INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UDK:619:636.31:615
SUPERAMINO-C VITAMINLI OZUQAVIY QO'SHIMCHASINI BUZOQLARNING O'SISH VA RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
1H.R Zarifov, 2M.A Aslonova 3F.F Mixliyeva, 4T.G' Xoshimov, 5N.J Turaboyev
1,2mustaqil tadqiqotchi, 3'4talaba, 5v.f.n., dotsent. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.13859331
Annotatsiya. Ushbu maqolada vitamin, aminokislota va minerallar bilan boyitilgan Superamino-C ozuqaviy qo'shimchasini buzoqlarni o'sish va rivojlanishiga stimulyator ta'siri to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: metionin, tiamin, riboflavin, triptofan, sistein, trionin, fenilalanin, vitamin, aminokislota, mineral, ozuqa, stimulyator.
Аннотация. В статье представлены сведения о стимулирующем влиянии пищевой добавки «Суперамино-С», обогащенной витаминами, аминокислотами и минералами, на рост и развитие телят.
Ключевые слова: метионин, тиамин, рибофлавин, триптофан, цистеин, треонин, фенилаланин, витамин, аминокислота, минерал, питательное вещество, стимулятор.
Abstract. The article provides information about the stimulating effect of the food additive "Superamino-S", enriched with vitamins, amino acids and minerals, on the growth and development of calves.
Keywords: methionine, thiamine, riboflavin, tryptophan, cysteine, threonine, phenylalanine, vitamin, amino acid, mineral, nutrient, stimulant.
Mavzuning dolzarbligi shundaki bugungi kunda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ya'ni sut va go'sht hamda ularni qayta ishlash orqali tayyorlangan mahsulotlari bilan aholining iste'mol talabi qondiriladi. Biz veterinar hamda chorvadorlar ushbu iste'mol talabini qondirish uchun eng avvalo hayvon bosh sonini va uning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ko'lamini kengaytirish hamda ularni saqlash, parvarish qilish jarayonlarida ya'ni ratsion tarkibiga turli boyitilgan ozuqa qo'shimchalari, probiotiklar va turli stimulyator preparatlarni kiritish lozim bo'lsa turli biogen stimulyator ya'ni hayvon fiziologik jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan preparatlarni qo'llashni taqazo etmoqda. Modomiki ushbu preparatlarni qo'llar ekanmiz ularni organizmda uzoq vaqt saqlanib qolishi tufayli oziq-ovqat mahsulotining biologik xavfsizlik jihatini ta'minlashga e'tibor berish lozim.
Yuqoridagi ma'lumotlar Respublikamiz chorvachilik sohasida yuritilayotgan siyosat naqadar to'g'ri va o'rinli ekanligi davlatimiz rahbari hamda turli mutasaddi vazirlik va tashkilotlarning qonun qarorlarida hamda qator dastur va loyihalarida ham o'z aksini topadi.
Xususan O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan "Veterinariya to'g'risida"gi qonunining 4-bob 18-19-moddalarida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarorida "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish, kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori va 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-24/60-sonli qarorida "2016-2020-yillarda qishloq xo'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bandlarida keltirib o'tilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-sonli qarorida "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori va
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-121-sonli qarorida "Chorvachilikni yanada rivojlantirish hamda chorva ozuqa bazasini mustahkamlash, chorvachilik mahsulotlarini ko'paytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari bandlarida keltirilgan.
Muammoni o'rganilish darajasi yangi tug'ulgan yosh hayvonlarni saqlash, parvarishlash va ularni kasalliklarini tashxislashda V.A.Alikaev, I.G.Sharabrin kabi olimlar hamda yosh hayvonlardagi moddalar almashinuvi, mikroelementozlar va gipovitaminozlar kelib chiqish sabablari, oqibatlari hamda ularni samarali davolash va oldini olish usullari bo'yicha N.N.Isamov, X.Z.Ibragimov, M.S.Xabiyev, R.X.Xayitov, P.B.Babayev, M.B.Safarov, Q.N.Norboyev, B.B.Bakirov, B.M.Eshbo'riyev, A.J.Raxmonov, A.O.Raxmonov kabi bir qator olimlar o'z ilmiy izlanishlarni olib borgan.
