Научная статья на тему 'BRUTSELLIYOZ – HAYVONLARDAN INSONLARGA YUQUVCHI O‘TA XAVFLI KASALLIK'

BRUTSELLIYOZ – HAYVONLARDAN INSONLARGA YUQUVCHI O‘TA XAVFLI KASALLIK Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2197
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
brutsella / Brucella melitensis / Brucella abortus / serologik reaksiya / allergik reaksiya / pasterizatsiya / brussella / Brucella melitensis / Brucella abortus / serological reaction / allergic reaction / pasteurization

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Hamzayev, K.B., Avliyoqulov, M.T., Hasanova, S.B.

Maqolada qoramollar brutsellyozida olinadigan mahsulotlarning veterinariya-sanitariya ekspertizasi,hayvonlardan olinadigan mahsulotlarni sanitariya holat va odamlar orasida bu kasallikni tarqalishini oldini olish hamda kasallikga to’g’ri va aniq diagnoz qo’yish haqida malumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BRUTSELLIOSIS A SERIOUS DANGER FROM ANIMALS TO HUMANS

The article provides information on veterinary-sanitary examination of products derived from brucellosis in cattle, sanitary conditions of animal products and prevention of the spread of the disease among humans, as well as accurate and precise diagnosis of the disease.

Текст научной работы на тему «BRUTSELLIYOZ – HAYVONLARDAN INSONLARGA YUQUVCHI O‘TA XAVFLI KASALLIK»

BRUTSELLIYOZ - HAYVONLARDAN INSONLARGA YUQUVCHI

O'TA XAVFLI KASALLIK

K.B. Hamzayev

Samarqand veterinariya meditsina instituti Toshkent filiali assistenti

M.T. Avliyoqulov

Samarqand veterinariya meditsina instituti Toshkent filiali assistenti

S.B. Hasanova

Samarqand veterinariya meditsina instituti Toshkent filiali talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada qoramollar brutsellyozida olinadigan mahsulotlarning veterinariya-sanitariya ekspertizasi,hayvonlardan olinadigan mahsulotlarni sanitariya holat va odamlar orasida bu kasallikni tarqalishini oldini olish hamda kasallikga to'g'ri va aniq diagnoz qo 'yish haqida malumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: brutsella, Brucella melitensis, Brucella abortus, serologik reaksiya, allergik reaksiya, pasterizatsiya

ABSTRACT

The article provides information on veterinary-sanitary examination of products derived from brucellosis in cattle, sanitary conditions of animal products and prevention of the spread of the disease among humans, as well as accurate and precise diagnosis of the disease.

Keywords: brussella, Brucella melitensis, Brucella abortus, serological reaction, allergic reaction, pasteurization

АННОТАЦИЯ

В статье приведены сведения о ветеринарно-санитарной экспертизе продуктов, полученных от бруцеллеза крупного рогатого скота, санитарном состоянии продуктов животноводства и предупреждении распространения болезни среди людей, а также о точной и точной диагностике болезни.

Ключевые слова: брусселла, Brucella melitensis, Brucella abortus, серологическая реакция, аллергическая реакция, пастеризация.

KIRISH

Brutsellyoz-o'ta xavfli surunkali kechuvchi yuqumli kasallik hisoblanadi. Bu kasallik bilan barcha turdagi hayvonlar, jumladan odamlar ham kasallanishadi. Brutsellyoz qo'zg'atuvchisi brutsella bo'lib, uning bir necha turlari mavjud. Asosan odamlar uchun eng havfli tipi Brucella melitensis va Brucella abortus tiplari bo'lib

hisoblanadi. Qo'zg'atuvchining qo'y tipi-b.melitensis faqatgina qo'y mahsulotlarida uchramasdan qoramollarning sut va go'sht mahsulotlarida ham aniqlanib,ularni veterinariya ekspertiza ko'rigidan o'tkazilmasiligi va veterinar vrachlar etiborsizligi natijasida kasallik aniqlangan hayvonlardan olingan go'sht va sut mahsulotlarini zararsizlantirilmagan holda bozor rastalariga chiqarilishi natijasida odamlar ham kasallanishiga olib keladi.

