Научная статья на тему 'G`UZOR TUMANI ZIYORATGOHLAR MASKANI'

G`UZOR TUMANI ZIYORATGOHLAR MASKANI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
245
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Ziyoratgohlar / ziyoratgoh / ziyoratgoh / turizm / muqaddas / mintaqa / tuman / ziyorat turizmi.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Safarov I.B., Chorshamiyev R.R.

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida joylashgan ziyoratgohlar haqidagi ma’lumotlar to‘plangan va tahlil qilingan. G‘uzor tumanida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G`UZOR TUMANI ZIYORATGOHLAR MASKANI»

Safarov I.B.

Qarshi davlat universiteti o 'qituvchisi Chorshamiyev R.R.

Qarshi MII akademik litseyi o'qituvchisi

GUZOR TUMANI ZIYORATGOHLAR MASKANI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida joylashgan ziyoratgohlar haqidagi ma'lumotlar to'plangan va tahlil qilingan. G'uzor tumanida ziyorat turizmini rivojlantirish bo 'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: Ziyoratgohlar, ziyoratgoh, ziyoratgoh, turizm, muqaddas, mintaqa, tuman, ziyorat turizmi.

Safarov I.B. teacher

Karshi State University Chorshamiyev R.R.

teacher

academic lyceum of Karshi MII PLACE OF PILGRIMAGE OF GUZOR DISTRICT

Abstract. In this article, information about shrines located in Guzor district of Kashkadarya region is collected and analyzed. Proposals and recommendations for the development of pilgrimage tourism in Guzor district were developed.

Key words: Shrines, pilgrimage, pilgrimage, tourism, sacred, region, pilgrimage tourism.

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan XXI asrda nafaqat butun dunyo mamlakatlarida, shu bilan birga Yangi O'zbekistonda muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga bo'lgan munosabatlar o'zgarib bormoqda. Buning isbotini 2019-yil 19-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida "Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish" nomli maxsus rezolyutsiyasi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF 6165-sonli "O'zbekiston Pespublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog'risidagi" farmoni46, hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 100-sonli "Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi" qarorlari, 2018-yil 15-fevraldagi 120-sonli "Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar,

46 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni//www.lex.uz

masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to'g'risidagi"47 qarorlarining qabul qilinishida ham ko'rish mumkin.

Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga ko'p daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlaridan biri turizm sohasi bo'lib, ziyorat turizmi esa hozirgi kunda eng tez rivojlanib borayotgan turizmning tarmog'i hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatidagi muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlarni joylashgan geografik o'rni va ziyoratgohlarning inson turmush tarzida tutgan ahamiyatini o'rganish hamda tahlil qilish asosiy vazifalar hisoblanadi.

Ma'lumki, Qashqadaryo viloyatida qadimiy 1321 ta moddiy-madaniy meros obyekti va Shahrisabzdagi tarixiy obyektlar YUNESKOning Butun jahon madaniy meros obyektlari ro'yxatiga olingan bo'lib, 1043 ta arxeologik, 208 ta me'moriy, 27 ta diqqatga sazovor joy, 43 ta monumental san'at yodgorliklari, 50 ta joylashtirish vositalari, 100 dan ortiq milliy va Yevropa taomlarini tayyorlovchi restaran hamda milliy uslubdagi choyxonalar, 17 ta turoperatorlik subyektlari, 12 ta turizm toifasiga mansub avtotransport vositalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda48. Bundan tashqari Qashqadaryo viloyatda 90 dan ortiq muqaddas ziyoratgohlar mavjud. Bu esa viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Viloyatda joylashgan ziyorat turizm obyektlarini uch turga bo'lib, o'rganishimiz mumkin; birinchisi - Ziyorat turizmining tabiiy geogafik obyektlari (g'orlar, daraxt, buloq, ko'l, daryo, sharshara, tosh); ikkinchisi - Ziyorat turizmining sakral geografik obyektlari(muqaddas ziyoratgohlar, avliyolar qabrlari, ba'zi ulug' zotlarning g'oyib bo'lgan joylari); uchunchisi - Ziyorat turizmining arxeologik va arxetektura yodgorliklari;

