Научная статья на тему 'CH* VITASAL PREPARATINI BUZOQLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI'

CH* VITASAL PREPARATINI BUZOQLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
vitamin / ozuqa / stimulyator / sianokobalamin / butafosfan / o‘sish / biogen / gipovitaminoz / stress / rezistentlik / mutagen / oqsil.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — H.R Zarifov, M.A Aslonova, F.F Mixliyeva, T G‘ Xoshimov, N.J Turaboyev

Ushbu maqolada vitaminli Ch*-Vitasal preparatini buzoqlarning o‘sish va rivojlanishiga stimulyator ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CH* VITASAL PREPARATINI BUZOQLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK:619:636.31:615

CH* VITASAL PREPARATINI BUZOQLARNING O'SISH VA

RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

1H.R Zarifov, 2M.A Aslonova 3F.F Mixliyeva, 4T.G' Xoshimov, 5N.J Turaboyev

1,2mustaqil tadqiqotchi, 3'4talaba, 5v.f.n., dotsent. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.13859347

Annotatsiya. Ushbu maqolada vitaminli Ch*-Vitasalpreparatini buzoqlarning o'sish va rivojlanishiga stimulyator ta'siri to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: vitamin, ozuqa, stimulyator, sianokobalamin, butafosfan, o'sish, biogen, gipovitaminoz, stress, rezistentlik, mutagen, oqsil.

Аннотация. В данной статье представлена информация о стимулирующем влиянии витамина Ч*-Витасал на рост и развитие телят.

Ключевые слова: витамин, питательное вещество, стимулятор, цианокобаламин, бутафосфан, рост, биогенный, гиповитаминоз, стресс, резистентность, мутаген, белок.

Abstract. This article provides information on the stimulating effect of vitamin Ch*-Vitasal on the growth and development of calves.

Keywords: vitamin, nutrient, stimulant, cyanocobalamin, butaphosphan, growth, biogenic, hypovitaminosis, stress, resistance, mutagen, protein.

Mavzuning dolzarbligi shundaki bugungi kunda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ya'ni sut va go'sht hamda ularni qayta ishlash orqali tayyorlangan mahsulotlari bilan aholining iste'mol talabi qondiriladi. Biz veterinar hamda chorvadorlar ushbu iste'mol talabini qondirish uchun eng avvalo hayvon bosh sonini va uning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ko'lamini kengaytirish hamda ularni saqlash, parvarish qilish jarayonida ya'ni ratsion tarkibiga turli boyitilgan ozuqa qo'shimchalari, probiotiklar va turli stimulyator vitamin preparatlarni kiritish lozim bo'lsa, biz tadqiqot olib borayotgan Ch*-vitasal preparati ham biogen stimulyator ya'ni hayvon fiziologik jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan dori moddalar guruhiga kiradi. Modomiki shu va boshqa preparatlarni qo'llar ekanmiz ularni organizmda uzoq to'planib qolishi (kumilyatsiya) tufayli oziq-ovqat mahsulotining biologik xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor berish lozim bo'lgan jihat hisoblanadi.

Yuqoridagi ma'lumotlar Respublikamiz chorvachilik sohasida yuritilayotgan siyosat naqadar to'g'ri va o'rinli ekanligi davlatimiz rahbari hamda turli mutasaddi vazirlik va tashkilotlarning qonun qarorlarida hamda qator dastur va loyihalarida ham o'z aksini topadi.

Xususan O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan "Veterinariya to'g'risida"gi qonunining 4-bob 18-19-moddalarida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarorida "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish, kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-sonli qarorida "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-121-sonli qarorida "Chorvachilikni yanada rivojlantirish hamda chorva

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

ozuqa bazasini mustahkamlash, chorvachilik mahsulotlarini ko'paytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari bandlarida keltirilgan.

Mavzuni dolzarbligi uning o'rganilish darajasi bilan bog'liq holda yangi tug'ulgan yosh hayvonlarni saqlash, parvarishlash va ularni kasalliklarini tashxislashda V.A.Alikaev, I.G.Sharabrin kabi olimlar hamda yosh hayvonlardagi moddalar almashinuvi, mikroelementozlar va gipovitaminozlar kelib chiqish sabablari, oqibatlari hamda ularni samarali davolash va oldini olish usullari bo'yicha N.N.Isamov, X.Z.Ibragimov, M.S.Xabiyev, R.X.Xayitov, P.B.Babayev, M.B.Safarov, Q.N.Norboyev, B.B.Bakirov, B.M.Eshbo'riyev, A.J.Raxmonov, A.O.Raxmonov kabi bir qator olimlar o'z ilmiy izlanishlarni olib borgan.