Kasallikning o'ziga xosligi-hayvonlarda abort bo'lgan homila,yo'ldoshning kech ajralishi,ozib ketishi, g'unajinlarning qisir qolishi,bepushtlik,mahsuldorlikning pasayishi, erkak hayvonlarda urug'don va urug' yo'llarining zararlanishi kabi ko'pgina holatlar hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Brutsellyoz zooantroponoz ya'ni hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo'lgan xavfli kasallik hisoblanadi. Bu kasallik hayvondan odamga zararlangan sut, zararlangan va kasllangan go'sht va go'sht maxsulotlari va ayrim vaqtlarda kasallangan hayvon bilan gigiyena qoidalariga rioya qilmasdan ishlagan veterinariya xodimlari, teri sanoati xodimlari va veterinariya labaratoriyasi xodimlari yuqtirib olishlari mumkin. Kasallikni yuqtirib olgan odamlarda kasallik kasallikning kechishi va tushgan infeksiyaning turiga qarab kasallik insonlarda turlicha ko'rinishlarda kichadi. Masalan :

Birlamchi-latent (yashirin) shakli deyarli salomatlik holatidir. Organizmning himoya kuchlari zaiflashishi bilan u o'tkir-septik yoki surunkali metastatik shaklga aylanishi mumkin. Ba'zida mikrosimptomlar: periferik limfa tugunlarining biroz kattalashishi, ba'zan tana haroratini subfebril ko'rsatkichlargacha ko'tarilishi, jismoniy kuch ishlatishdada terlash ko'payishi kuzatiladi. Bemor o'zini sog'lom deb hisoblab, mehnatni davom ettiradi.

O'tkir-septik shakl isitma (39-40 °C), harorat egrisi to'lqinli, noto'g'ri (septik) tipli katta kundalik o'zgarishlar bilan, takroriy varaja va terlash bilan tavsiflanadi. Kishi o'zini yaxshi his qiladi (tana harorati 39 °C va undan yuqori bo'lganda kitob o'qish, shaxmat o'ynash, televizor tomosha qilish mumkin). Umumiy intoksikatsiyaning boshqa belgilari ham kuzatilmaydi. Bemorning hayotiga tahdid qilmaydi, hatto etiotropik davolashsiz ham sog'ayish bilan yakunlanadi. Limfa tugunlarining barcha guruhlari o'rta darajada kattalashgan, ba'zilari esa sezgir. Birinchi haftaning oxiriga kelib jigar va taloq kattalashadi. Umumiy qon tahlilida leykopeniya, ECHT oshmaganligi aniqlanadi. Asosiy farq - o'choqli o'zgarishlarning yo'qligi (metastazlar). Antibiotiklar bilan davolashsiz, isitma davomiyligi 3-4 hafta yoki undan ortiq bo'ladi.

785

Scientific Journal Impact Factor

Surunkali shakllari ba'zida o'tkir shaklni chetlab o'tib birdan rivojlanadi, ba'zan o'tkir-septik shakldan keyin biroz vaqt o'tgach. Klinikasi bo'yicha birlamchi va ikkilamchi surunkali metastatik shakllar farq qilmaydi. Farq — anamnezda o'tkir-septik shakl mavjudligi yoki yo'qligida. Klinikasi: uzoq muddatli subfebril isitma, zaiflik, asabiylashish kuchayishi, yomon uyqu, ishtahaning yo'qolishi, mehnat qobiliyatining pasayishi. Yalpi limfadenopatiya palpatsiya vaqtida yumshoq, sezgir yoki og'riqli. Kichik, juda zich, og'riqsiz, sklerozlangan limfa tugunlari (diametri 0,5-0,7 sm) qayd etiladi. Jigar va taloq kattalashadi. Buning fonida a'zolar shikastlanishi aniqlanadi, ko'pincha tayanch-harakat tizimi tomonidan, keyingi o'rinlarda asab va reproduktiv tizim. Mushaklar va bo'g'imlardagi og'riqlar, asosan, yiriklarida, poliartrit, kasallikning yangi kuchayishida boshqa lokalizatsiyali metastazlar hosil bo'ladi. Periartrit, paraartrit, bursit, eksostozlar. Osteoporozlar qayd qilinmaydi. Bo'g'imlar shishadi, ularning harakatchanligi cheklanadi, ustki teri normal rangda bo'ladi. Harakatning cheklanishi va deformatsiyalar suyak to'qimalarining o'sib ketishi bilan bog'liq. Umurtqa shikastkanadi, ko'pincha kamar sohasida. Eriksen, Naxlas, Larrey, Djon-Ber alomatlari aniqlanadi. Shikastlangan mushaklardagi miozitlar. Og'riq o'tmas, uzoq muddatli, ularning intensivligi ob -havoning o'zgarishi bilan bog'liq. Palpatsiya yordamida yanada og'riqli joylar aniqlanadi va mushaklarda turli shakl va o'lchamdagi og'riqli zichlanishlar seziladi. Kichik boldir, bilak, orqa va beldagi teri osti kletchatkasida fibrozit (sellyulit) aniqlanadi. O'lchami 5-10 mm dan 3-4 sm gacha, yumshoq, oval tuzilishga ega, og'riydigan yoki sezgir. Keyinchalik ular kichrayadi, butunlay so'rilib ketishi yoki sklerozga uchrab, uzoq vaqt davomida og'riqsiz kichik zich shakllanma bo'lib qolishi mumkin.

