Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI BOYSUN TUMANIDA JOYLASHGAN OMONXONA TURIZM-SHIFOBAXSH MASKANI'

SURXONDARYO VILOYATI BOYSUN TUMANIDA JOYLASHGAN OMONXONA TURIZM-SHIFOBAXSH MASKANI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
573
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
рекреация / туризм / курорт зона / шифобахш сувлар / булоқ / балчиқ / иқлим / даволаниш.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Lobar Vohidovna Djurayeva, Saodat Dusboyeva, Husniddin O‘rozdavlat O‘g‘li Xoliqov

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi reaksion tizimlarni rivojlantirish borasidagi ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI BOYSUN TUMANIDA JOYLASHGAN OMONXONA TURIZM-SHIFOBAXSH MASKANI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

SURXONDARYO VILOYATI BOYSUN TUMANIDA JOYLASHGAN OMONXONA TURIZM-SHIFOBAXSH MASKANI

Lobar Vohidovna Djurayeva

TVCHDPI katta o'qituvchisi

Saodat Dusboyeva Husniddin O'rozdavlat

o'g'li Xoliqov

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi reaksion tizimlarni rivojlantirish borasidagi ma'lumotlar keltirilgan

Танч сузлар: рекреация, туризм, курорт зона, шифобахш сувлар, булок, балчик, иклим, даволаниш.

Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hududning noyob tarixiy-madaniy va me'moriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va ko'rsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish o'rinlari yaratish hamda aholi daromadlari o'sishini rag'batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan .unga ko'ra

Surxondaryo viloyatida "Oltin uchburchak" ,Surxondaryo viloyatida turli ixtisoslikdagi kasalliklarga tashxis qo'yish va davolash bo'yicha zamonaviy klinikalar faoliyatini yo'lga qo'yilmoqda va tibbiyot turizmini rivojlantirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilingan. Surxondaryo viloyatiga qo'shni davlatlar aholisining tashrifini sanitariya-epidemiologik talablarga qatiy rioya etgan holda ko'paytirish . Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish, infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obyektni sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish , Surxondaryo viloyatining.

Termiz tumanidagi "Qoratepa" va "Fayoztepa" hamda Sho'rchi tumanidagi "Dalvarzintepa" yodgorligini muhofaza qilish, hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish va sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanlari mavjud.

Boysun tumanidagi Omonxona qishlog'i, Zovboshi tog'li hududi, Darband qishlog'i hududlarini o'z ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasiga investorlarni jalb qilgan holda, turizm infratuzilmasini barpo etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish "Hunarmand" uyushmasi O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi

283

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bilan birgalikda Zarautsoy qoyatoshlaridagi bitiklarni saqlab qolish va yosh avlodga keng tanishtirish maqsadida Zarautsoy tarixi haqida chop etilgan.

Ma'lumki rekreatsiya iqtisodiètning asosiy serdaromad tarmoqlaridan biridir. Rekreatsiya faoliyati rivojlangan ayrim davlatlar rekreanlarning to'xtovsiz oqimi natijasida o'zlarining iqtisodiètini ancha yaxshilab olishgan. Yurtimizda ham hozirgi kunda ushbu sohani taraqqiy ettirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Omonhona -rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sog'lomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisidagi qarorida hududda dam olish bazasini rivojlantirishga alohida etibor qaratilgan.

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda rekreatsion komplekslarni innovatsion rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribalarini o'zlashtirish va amaliètiga qo'llash mazkur sohani yanada yuksalishiga sabab bo'ladi. Aksariyat rivojlangan davlatlarda rekreatsion faoliyatni yo'lga qo'yish jaraènlari rivojlanaètgan davlatlarga nisbatan oldinroq boshlangan va ularda bu sohada boy tajriba to'plangan. Mazkur davlatlar tajribalaridan respublikamiz rekreatsiyasini yanada rivojlantirishda qo'llash, ulardan rekreatsion xizmatlarni tashkil etishda foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Jumladan, bugungi kunda Turkiya davlati Yevropa davlatlari orasida eng ko'p turistlar boradigan mamlakatlaning birga aylandi. Turkiya davlatining asosiy kurort-rekreatsiya zonasi Qora dengiz bo'yi hisoblanadi. Ushbu hudud jahonning kurort zonalari orasida o'zining rekreatsion resurslarining boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerda, birinchi navbatda inson salomatligi uchun iqlimining qulayligi ko'plab rekreantlarni o'ziga jalb etadi. Shuningdek, bu davlatda Marmar dengizi (Bursa, Istanbul turistik markazi), Egey qirg'oqlari (Bodrum va Marmaris aholi punktlari), O'rta Yer dengizi qirg'oqlari kabi hududlarida shifobaxsh xususiyatga ega bo'lgan qumloq qirg'oq (plyaj)larning mavjudligi