Biz tavsiya etadigan Ch*-vitasal preparati buzoqlar o'sish rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Nafaqat buzoqlar, toylar, qo'zilar, cho'chqa bolalari o'sish va rivojlanishiga, hayvon rezistentligiga ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, 5-6 oylik buzoqlar va 2-3 oylik qorako'l qo'zilariga qo'llanilganda ham juda yaxshi natija beradi.

Ushbu preparat Xitoyning Shandong Unovet Pharmaceutical Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma.

Ch*-Vitasal preparati tarkibida Ch*-Vitasal

№ 1 ml suyuq Ch*-Vitas al prep arati tarkibida

Biologik aktiv modda Miqdori

1 Butafosfan 100 mg

2 B12 50 mg

Preparat och sariqdan sariq ranggacha bo'lgan suyuqlik.

Butafosfan - bu fosforning inyeksion manbayi sifatida hayvonlarda ishlatiladigan fosfororganik birikma. U energiya almashinuvida ishtirok etadi, qon zardobidagi fosfor darajasini to'ldirishga va jigar faoliyatini saqlashga yordam beradi, shuningdek, charchagan silliq va yurak mushaklarini rag'batlantiradi. Butafosfanning juda past toksikligi uning farmakologik emas, balki fiziologik ta'siriga bog'liq.

Sianokobalamin - deyarli barcha metabolik jarayonlarda, ayniqsa qizil qon hujayralari eritrotsitlar shakllanishida faol ishtirok etadi va oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvini rag'batlantiradi.

Farmakokinetikasi Plazma oqsillari bilan 90% gacha bog'lanadi. Teri ostiga va mushak ichiga yuborishdan keyin maksimal kontsentratsiyasi -1 soatdan keyin namoyon bo'ladi. Jigardan safro bilan ichakka chiqariladi va qonga qayta so'riladi qayta so'rilgan qism ter va siydik bilan ichakdagi qismi tezak bilan chiqariladi.

Farmakologik xususiyatlari: kuchsiz hayvonlarni tezroq tuzalishi uchun preparat tarkibiga kiradigan vitaminlar metabolitik jarayonlarning katalizatorlari hisoblanadi. Hayvonlar va qushlarning tanasiga kirganda preparat metabolitik jarayonlarni yaxshilaydi, vitamin aminokislotalar va elektrolitlar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini oladi. Ch*-Vitasal metabolitik kasalliklarning oldini olish va davolashi tufayli vitaminlar, aminokislotalar va elektrolitlarga bo'lgan ehtiyoj ortib ketganda, gipovitaminoz va avitaminoz kabi kasalliklarda homiladorlik davrining (faqat ikkinchi yarmida), laktatsiya

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

davrida, reproduktiv funksiyani buzilishida, hayvonlarni tashishda stresslarga qarshi vosita diyetaterapiya hamda ratsion almashtirilganda, o'sishning kechikishi va kuchli oriqlash kaxeksiya hamda quvvatsizlikda, yuqumli va invazion kasalliklarda rezistentlikni oshirish uchun (yordamchi sifatida), veterinariya tadbirlarida, profilaktik emlash va degelmintizatsiya tadbirlari, jarrohlik operatsiya yoki shikastlanishlar hamda yallig'lanishlardan keyin organizmni tiklovchi ta'sirga ega preparat hisoblanadi. Qo'shimcha ravishda stress omillarning salbiy ta'sirini kamaytiradi, mahsuldorlik ko'rsatkichlarini oshiradi. Noto'g'ri ovqatlanish, noto'g'ri parvarish qilish yoki turli kasallik natijasida kelib chiqqan o'tkir yoki surunkali metabolizm kasalliklari (masalan, yosh hayvonlarda parvarishlashning buzilishi tufayli kelib chiqadigan gipovitaminozlar va metabolitik kasalliklar, sigirlarda ikkinchi darajali ketoz. Preparat bepushtlik hamda impotensiyalarda ishlatilishi mumkin va tug'ruqdan keyingi kasalliklarda shuningdek, bepushtlikni davolashda yordamchi vosita sifatida qo'llaniladi. Stress, ortiqcha ishlatish oqibatida charchash, rezistentlik pasayganda, preparat kuch beradi va zaiflik, ikkilamchi kamqonlikda umumiy organizmni mustahkamlovchi ta'siri mavjud bo'lib, bundan tashqari u mushaklarning fiziologik holatini saqlashga yordam beradi va bepushtlik, tetaniya va parezlarni davolashda kalsiy-magniy terapiyasi bilan birgalikda qo'llaniladi. Preparatni holdan toygan, nimjon, kuchsiz va jismonan yomon holatdagi hayvonlarga davolash maqsadida hamda qoramol, cho'chqa, ot, qo'y va ularning bolalariga o'sish yoshidagi boshqa hayvonlarga profilaktik ya'ni yosh hayvonlarni o'sish va rivojlanishini rag'batlantirish maqsadida tomir ichiga, muskul ichiga, teri ostiga va qorin bo'shlig'i kabi qismlarga 1ml miqdorda har 20 kg tana vazniga va hayvonning yoshiga, jinsiga, mahsuldorligiga hamda kasallik holatiga qarab kuniga 1-2 marta qo'llaniladi.Ch*-Vitasal preparatidan foydalanish paytida va undan keyin go'sht uchun hayvonlarni so'yish, go'sht va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatishga cheklovlarsiz ruxsat etiladi.

