SURXANDARYO VILOYATINING TUPROQ IQLIM SHAROITIDA SOYA O'SIMLIGINING "VAVILOV " NAVIDAGI HOSILDORLIK KO'RSATKICHLARINI
ANIQLASH
1Hamroyeva Marg'uba Komilovna, 2Ergasheva Mahfuza Azimovna
1DTPI b.f.f.d (PhD), dotsent 2DTPI tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11372355
Annotatsiya. Ushbu maqolada soya o'simligining "Vavilov" navining biologik ko'rsatgichlari, hosildorligi hamda ekib o'stirish usullari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Tadqiqotda kuzatish, taqqoslash va eksperimental tajriba metodlaridan foydalanilgan. O'zbekiston sharoitida soyaning o'stirish texnologiyasi bayon qilingan.
Kalit so^zlar: eksperimental, Kuzatish, Agrotexnika, G'unchalash, Gullash.Vavilov, Dominant belgilar.
Аннотация. В dannou cmambe приведены сведения о биологических norn3amenHX copma сои Baernoe, урoжaйнoсти и cnoco6ax nocadrn. В исслeдoвaнии испoльзoвaлись нaблюдaтeльныe, cрaвнитeльныe и экcneримeнтaльныe методы. Оnиcaнa технология вырaщивaния сои в условиях Узбeкиcтaнa.
Ключевые слова: опыт, Haблюдение, Агротехниш, Бутoнизaция, Цветение Baвилoв, Доминирующие nризнaки.
Annotation. In this article,information about the biological indicators of the soybean variety Vavilov,productivity and methods of planting is given.Observational,comparative and experimental methods were used in the research.Soybean cultivation technology in the conditions of Uzbekistan is described.
Keywords: experimental, Observation, Agrotechnics, Budding, Flowering. Vavilov, Dominant characcters.
Biz soya o'simligining Vavilov navini o'rganish borasida bir qator ishlar olib bormoqdamiz, Buning uchun soyaning endi iqlimlashtirilayotgan yangi navdagi dominant botanik belgilarning saqlanib qolish holatlarni o'rganamiz, bunda biz soya donining yashil rangini saqlab qolinishi, uning boshqa hududlarga nisbatan bizning janubiy xududda pishib yetilishi, vegetatsiya davrining cho'zilishi va yoki qisqarishi, o'simlikning bo'yining balandligi, barg soni, barg sathi, dukkak soni va bir tup o'simlikdagi urug' vazni va ming dona urug'ning vazni o'rganiladi. Buning uchun soyaning "Vavilov" navini tajriba dalasiga to'rt qatordan qilib stimulyator bilan ishlab ekildi. Soya urug'lari o'stiruvchi modda ta'sirida o'simlikning botanik belgilarida ma'lum bir o'zgarishlar yuz berdimi yoki botanik belgilarning qaysi bir belgilari dominant ekanligi aniqlanadi. Buning uchun navdorligi aniq bo'lgan soyanning urug'larni to'rt qatordan to'rt takrorda ekiladi. To'rt qatorga soya urug'iga Turkiyadan keltirilgan kuchli stimulyator qo'shib ishlanib va ekildi. Tajriba maydonida quyidagi kuzatishlar olib boriladi: Kuzatuvlar olib boriladigan hisob paykalchalarining yuzasi 14 m2, (5 uzunligi 5 m bo'lsa, eni 2,8 m. Qator orasi 70 sm bo'ladi) o'rganiladigan o'simliklar soni 10 ta, variantlar soni har bir tajriba tizimi uchun alohida qabul qilingan. To'rt qator oddiy usulda ekilgan soya va yana to'rt qatorda stimulyator bilan ishlangan soya urug'i ekiladi. Shunday qilib, birinchi takrorda 8 qator, takrorda sakkiz, yana uchinchi qatorda va to'rtinchi qatorda yana sakkiz qatorga soyaning "Vavilov" navi urug'lari ekiladi tajriba
maydonining xajmi 112 m2 bo'ladi. O'tkazilgan tajribalarda quyidagi masalalarni o'rganish vazifasi qo'yildi:
Surxondaryo viloyatida Denov tumanida ekilib kelingan navning unib chiqqanidan so'ng, ularda botanik belgilar shakllanadi. Biz soya navlari ta'rifiga ko'ra, navning botanik belgilari tashqi havo harorati ta'sirida o'zgarib boradimi degan savollarga javob izladik.Ana shu navning bargi, poyasi, yon shoxlari, dukkak xosil qilishi, poyasidagi tuklarning rangi, dukkakdagi tuklarni rangi va urug'lar soni kabi botanik belgilarni aniqlash vazifasi turgan edi. Yana bu navlar o'zida serhosillik, o'rtapisharlik va urug'larida oqsil va moy miqdorini o'zida saqlab qolishi kabi xususiyatlari dominantlik belgilari deb ataladi. Sanab ko'rib, ana shu urug'lar ichidan sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan o'simliklarni tanlab keyingi yilda ekish uchun urug'larning ekishga yaroqlilarini