QORAMOLLARDA LTF-130 VAKSINANI DOZALARDA QO'LLASH Usmonova Xadicha Jo'rayevna
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8368066
Annotatsiya. Maqolada trixofitiya bilan kasallangan buzoqlarni davolashda, LTF-130 vaksinasini aniq dozada eritish va buzoqlarning yoshiga qarab dozalarni qo'llash maqsad qilingan.
Аннотация. В статье поставлена цель растворить вакцину ЛТФ-139 в определенной дозе и использовать бозо в зависимости от возраста телят при лечении телят, зараженных трихофитией.
Ключевые слова: Вакцина, грибок, КРС, скот, дезинсекция, корма.
Abstract. In the state postavlena cel rastvorit vacuum LTF-139 in a defined dose and use it in the calf of the old age of the calf, infected with trichophytosis.
Keywords: Vaccine, fungus, cattle, livestock, pest control, feed.
Kirish: Chorvachilikni rivojlantirish, sifatli, arzon go'sht va sut maxsulotlarini yetishtirish uchun mollarni asrash, parvarishlash, naslini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, ular orasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish zarur. Aholi va shaxsiy fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirish hamda rivojlantirishning ayni damlarida, chorvachilik xo'jaliklarida uchrab turadigan hayvonlarning dermatomikozlari muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa trixofitiya kasalligi O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida keng tarqalgan va xo'jaliklarida katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Kasallikni oldini olish va samarali davolash yo'lida A.P.Kashkin va Yu.N.Voevodin keratinning yo'q qilinishini aniqladilar. Teri va uning hosilalari boy bo'lgan, bilan dermatofitlar tomonidan amalga oshiriladi gidrolitik fermentlarning yordami, ular orasida eng aniq ta'sir nafaqat keratinni, balki oqsillarni ham parchalaydigan oqsillar tomonidan amalga oshiriladi; boshqa inson va hayvonlar to'qimalarida topilgan. Makroorganizmda parazitlik qiladigan va sun'iy oziq muhitida o'sadigan dermatofitlar turli morfologiyaga ega. Soch va terida ular bir hil, septatli, zaif tarvaqaylab ketgan, artrosporalar zanjiriga ajraladigan mitseliy shaklida namoyon bo'ladi. Sochlar ektoendotrix turlaridan ta'sirlanadi. Madaniyatlarda dermatofitlarning vegetativ tanasi mikrokonidiya (aleuriya) va kamroq tez-tez makrokonidiya joylashgan septa shoxlangan mitseliy bilan ifodalanadi. T. verrucosum - sekin o'sadigan qo'ziqorin. Oziqlantiruvchi muhitda o'sish 10-20, ba'zan esa 30-kunlarda sezila boshlaydi. Koloniyalar terisimon, bo'g'inli, buklangan, ba'zan periferik shilimshiq zonaga ega, ozuqaviy substratga mahkam o'sgan, kulrang-oq rangga ega. Keyingi avlodlarda (qayta ekish) dermatofit tezroq rivojlana boshlaydi va madaniy xususiyatlarning sezilarli o'zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.
Mavzuning dolzarbligi. Chorvachilikni hozirgi zamon talablari asosida rivojlantirish aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini yanada yaxяshiroq qondirish, go'sht, sut kabi chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish ko'p jihatdan hayvonlarda uchraydigan Trichopheton verrcosum zamburug' kasalliklarini oldini olishga bog'liq. Keyingi vaqtlarda dermatofitoz zamburug'lari orqali kelib chiqishi, turli fermer xo'jaliklari va aholi chorva xo'jaliklarida trixofitiya kasalligining kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Zamburug' kasalliklar bo'yicha, veterinariya jihatidan sog'lomligini ta'minlash yirik shohli hayvonlarda Trichophyton verrcosum zamburug' bilan zararlanishini oldini olish maqsadida TF-130 LVGNKI vaksinasini qo'llash asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Qish mavsumida ko'p uchrashining sababi, yetarli miqdorda ko'k massali va berilayotgan oziqa ratsionida A, D3, E, B vitaminlar yetarli bo'lmaganligi, hayvonlarning qish mavsumida
tig'iz joylashuvi, bundan tashqari dezinfiksiya, dizinseksiya va dezinakaratsiya tadbirlari vaqtida o'tkazilmasligi, bu esa molxonalaming qo'zg'atuvchi sporasi bilan zararlanishiga sabab bo'lmoqda.