Surxondaryo viloyati Respublikamizning janubida joylashgan viloyat

hisoblaqnadi .Bu viloyatda o'ziga xos bo'lgan -shifo maskanlari ko'p.Jumladan Surxondaryo viloyatining shimoli-g'arbiy qismida Boysun tumani joylashgan.Bu tuman trofi tog'liklar bilan o'ralgan bo'lib ,iqlimi o'ziga xo.Ayrim joylarda qishning sovuqlari ta'sir etsada ba'zi joylarida daraxt gullab bahor nafasi sezilib turadi.Bu tumanda ziyoratgohlar,dam olish maskanlari,sanatoriyalar bor shulardan biri: Omonxona bulog'i va g'ori.

Omonxona qishlog'i Boysun tuman markazidan 16 km uzoqlikda,tog'liklar orasida joylashgan. Atrofi quyuq archazorlar bilan o'ralgan bo'lib,gegrafik muhiti,go'zal manzaralari,bahovoligi bilan inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir etadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Omonxona atrofidagi tog' buloqlaridan chiqayotgan shifobaxsh suvi bilan mashhur.Buloq suvi tarkibida sulfat,magniy,azot ionlari mavjud,undan tashqari kremniy kislotasi,temir,alyuminiy va makroelementlar bor.Suv tarkibida sulfat va magniy ionlari me'yordagidan ko'pligi sabab, yuqori darajada o't so'ruvchi,peshob xaydovchi va qon bosimini tushuruvchi xususiyatga ega.

Bu suv o't pufagi,jigar va boshqa ichki organlarni yuvish xususiyati zamonaviy tibbiyotdan ancha afzalligi aniqlangan.Bu go'shadagi obihayotdan unumli foydalanish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llar aksiyadorlik "jamiyati tashabbusi bilan zamonaviy darajadagi zamonaviy shifoxona barpo etildi.Shifo maskanida oshqozon-ichak,qandali diabet,yurak-qon tomir ,jigar,o't,umurtqa pog'onasi kasalliklaari bilan og'rigan bemorlar shifo topishmoqda.Mutaxassislarning fikricha ,vitamin va minerallarga boy buloq suvi inson tanasini , ayniqsa jigar,o't pufagi yo'llarini davolash xususiyatiga ega.Sihatgoh 160 o'ringa mo'ljallangan bo'lib , bu yerda 1 yil davomida 700 dan ziyod ishchilar sog'lomlashtiriladi.Davolanish va dam olish muddatlari 10-15 kundan iborat.

Hozirgi kunda shifo maskanida yurak,asab,oshqozon-ichak,nafas olish organlari ,harakat a'zolari ,urologik kasalliklar davolanadi.Shunigdek ,fizo-terapiya,uqalash,sauna,ingalyasiya,parafin,suv muolajalari(sirkulyar

dush,"sharko",yomg'irli suv osti dush massaji,vanna) orqalu davolash,stamatologiya,tuzxona,jismoniy tarbiya xonasi,giyohlar bilan davolash muolaja xonalari mavjud. Muassasa tomonidan "Keksalarni e'zozlash yili"da alohida tadbir tuzulib,450 nafar qariyalarning sog'ligini mustahkamlash rejalari amalga oshirilgan.

Tog' bag'rida tabiatning yana bir mo'jiasi g'aroyib g'or bor.Buloqdan uncha uzoq bo'lmagan balandlikda joylashgan bu g'orni mahalliy aholi "Omonxona sovutgichi" deb ataydi. G'or tuynugidan odam tanasi biroz siqilib o'tadi.G'orning balandligi 3,5 m ,umumiy maydoni 60 kv metrni tashkil etadi.Mahalliy aholining ta'riflashicha yoz chillasida g'or ichidagi harorat 5-6 gradus sovuq,qishda esa 20-25 gradusgacha iliq bo'lar ekan.Shu boisdan odamlar sariyog'larini ushbu g'orda saqlab kelishmoqda.

