Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
UDK:619:638.1
ASALARICHILIK XOJALIKLARIDA VARROATOZ KASALLIGINING
TARQALISHI
S.B.Sulaymanov
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada asalarichilik xojaliklarida varroatoz kasalligining tarqalishi to'g'risida ilmiy manbalar tahliliga bag'ishlangan.Asalarichilik xojaliklarida varroatoz kasalligining butun dunyo bo'ylab tarqalishi va kasallikning yuqish yo 'llari haqida bayon qilingan.
Kalit so 'zlar. Varroa destructor, Varroa jakobsoni, Varroa Underwodi, Varroa rinderi, gamaz kanasi kuchsiz oila,majruh, karpat, karnika.
ABSTRACT
This article is dedicated to the analysis of scientific sources on the spread of varroatosis disease in beekeeping farms. The distribution of varroatosis disease in beekeeping farms around the world and the ways of disease transmission are described.
Key words. Varroa destructor, Varroa jacobsoni, Varroa Underwodi, Varroa rinderi, gamaz mite weak family, damaged, Carpathian, Karnica.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8-fevraldagi PQ-120 sonli qarorida «O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan dasturida asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish, ushbu ustuvor yo'nalish doirasida asalarichilik tarmog'ining boshqaruv tizimi, monitoring va statistik baza takomillashtiriladi hamda qishloq xo'jalik sohasining boshqa tarmoqlari bilan asalarichilik sohasini uzviy bog'lagan holda samarali ish tashkil etish mexanizmlarini joriy etish belgilandi». Mamlakatda ishlab chiqarilgan asal sifatini xalqaro standart talablariga moslashtirishga alohida e'tibor qaratiladi. Tarmoqda asalarilar naslini va mahsulot sifatini yaxshilash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari joriy etiladi [1].
Ushbu ustuvor yo'nalish doirasida asalarichilik tarmog'ining boshqaruv tizimi, monitoring va statistik baza takomillashtiriladi hamda qishloq xo'jaligi sohasining boshqa tarmoqlari bilan asalarichilik sohasini uzviy bog'lagan holda samarali ish tashkil etish mexanizmlarini joriy etish belgilanadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Mamlakatda ishlab chiqarilgan asal sifatini xalqaro standart talablariga moslashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
-asalarichilikda intensiv texnologiyalarni qo'llash orqali asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish;
-asalarichilik tarmog'ida naslchilik ishini yanada takomillashtirishga yo'naltirilgan choralarni qo'llash, O'zbekiston sharoitiga moslashgan "Karpat" va "Karnika" asalari zotlarini xorijdan olib kirish va ularni ko'paytirish bo'yicha "Nasldor ona asalarilarning himoyalangan hududlari" chora-tadbirlarini amalga oshirish;
-qishloq xo'jaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnologiyasini tizimli yo'lga qo'yish hisobiga sohani tijoratlashtirish;
-suniy asal mahsulotlariga qo'yilayotgan amaldagi standartlarni bekor qilish masalasini ko'rib chiqish hamda inson salomatligida tabiiy asalning ahamiyatini yanada oshirish uchun iste'mol madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan normativlarni ishlab chiqish [1.2]
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha qo'yilgan ustuvor vazifalarni bajarishda bir qancha asalarichilik xo'jaliklarida turli xil infeksion, invasion va boshqa yuqumsiz kasalliklarini uchratishimiz mumkin. Oddiy misol qilib oladigan bo'lsak asalarilarning varroa kanasi keltirib chiqaradigan varroatoz kasalligi -voyaga yetgan arilar, qurtchalar va g'umbaklarning og'ir kechuvchi invasion kasalligi bo'lib, majruh, ucha olmaydigan erkak va arilarning paydo bo'lishi, ari oilalarining kuchsizlanishi va ularning nobud bo'lishi bilan kechadigan kasallik.
