Научная статья на тему 'SOYA HAR XIL NAV, NAMUNALARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI'

SOYA HAR XIL NAV, NAMUNALARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

71
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Mamadali Kudratovich Lukov, Abdurozoq Panjiyevich Shamanov, Lazizbek Aziz O‘G‘Li Izzatullayev

Ushbu maqolada bir xil tuproq sharoitda ekib o‘stirilgan soyaning 11 ta nav, namunalari o‘simliklarining tup shakli, poyasi uzun ligi, birinchi hosil shoxining yer yuzasidan balandligi, pishish davrida donlarning sochiluvchanligi, hosildorligi kabi qimmatli xo‘jalik belgi –xususiyatlari o`rganildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA HAR XIL NAV, NAMUNALARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

SOYA HAR XIL NAV, NAMUNALARINING QIMMATLI XO'JALIK

BELGILARI

Mamadali Kudratovich Lukov

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti dotsent q. x. f. n.

Abdurozoq Panjiyevich Shamanov

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti mustaqil tadqiqotchi

Ushbu maqolada bir xil tuproq sharoitda ekib o'stirilgan soyaning 11 ta nav, namunalari o'simliklarining tup shakli, poyasi uzun ligi, birinchi hosil shoxining yer yuzasidan balandligi, pishish davrida donlarning sochiluvchanligi, hosildorligi kabi qimmatli xo'jalik belgi -xususiyatlari o'rganildi.

Soya yer yuzida moyli ekin sifatida 1 o'rinda turadi. Soyaning boshqa moyli ekinlarga nisbatan bir nechta qimmatli xo'jalik belgilari:- jumladan urug'ida 2025% atrofida moy saqlanganligi, 55% gacha oqsil mavjudligi, 100 kg donida 136 oziqa birligi borligi, soya o'stirilgan yerda bir mavsumda 100-200 kg/ga. . atrofida sof azot to'planinshi, uning donidan sut va sut mahsulotlari tayyorlanishi, gusht, kolbasa, konfetlar, shokolad va hakozo 500 dan ortiq mahsulotlar tayyorlash mumkinligini hisobga olganda soyaga bironta ekin teng kelaolmaydi. [ 6;-88 b., 7;-121 b.]

Dolzarbligi

Soyaning biologiyasiga ko'ra iqlimi issiq va havo namligi past yerda o'stirish bir muncha qiyinchilik tug'diradi. Soyaning gullash - urug' shakllanish jarayoni davrida 17-250S qulay harorat bo'lib hisoblanadi [3;-138 b.] Surxondaryo viloyatida yoz paytidagi harorat ba'zi kunlari 47 0S dan oshadi. Bundan tashqari havo namligi juda past bo'ladi. Soya navlarining doni pishish paytida dukkaklari chatnab urug'i sochilib ketadi. Bu ko'rsatkich asosan

Lazizbek Aziz o'g'li Izzatullayev

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

talabasi

ANNOTATSIYA

Kirish

issiq sharoitda kuproq yuzaga chiqadi. [5;-13 b.] Bundan

October 5-6

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

tashqari, asosiy poyasidagi dastlabki hosil shoxlari yer sathidan 17 sm.dan baland joylashmasa hosilini yig'ishtirish payti kombaynning pichoqlari birinchi hosil shoxining hosilini o'rib ololmaydi va birinchi hosil shoxi pastda qolib ketadi. [2;-96 b. ;5-13 b.] Shu sababli hosilning ma'lum bir qismi nobud bo'ladi. Hosilni kombaynda yig'ishtirish nav tupining shakliga ham bog'liq bo'ladi. Ayrim navlarning o'simlik tupining shakli g'uj bo'ladi va tik o'sadi. Ayrim navlar tupining shakli yoyiq bo'ladi va yon shoxchalari yer yuzasiga yaqin bo'lib qolishi, ba'zan yotib qolishi hosilni kombaynda yig'ishtirishga noqulaylik keltiradi Soya poyasining yotib qolishi, dukkaklarning chatnashi, poyaning past bo'lishi nasldan naslga dominant holatda o'tadi [1;-238 b.]

Yuqoridagilarni inobatga olganda, poyasi tik o'sadigan, yotib qolmaydigan birinchi hosil shoxchalari 17sm. dan baland joylashgan, hosili pishishi paytda dukkaklar chatnab ketib doni sochilmaydigan, mahsuldorlik ko'rsatkichlari yuqori soya navlarini tanlash va ajratish dolzab masala hisoblanadi.

Tadqiqotning vazifasi: bir xil tuproq sharoitda ekib o'stirilgan soya har xil nav, namunalarining qimmatli xo'jalik belgi xususiyatlarini o'rganish asosida hosilini kombaynda yig'ishtirishga mos navlarni ajratib, ularning seleksiyasi va urug'chilik ishlarini davom ettirishdan iborat.

Ilmiy yangiligi: O'zbekistonning janubida ya'ni iqlimi juda issiq hisoblangan havo namligi juda past bo'ladigan Surxondaryo viloyati sharoitida soyaning yangi nav va namunalarining hosilini kombaynda yig'ishtirishga mosligi o'rganilmagan.

Materiallar va metodlar

Dala tajribalari. Termiz agrotex nologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining o'quv tajriba xo'jaligida o'tkazildi. Tajriba maydoni cho'l qumoq tuproqli, sizot suvining sathi 5-7m. oziq moddalar bilan juda kam ta'minlangan. Tajribada ob'ekt sifatida soyaning Genetik-1, Oltintoj, Beda, Slavya, Selena, Fovarit navlari va Vavilov, Mars, DilHUZ-100, TAIRI -1 namuna larining 2 reproduksiyali urug'ligi ekildi. Paykalcha maydoni 48 kv.m. Tajriba 3 qaytariqdan iborat. Tajriba mayonida nav namunalarni to'g'ri baholash uchun bir xil agrotexnik sharoit yaratildi. Tadqiqotlar-O'zPITI (2007y), Don dukkakli ekinlar ITI (2014) va umumqabul qilingan uslublar bo'yicha o'tkazildi.

