Научная статья на тему 'SOYANING TUPROQ UNUMDORLIGIGA TA’SIRI'

SOYANING TUPROQ UNUMDORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
soya / oqsil / yog‘ / rizobiol bakteriyalar / biologik azot / gumus / kultivatsiya.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — M.K.Hamroyeva, X.S.Xushvaktova, Choriyev Baxtiyor Shavkat Ogli

Tarkibida oqsil ko‘p saqlaydigan dukkakli ekinlar maydonini ko‘paytirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Soya o‘simligi tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy ekinlardan biri bo‘lib xisoblanadi. Ma'lumki, keyingi paytlarda yuqori xosil olish uchun tuproqqa solinadigan pestitsidlar, insektitsidlar va katta miqdordagi mineral o‘gitlar miqdorining ortib borishi natijasida tuproq unumdorligi kamayib bormoqda.Ushbu maqolada soya ekilgan maydonlarda oziqa moddalarning ko‘payishi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYANING TUPROQ UNUMDORLIGIGA TA’SIRI»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

YAK: 633.853.52:631.531.1:581.19

SOYANING TUPROQ UNUMDORLIGIGA TA'SIRI

1M.K.Hamroyeva2X.S.Xushvaktova, 3Choriyev Baxtiyor Shavkat o'g'li

1DTPI b.f.f.d. (PhD) dotsent, 2DTPI p.f.d. (DSc) dotsent, 3DTPI 11B-2020 guruh 4-bosqich

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116432

Annotatsiya. Tarkibida oqsil ko'p saqlaydigan dukkakli ekinlar maydonini ko'paytirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib xisoblanadi. Soya o'simligi tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy ekinlardan biri bo'lib xisoblanadi. Ma'lumki, keyingipaytlarda yuqori xosil olish uchun tuproqqa solinadigan pestitsidlar, insektitsidlar va katta miqdordagi minéral o'gitlar miqdorining ortib borishi natijasida tuproq unumdorligi kamayib bormoqda.Ushbu maqolada soya ekilgan maydonlarda oziqa moddalarning ko'payishi haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: soya, oqsil, yog',rizobiol bakteriyalar, biologik azot, gumus, kultivatsiya.

Kirish. Hozirgi kunda qishloq xo'jaligida o'simlik oqsilini ishlab chiqish va ta'minlash eng katta muammolardan hisoblanadi. Bu muammoni yechishda dukkakli don ekinlaridan soya o'simligining ahamiyati kattadir. Soya o'simligi dukkakli-don ekinlari oilasiga mansub, bir yillik o'simlik, vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi. Soya oziq-ovqat, yem tayyorlashda va tuproq unumdorligini oshirishda muhim o'rin tutadi. Soya doni tarkibida 38-52 % oqsil, 22-25 % yog', yog' tarkibida turli vitaminlar, somonida esa 4-5% oqsil va 5 % gacha yog' bo'ladi. Soya donida oqsilni ko'pligi jihatidan bug'doy donidan 2,5 makkajo'xori donidan esa 3,5 barobar yuqori turadi va soya donining oqsili tarkibida 10 dan ortiq aminokislotalar mavjud. Ko'k massasi esa chorva mollariga oziq bo'ladi. Soya ildizlarida barcha dukkakli o'simliklarning ildizlaridagi kabi havodagi azotdan foydalana oladigan tuganaklar rivojlanadi. Soya o'simligi ildizidagi rizobiol bakteriyalar hosil qilgan tuganaklar tufayli har gektarda 150-250 kilogrammgacha sof azot to'playdi. Soya yorug'lik, issiqlik va namlikni sevadigan juda qadimiy ekin hisoblanadi.

Soya dukkakli o'simlik sifatida o'z ildizlari orqali havodan sof azotni o'zlashtirib oladi va tuproqni azot bilan boyitadi. Soya bugungi kun dehqonchiligida eng muhim ekin bo'lib, tuproq strukturasini yaxshilab,biologik unumdorlikni oshiradi, o'zidan keyin tuproqda 55-60 kg miqdorda sof azot qoldirib ketadi. Soya ekilgan dalalarda tuproqning mikroflorasi yaxshilanadi, tuproqda biologik va ekologik tizim vujudga keladi. Chuvalchanglar, rizobium bakteriyalari va boshqa foydali organizmlar yashashi uchun qulay muhit yuzaga keladi. Soya yetishtirish tuproqni biologik azot bilan boyitish vazifasini ham bajaradi. Ilmiy tajribalarda soya ekilgunga qadar tuproqdagi gumus miqdori 0,65-0,72% bo'lgan bo'lsa, soya ekilgandan keyin kuzda gumus miqdori 0,95-1,03%ga yetishi ko'rsatib berilgan.

