Научная статья на тему 'O'TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR VA ULARNING TARQALISHINI OLDINI ОLISH CHORA TADBIRLARI'

O'TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR VA ULARNING TARQALISHINI OLDINI ОLISH CHORA TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

55213
2305
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
epidеmiya / epifitоtiya / epizооtiya / kо’kyo‘tal / quturish / sigir chеchаgi / ebоla isitmаsi / lаssа / mаrburg‘ / mаchupo. SARS-CoV-2 / -(kovid-19). / Epidemic / Epiphytosis / Epizootic / Whooping cough / rabies / Cowpox / Ebola fever / Lassa / Marburg / Machupo.SARS-CoV-2 / (Covid-19)

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abdurashid Ataxanovich Abduraxmonov, Naziraxon Abdurazakovna Dadabayeva

Hozirgi davrda bir qator yuqumli kasalliklar mavjud bo’lib bularni o’rganishimiz va bilishimiz juda zarurdir. Har qanday yuqumli kasallik avj olsa epidemiyani keltirib chiqaradi. Epidеmiya yuqumli kаsаlliklаrning birоr o‘lkа, vilоyatdа yoki mаmlаkаtdа kеng tаrqаlib kеtishi. Bundа bеmоrlаr sоni оdаtdаgidаn 510 mаrtа ko‘p bo‘lаdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREVENT SERIOUS INFECTIOUS DISEASES AND THEIR SPREAD PRECAUTIONARY MEASURES

There are a number of infectious diseases today that we need to study and know about. Any outbreak of an infectious disease can lead to an epidemic. An epidemic is the spread of an infectious disease in a country, province, or country. The number of patients is 5-10 times higher than usual

Текст научной работы на тему «O'TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR VA ULARNING TARQALISHINI OLDINI ОLISH CHORA TADBIRLARI»

O'TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR VA ULARNING TARQALISHINI OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI

Abdurashid Ataxanovich Abduraxmonov

Andijon Mashinasozlik instituti dotsenti

Naziraxon Abdurazakovna Dadabayeva

Andijon Mashinasozlik instituti magistranti

ANNOTASIYA

Hozirgi davrda bir qator yuqumli kasalliklar mavjud bo'lib bularni o'rganishimiz va bilishimiz juda zarurdir. Har qanday yuqumli kasallik avj olsa epidemiyani keltirib chiqaradi. Epidemiya - yuqumli kаsаlliklаming birоr o'lka, vilоyatdа yoki mаmlаkаtdа kеng tаrqаlib kеtishi. Bundа bеmоrlаr sоni оdаtdаgidаn 510 marta ko'p bo'ladi.

Kalit sozlar: epidemiya, epifitotiya, epizootiya, ko'kyo'tal, quturish, sigir chechagi, ebola isitmasi, lassa, marburg', machupo. SARS-CoV-2,-(kovid-19).

PREVENT SERIOUS INFECTIOUS DISEASES AND THEIR SPREAD

PRECAUTIONARY MEASURES

Abdurashid Atakhanovich Abdurakhmonov

Asscoiate Professor, Andijan Engineering Institute

Nazirakhon Abdurazakovna Dadabayeva

Master student, Andijan Engineering Institute

ABSTRACT

There are a number of infectious diseases today that we need to study and know about. Any outbreak of an infectious disease can lead to an epidemic. An epidemic is the spread of an infectious disease in a country, province, or country. The number of patients is 5-10 times higher than usual.

Keywords: Epidemic, Epiphytosis, Epizootic, Whooping cough, rabies, Cowpox, Ebola fever, Lassa, Marburg, Machupo.SARS-CoV-2, - (Covid-19)

KIRISH

Bugungi murakkab sharoitda, yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O'zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo'lishini ta'minlash eng asosiy vazifamiz bo'lishi shart. Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta'minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ko'makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo'llab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro'yobga chiqarishdarkor.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining tahlillariga ko'ra, pandemiya xavfi hali uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Demak, insoniyat boshidagi sinovlar yana qancha davom etishini hech kim aniq aytib bera olmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, nufuzli ekspertlar prognoziga ko'ra, pandemiya butun dunyoda inqirozli holatlar, ijtimoiy keskinlik, qashshoqlik kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Barchamizga ayonki, pandemiyadan Keyin dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi albatta o'zgaradi. To'plangan tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo'lgan davlatlar pandemiya xavfini o'z vaqtida va bir yoqadan bosh chiqarib, bartaraf etishga va bu kurashda yengib chiqishga qodir bo'ladi. Buni O'zbekistonning pandemiya davridagi kurash tajribasi ham isbotlab turibdi.