Doza:

Vena ichiga, mushak ichiga yoki teri ostiga.

Otlar, qoramollar: 5-25 ml.

Buzoqlar, quyonlar: 5-12 ml.

Echkilar, qo'ylar: 2,5-5 ml.

Qo'zilar: 1,5-2,5 ml.

Cho'chqalar: 2,5-10 ml.

Cho'chqalar: 1-2,5 ml.

Itlar, mushuklar: 0,5-5 ml.

Qushlar: 1 ml.

Dorining chiqib ketish vaqti

Go'sht: 0 kun.

Sut: 0 kun.

Tuzilishi siyanokobalamin (Co-a-[a-(5,6-dimetil-benzimidazolil)]-C63H89O14N14PCo), unda CN kobalt bilan bog'lanadi guruh, tirik organizmlardan sun'iy ajratish natijasida sintez qilingan yoki hosil bo'lgan eng barqaror birikma, tabiiy sharoitda uchramaydi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Sianokobalaminning fazoviy tuzilishi, belgilangan: yashil kobalt, to'q sariq fosfor, ko'k binafsha azot, kulrang uglerod, korrin halqasini hosil qiluvchi pushti uglerod, qizil kisloroddan iborat.

Preparatning embriotoksik, teratogen, mutagen, va konserogen ta'siri mavjud emas. Kumulyativ (organizmda to'planib qolish) xususiyati yo'q.

Hayvonlardagi mahsuldorlik ko'rsatkichi vaznining ortishi, hayvon ishtahasi oshishi, jun qoplamini o'zgarishi bilan xarakterlanadigan ko'rsatkichlari va qon tahlillari orqali o'rganildi.

Buzoqlarda preparat 3 oy davomida guruhli shaklda qo'llandi

№ Tajriba guruhi Nazorat guruhi

1 I-oylik II-oylik III-oylik I-oylik II-oylik III-oylik

4x5ml 4x5ml 4x5ml Ozuqa Ozuqa Ozuqa

2 preparat preparat preparat sut+granula sut+granula sut+granula

sut+granula sut+granula sut+granula

Ch*-Vitasal preparati tajriba guruhidagi buzoqlarga 3 oy davomida sut+granula bilan birgalikda haftasiga 5ml miqdorda 4x5ml miqdorda inyeksiya qilib borildi. Nazorat uchun olingan buzoqlar guruhiga 3 oy davomida faqat sut+granula berib borildi har oyda ularni tana vazni, qonining gematologik tahlillari olib borildi. Natijada buzoqlar jun qoplamidagi, ishtahasida hamda tana vaznining ortishiga erishildi. Tadqiqotlarni Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani Jamol ota fermer xo'jaligida olib bordik. Ushbu fermer xo'jaligida asosan Golshteyn zotli sut yo'nalishidagi sigirlar saqlanadi va mahsulot olinadi.