Soya o'simligini ikki muddatda ekish mumkin. Birinchisi bahorda tuproq harorati 12-140C bo'lganda yoki makkajo'xori bilan bir muddatda, ikkinchi muddat takroriy ekin sifatida donli ekinlardan so'ng ekiladi.

Soyani asosiy ekin sifatida ekishda uning navlarini to'g'ri tanlay bilish lozimdir.Ertapishar navlarni o'suv davri 70-75 kun bo'lsa, o'rtapishar navlar 100 -110 kun va kechpishar navlari esa 135-140 kunda pishib yetiladi. Qaysi muddatda ekilishiga qarab navlar tanlanadi. Kechpishar navlarni takroriy ekib bo'lmaydi, ular takroriy ekilganda pishib yetilmaydi. Bu hollarda ularni silos yoki ko'k poya sifatida o'rib mollarga berish mumkin bo'ladi.

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

Soya navlari ekish me'yori gektariga 60-70 kg bo'lib, qator oralari 70 sm. kenglikda ekilishi maqsadga muvofiqdir. Qator orasi 90 sm. bo'lganda tup soni kamayishi evaziga hosildorlik kamayib ketadi. Ekish pnevmatik seyalkalarda amalga oshirilib, urug'lar tuproqning tarkibiga qarab 4-6 sm. chuqurlikka tashlanadi va urug' suvi beriladi. O'suv davrida 2-3 marta kultivatsiya o'tkaziladi. Dehqonchilikda eng asosiy agrotexnik tadbirlardan biri o'simlikning o'sib-rivojlanish davrida uning qator oralariga ishlov berishga katta ahamiyat berish lozim.

Soya nihollari ko'rinib qolishi bilan ularga ishlov beriladi. Kultivatsiyani o'z vaqtida va sifatli o'tkazib, begona o'tlarga qarshi kurash olib boriladi. Birinchi kultivatsiya soya nihollari 34 chinbarg chiqarganda 10-12 sm. chuqurlikda o'tkaziladi. Ikkinchi va uchinchi kultivatsiya uning chuqurligi 8-10 sm. bo'lishi kerak. Kultivatsiya bilan birgalikda o'simlikni azot o'g'iti bilan oziqlantirish yaxshi natija beradi.

Vegetatsiya davrida sug'orish ishlari yer osti suvlarining joylashishiga qarab olib boriladi, grunt suvlari 1,5-2,0 m. bo'lsa o'suv davrida 3-4 marta sug'oriladi. Ildizlari baquvvat bo'lgani uchun suvga qarab yetib boradi. Yer osti suvlari uzoq yoki pastda joylashgan bo'lsa unda sug'orish soni oshiriladi. Vegetatsiya davrida sug'orish muddatlari quyidagicha: birinchi sug'orish shonalashda, ikkinchisi dukkaklar shakllanishida, keyingi sug'orishlar don hosil bo'lish jarayonida amalga oshiriladi. Shunda sug'orish me'yorlari gektariga 800-1000 m3 ni tashkil etadi.

Soya hosili to'liq pishib yetilganda, ya'ni dukkagi qo'ng'ir tusga kirib, urug'i qattiq bo'lib, barglari to'kilganda yig'ishtirib olinadi. Hosilni qisqa vaqt ichida yig'ishtirib olish lozim, aks holda aksariyat qismi nobud bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. М.К.Хамроева, Д.Ё.Ёрматова. Соя етиштириш агротехникасини илмий асослаш. — T:«Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2021. 124 бет

2. Khamroyeva M.K., Xalmuratov M.A., Ergashov A., Boboxonov M. Technological Characteristics of Grain of Soy Varieties. Journal of Survey in Fisheries Sciences 10(3S) 3890-3895.2023.

3. Yormatova D. Y., Khamroyeva M. K., Xalmuratov M.A., Dani R. G. Seed yield and chemical properties of two exotic cultivars of soybean introduced in the Surkhandarya region of Uzbekistan. Global Journal of Research in Agriculture & Life Sciences ISSN: 2583-4576 (Online)Volume 02| Issue 06 | Nov.-Dec. | 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.