O'zbekiston mustaqillika erishgach,bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiat qurishni o'zining asosiy maqsadi qilib belgilab oldi. Bu ishda turizm sohasi ham yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Turizm nafaqat o'tmishni o'rganish, o'zga xalqlar va elatlar bilan tanishish, ularning madaniy yodigorliklardan bahramand bo'lish, shuningdek,u katta biznes hamdir.Tajribalar shuni ko'rsatdiki, turizm tarixi, uning asosiy yo'nalishlari, turlari, kategoriyalari, turistik xizmatlar, umuman turizim i lmi bilan bog'liq barcha masalar haqida bilim berish hatto turizmga oid tushuncha va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

atamalaming har birini ta'rif-u tasniflash muhum ahamiyatga ega. Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko'p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Dunyo standartlaridan andoz olgan holda bizning mamlakatimizda ham turizm sohasiga alohida e'tibor berilmoqda.Yuqorida qayt e'tilgan ma'lumotlar asosida shunda xulosaga kelish mumkinki O'zbekiston Respublikasining har bitta hududida o'ziga xos yo'nalishlarda turizmni rivojlantirish uchun barcha imkonyatlarga ega.Shuni inobatga olish keraki Surxondaryo viloyati qolgan hududlarga nisbatan rivojlanish ko'rsatkichlariga ko'ra ancha yuqori o'rinlarni egalaydi. Bunga asosiy sabalardan biri uning qulay geografik muhutda joylashganligi va uzoq shonli tarix egasi ekanligidadir. Tabiati go'zal va so'lim bo'lgan hududlarda ekoturizm,tarixiy qadamjolar manzillarida esa ziyorat turizmni rivojlantirish uchun qo'shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.Birgina misolga ahamiyat bering, poytaxtning o'zidan viloyatga haftasiga 200-250 ming nafar aholi chiqadi, bu oyiga qarib 400 milliard so'mlik tushum degani. Shu bois viloyatda turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha alohida dasturlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, Surxondaryo viloyati turizm sohasini rivojantirishga doir ko'plab ishlar, tadbirlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, turistik dam olish maskanlari, joylashtirish vositalarining hamda havo, temiryo'l va boshqa turdagi transport xizmatlarinining soni va sifati oshishini rag'batlantirishga doir hukumat qarorlari qabul qilinmoqda. Surxondaryo viloyati madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish, obodonlashtirish, sayyohlar uchun ommaviy ko'ngilochar tadbirlar tashkil etish, mehmonxonalarda xizmat ko'rsatish sifatini yuksaltirish, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilishga qaramasdan bir qancha muomolar ko'zga tashlanmoqdaJumladan; Surxondaryo viloyatida turizmni yanada rivojlantirish uchun avvalo viloyat hududidagi infratuzulma obyektlar holatini yaxshi emasligi,yo'llar, yo'l ko'rsatgichlari, reklama banerlari, zamonaviy aloqa xizmatini yo'lga qo'yish kabi kamchilliklar mavjud. Mana shunday muomolarni bartaraf e'tish uchun quydagi ishlarni amalaga oshirish maqsadga muofiq bo'lar edi.

> Surxondaryo viloyati turistik sohani moliyaviy iqtisodiy tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy qilish,mablag' bilan ta'minlash manbalarini aniqlash,bu tarmoqdagi investitsiya siyosatining eng maqbul modelini yaratish

> Turizm tarmoqlarini boshqarishning tashkiliy tuzulmalarini takomillashtirish

> Surxondaryo viloyati hududini ilmiy asoslangan holda qismlarga bo'lish orqali turizmning tabiiy va tarixiy-madaniy salohiyatidan muqobil darajada foydalanishni ta'minlash.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

> Hududlarning muhandisllik-kommikatsiya va ijtimoiy infiratuzulma tizimini hamda xizmat ko'rsatish va serviz xizmatlarini rivojlantirish;

> Surxondaryo viloyati joylashgan tuman va shaharlarni transport turlarini uzviy bo'g'lagan holda yagona transport tizimini joriy e'tish,turistik imkoniyati yuqori hududlar bo'ylab kunlik transport qatnovlarini yo'lga qo'yish.