Ch*-Vitasal preparat qo'llangan tajriba guruhi buzoqlarning 1, 2, 3-oylikdagi qonining gematologik tahlillari

№ Gematologik ko'rsatkichlar Me'yorlari 1-oylik 2-oylik 3-oylik Me'yorga nisbatan (%)

1 Eritrotsit x1012g/l 8x1012g/l 7.3 7.5 8.4 +105%

2 Leykotsit x109g/l 9x109g/l 9.2 9.4 9.5 +105.5%

3 Trombotsit x1011/l 5x1011g/l 5.1 5.2 5.4 +108%

4 Umumiy oqsil x10g/l 6x10g/l 6.0 6.4 6.8 +113%

5 Gemoglobin x10g/l 12x10g/l 12 12.2 13.0 +108%

6 ALT ß/l 23^/1 22.8 23.3 25 +108.7%

7 AST [i/l 70^/1 73.3 76 76.8 +109.7%

8 Bilirubin mmol/L 2.5mmol/l 2.56 2.6 2.8 +112%

Yuqoridagi tahlilda qonning shaklli elementlari, umumiy oqsi l, gemoglo bin, bilirubin,

hamda jigar fermentlari ALT, AST, miqdorini me'yoriga nisbatan 13% oshganini ko'rish mumkin bu esa buzoqlarda fiziologik jarayonlari me'yorida ekanligi, o'sish faktorlari ko'tarilayotganligini xulosa qilish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Ch*-Vitasal preparat qo'llangan buzoqlarning 1, 2, 3-oylikdagi tana vazn ortishi ko'rsatkichlari

№ Tajriba guruhi Nazorat guruhi

1 I-oylik II-oylik III-oylik I-oylik II-oylik III-oylik

2 Dastlabki (kg) 45kg 55.8kg 69kg 42kg 49.6kg 58.3kg

3 Tekshirishdan so ng (kg) 55kg 68.5kg 87kg 49.2kg 59kg 72kg

4 Dastlabki ko'rsatkichga qaraganda o'sish kg/(%) +122% +123% +126% +117% +118% +123%

Buzoqlarning tana vaznini o'sishi yuqoridagi jadvaldagi ma'lumotlar asosida tajriba guruhida 5ml dan haftasiga qo'llanganda buzoqlarning dastlabki oyning boshidagi vazniga nisbatan 1-oyda 22% ga, 2-oyda 23% ga, 3-oyda 26% ga oshganini hamda nazorat guruhi buzoqlarining tana vaznini dastlabki oyning boshidagi vazniga nisbatan 1-oyda 17% ga, 2-oyda 18% ga, 3-oyda 23% ga oshganini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa: O'sish yoshidagi 1,2,3 oylik buzoqlarga hafta oralig'ida 1 marta oyiga 4 marta 3 oy davomida 5ml dozada berilgan Ch*-Vitasal preparati buzoqlarning o'sishi va rivojlanishiga, tana vaznining ortishi, turli kasalliklarga nisbatan rezistentligini kuchayishiga ijobiy ta'sir etishi va preparatning yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Salimov Yu. "Veterinariya farmakologiyasi". O'quv qo'llanma. Noshir nashriyoti. Toshkent. 2019 yil.

2. Salimov Yu, Xoliqov A.A, Farmonov N.O, "Veterinariya farmakologiyasi" fanidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari uchun o'quv qo'llanma. Papirus-Samarqand nashriyoti. Samarqand 2021 yil

3. Машковский М.Д. Лекарственние средства. Справочник. Колос. Москва. 1998 год.

4. Соколов В.Д. "Фармакология". Учебник. Агропомиздат. Москва.. 2010 год.

5. Смолин С.Г., Физиология системы крови: метод. указания / Краснояр. гос. аграр. ун-т. - Красноярск, 2014. - 50 с.

6. Косилов В.И., Джалов А.Г., Никонова Е.А., ФГБОУ ВО Оренбургский ГАУ Морфологические и биохимические показатели крови тёлок чёрно-пёстрой породы и её помесей

7. Хвостова О.В. Биохимические показатели крови при различных функциональных состояниях печени у крупного рогатого скота

8. Абрашова Т.В., Гущин Я.А., Ковалева М.А., Рыбакова А.В., Селезнева А.И., Соколова А.П., Ходько С.В. Справочник. Физиологические, биохимические и биометрические показатели нормы экспериментальных животных. СПБ.: Изд-во «ЛЕМА», 2013.- 116 с.

9. Maxkamov S.N. va boshqalar. "Tayyor dorilar texnologiyasi". O'quv qo'llanma. Tib-kitob nashriyoti. Toshkent. 1996 yil.

10. www.ziyonet.uz

11. www.veterinary.ru

12. www.gnkc.uz

13. www.stat.uz

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.