Qashqadaryo viloyatida butun dunyoga ma'lum bo'lgan atoqli olim va mutaffakkirlar abadiy qo'nim topgan. Ularning boy ma'naviy-madaniy merosi butun dunyoga avvalgidek katta qiziqish tug'diradi. Viloyatda yuzga yaqin muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar xalqimizning tarixiy-madaniy obidalari sifatida saqlanib kelinmoqda. Abu Muin Nasafiy, Abu Ubayda al-Jarroh, Langar ota, Sulton Mir Haydar, Hazrati Beshir, Isoq ota, Murodbaxsh ota ziyoratgohlari bugungi kunda ziyoratchilar bilan gavjum. Bu ziyoratgohlarga viloyat bo'yicha eng ko'p ziyoratchilar tashrif buyurmoqda.

G'uzor tumanida ham muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar juda ko'p bo'lib, bu ziyoratgohlar Mirijanda ota, Musofir ota, G'ulom Naqshband (G'uzor shahri), Azizi G'uzoriy (Eskibog' qishlog'i), Chuchuk ota (Chukuk qishlog'i), Xonaqa ota (Chanoq qishlog'i), Zaynulobidin ota (Oqbo'yin qishlog'i), Xo'ja Buzruk ota (Batosh qishlog'i), Valiy Bobo (Qo'shtepa qishlog'i), Sharilloq ota (Qirpachkamar qishlog'i), Said Xo'ja Qorovul ota (Pachkamar MFY), Qorayli bobo (Qorayli qishlog'i), Oqtosh bobo (Tengdosh qishlog'i), Yettiqo'l ota, Omon

47 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15-fevraldagi "Muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh, masjid va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to'g'risida" 120-sonli Qarori//www.lex.uz.

48 http:tsue.uz

ota (Omon-ota qishlog'i), Chuchuk ota (Qorako'z qishlog'i), O'tari ota, Dostor ota (O'tari qishlog'i), Ko'ktosh ota (Sovlig'ar qishlog'i), Hazrati Luqmon ota (Mustaqillikmahallasi), Hazrati Imom Halqama (Zangtepaqishlog'i), G'oyib ota (Quduq qishlog'i), Qorako'z ota (Qorako'z qishlog'i), Qumcho'p ota, Tohir va Zuxra (Qavchin qishlog'i), Zangi bobo (Zangibobo qishlog'i), Jinjakli ota (Toshguzar qishlog'i), Hojatbaror (Oqtosh qishlog'i), Hazrati Xo'jaboshi Abulays ota (Chugurtma qishlog'i) ziyoratgohlari shu tumanda joylashgan. Ziyoratgohlarning ko'pligi bu tumanda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yuqorida keltirilgan ziyoratgohlarni faqatgina mahalliy ziyoratchilar biladi, tashrif buyurayotgan ziyoratchilarning ham asosiy qismi mahalliy xalq vakillaridir. Mahalliy aholi ommoviy ravishda ziyoratgohlarga bahor va yoz oylarida boradilar. Insonlar tomonidan ziyorat qilish uchun haftaning ba'zi kunlari ziyorat qilinadigan kunlar sifatida belgilab olingan bo'lib, bu tumanda asosan chorshanba, juma, yakshanba kunlari ziyorat qilish uchun xosiyatli kunlar hisoblanadi. Ziyoratchilar doimo muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga o'zgacha bir hurmat bilan munosabatda bo'lib kelganlar. Ziyorat jarayonida mahalliy aholi o'zlarini qiynab kelayotgan savollarga javob topishga harakat qilishadi va ma'lum bir vaqt dunyo g'am-tashvishlaridan ozod bo'lib, ruhan engillik sezishadi.