Asab tizimining shikastlanishida nevrit, polinevrit, radikulitlar rivojlanadi. Kamroq hollarda markaziy asab tizimi shikastlanadi (mielit, meningit, ensefalit, meningoansifalit) va ular uzoq, o'gir kechadi.

Erkaklar jinsiy tizimidagi o'zgarishlar — orxit, epididimit, jinsiy funktsiyaning pasayishi. Ayollarda salpingit, metrit, endometrit. Amenoreya kuzatiladi, bepushtlik rivojlanishi mumkin. Homilador ayollarda ko'pincha abort, o'lik tug'ilish, muddatidan oldin tug'ish, bolalarida tug'ma brutsellyoz qayd qilinadi. Ikkilamchi-surunkali shakli xuddi shu kabi kechadi. Ikkilamchi yashirin shaklning birlamchi latent shakldan farqi — u ko'pincha manifest shaklga o'tadi (qaytalanadi).

Brutselyozdan insonlar mutlaqo sog'ayib ketmaydi bu kasallikda nostril immunitet kuzatilib bunda inson doimiy ravishda imunitetni ko'taruvchi preparatlar qabul qilib doimiy ravishda sog'ligini nazoratdan o'tkazib yurishi lozim bo'ladi

Scientific Journal Impact Factor

Brutsellyoz qo'zg'atuvchilari sut va sut mahsulotlarida uzoq vaqtgacha sutda 816 kun,pishloqda 40-45 kun,brinzada 45-60 kun, sovitilgan go'shtda 18-20 kun faol holatda uchraydi.

Brutselliyoz kasalligini oldini olish va veterinariya tizimida tizimli ishlarni olib boorish xalqimiz salomatligini taminlash insonlar orasida turli xil yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida qonunchiligimizda xam atroflicha so'z yurutilgan. Jumladan O'zbekiston Respublikasining "Veterinariya to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi 2015-yil 29-dekabrdagi O'RQ-397-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan. Yuqoridagi qonunda O'zbekiston Respublikasida veterinariya sanitariya ekspertizasi ishlari va o'tkaziladigan tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Brutsellyozni o'z vaqtida aniqlash maqsadida bir yilda bir marotaba yoki har 6oyda ikki marotaba veterinariya tekshiruv ishlari olib borilishi lozim. To'g'ri va aniq diognoz qo'yish maqsadida epizootologik, bakterialogik, serologik va allergik tekshiruv usullaridan foydalaniladi. Kasallikni aniqlash uchun laboratoriyaga abort bo'lgan homila, homila suvi, tabiiy teshiklardan ajralgan suyuqliklar, hayvon qoni, suti yuboriladi. Qo'zg'atuvchining klinik belgilari aniqlangan mollar majburiy so'yishga yuboriladi.

