda ulug'vor manzara aks etgan yagona sharshara ekanligi bilan ajralib turadi. Qoyalardagi buloqlardan hosil bo'lgan sharshara suvi 150 metr balandlikdan qoyalarga urilib otilib tushadi. Uning bu xususiyati tabiatning noyob mu'jizasini vujudga keltiradi (1-a-rasm). Uning bir qismi "sharshara mozor" nomi bilan ham ataladi. Sangardakning o'ng tomonida 200 metr balandlikda yilda bir marta jabzo oyida (22-maydan 21-iyungacha) tog' bag'ridan suv oqa boshlaydi, oy tugashi bilan tog' bag'ridan oqayotgan suv ham to'xtaydi. Mahalliy aholi bu suvni "jabzo suvi" deb ham nomlashgan. Bundan tashqari uning yaqinida qora buloq, sirsoy buloq, shirin buloqlar bor.

Viloyat shifobaxsh buloq va suvlarga boy. Jumladan, "Omonxona", "Xo'jaipok", "O'rinbuloq", "Qo'tirbuloq", "Xo'jamoyxonaota" kabi shifobaxsh suvlar respublikamizda ma'lum va mashhur hisoblanadi.

Omonxona Boysun tog'lar bag'rida quyuq archalar bilan qoplangan. Ushbu manzil muhiti, go'zal manzarasi, bahavoligi bilan insonga o'zgacha ta'sir etadi (1-b-rasm). Buloq suvi tarkibida kremniy kislotasi, temir, alyuminiy va boshqa ko'plab mikroelementlar mavjudligi aniqlangan. Olimlarning fikricha, bunday vitamin va minerallarga boy buloq suvi inson tanasini, jigar, o't pufagi yo'llarini davolash xususiyatiga ega. Omonxona suvi surunkali gepatit (sariq kasalligi), surunkali xolitsistit (o't pufagi va yo'llarining yallig'lanishi), oshqozon - ichak sistemasida uchraydigan barcha kasalliklar (gastrit, duodent, kolitlar), qandli diabed, oshqozon osti bezining yallig'lanishi (pankreatit) ka bi kasalliklarga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega ekanligi olimlar tomonidan isbotlangan.

Xulosa. Viloyatda qishloq turizmni to'ldiruvchi turizmning yana boshqa turlarini ham rivojlantirish mumkin. Jumladan, viloyatning Omonxona, Sayrob, Xo'jaipok, Chorbog' qishloqlarida tog'-tog'oldi trekking turizmini, Hisor tizmalarida alpinizmni, tog'lardan oqib tushuvchi sharqiroq daryolar (To'palang, Machay daryolari)da rafting turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta.

References:

a) Tsephe, N., Obono, S. (2013). A Theoretical Framework for Rural Tourism Motivation Factors'. World Academy of Science, Engineering and Technology, Open Science Index 73, International Journal of Economics and Management Engineering, 7(1), 273 - 278.

b) Abdo KATAYA (2021)," The Impact of Rural Tourism on the Development of Regional Communities", Journal of Eastern Europe Research in Business and Economics Vol. 2021 (2021)

c) Turaev Kuvonchbek Tohirovich, "RELIGIOUS TOURIST FACILITIES OF HISTORICAL AND GEOGRAPHICAL STRUCTURE IN UZBEKISTAN", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 3, p. 5, Apr. 2020.

d) Turaev K.T and Turayeva Z.M 2020. The Issue of Studying Religious Tourism in Uzbekistan. International Journal on Integrated Education. 3, 8 (Aug. 2020), 43-47. DOI:https://doi.org/10.31149/ijie.v3i8.535.

e) Umarova M. H, Esanov N. A, Xolmatov Z. M, and Turaev Q. T, "THE CLASSIFICATION OF THE NAMES OF POPULATION SETTLEMENTS IN SURKHANDARYA REGION BY THE HISTORICAL FACTORS", IEJRD -International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. SPECIAL ISSUE, p. 4, Dec. 2020

f) Esanov N. A, "SOME ISSUES RELATED TO THE FORMATION OF URBAN SETTLEMENTS IN UZBEKISTAN BEFORE INDEPENDENCE", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 9, p. 6, Jan. 2021.

g) Umarova M. H, Abdunazarov H. M, Kholmatov Z. M, and Turaev Q.T, "THE RECREATION IMPORTANCE OF NATURE MONUMENTS OF THE BAYSUN MOUNTAINS", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 9, p. 4, Dec. 2020.

h) Mamarasulovna, T. Z. (2021). Some translation problems in visit tourism (on the example of Russian and English). Middle European Scientific Bulletin, 12, 509-512. Retrieved from https ://cejsr.academicjournal.io/index.php/j ournal/article/view/593

i) Kholmatov Z.M, Abdumuminov O.R., Abdumuminov B.O., Bahramov I.B NATIONAL MODEL OF ECONOMY DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852

j) Umarova, M. H., & Turaev, Q. (2021). Names of Places Related to Religious Tourism and their Origin. Middle European Scientific Bulletin, 12, 371-373. Retrieved from

https ://cejsr.academicjournal.io/index.php/j ournal/article/view/566 k) Umarova M.H, Erdanov M.N, Xolmatov Z.M, Turaev Q.T. American Journal of Social and Humanitarian Research, Vol. 2 No. 4 (2021): AJSHR Article Published: Jun 19, 2021.

https://www.grnjournals.us/index.php/AJSHR/article/view/457/386 l) Umarova М. Н., To'rayev Q. T. Din-ziyorat turizmi bilan bog'liq bo'lgan joy nomlari va ularning kelib chiqishi // за публикацию в международном научно-практическом журнале «Экономика и социум» № 6(85) 2021 m) Abdunazarov Husan Menglievich, Erdanov Mmadi Nuralievich, Niyazov Khojakul Mirzaboboevich, Turaev Quvochbek Tohirovich Demographic Characteristics of Population Growth in Uzbekistan Middle European Scientific Bulletin, 2021/10/9

n) Tokhirovich, T. K., Mamarasulovna, T. Z., & Maxmaniyozovich, X. Z. (2022). The Role and Importance of Tourism in the Regions. Miasto Przyszlosci, 24, 431-433. Retrieved from

http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/133

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.