G'uzor tumanida joylashgan ziyoratgohlarni, ziyorat turizmining tabiiy va sakral geografik obyektlariga kiritishimiz mumkin. Ziyorat turizmining tabiiy geografik obyektlariga (daraxt, tosh, ko'l, g'orlar) Sharilloq ota, Hazrati Luqmon ota, Chuchuk ota(Chukuk qishlog'i), Chuchuk ota (Qorako'z qishlog'i), Jinjakli ota ziyoratgohlarini kiritishimiz mumkin. Ziyoratgohlarni ba'zilari haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsak. Hazrati Luqmon ota ziyoratgohi - G'uzor tumanidagi Mustaqillik mahallasi hududi yaqinidagi Hazrati Luqmon ota nomli fermer xo'jaligi hududida joylashgan. Ziyoratgoh atrofida bitta kattagina daraxt bo'lib, mahalliy aholi bu erga kelib, ziyorat qilib ketishadi.

Sharilloq ota ziyoratgohi - G'uzor tumanidagi Qirpachkamar qishlog'ida baland qirliklar tepasida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh Sharilloq ota yoki Qo'chqorbuloq ota ziyoratgohi deb ham ataladi. Qishloqda yashovchi aholining aytishicha ziyoratgohda bitta daraxt bo'lib, bu daraxt nomini ziyoratgoh nomi bilan aytar ekan. Qirning tepasida Sharilloq ota ziyoratgohi joylashgan. Qirning pastki qismida, ya'ni Sharilloq ota ziyoratgohiga chiqish joyida ikkita buloq sharillab oqib turibdi. Buloqning suvi bir necha yillardan buyon to'xtovsiz oqib turadi. Buloq suvi qish va yoz oylarida bir xil haroratda o'zgarmasdan turadi. Ziyoratga kelganlar buloq suvidan ichib, o'zlarining ziyorat marosimlarini o'tkazib ketishadi. Ziyoratgohning janubi-g'arbiy yon bag'rida kattagina g'or mavjud bo'lib, bir yo'la o'sha g'orni ham ziyorat qilib ketishadi. Aytishlariga qaraganda, cho'ponlar g'orning ichiga 6-9 metr kirishgan, ichkari qismida odam tik tursa bo'ladi. Odamlar ziyorat qilishlari uchun buloqning oldida saxovatli insonlar tomonidan mo'jazgina sharoit qilingan.

1-rasm. Sharilloq ota ziyoratgohi.

Chuchuk ota ziyoratgohi - G'uzor tumanidagi Chuchuk qishlog'ida joylashgan. Bu ma'lumotlarni shu qishloqda yashovchi aholi bilan bo'lgan suhbatda bilib oldik. Ziyoratgohlarimizning ko'pchiligida ko'plab buloqlarni ko'rishimiz mumkin. Insonlar, tabiat, hayvonot dunyosi barchasi doimo suvga intilib yashab kelishadi. Chuchuk ota ziyoratgohida ham buloq bo'lib, atrofdagi hududlarga hayot bag'ishlab turibdi. Buloqning suvi anchagina chuchuk hisoblanadi. Buloqning tepa qismida Chuchuk ota ziyoratgohi joylashgan. Aytishlaricha, Chuchuk ota oilasida uchta farzand bo'lgan. Katta farzandi Xo'ja Bibi Sara, Qo'chqorli ota, Chuchuk ota bo'lgan. Bugungi kunda ziyoratgohga mart, aprel va may oylarida ziyoratchilar juda ko'p tashrif buyurishadi. Buloqning suvi nihoyatda shifobaxsh bo'lib, ko'plab dardmandlarning dardiga davo bo'lgan.

Yana shu nom bilan ataluvchi Chuchuk ota ziyoratgohi G'uzor tumani Omon-ota MFY Qorako'z qishlog'ining sharqiy tomonida baland qirliklar orasida joylashgan. Bu ziyoratgohda ham buloq va bir nechta daraxtlari bor. Buloq suvi baland toshlarning ostidan shiddat bilan oqib chiqadi va o'sha joydagi quduqg a suv yig'iladi. Ziyoratgohda toshlarni yorib chiqqan bir nechta daraxtlari bor. Ziyoratga kelganlar ham buloq suvidan ichib, o'sha daraxtlar atrofida turli xildagi ziyorat marosimlarini bajarishadi. O'sha erga g'oyib bo'lgan Chuchuk ota ruhlariga fotihalar o'qishadi. Darani ikki tarafdan daraxtlar o'rab olishgan soya salqin joy bo'lib, bunday sharoit ziyoratchilarga ham yoqadi. Ayniqsa buloq yonida ikki dona baqa o'zlarining chiroyli kuylari bilan ziyoratchilarni o'ziga tortadi. Agarda biz bu ziyoratgohlarni tamirlab ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratib, ziyoratchilar oqimini ko'paytirsak tumanda ziyorat turizmini rivojlantirishga hissa qo'shgan bo'lar edik.