Biz tavsiya etadigan preparat ya'ni ozuqaviy qo'shimcha ham buzoqlar o'sish rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Nafaqat buzoqlar, toylar, qo'zilar, cho'chqa bolalari o'sish va rivojlanishiga, hayvon rezistentligiga ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, 5-6 oylik buzoqlar va 2-3 oylik qorako'l qo'zilariga qo'llanilganda ham juda yaxshi natija beradi.
Ushbu preparat Koreyaning Woogene B&G kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Superamino-C
Superamino-C preparati tarkibida
№ 1 m l suyuq S up er am i n o - C tarkibida
Biologik aktiv modda Miqdori
1 L-Valin 1,36mg
2 L-Leysin 1,87mg
3 L-Izoleysin 0,85mg
4 Arginin gidroxlorid 0,85mg
5 Gistidin gidroxlorid 0,6mg
6 L-metionin 0,51mg
7 L-fenilalanin 1,19mg
8 L-treonin 0,78mg
9 L-triptofan 0,34mg
10 Lizingidroxlorid 1,7mg
11 Sistein gidroxlorid 0,85mg
12 Vitamin B1 0,1mg
13 Riboflavin B2 0,04mg
14 Kalsiy pantotenat 0,5mg
15 Niasinamid 1,5mg
16 Vitamin B6 0,1mg
17 Vitamin B12 0,05mg
18 Natriy asetat 2,5mg
19 Kalsiy xlorid digidrat 1,5mg
20 Kaliy xlorid 2mg
21 Magniy sulfat pentagidrat 2mg
22 Dekstroza monogidrat 0,5mg
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
23 Metil poraben 1,8mg Dori shakli: inyeksiya uchun eritma.
24 Distillangan suv Do Preparat och sariqdan sariq ranggacha bo'lgan
25 Propil poraben 0,2mg suyuqlik. Farmakologik xususiyatlari: kuchsiz
hayvonl arni tezroq tuzalishi uchun glyukozaning yuqori konsentratsiya kompleks B guruh va C
vitaminlar, aminokislotalar, dekstroza hamda elektrolitlardan iborat ozuqaviy qo'shimcha, preparat tarkibiga kiradigan vitaminlar metabolitik jarayonlarning katalizatorlari hisoblanadi. Aminokislotalar to'qima oqsillari, fermentlar, peptidlar, garmonlar mineral tuzlar va boshqa biologik faol birikmalarning tarkibiy birliklari kiradi.
Elektrolitlar to'qimalarda suv-elektrolitlari muvozanatini normallashtiradi. Hayvonlar va qushlarning tanasiga kirganda preparat metabolitik jarayonlarni yaxshilaydi, vitamin aminokislotalar va elektrolitlar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini oladi. Superamino-C metabolitik kasalliklarning oldini olish va davolashi tufayli vitaminlar, aminokislotalar va elektrolitlarga bo'lgan ehtiyoj ortib ketganda, gipovitaminoz va avitaminoz kabi kasalliklarda homiladorlik davrida (faqat ikkinchi yarmida), laktatsiya davrida, reproduktiv funksiyani buzilishida, hayvonlarni tashishda stresslarga qarshi vosita diyetaterapiya hamda ratsion almashtirilganda, o'sishning kechikishi va kuchli oriqlash kaxeksiya hamda quvvatsizlikda, yuqumli va invazion kasalliklarda rezistentlikni oshirish uchun (yordamchi sifatida), veterinariya tadbirlarida, profilaktik emlash va degelmintizatsiya tadbirlari, jarrohlik operatsiya yoki shikastlanishlar hamda yallig'lanishlardan keyin organizmni tiklovchi ta'sirga ega preparat hisoblanadi. Qo'shimcha ravishda stress omillarning salbiy ta'sirini kamaytiradi, mahsuldorlik ko'rsatkichlarini oshiradi.
