Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(4/2), April, 2023
UDK:619:636.2:616.9:615.371:616.085.37
BUZOQLARDA TRIXOFITIYA KASALLIGINI DAVOLASHDA LTF-130 VAKSINANI DOZALARDA QO'LLASH
Magistrant Ibodullayev Hamza Ziyodullo o'g'li, Ilmiy rahbar v.f.n., Saruxanyan Garik Daniyelovich
Maqolada trixofitiya bilan kasallangan buzoqlarni davolashda, LTF-130 vaksinasini aniq dozada eritish va buzoqlarning yoshiga qarab dozalarni qo 'llash maqsad qilingan.
Kalit so'zlar.Vaksina, zamburug', yirik shoxli hayvon, chorva, dezinseksiya, ozuqa.
The article aims to dissolve the LTF-130 vaccine in a certain dose and use doses depending on the age of the calves in the treatment of calves infected with trichophytosis.
Key words: vaccine, fungus, cattle, livestock, pest control, feed.
Hozirgi kunga kelib Respublikamizda naslli qoramolchilikni rivojlantirishga talab kuchaymoqda. Bunga asosiy sabab, chet mamlakatlaridan keltirilayotgan qoramollarning nasldorligi hamda go'sht va sut mahsulotini yuqori ekanligidandir.
Ushbu mahsuldorlikni saqlab qolish ularni naslini ko'paytirish hamda mamlakatimizning turli viloyat va tumanlaridagi fermer xo'jalik hamda aholiga sifatli chorva mollar bilan ta'minlash maqsadga muvofiqdir.
Shu sabab chet mamlakatlardan keltirilayotgan naslli qoramollar 40 kun karantinda saqlanadi. Maqsad turli yuqumli kasalliklarni oldini olish uni boshqa viloyatlarga tarqalmaslikni oldi olinadi, shu bois zamburug' qo'zg'atuvchisi ham. Afsuski, ba'zi nasli xo'jaliklarda karantin qoidalariga rioya qilmasliklari sabab, turli yuqumli va trixofitiya kasalliklar ham avjiga chiqyapti. O'zbekiston sharoitidagi naslli qoramollarda trixofitiya (temiratki) kasalliklari bilan kasallanish holatlari o'tgan yillarga qaraganda kamaymoqda. Veterinariya amaliyotida shu paytgacha qoramollarda trixofitiya kasalligi bo'yicha viloyatlararo ilmiy xulosaga kelinmaganligini e'tiborga olgan holda tadqiqotlarimning asosiy maqsadi
Epizootologiya va infeksion kasalliklar kafedrasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
O'zbekiston sharoitida naslli xo'jaligi qoramollarda uchraydigan trixofitiya kasalligini epizootologiyasini o'rganishdan iborat bo'ldi.
MAVZUNING DOLZARBLIGI
Chorvachilikni hozirgi zamon talablari asosida rivojlantirish aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini yanada yaxshiroq qondirish, go'sht, sut kabi chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish ko'p jihatdan hayvonlarda uchraydigan Trichopheton verrcosum zamburug' kasalliklarini oldini olishga bog'liq. Keyingi vaqtlarda dermatofitoz zamburug'lari orqali kelib chiqishi, turli fermer xo'jaliklari va aholi chorva xo'jaliklarida trixofitiya kasalligining kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Zamburug' kasalliklar bo'yicha, veterinariya jihatidan sog'lomligini ta'minlash yirik shoxli hayvonlarda Trichophyton verrcosum zamburug' bilan zararlanishini oldini olish maqsadida LTF-130 LVGNKI vaksinasini qo'llash asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Qish mavsumida ko'p uchrashining sababi, yetarli miqdorda ko'k massali va berilayotgan oziqa ratsionida A, D3, E, vitaminlar yetarli bo'lmaganligi, hayvonlarning qish mavsumida tig'iz joylashuvi, bundan tashqari dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari vaqtida o'tkazilmasligi, bu esa molxonalarning qo'zg'atuvchi sporasi bilan zararlanishiga sabab bo'lmoqda.