3-rasm. Chuchuk ota ziyoratgohi(Omon-ota MFY)

G'uzor tumanida ziyorat turizmining sakral geografik obyektlari ham juda ko'p bo'lib, faqat bu ziyoratgohlarni tuman miqyosida biladilar xalos. Ziyorat turizmining sakral geografik obyektlariga muqaddas qadamjolar hamda mavhum ziyoratgohlar kiradi. Said Xo'ja Qorovul ota, O'tari ota, Dostor ota, Yettiqo'l ota, Omon ota, Qorako'z ota, G'oyib ota, Qumcho'p ota Hojatbaror ziyoratgohlari tumandagi ziyorat turizmining sakral geografik obyektlari hisoblanadi.

Said Xo'ja Qorovul ota ziyoratgohi G'uzor tumanidagi Pachkamar suv ombori hududida joylashgan. Bu ma'lumotlarni qishloqda yashovchilar bo'lgan suhbatda bilib oldik. Kasbi Qorovullik bo'lganligi uchun ziyoratgohga Said Xo'ja Qorovul ota deb atashadi. XX asrning 60-yillarida bu еrda Pachkamar suv omboriqurilishi amalga oshirilgan. Aytishlaricha, qurilish boshlangandan keyin bu еrda har xil g'ayritabiiy hodisalar yuz bergan, va qurilish Said Xo'ja Qorovul ota ziyoratgohidan aylanib o'tilgan. Said Xo'ja Qorovul ota qishloqda yashovchilarning aytishicha, dushmanlardan qochib mana shu еrda g'oyib bo'lgan ekanlar. Bugungi kunda Pachkamar suv omboriga dam olish maqsadida chiqqanlar ham bir yo'la ziyoratgohga kelib, Said Xo'ja Qorovul ota ziyoratgohini ziyorat qilib ketadi.

4-rasm. Said Xo'ja Qorovul ota ziyoratgohi

Omon-ota ziyoratgohi - Omon-ota bulutlar bilan bo'ylashgan, yulduzlar bilan so'zlashgan sehrli va so'lim bir go'shadir. Tog' bag'rida joylashgan, bu aziz go'shaning har bir giyohi, har bir toshi asrlardan so'zlaydi. G'uzor tumanining shimoli-sharqiy tomonida Omon-ota deb nomlanuvchi qishloq joylashgan. Bu qishloq tuman markazidan 35-40 km uzoqlikda joylashgan.

5-rasm. Omon-ota ziyoratgohi

Qishloq atrofini baland qirliklar o'rab turadi. Ayni vaqtda bu qishloqda 240 ta oila mavjud bo'lib, ularda 1160 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu qishloqqa "Omon-ota" deb nom berilishiga bir nechta rivoyatlar mavjud. Qishloqni oldingi nomi "o'n olti" bo'lgan. Rivoyatlarda aytilishicha qadim zamonlarda bu qishloqqa bir nechta darvish ziyoratga kelishadi. Ular ko'plab joylarni ziyorat qilib qishloq tepasidagi baland tepalikka dam olishadi. O'sha kuni darvishlardan bittasi betob bo'lib qoladi va shu erda vafot etadi. Darvishlar bu vafot etgan hamrohini olib ketolmas edi. Chunki ular juda ko'p joylarga ziyoratga borishlari kerak edi. Shu erda yashovchi aholiga iltimos qilib, baland tepalik ustiga dafn qilishadi. Ular "Bu do'stimizni sizlarga omanot qilib tashlab ketamiz" - deb ketishgan ekan. Hozir ham o'sha tepalik ustida qabr va yonidan daraxt o'sib chiqqan. Shundan buyon bu qishloq Omon-ota qishlog'i deb atalib kelinadi. Hozir o'sha tepalik ustida Omon-ota ziyoratgohi joylashgan. Bu tepalikni balandligi taxminan 1000-1100 m ga teng. Ziyoratgohga qishloqda yashovchi aholi hamda tumandagi boshqa qishloqlardan ham yosh-u qari haftaning qaysi kuni bo'lishidan qa'tiy nazar ziyoratga kelib ziyorat qilib ketishadi.