ajratiladi. Soyaning "Vavilov" navidagi dukkaklarning ichidagi urug' soni aniqlanib, shu dukkaklar ichidan to'rtta doni bor dukkaklar ajratib olinadi. Maqsadimiz ana shu dukkakdagi urug'lar sonining dominantligini o'rganish edi, buning uchun har yili "Vavilov" navininig dukkaklaridan to'rttalik dukkaklar va uning ichidagi urug'lar ajratib olinadi. To'rttalik soya urug'lari keyingi yil yana ekiladi va Har bir o'simlikda xosil bo'lgan dukkaklar soni sanab chiqib aniqlanadi. soya navalari poyasida hosil bo'lgan dukkaklarning necha foyizi to'rttalik, qanchasi ikkitalik va yana qanchasi uchtalik ekanligi aniqlanib boriladi. Bundan tashqari soya navlarninig o'sishi, rivojlanishi, hosildorligini va kimyoviy tarkibini tajriba yillari davomida Surxondaryo viloyatining bo'z tuproqlari sharoitida o'rganib boriladi. Quyidagi fenologik nazoratlar o'tkazildi: urug' palla bargining hosil bo'lishi, Birinchi uchtalik bargning xosil bo'lishi, shoxlash, gullash fazasi boshi, gullash fazasining tamom bo'lishi, pastki dukkaklarning pishishi kuzatiladi. Tajriba maydoni tuprog'i tipik bo'z tuproq hisoblanadi, Surxondaryo viloyati iqlimi respublikaning boshqa viloyatlariga qaraganda nisbatan janubiy hudud hisoblanadi va havo harorati nisbatan yuqori bo'ladi. Tajribalarni olib borishda respublikada qabul qilingan umumiy metodikalardan foydalaniladi. Tajribada quyidagi kuzatuvlar hisoblar, o'lchovlar o'tkaziladi: dala tuprog'ining agrokimyoviy xossalari erta bahorda soya navlarni ekish oldidan va kuzda o'suv davri tugagandan so'ng namunalar olinib o'rganiladi. Bunda:-tuproqning chirindi miqdori I.V.Tyurin uslubida; -yalpi azot miqdori K'eldal uslubida; -yalpi fosfor miqdori Lorens uslubida; -kaliy miqdori P.V.Protasov uslubida aniqlanadi.
Biometrik kuzatishlar o'tkazish. Buning uchun navdan va variantlar bo'yicha stimulyatorli va stimulyatorsiz turlicha bo'lgan variantlardan 10 ta o'simlik ajratib olib, ularga qizil ip bog'lab quyiladi, (Har gal biometrik kuzatuvlarni bir xil o'simlikda olib borish uchun) ushbu o'simliklarda bo'yining o'sishi, yon shoxlar xosil qilishi, dukkaklar hosil bo'lishi jarayoni har 15 kunda o'rganildi ja'mi 4 marta beligilangan o'simliklarda kuzatish o'tkazildi va o'simlik bo'yining balandligi, barglar, yon shoxlar va dukkaklar soni hamda ular qaysi rivojlanish fazasida hosil bo'lishi o'rganildi. Tajriba variantlarida tup soni, hosilni yig'ishdan oldingi tup soni o'rganildi Soya navlarida dukkaklari pishib yetilgandan so'ng ularda hosil bo'lgan to'rttalik, uchtalik va ikkitalik dukkaklar soni sanab aniqlanadi va urug'larni rangi o'zgarganligi kuzatiladi Har bir variantdan 10 tadan o'simlik olinib ulardagi to'rttalik, uchtalik, ikkitalik va bittalik dukkaklar soni sanab chiqiladi va foyiz hisob bilan miqdori o'rganiladi. Vavilov navidagi eng ko'p hosil bo'lgan to'rttalik dukkaklar ajratib olinadi va ularda ming dona urug'ning og'irligi aniqlanadi. Xar bir variantdan chiqqan soya doni urug'i tozalanib aniqlanadi. Ushbu soya donining kimyoviy tarkibi aniqlanib, ular tarkibidagi oqsil va moy miqdori to'rttalik, uchtalik va ikkitalik urug'lar kesimida taqqoslanadi. Ushub urug'larning qaysi xolatida, ular tarkibida oqsil va moy miqdori ko'pligi bir gektardan chiqadigan oqsil va moy miqdori aniqlanadi. Hosil pishib
yetilganda xosildorlik strukturasi aniqlanadi, buning uchun o'simlik bo'yining balandligi, dukkak soni, bir tup o'simlikdagi urug' vazni, bir tup o'simlikdagi urug' soni, ming dona urug'ning og'irligi va pastki dukkakning joylashish balandligi aniqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYHATI.
1. Baranov V.F. Соя биология и технология возделывания. - Краснодар.: Советская Кубань, 2005,- 433 с.
2. Yormatova D.Yo, Mamurov А. Eng yaxshi takroriy ekin // Uzbekistan qishtoq xo^ligi jurnali. - Toshkent, 2007. - № 6. 17 b.
3. Yormatova D., K. Yorov, M. Hamroyeva Go^ qator orasiga soya ekish va moyli ekinkrni yetishtirish Toshkent-2021. 106 b.
4. Yormatova D. O,simlikshunoslik Toshkent "shm^" - 2002. 320 b.
5. Yormatova D. O,simlikshunoslik. - ^shkent:, 2001. -110-121 b.