Preparatning embriotoksik, teratogen, mutagen, va konserogen ta'siri mavjud emas. Kumulyativ (organizmda to'planib qolish) xususiyati yo'q. Preparatni holdan toygan, nimjon, kuchsiz va jismonan yomon holatdagi hayvonlarga davolash maqsadida hamda qoramol, cho'chqa, ot, qo'y va ularning bolalariga o'sish yoshidagi boshqa hayvonlarga profilaktik ya'ni yosh hayvonlarni o'sish va rivojlanishini rag'batlantirish maqsadida tomir ichiga, muskul ichiga, teri ostiga va qorin bo'shlig'i kabi qismlarga 2ml miqdorda har 10 kg tana vazniga va hayvonning yoshiga, jinsiga, mahsuldorligiga hamda kasallik holatiga qarab kuniga 1-2 marta qo'llaniladi.Superamino-C dan foydalanish paytida va undan keyin go'sht uchun hayvonlarni so'yish, go'sht va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatishga cheklovlarsiz ruxsat etiladi. Hayvonlardagi mahsuldorlik ko'rsatkichi vaznining ortishi, hayvon ishtahasi oshishi, jun qoplamini o'zgarishi bilan xarakterlanadigan ko'rsatkichlari va qon tahlillari orqali o'rganildi
Buzoqlarda preparat 3 oy davomida guruhli shaklda qo'llandi
№ Tajriba guruhi Nazorat guruhi
1 I-oylik II-oylik III-oylik I-oylik II-oylik III-
oylik
4x10ml 4x10ml 4x10ml Ozuqa Ozuqa Ozuqa
2 preparat preparat preparat sut+granula sut+granula sut+gr
sut+granula sut+granula sut+granula anula
Superamino-C vitaminli ozuqa qo'shimchasini tajriba guruhidagi buzoqlarga 3oy davomida sut+granula bilan birgalikda haftasiga10ml miqdorda 4x10ml miqdorda berib borildi. Nazorat uchun olingan buzoqlar guruhiga 3oy davomida faqat sut+granula berib borildi har oyda ularni tana vazni, qonining gematologik tahlillari olib borildi. Natijada buzoqlar jun qoplamidagi,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
ishtahasida hamda tana vaznining ortishiga erishildi. Tadqiqotlarni Jizzax viloyati Paxtakor tumani Gulxayo guldastasi fermer xo'jaligida olib bordik. Ushbu fermer xo'jaligida asosan Golshteyn zotli sut yo'nalishidagi sigirlar saqlanadi va mahsulot olinadi.
Superamino-C preparat qo'llangan tajriba guruhi buzoqlarning 1, 2, 3-oylikdagi qonining gematologik tahlillari
№ Gematologik ko'rsatkichlar Me'yorlari 1-oylik 2-oylik 3-oylik Me'yorga nisbatan (%)
1 Eritrotsit x1012g/l 8x1012g/l 7.3 7.7 8.48 +106%
2 Leykotsit x109g/l 9x109g/l 9.3 9.5 9.8 +108.8%
3 Trombotsit x1011/l 5x1011g/l 5.1 5.3 5.6 +112%
4 Umumiy oqsil x10g/l 6x10g/l 6.4 6.6 6.9 +115%
5 Gemoglobin x10g/l 12x10g/l 12.4 12.8 13.3 +110%
6 ALT p/l 23^/1 23.2 24.3 25 +108.7%
7 AST \i/l 70^/1 73.3 75.4 76.8 +109.7%
8 Bilirubin mmol/L 2.5mmol/l 2.6 2.72 2.84 +113.6%
Yuqoridagi tahlilda BIO BASE va Mindray-5000 apparatlarida qonning shaklli elementlari, umumiy oqsil, gemoglobin, bilirubin, hamda jigar fermentlari ALT, AST, miqdorini me'yoriga nisbatan 15% oshganini ko'rish mumkin bu esa buzoqlarda fiziologik jarayonlari me'yorida ekanligi, o'sish faktorlari ko'tarilayotganligini xulosa qilish mumkin.
