Научная статья на тему 'FARG‘ONA MINTAQASIDAGI MUQADDAS QADAMJOLARNI ZIYORAT QILISHNING MAVSUMIYLIGI'

FARG‘ONA MINTAQASIDAGI MUQADDAS QADAMJOLARNI ZIYORAT QILISHNING MAVSUMIYLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ziyorat turizmi / shifobaxsh buloqlar / shifobaxsh qum / pik davri / fasllar / kasalliklar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamdamov E.D., Qurbonov Sh.B.

Maqolada Farg‘ona vodiysi hududlaridagi ziyoratgoh va qadamjolarni ziyorat qilishning mavsumiyligi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, muqaddas joylarning rekreatsion va shifobaxsh vazifalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA MINTAQASIDAGI MUQADDAS QADAMJOLARNI ZIYORAT QILISHNING MAVSUMIYLIGI»

Hamdamov E.D.

O'zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi tayanch doktoranti

Qurbonov Sh.B.

O'zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi dotsenti

FARG'ONA MINTAQASIDAGI MUQADDAS QADAMJOLARNI ZIYORAT QILISHNING MAVSUMIYLIGI

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona vodiysi hududlaridagi ziyoratgoh va qadamjolarni ziyorat qilishning mavsumiyligi ko'rib chiqilgan. Shuningdek, muqaddas joylarning rekreatsion va shifobaxsh vazifalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ziyorat turizmi, shifobaxsh buloqlar, shifobaxsh qum, pik davri, fasllar, kasalliklar.

Hamdamov E.D. foundation doctoral student Department of Economic and Social Geography National University of Uzbekistan Kurbanov Sh.B. associate professor Department of Economic and Social Geography National University of Uzbekistan

SEASONALITY OF VISITING HOLY PLACES IN THE FERGANA

REGION

Abstract. The article characterizes the seasonality of visiting shrines and temples in the regions of the Fergana Valley. The recreational and medicinal functions of holy places are analyzed.

Key words: pilgrimage tourism, healing springs, medicinal sand, peak period, seasons, diseases.

Jahonda ziyorat turizmni rivojlantirish imkoniyatlari va muammolari, uning hududiy tashkil etilishiga bag'ishlangan ijtimoiy geografik tadqiqotlarga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bunda ziyorat turizmi tushunchasining mazmun-mohiyati, hududlarning ziyorat turistik resurslarini baholash, ziyoratchilarni jalb qilish uchun kerak bo'lgan infratuzilma komplekslarini loyihalashtirish, ziyorat turistik sayohatlariga bo'lgan istiqbol talablarini o'rganish va prognozlashtirish, ziyorat turizmining hududlar iqtisodiyotida tutgan o'rnini tahlil qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

So'nggi yillarda respublikamizda diniy va ziyorat turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va ijobiy natijalarga erishilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6165-son Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari dasturi"da "Ichki turizm yo'nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlari qamrab olingan arzon narhlardagi ichki turizm mahsulot larini ishlab chiqish hamda ularni joylarda keng targ'ib qilish" yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan [1]. Jumladan, O'zbekistonda hududlardagi diniy va ziyorat turizm ob'ektlarini inventarizatsiya qilish, mazkur ob'ektlarga turistlar oqimini jalb qilish choralarini ishlab chiqish, mahalliy, milliy va xalqaro ahamiyatdagi diniy turistik marshrutlarni loyihalash, ularning kompleks dasturlari va xaritalarini yaratish, joylarda diniy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samarasini oshirish yo'llarini asoslashga qaratilgan ijtimoiy geografik tadqiqotlarni o'tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda ham ko'plab ziyoratgoh va qadamjolar - Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Imom Moturudiy, Abduholiq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy, Ahmad Farg'oniy, Burhoniddin Marg'iloniy, Imom at -Termiziylarning muqaddas maqbaralari va ular nomi bilan bog'liq tabarruk qadamjolar bor, qolaversa buddizm, xristianlik, zardushtiylik bilan bog'liq bo'lgan diniy turistik ob'ektlar bor. Bularning aslida aksariyat qismi mahalliy ziyoraratchilarning qamrovi bilan gavjum. Mamlakatimizda aksariyat muqaddas qadamjolarga xos yana bir jihat shundaki, ularning hududi tarixan markazlarda, yonida buloqlar, ming yillik daraxtlar, uzoq tarixga ega masjidlar mavjud.