Varroatoz kasalligi kasallikning qo'zg'atuvchisi - gamaz kanasi Varroa destructor, oldinlari Varroa jacobsoni deb nomlangan. Jami ushbu kananing to 'rtta turi qayd etilgan: Varroa destructor, Varroa jacobson V.Underwoodi va V.rinderi. Yaqingacha kasallikning qo'zg'atuvchisi deb Varroa jacobsoni kanasi hisoblangan. Biroq, kasallikning qo'zg'atuvchisi Varroa destructor kanasi ekanligi isbotlab berilgan.
Dastlab varroa kanasi Yava orolida 1909-yili aniqlangan.O'sha davrlarda kana asalarilarda emas, balkim o 'rta Hindiston arilarida parazitlik qilgan, lekin keyinchalik yangi xo'jayinga o'rganib ketgan va keng tarqalib borgan. Kasallik Osiyo, Yevropa, Amerika, Shimoliy Afrika davlatlarida, sobiq ittifoqda-1964 yilda tarqalgan. Bugungi kunda kasallik O'zbekiston Respublikasida keng tarqalgan va ular 80-90%gacha asalarizorlar zararlangan [2].
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Varroa kanalari sog'lomlarilarga adashgan, o'g'ri arilar orqali, arixonalarni ko'chirayotgan paytda, arilarni sotish paytida o'tadi, tarqaladi. Varroa kanalari bilan zararlangan asalari oilalari bezovtalanadi, sershovqin bo 'lib, ularning nobud bo 'lishi kuzatiladi [3].
Varroa destructor kanasining butun dunyo bo 'ylab tarqalishi [5].
Varroa destructor kanalari asalari tanasida qishlab, avlodi paydo bo 'lgandan so 'ng ko 'payadi, ayniqsa baxor va kuzda asalari avlodida, yoz oylarida erkak arilar avlodida ko'plab ko'payadi. xalok bo'lgan yosh arilarni o'z inlaridan chiqarib tashlaydi.
Ikki qanotlilar turkumiga kiruvchi qanotsiz qizil kulrang tusdagi mayda 1,5 mm o 'lchamdagi kanalar ona ari va ishchi arilar ko 'krak qisminingyelkasida mustaxkam o 'rnashib olgan xolatda uchraydi.
Kanalar tanasi sertuk bo'lib qora rangda, og'iz apparati so'ruvchi tipda, oyoqlari kalta va yirik sonlari bilan farqlanadi. oyog'ining pastki qismida 30 tishchadan iborat taroqsimon moslamasi ham mavjud [4].
Bugungi kunda asalarilarning varroatoz kasalligini tarqalishi insoniyat tomonidan keltirilib chiqarilmoqda. Asalarilarni tashish mobaynida qo'yiladigan joy invasion kasalliklardan xoli bo'lishi kerakligini albatta tekshirilishi kerak. Aks holda asalari va ularning ishlab chiqariladigan mahsulotlariga jiddiy talofatlar yetkazilishi mumkin.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. «O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantrish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan dasturi» 2022 yil 8-fevral PQ-120 sonli qarori.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 8-fevral 2022 PQ-120. «Asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantish. Ushbu maqsadga erishish uchun qo'yilgan vazifalar»
3. Nasimov.Sh.N. va boshq. "Asalari kasalliklari va zararkunandalari" o'quv qo'llanma, Fan ziyosi nashriyoti, Toshkent -2021.
4. Xaqberdiyev P.S., Qurbonov F.I. Qarshiyeva V.Sh "Baliq va asalari kasalliklari" Toshkent -2016 yil "Navro'z" nashriyoti.
5. B.A.Qahramanov, F.E.Safarova, S.I.Isamuxammedov, X.A.Donayev, X.B.Ergashev. Toshkent Davlat Agrar Unverstiteti Baliqchilik kafedrasi ASALARICHILIK ASOSLARI o'quv qo'llanma Toshkent-2021.