Brutsellyozga ijobiy natija bergan sigirlarning suti qaynatiladi va undan olingan qaymoq tayyorlangan yog' kuydirilib zararsizlantiriladi. Kasallik aniqlangan fermadagi barcha sigirlarning suti 70gradusda 30minut pasterizatsiya qilinadi. Qoramollar kasallikga gumon qilinib seralogik reaksiya ijobiy natija aniqlanganda sigirlar buzoqlari bilan birgalikda go'shtga topshiriladi.[1]

Qoramollarni go'sht va go'sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasida klinik belgilariga,olingan potanotomik o'zgarishlarga seralogik reaksiya natijalari asosida baho beriladi. Xo'jaliklarda doimiy ravishda tekshiruv ishlari olib boriladi. Kasallik aniqlansa kasal mollar podadan ajratiladi va alohida boqiladi. Kasallikning o'tkir turi aniqlangan, bola tashlagan mollar so'yishga yuboriladi. Qoramollarda b.melitensis aniqlansa va kasallik aniqlangan qoramollardan olingan go'sht maxsus ishlov berilmasa bozor rastalariga chiqarilmaydi. Kasallikning klenik belgilari aniqlangan hayvonlardan olingan go'sht pishirish yoki qaynatish yo'li orqali zararsizlantiriladi.

Xo'jalikda brutsellyozga seralogik reaksiya musbat natija bergan bo'lsa,abort kuzatilsa,kasallikga klinik belgilar ko'rsatsa mollarning narxidan qatiy nazar go'shtga yuboriladi. Hayvonlarning tana va ichki organlari sanoat qayta ishlab chiqarishga jo'natiladi. Qoramollar yelini,qoni va terisi utilizatsiyaga yuboriladi.

Nosog'lom ferma xo'jaliklari karantinga olinadi va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar veterinar vrachlar ruxsatisiz xo'jalikda chiqarish va kiritish qatian man etiladi. Brutsellyoz tarqalish xavfi bo'lgan xo'jaliklarda doimiy prafelaktika tadbirlari o'tkazilib turiladi. Muntazam dezinfeksiya qilib, 5-6 oylik buzoqlar vaksinasiya ishlari veterinariya vrachi nazorati ostida olib boriladi.

Yuqorida brutsellyozning insonlarda o'tkir kechishida qanday belgilar kuzatilishi tasvirlangan

XULOSA

Xalqimizni sifatli va yangi sut va go'sht mahsulotlari bilan taminlash va yurtimiz bozor rastalariga sanitariya ekspertiza talab va qoidalariga to'liq javob beruvchi mahsulotlar yetkazish odamlar orasida brutsellyoz kasalligini oldini olish maqsadida sutni pasterizatsiya qilib keyin qayta ishlash,hayvonlar mahsulotlarini olishda sanitariya-gigiyena talablariga roiya qilish, xo'jaliklarda hayvonlarni veterinariya ko'rigidan o'z vaqtida o'tkazib turish va kasallik aniqlanmasidan oldin majburiy emlash tadbirlarini o'tkazib lozim. Kasallik ayniqsa insonlar orasida ko'p tarqalib ketmasligi uchun istemolchilarda albatta davlat standartlariga javob beradigan va bozorlardan veterinariya nazoratidan o'tgan maxsulotlarni sotib olishi va bunday talablarga javob bermaydigan sut va sut maxsulotlari sotilayotganini korganlarida esa darxol tegishli idoralarga xabar berishlari so'raladi.

REFERENCES

1. Shopo'latova J., Burxonov X., Jiyanov Y. "Epizatologiya va Mikrobiologiya asoslari" Toshkent 1991yil.

2. Murodov S.M. "Veterinariya sanitariya ekspertizasi" maruza matni. Samarqand 2009 yil.

Scientific Journal Impact Factor

3. Parmonov N.O., Qambarov A.A. "Epizatologiya". Moskva 1974 yil.

4. Muradov S.M. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini vetsanekspertizasi qayta ishlash texnologiya asoslari va standartizatsiyasi. Qo'llanma. Samarqand 1997 y.

5. Muradov S.M. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand 2006 y.

6. Ostonaqulov T.E., Murodov S.M. va boshqalar. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining veterinariya-sanitariya ekspertizasi, qayta ishlash texnologiyasi, gigienasi va standartizatsiyasi. Samarqand 2013 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.