Farg'ona vodiysida Islom dini qadimdan insonlar orasida keng tarqalgani va donishmand va mutafakkirlar ko'plab yetishib chiqqanligi bois, muqaddas qadamjolar ham keng tarqalgan. Hozirgi kunda Farg'ona vodiysi viloyatlarida 200 dan ortiq ziyoratgoh va qadamjolar ro'yxatga olingan [2;3]. Qadamjolarga odamlar turli maqsadlarda tashrif buyurishadi. Masalan, ruhiy taskin topish, farzand talabida bo'lganlar, turli kasalliklarga davo istab tashrif buyurish va boshqalar. Insonlardagi kasalliklarning mavsumiy xususiyatga ega ekanligi, iqlimning mavsumiyligi tufayli ziyoratgoh va qadamjolarga tashrif buyurish ham mavsumiy xususiyatga ega. Muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning rekreatsion ahamiyati katta va keng qamrovli hisoblanadi. Bunda avvalo, insonlar ziyoratgohlarga tashrif buyurishganda o'zlarini qalban hotirjam his qiladilar. Bu esa insonlarning jismidagi ko'plab asab bilan bog'liq kasalliklardan tuzalishiga olib keladi. Bundan tashqari ushbu ziyoratgohlardagi shifobaxsh qum, hovuz va buloqlar suvlari ham insonlardagi turli-xil kasalliklarni davolash xususiyatiga ega bo'lib, quyida ularning ba'zilariga to'xtalib o'tamiz.

Ziyoratgohlarni rekreatsion jihatdan quyidagicha guruhlashimiz mumkin:

1. Dam olish va ziyorat qilish maqsadida tashrif buyuriluvchi ziyoratgohlar;

2. Shifobaxsh qumga ega bo'lgan ziyoratgohlar;

3. Shifobaxsh buloqlar va xovuzlarga ega bo'lgan ziyoratgohlar;

4. Turli xil kasalliklarga davo bo'luvchi ziyoratgohlar;

5. Kasb va dehqonchiligida baraka tilab tashrif buyuriluvchi ziyoratgohlar.

Ziyoratgoh va qadamjolarning yuqoridagi tipiga qarab ularning

mavsumiylik xususiyatlari bir biridan farq qiladi.

1. Dam olish va ziyorat qilish maqsadida tashrif buyuriluvchi ziyoratgohlar: Bunday tipdagi ziyoratgohlar Farg'ona vodiysi viloyatlarida salmoqli darajada bo'lib, Bandi ota ziyoratgohi, Xo'jataqsim ota ziyoratgohi, Teshiktosh ota ziyoratgohi, Xo'ja Ahmad Valiy ziyoratgohi, Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi, Pochcha ota ziyoratgohi, Qovunchi ota ziyoratgohi, Xazrat Ali maqbarasi, Yordon ota ziyoratgohi, Arsif ota ziyoratgohi kabi ziyoratgohlarni misol qilib keltirishimiz mumkin bunday tipdagi ziyoratgohlarda mavsumiylik yoz faslida pik davriga ko'tariladi, odamlar dam olish va qadimiy ziyoratgohlarni ziyorat qilish uchun tashrif buyuradilar, bu tipdagi ziyoratgohlarning mavsumiy bo'lishini havo harorati belgilab beradi.

2. Shifobaxsh qumlarga ega bo'lgan ziyoratgohlar: Bu tipdagi ziyoratgohlarga, O'n bir Ahmad ziyoratgohi, Bastom buva ziyoratgohi, Oqmozor ziyoratgohi kabi ziyoratgohlar kiradi. Mahalliy aholi shifobaxsh qumlardan bod, bepushtlik, tanaga oq tushishi, yosh bolaolarda siygaklik, kattalarda buyrak va qovuq shamollashlari, revmatizm kabi kasalliklarga davo topish maqsadida tashrif buyurishadi. davolanuvchilar asosan yilning avgust-sentyabr oylarida tashrif buyurishadi.