Ilmiy manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, keyingi vaqtlarda respublikamiz qoramolchilik xo'jaliklari, shu jumladan aholi chorva mollari shaxsiy fermer xo'jaliklari sharoitida buzoqlarning zamburug' kasalliklarining turlari, sabablari, oldini olish usullari, yetarlicha o'rganilmagan. Qishloq xo'jalik chorva mollariga 1- ozuqa bazasini to'g'ri va sifatli tashkil qilish sifatli ozuqa bazasini yaratish, bunga pichanni vaqtida o'rish, kuchli ozuqalarni kemiruvchilardan himoya qilish.
Saqlash: qishloq xo'jalik hayvonlarning molxonalarini toza sifatli saqlash ozuqalarni oxirlarda berish. Hayvonlarning quruq namlikdan saqlangan holda boqish, ( mollarni tagini pishiq g'isht, yog'och pol, qishloq xo'jalik tabiy maxsulotlaridan pollar qilish), oxirlar biton yoki temir, yog'och oxirlarda saqlash ya'ni siydik va go'nglarni o'z vaqtida tozalab turish. Molxonalar devorlari shuvoq qilingan va mis kuporasini ohakdagi aralashmasi bilan oqlangan bo'lishi kerak.Makro va mikro elementlar yetishmasligi: makro elementlar kal'siy, natriy, kaliy, temir, mikro elementlar - yod, rux, kobalt, magniy va barcha vitaminlar guruppasi va amino kislotalar bilan oqsillar. Bular ikki xil bo'ladi, almashib bo'ladigan 10 xil, almashib bo'lmaydigan amina kislotalar 10 xil.
1-2 rasmlarda Trixofitiya bilan zararlangan buzoqlarning tashqi klinik belgilari.
Tadqiqotlar obekti va uslublari. Ilmiy tadqiqot ishlari Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Mirishkor qishlog'i, Samarqand viloyati Pasd-darg'om tumani aholi chorva xo'jaliklari, Samarqand viloyat Samarqand tuman Yuqori Qaynama qishlog'i, Dilshod Rustam dalasi fermer xo'jaliklari sharoitida va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va virusologiya laboratoriyasida o'tkazildi.
Yuqimli trixofitiya bilan zararlangan buzoqlarda LTF-130 LVGNKI vaksinani dozada o'rganish maqsadida 12-oylikgacha bo'lgan buzoqlar tajriba uchun ajratib olindi. Buzoqlarning saqlash va oziqlantirish sharoitlari tahlil qilinib, ularning ratsioni tarkibi va to'yimliyligi bir xil tashkil qilindi. Buzoqlarda trixofitiya kasalliklarining uchrash darajasi o'rganildi.
Tadqiqot uslublari. Ba'zi hollarda qoramollarda trixofitiya asosiy sababchi emas, ikkilamchi omil bo'lib, boshqa kasallik tufayli organizm zaiflashib trixofitiya qo'zg'atuvchisiga qarshi himoyasiz qoladi. Bunda ivermektin preparatini asosiy kasallikka qarshi qo'llash terining holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ba'zida esa trixofitiyada qo'zg'atuvchi tanani zaiflashtiradi va kanalar, qattiq qanotli hasharotlar (burga, bit va h.k.), yumaloq parazit qurtlarning hujumiga moyil bo'ladi. Bunday holda ivermektin preparati qo'shimcha patologiyani yo'q qiladi va trixofitiyaning qechishiniy engillashtiradi. Qoramol giperdermatozida teri ostidan chiqishga harakat qilayotgan lichinkasi chiqish joyi atrofida yallig'lanishni paydo qiladi. Shu joy zamburug' bilanzararlanadi. Hozirgi vaqtda trixofitonlarning qator turlari ma'lum. Buzoq va qo'zilarda Tr.faviforme (sin. Tr.verrucosum), otlarda Tr.equinum, kemiruvchilarda Tr. gupseum, parrandalarda Tr.gallinaye va hokazo.
Olingan natijalar tahlili. Tajriba uchun har birida 3 boshdan bir yoshgacha bo'lgan trixofitiya bilan zararlangan uchta guruh buzoqlar tanlab olindi. Tajriba uchun buzoqlarning yashash joylari va oziqa tarkibi bir xil tashkil etildi. LTF-130 L VGNKI10 doza 10 gr fiziologik eritma NaCl-09 foiz eritmasiga eritiladi va zararlangan chorva mollariga ikki marta 14-kun oralig'ida oyiga taqsimlab 1-4 gr muskul orasiga ineksiya qilinadi.
Buzoqlarda trixofitiya kasalligini davolashda LTF-130 LVGNKI vaksina doza qo'llash.