Ilmiy manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, keyingi vaqtlarda Respublikamiz qoramolchilik xo'jaliklari sharoitida buzoqlarning zamburug' kasalliklarining turlari, sabablari, oldini olish usullari, yetarlicha o'rganilmagan.
Trixofitiya bilan zararlangan buzoqlar
TADQIQOTLAR OBYEKTI VA USLUBLARI
Ilmiy tadqiqot ishlari Surxondaryo viloyati Uzun tumani O'lanqul qishlog'i, Samarqand viloyati Past-darg'om tumani aholi chorva xo'jaliklari, Samarqand viloyat Samarqand tuman Yuqori Qaynama qishlog'i, Dilshod Rustam dalasi fermer
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023
xo'jaliklari sharoitida va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasida o'tkazildi.
Yuqumli trixofitiya bilan zararlangan buzoqlarda LTF-130 LVGNKI vaksinani dozada o'rganish maqsadida 12-oylikgacha bo'lgan buzoqlar tajriba uchun ajratib olindi. Buzoqlarning saqlash va oziqlantirish sharoitlari tahlil qilinib, ularning ratsioni tarkibi va to'yimliyligi bir xil tashkil qilindi. Buzoqlarda trixofitiya kasalliklarining uchrash darajasi o'rganildi.
OLINGAN NATIJALAR TAHLILI
tajriba uchun har birida 3 boshdan bir yoshgacha bo'lgan trixofitiya bilan zararlangan uchta guruh buzoqlar tanlab olindi. Tajriba uchun buzoqlarning yashash joylari va oziqa tarkibi bir xil tashkil etildi. LTF-130 LVGNKI 10 doza 10 gr fiziologik eritma NaCl-09 foizli eritmasiga eritiladi va zararlangan chorva mollariga ikki marta 14-kun oralig'ida oyiga taqsimlab 1-4 gr muskul orasiga ineksiya qilinadi.
Buzoqlarda trixofitiya kasalligini davolashda
LTF-130 LVGNKI vaksina doza qo'llash.
1-tajriba
Guruh Hayvon turi Soni Hayvon yoshi Doza ml TF-130 LVGNKI Natija
1 Buzoq 3 1-4 oy 2 ml LTF-130 VGNKI 100%
2 Buzoq 3 4-8 oy 3ml LTF-130 VGNKI 100%
3 Buzoq 3 8-12oy 4 ml LTF-130 VGNKI 100%
XULOSA
Xulosa qilib, uhbu tajribada yosh buzoqni trixofitiya kasalligini davolash uchun LTF-130 vaksina 10 doz 10 gr fiziologik eritma NaCl-09 foiz eritmasiga eritiladi 14 kunda 2 marta buzoq yoshiga qarab muskuliga ineksiya qilish kasallikni davolashga muddatini qisqarishiga olib keladi, hamda buzoqlarning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
REFERENCES 1. S.B.Petrovich. Mikozyjivotnix M. Rosagropromizdat, 1989
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(4/2), April, 2023
2. Parmonov M.P, Saydaliev D.I. Qo'ylar temiratki kasalligining qo'zg'atuvchisini va kultural xususiyatlarini aniqlash // Professor-o'qituvchilar va aspirantlarning 51-ilmiy hisobot konferentsiyasi ma'ruzalar mazmuni. -Samarqand, 1993
3. Qishloq xo'jalik hayvonlari temiratki( trixofitiya ) kasalligining oldini olish va unga qarshi kurash tadbirlari to'g'risida yo'riqnoma-instruksiya Toshkent. 1996
4. Parmonov M.P. va boshqalar Epizootologiya fanidan amaliy-laboratoriya mashg'ulotlari.Sam.2007 y.
5. Parmonov M.P va boshqalar. " Epizootologiya". O'quv qo'llanma T.2007y
6. X.S.Salimov va boshqalar. "Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasiga oid izohli lug'at va ma'lumotnoma" Toshkent 2013y.