Tadqiqotlar natijalari

2021-2022 yillar (ljadval) ma'lumot lari kursatishicha, soya har xil navlari va namunalarining o'suv davri va morfologik

organlarini ko'rsatkichlari har xil bo'ldi. O'rganilgan navlarning

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

vegetatsiya davri 85 kundan 105 kungacha bo'lganligi o'rganilib, o'suv davr -85 kungacha bo'lgan navlar ultratezpishar, o'suv davri 100 kungacha bo'lgan navlar tezpishar navlar va o'suv davri 110 kun gacha bo'lganlari ertapishar navlarga oidligi aniqlandi (1-jadval).

Soya navlari o'suv organlarining shakllanishi bo'yicha bir-biridan keskin farq qilishi kuzatildi. Yangi o'rganilayotgan Selena, Slavya Vavilov navlari va Mars, Dilhuz, TAIRI -1 namunalari o'simliklarining bo'yi 80 sm. dan baland bo'ldi. Baland bo'yli navlarda xuddi shunday qonuniyat poyadagi birinchi hosil shoxining yer sthidan 17 sm balandda joylashishi kuzatildi. O'rganilgan navlar va namunalar bo'yicha pishish davridan keyin dukkaklar yorilib donlarning sochiluvchanligi 4-5 ballni tashkil etdi. Poyasi uzun. pishish fazasidan keyin donlari sochiluvchan bo'lmasligi 5 ballni tashkil etgan, poyaning pastki qismidagi

1-jadval.

Soya har xil navlarining qimmatli xo'jalik belgi xususiyatlari

T/r Navln va namuna lar O'suv davri, kun Nav tup sbak K O'sim lik bo'yi,sm. 1-bosil iL OIL ver sathidan baland ligi. Sill. P Lib Lib payti don sochiluv chanligi, ball 0:i tacba hosil. s/ga Hosil. kombayn da yig'Lsbga lliasligi

1 2 3 4 5 6 7 S 9

1 Genetik -1 (standatt) 86 guj 48 13 4 24,3 o'rtacha

2 Beda 104 yoyiq 68 17 4 25,5 o'rtacha

3 Oldtintoj 87 yoyiq 57 12 5 28,2 o'rtacha

4 Vavilov 110 g'uj 93 22 5 32,3 juda yaxshi

5 Mats 92 guj 102 21 5 33.1 juda yaxshi

6 Dilhuz-100 84 yoyiq 91 19 5 27,8 yaxshi

1 Optima 110 yoyiq 77 16 4 29,4 yaxshi

8 Selen a 104 S'nj 82 22 5 30,5 juda yaxshi

Slaviya 108 g'"j 88 22 5 32.4 juda yoyiq

10 Favorit 101 g'uj 66 IS 4 28,6 yaxshi

11 TA IRL-1 87 g'llj 108 23 5 34,7 juda yaxshi

EKAF 2.4 s/ga

1 dukkagi yer sathidan 17sm. dan balanddda joylashgan yoki hosilin komaynda yig'ishtirisha mos navlardan 32 s/ga. ziyot hosil yetishtirildi. Ta'kidlash joiz: dukkaklardagi donlarning sochiluvanligi-o'simlik bo'yi, poya shakli va birinchi hosil shoxining yer sathidan baland joylashishiga bog'liq emas.. Shu yuqoridagilarni inobatga olganda soya navlarini hosilini yig'ishtirish payti, kambaynda hosilni yig'ishtirishga mos

October 5-6

256

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

bo'lishi uchun soya navi baland bo'yli, birinchi hosil shoxi yer sathidan 17sm. dan balandda joylashgan, pishish fazasidan keyin donlarning sochilmasligi kabi majmuali belgi - xususiyatlarga ega bo'lish kerak Xulosa

Surxondaryo viloyatining oziq moddalar bilan kam ta'minlangan cho'l qumoq tuproqli yerlarida soyaning Optima, Slavya, Selena, Vavilov navlari va Mars, TAIRI-1 namunalarining pishish fazasida hosili sochilmaganligi, poyasidagi birinchi hosil shoxchalarning yer yuzasidan 17 sm. dan baland bo'lganligi sababli, bu nav va namunalarini o'stirishda mexanizatsiya vositalari yordanida ishlov berishga qulay boladi.

REFERENCES

1. Abdukarimov D.T Dala ekinlar xususiy seleksiyasi /darslik /Soya seleksiyasi/ T.2007y 238 b

2. Atabayeva X,N, «Soya", Toshkent, «O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi", 2004 y, 96 bet

3. Atabayeva H. N, Xudoyqulov J.B. O'simlikshunolik /darslik /Soya/T 2020 y. 138 -139 .b

4. Oripov R.O, Xaliliov N. X O'simlikshunolik T. 2007 88 b.

5. Xalilov N., Lukov M., Isroilov A. Soyaning yangi navlari agrotexni kasi O'zbekiston qishloq xo'jalik jurnali № 6. T.2017 y. 13 b

6. Yormatova D. Xushvaktova H. Moyli ekinlar Toshkent 2009 y 88 b.

7. Yormatova D. «Soya" Mexnat. T. 1989 . 121 b.

® ©

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

o1

257

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.