1-tajriba
Guruh Hayvon turi Soni Hayvonyoshi Doza ml TF-130 LVGNKI Natija
1 Buzoq 3 1-4 oy 2 ml LTF-130 VGNKI 100%
2 Buzoq 3 4-8 oy 3ml LTF-130 VGNKI 100%
3 Buzoq 3 8-12oy 4 ml LTF-130 VGNKI 100%
Xulosalar:- ushbu tajribada yosh buzoqlarni trixofitiya kasalligini davolash uchun LTF-130 vaksina 10 doza 10 gr fiziologik eritma NaCl-foiz eritmasiga eritiladi14 kunda 2 marta buzoq yoshiga qarab muskuliga ineksiya qilish kasallikni davolashga muddatini qisqarishiga olib keladi, hamda buzoqlarning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
-Trixofitiyani fasllarga, iqlim va xo'jalikning sanitariya sharoitlariga, chorvachilikni olib borish tuzilmalariga va boshqa ko'plab ekologik omillarga bog'liq holda har xil tarzda kechishi, ekto-endoparazitlarning qoramollar o'rtasida paydo bo'lishi, trixofitiyani birlamchi yoki ikkilamchi infeksiya sifatida vujudga kelishi aniqlandi.
-Patogenlarning ko'pligi va klinik ko'rinishlarning xilma-xilligi tufayli mikozlarning kimyoterapiyasi muammosida aniq qiyinchiliklar. Qo'ziqorin infektsiyalarini davolashdagi mavjud muvaffaqiyatsizliklar ushbu infektsiyalarni kompleks davolash bo'yicha tadqiqotlarning jadal rivojlanishini aniqladi, shu jumladan faqat sintetik dorilarning kombinatsiyalangan ta'sirini, ularning antifungal antibiotiklar va boshqa ta'sir yo'nalishidagi sintetik dorilar bilan kombinatsiyasini o'rganish. Kombinatsiyalangan terapiya holatida muhim vazifalar to'g'ridan-to'g'ri antifungal ta'sirni oshirish, kombinatsiyaning tarkibiy qismlaridan birining yanada maqbul farmakokinetik xususiyatlari tufayli terapevtik samaradorlikni oshirish va dori vositalariga qarshilik rivojlanishining oldini olishdir. Zamburug'lar uchun sotib olingan dori qarshiligi muammosi bakterial va virusli infektsiyalar uchun kimyoterapiya kabi jiddiy emas. Trixofitozning umumiy profilaktikasi fermer xo'jaliklarida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish, hayvonlarni saqlash uchun normal sharoitlarni yaratish, ularni to'liq ozuqa bilan ta'minlash, muntazam ravishda dezinfeksiya va deratizatsiya o'tkazishdan iborat.
Kasallikni davolashga muddatini qisqarishiga olib keladi, hamda qishloq xo'jalik chorva mollarni o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Qoramollarda trixofitiya kasalligini davolash uchun ushbu maz bilan kasallikni davolash jaroxat joyini tiklanish muddatini qisqartirishiga olib keladi, hamda chorvamollarni o'sish va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Davolash jarayonida chorvachilik fermasida balanslashtirilgan ratsion va mikro-iqlimsharoitlarinimeyorlashtirish muhim omillardan hisoblanadi.
REFERENCES
1. V.Nekachalov va bosh, T.Beznos va bosh, O.Vaiyanov A.Xolmi Dermatofitlar identifikasiyasida boshqa belgilar kompleksida ultra strukturalarini o'rganish 1963-19691971 yil
2. Бисол М.М. Проблемы иммунитета трихофитии крупного рогатого скота \\ Специалист селъского козяйства Ест.ССР.-1976.-№ С. 362-363.
3. Parmonov M.P., Saydaliyev D.I. Qo'ylar temiratki kasalligining qo'zg'atuvchisini va kultural xususiyatlarini aniqlash // Professor-o'qituvchilar va aspirantlarning 51-ilmiy hisobot konferentsiyasi ma'ruzalar mazmuni. -Samarqand, 1993
4. Qishloq xo'jalik hayvonlari temiratki (trixofitiya) kasalligining oldini olish va unga qarshi kurash tadbirlari to'g'risida yo'riqnoma-instruktsiya Toshkent. 1996
5. Parmonov M.P. va boshqalar Epizootologiya fanidan amaliy-laboratoriya mashg'ulotlari. Samarqand. 2007 y.
6. Пармонов М.П. Эпизоотология, клиника и диагностика трихофитии овец в промышленных комплексах \\ Труды ВИЕВ - 1987. - Т 65-С. 51-53.
7. X.S.Salimov va boshq. "Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasiga oid izohli lug'at va ma'lumotnoma" Toshkent 2013y.
8. Кашкин А.П., Воеводин Ю.В. Протеолитические ферменты Trichophyton mentagrophytes (Robin) Blanchard, штамм 69. - Ж. Микол. и фитопатол., т. 10, вып. 3,1976. С. с. 179-185.