3. Shifobaxsh xovuz va buloqlarga ega bo'lgan ziyoratgohlar: bu tipdagi ziyoratgohlarda ko'plab shifobaxsh buloqlar mavjud bo'lib, rivoyatlarga ko'ra, shu yerlarga dafn etilgan sahoba va avliyolarning qabrlari yonidan shu kabi buloqlar otilib chiqqan ekan. Bunday ziyoratgohlarga; Xo'jamposhsho ziyoratgohi, Tuzliq momo ziyoratgohi, Sadkak ota ziyoratgohi, Xovuzkon ota ziyoratgohi, Buvi ona kabi ziyoratgohlar misol bo'ladi. Ziyoratgohlardagi buloqlarning xususiyatlari ham turli xil bo'lib, ba'zi buloqlarga tosh va tanga tashlab niyyat qilinadi (Buvi ona va Xojamposhsho ziyoratgohidagi buloqlar). Boshqa buloqlar atrofida dam olish maskanlari tashkil etilgan bo'lib buloq suvi ist'emol qilinmaydi (Sadkak ota ziyratgohi), Xovuzkon ota ziyoratgohidagi buloq va Tuzliqmomo ziyoratgohidagi hovuz esa inson organizmidagi turli xil kasalliklarga davo bo'ladi. Yuqorida aytib o'tilgan ziyoratgohlar hovuz va buloqlar bilan bog'liq bo'lganligi uchun mavsumiylik asosan yoz faslida pik davrga ko'tariladi.

4. Turli xil kasalliklarga davo bo'luvchi ziyoratgohlar: Fargona vodiysi ziyoratgohlari o'zining turli xil shifobaxsh xususiyatlari bilan ko'plab odamlar dardiga davo bo'lib kelgan. Jumladan, Sariq kasaligiga chalingan bemorlar Sariqota mozoriga, ko'k yo'tal kasaligiga chalinganlar Xo'jayi Kabutpush, Ko'k tilli ota ziyoratgohlariga, badaniga va sochiga oq tushgan va turli yaralar toshgan odamlar Bobo Qambar, Kelachi buva ziyoratgohlariga, tashrif buyuradilar.

Barchaga ma'lumki ko'k yo'tal, sariq kasalligi asosan yilning sovuq kuz, qish fasllarida avj oladi, shu sababli, Sariqota mozori, Xo'jayi Kabutpush, Ko'k tilli ota ziyoratgohlariga tashrif buyurishning pik davri aynan shu fasllarda sodir bo'ladi.

5. Kasb va dehqonchiligida baraka tilab tashrif buyuriluvchi ziyoratgohlar: Mazkur ziyoratgohlarga asosan insonlar o'z kasbi va ro'zg'orlariga baraka tilab tashrif buyuradilar. Bunday ziyoratgohlarga Galdir bobo (ziyoratgohda har yili bahor faslida buvaydalik ustalar kasbiy marosim amallarini ado etadilar), Ummat buva (dehqonlar hirmon ko'tarishdan avval bu yerni ziyorat qiladilar) ziyoratgohlari kiradi. Ziyoratgohlarga tashrif buyurish, odamlarning kasbi va dehqonchiligiga baraka va mo'l - ko'l hosil beradi deb ishonadilar. Ummatbuva ziyoratgohiga dehqonlar asosan kuz faslida hirmon ko'tarishdan oldin tashrif buyuradilar, Galdir bobo ziyoratgohi esa har yili bahor faslida mahalliy ustalar bilan gavjum bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6165-son Farmoni.

2. Eraliyev B., Ostonaqulov I., Abdulahatov N. "O'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. Farg'ona viloyati" T:. "Turon Zamin Ziyo"., 2014.

3. B. Eraliyev, I. Ostonaqulov, N. Abdulahatov. "O'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. Andijon va Namangan viloyatlari" T:. "Turon Zamin Ziyo"., 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.