G'uzor tumanidagi ziyoratgohlarni joylashgan geografik o'rniga ko'ra ularning aksariyati tumandagi adirlarda joylashgan. Bu esa tumanda ziyorat turizmi bilan birgalikda ekoturizmni ham rivojlantirish uchun qulay bir imkoniyat hisoblanadi. G'uzor tumani o'zing "tandir go'shti" bilan butun O'zbekistonda mashhur hisoblanadi. Demak tumanda gastranomik turizmni rivojlantirish uchun imkoniyatlar etarlidir. Tumandagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni qaytadan tamirlab, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratib berilsa ziyoratchilar oqimining ko'payishiga sabab bo'ladi. Demak G'uzor tumanida ziyorat turizmining tabiiy va sakral geografik obyektlari etarli darajada bo'lib, bu ziyorat obyektlari rivojlantirilsa viloyat miqyosida ziyorat turizmini rivojlanishi uchun zamin tayyorlangan bo'lardi.

Xulosa qilib, G'uzor tumanida ziyorat turizmini rivojlantirish uchun quydagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin;

S Homiylik va xususiylashtirish chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali maqsadli ravishda ziyorat turizm obyektlarini obodonlashtirish, rekansturuksiya qilish va turizm infrastrukturasini yaxshilab borish;

S An'anaviy ravishda o'tkazib kelinayotgan "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" turizm dasturi doirasida turizmning qolgan turlari bilan birgalikda ziyorat turizm obyektlariga tizimli sayohatlar tashkil etish,

S Ziyorat turizmida uy-mehmonxonalari va halol-brendli umumiy ovqatlanish shahobchalarini tashkil etish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. P.R.Qurbonov, I.B.Safarov, "QASHQADARYO VILOYATIDA ZIYORAT TURIZIMI".Qarshi - 2022.

2. Safarov I. B. Geographical features of pilgrimage tourism (in the case of Kashkadarya region) //Экономика и социум. - 2023. - №. 2 (105). - С. 321324.

3. Safarov I. B., Rasulov F. I. PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF PILGRIMAGE TOURISM (ON THE EXAMPLE OF KOSON DISTRICT) //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 189191.

4. Safarov I. B., Toshquvvatov I. T. RECREATIONAL AND TOURISTIC OPPORTUNITIES OF UZBEKISTAN'S MOUNTAINS // Экономика и социум. - 2023. - №.11(114). - С. 303-312.

5. Сафаров И. Б., Халилов Н. Х. ЭКОНОМИКО-ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ГРАДОСТРОИТЕЛЬСТВА ВЕРХНЕ-КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ //Educational Research in Universal Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 707-713.

6. Эшбоев Б. Т. ГИДРОНИМЛАР ВА ГЕОГРАФИК ТЕРМИНЛАРНИНГ ЖОЙ НОМЛАРИДА АКС ЭТИШИ //ОБЩЕСТВА УЗБЕКИСТАНА. - С. 117.

7. Eshboev B. T. DESCRIPTION OF TOPONYMS RELATED TO THE GEOGRAPHICAL LOCATION OF KASHKADARYA REGION //Экономика и социум. - 2020. - №. 10 (77). - С. 67-72.

8. Жумаев Х.Х. Каш;адарё вилояти туризм географияси Монография, Карши, "Фан ва таълим" нашриёти, 2022 йил. 252 бет.

9. Жумаев Х.Х. Каш;адарё вилоятининг туризм салохияти: имкониятлар ва ривожланиш исти;боллари// Узбекистан География жамияти ахбороти, 54-жилд. Илмий ма;олалар туплами. - Тошкент, 2018. йил. -Б. 95-100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.