> Surxondaryo viloyati turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni berish hamda yer oldi-berdi ishlari yengillashtirilib, jahon andozalariga javob beradigan mehmonxonalar sonini ko'paytirish, shu orqali raqobatni kuchaytirish, mehmonxona narxlarini arzonlashtirish.

> Turizm soha mutaxassislari bilan hamjihatlikda Toshkent viloyati to'g'risida bitta ixcham «sayyohlar uchun qo'llanma» tayyorlanib, uni barcha tillarga tarjima qilib, arzon narxda yoki agarda imkoni bo'lsa, bepul chet sayyohlik firmalariga tarqatish

> Surxondaryo viloyati tarixiy arxeologik boyliklari haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan fotoalbomni turizm sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda (ularning g'oyalari bilan) nashrga tayyorlab, turli tillarda yuqori sifatda chop etish. Uning narxi qimmat bo'lmasligi zarur va O'zbekistonda barcha kitob do'konlari hamda sayyohlar tashrif buyuruvchi do'konlarda sotishni yo'lga qo'yish.

> Surxondaryo viloyati bo'yicha yilning eng go'zal va tartibli xonadoni, ko'chasi, mahallasi, qishlog'i, tumani, shahri ko'rik tanlovlari e'lon qilinsa va har yili ularni moddiy rag'batlantirish yo'lga qo'yilsa maqsadga muofiq bo'lar edi.

> Maxsus mobil ilova ishlab chiqilib unda Surxondaryo viloyati mavjud turistik joylarning 3D va boshqa farmatlardagi virtual olami yaratish shuningdek hududa tashkil e'tilayotgan milliy bayramlarimiz tadbirlarimiz haqida ma'lumotlar joylanib borilsa nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

Mustaqillik yillarida tabiatni mahofaza qilishga bo'lgan e'tibor mamlakatimizga kelayotgan xorijiy tabiatsevarlar safining kengayishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda turistlarga sifatli xizmat ko'rsatish, ularning yurtimiz haqidagi tasavvurlarini boyitish uchun turistik korxonalar rahbarlari, turoperatorlar, mehmonxona xizmatchilari malakasini oshirish bo'yicha "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi tomonidan turli o'quv kurslari, seminarlar o'tkazib kelinmoqda.Toshkent viloyatida mavjud bo'lgan jamiki imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun yuqorida berilgan takliflar amalda qo'llanilsa yanada maqsadaga muofiq bo'lar edi. Turizm rivojlangan mamlakatlarda raqobat yaxshi rivojlangan bo'lib, sayyohlar oqimining ko'pligi soha ob'ektlarining to'liq quvvatlarda ishlashi va narx borasida raqobatlashishiga imkon beradi. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, jumladan, hududlarda ishga solinmagan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

qulay va tabiiy imkoniyatlardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar, albatta, o'z samarasini beradi.

1. L.V.Djurayeva "Hududiy rekretsiyon tizimlarni rivojlantirishшng xalqaro tajribalari'7/ УЗБЕКИСТОНДА ТУРИЗМ ВА РЕКРЕАЦИЯНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ГЕОГРАФИК МУАММОЛАРИ ВА ИМКОНИЯТЛАРИ Республика илмий - конфренсияси,

2. Mahmudov M.M.Jo'rayev Sh.S O'zbekistonda turizm sanoatining rivojlanishining ayrim masalari/fan ta'limni rivojlantirishda yoshlarning o'mi O'zbekiston respublikasi fanlar akademiyasmmg 75-yillik yubileyiga bag'ishlangan Respublika miqiyosidagi Ит1у уа amliy konfrensiya matreallari-Toshkent,2018-yil. 227-229 Ь.

3. Mahmudov М.М "А^ЦОП viloyatida turizim rivojlanishining iqtisodiy geografif xususiyatlari"monografiyasi Toshkent 2021 yil.

4. Федорко В.Н., Курбанов Ш.Б., Ражабов Ф.Т. Географические исследования рекреации и туризма в Узбекистане: история и перспективы развития

5. БоНуеу А Iqtisodiy geografiya:nazariy,metodika va amaliyot(tanlangan asarlar-Toshkent:kamalak,2013.367 Ь.

6. Soliyeу А.Б, Usmonov M.R.Turizm geografiyasi Samarqand:saMDU,2005 112 Ь.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.