Superamino-C preparat qo'llangan buzoqlarning 1, 2, 3-oylikdagi tana vazn ortishi ko'rsatkichlari
№ Tajriba guruhi Nazorat guruhi
1 I-oylik II-oylik III-oylik I-oylik II-oylik III-oylik
2 Dastlabki (kg) 45kg 55.4kg 69.5kg 42kg 48kg 56kg
3 Tekshirishdan so ng (kg) 54kg 69.2kg 90kg 47.4kg 55.2kg 67.2kg
4 Dastlabki ko'rsatkichga qaraganda o'sish kg/(%) +120% +125% +129% +113% +115% +120%
Buzoqlarning tana vaznini tarozida tortish hamda eksteryer va interyer ishtahasi, teri qoplamasini o'zgarishi kabi metrologik ko'rsatkichlariga qarab o'sishi kuzatib bordik. Buzoqlarning o'sishi yuqoridagi jadvaldagi ma'lumotlar asosida tajriba guruhida 10ml dan haftasiga qo'llanganda buzoqlarning dastlabki oyning boshidagi vazniga nisbatan 1-oyda 20% ga, 2-oyda 25% ga, 3-oyda 29% ga oshganini hamda nazorat guruhi buzoqlarining tana vaznini dastlabki oyning boshidagi vazniga nisbatan 1-oyda 13% ga, 2-oyda 15% ga, 3-oyda 20% ga oshganini ko'rishimiz mumkin.
Xulosa O'sish yoshidagi 1,2,3 oylik buzoqlarga 7 kun oralig'ida 3 oy davomida 10ml dozada berilgan Superamino-C vitaminli ozuqaviy qo'shimchasi, ularning o'sishi va rivojlanishiga, tana vaznining ortishi, turli kasalliklarga nisbatan rezistentligini kuchayishiga ijobiy ta'sir etishi va preparatning yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
REFERENCES
1. Salimov Yu. "Veterinariya farmakologiyasi". O'quv qo'llanma. Noshir nashriyoti. Toshkent. 2019 yil.
2. Salimov Yu, Xoliqov A.A, Farmonov N.O, "Veterinariya farmakologiyasi" fanidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari uchun o'quv qo'llanma. Papirus-Samarqand nashriyoti. Samarqand 2021 yil
3. Машковский М.Д. Лекарственние средства. Справочник. Колос. Москва. 1998 год.
4. Соколов В.Д. "Фармакология". Учебник. Агропомиздат. Москва.. 2010 год.
5. Смолин С.Г., Физиология системы крови: метод. указания / Краснояр. гос. аграр. ун-т. - Красноярск, 2014. - 50 с.
6. Косилов В.И., Джалов А.Г., Никонова Е.А., ФГБОУ ВО Оренбургский ГАУ Морфологические и биохимические показатели крови тёлок чёрно-пёстрой породы и её помесей
7. Хвостова О.В. Биохимические показатели крови при различных
8. функциональных состояниях печени у крупного рогатого скота
9. Абрашова Т.В., Гущин Я.А., Ковалева М.А., Рыбакова А.В., Селезнева А.И., Соколова А.П., Ходько С.В. Справочник. Физиологические, биохимические и биометрические показатели нормы экспериментальных животных. СПБ.: Изд-во «ЛЕМА», 2013.- 116 с.
10. Maxkamov S.N. va boshqalar. "Tayyor dorilar texnologiyasi". O'quv qo'llanma. Tib-kitob nashriyoti. Toshkent. 1996 yil.
11. www.ziyonet.uz
12. www.veterinary.ru
13. www.gnkc.uz