Ana shu o'ta muhim vazifalarni amalga oshirishda asosiy talab, davlat va jamiyat institutlari o'rtasida samarali hamkorlikni ta'minlash, bu jarayonda natijadorlik va sifatni oshirishdan iborat dedi prizidentimiz Sh.Mirziyayev bu yilgi murojatnomada

Hozirgi davrda bir qator yuqumli kasalliklar mavjud bo'lib bularni o'rganishimiz va bilishimiz juda zarurdir. Har qanday yuquml i kasallik avj olsa epidemiyani keltirib chiqaradi. Epidemiya - yuqumli kasalliklarning biror o'lka, viloyatda yoki mamlakatda keng tarqalib ketishi. Bunda bemorlar soni odatdagidan 510 marta ko'p bo'ladi.

Hayvonlarning barcha yuqumli kasalliklari 5 guruhga bo'linadi:

1-guruh -alimentar infektsiyalar. Tuproq, em, suv orqali o'tadi. Ovqat xazm qilish rejimi zararlanadi. Bunday infektsiyalarga kuydirgi, oqsim, manqa, brutsellez kiradi.

2-guruh -respirator infeksiyalar. Nafas olish yo'llari shillik pardalari va ugosaning zararlanishi. Infektsiya asosan havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Ushbu

kasalliklarga paragripp, ekzotik zotiljam, qo'y va echki chechagi, go'shtxo'r hayvonlar vabosi kiradi.

3-guruh -transmissi infektsiyalar. Qon so'ruvchi bo'g'im oyoqilar yordamida o'tadi. Qo'zg'atuvchilari doimo yoki alohida davrlarda qonda bo'ladi. Bu kasalliklarga entsefalomielit, tulyaremiya, otlarning yuqumli anemiyasi taalluqlidir.

4-guruh -qo'zg'atuvchilari teri orqali vositachilar ishtirokisiz o'tadigan infektsiyalar, ko'kyo'tal, quturish, sigir chechagi ushbu kasalliklar sirasiga kiradi.

5-guruh -aniqlanmagan yo'l bilan zararlaydigan infektsiyalar.

O'ta xavfli kasalliklar epizootiyasining shakllanish manbalari sel oqimlari, suv toshqinlari, davlat veterinariya xizmati bilan kelishmay turib yer ishlarini olib borish, chetdan olib kiriladigan hayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, em va boshqa vositalar, chetdan uchib keluvchi yovvoyi parrandalar to'planadigan joylar, o'ta xavfli kasalliklar o'choqlari mavjud joylarda kemiruvchilar va xasharotlar sonining ortishi va biologik terrorizm bo'lishi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Odamlarda u chraydigan ko'pchilik kasalliklar yuqumli (infektsion) hisoblanadi. Ularning kelib chiqishi kishi organizmiga tirik kasallik qo'zg'atuvchilar kirishi va ma'lum shart-sharoitlarda ko'payishi, hamda tashqi muhitga qaytib chiqishi bilan bog'liq. Natijada kasallangan odam kasallik mikrobi (qo'zg'atuvchisi)ni boshqalarga tarqatuvchi-kasallik manbaiga aylanadi.

Yuqumli kasalliklarni ko'zga ko'rinmaydigan o'ta kichik tirik mavjudotlar, ya'ni viruslar keltirib chiqaradi. Ular juda oddiy tuzilgan bo'lishiga qaramasdan boshqa tirik organizmlar kabi nafas oladi, oziqlanadi va ko'payadi.

Yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki ular organizmga tushib ko'payganda o'zlaridan toksin (zahar) ajratib chiqaradi va to'qimalar xujayralarining faoliyatini buzadi.

Har bir kasallik qo'zg'atuvchi o'ziga xos ko'rinishga ega bo'lib "o'z" kasalligini keltirib chiqaradi. Har xil kasallik qo'zg'atuvchi organizmga har xil ta'sir ko'rsatuvchi har xil toksin chiqaradi va inson tanasida o'z "yashash joyi" ga ega bo'ladi ya'ni kasallik qo'zg'atuvchi mikrob ko'payishi uchun eng qulay to'qimani tanlaydi. Bir tur mikrobga taalluqli bo'lgan ushbu xususiyatlar spetsifik xususiyatlar deb yuritiladi.

Kasallik qo'zg'atuvchilarning ushbu spetsifik xususiyatlari muayyan yuqumli kasallik mavjudligini belgilab beradi. Masalan, ich terlama mikrobi faqat ich terlama kasalligini keltirib chiqaradi. Demak har qanday yuqumli kasallik organizmga tirik spetsifik qo'zg'atuvchi kirishi va uning ko'payishi natijasida kelib chiqadi. Agarda

viruslar ko'payishiga hech qanday to'siq bo'lmaganda edi, ular ajratib chiqargan zaharlar ta'sirida odamlar halok bo'lib ketgan bo'lar edi. Biroq inson organizmi mikroblarga qarshi kurashish, ya'ni ularni o'ldirish va ular tomonidan chiqarilgan zaharlarni neytrallash (zararsizlantirish) qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat- yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamlilik yoki immunitet hisoblanadi. Immunitetning tug'ma va orttirilgan turlari farqlanadi. Tug'ma immunitetga ma'lum kasalliklarga chidamlilikni belgilab beradigan faqat ma'lum tur ya'ni hayvon yoki odamga xos bo'lgan nasldan-naslga o'tuvchi kasallikka chidamlilikka aytiladi. Masalan cho'chqalar o'lati bilan faqat cho'chqalargina kasallanadi. Odamlar va hayvonlarning boshqa turlari bu kasallik bilan kasallanmaydi.

Orttirilgan immunitet ma'lum bir yuqumli kasallik bilan kasallangandan so'ng yoki maxsus emlashdan so'ng hosil bo'ladi.

Emlash deb o'ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilarining yoki ularning zararsizlantirilgan toksinlari (zaharlari)ni sun'iy ravishda inson organizmiga kiritishga aytiladi. Emlashdan so'ng kasallik qo'zg'atuvchisi organizmda ushbu qo'zg'atuvchiga qarshi ishlab chiqilgan antitelalar yordamida zararsizlantiriladi.

Viruslar kasal odam yoki hayvondan sog'lom kishiga quyidagi yo'llar bilan yuqishi mumkin:

1. Kontakt yo'l - kasallangan odam bilan birga bo'lish, yoki kasal odamning buyumlari (siydik, axlat va balg'am tekkan buyumlar)ni ishlatish natijasida mikrob tananing biror qismidan kirishi oqibatida yuqishi.

2. Alimentar yo'l - kasallikning og'iz orqali axlat, siydik, balg'am va boshqalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish orqali yuqishi.

3. Havo-tomchi yo'l - bemor kishi aksirganda, yo'talganda, gapirganda ajralib chiqadigan tomchilardagi mikroblarning, nafas a'zolari orqali tanaga kirishi oqibatida yuqishi.

4. Transmissiv - kana yoki boshqa biror hashoratning chaqishi natijasida mikroblarning tanaga kirishi oqibatida yuqishi.

Virus olib yuruvchilar - deb ataladigan virus yuqtiruvchilar bo'lishi ham mumkin. Bularga oldin kasallangan, lekin to'liq sog'aymagan insonlar bo'ladi sababi ularda kasallik alomatlarini beruvchi simptomlar va belgilari aniqlanmaydi. Shunaqa kishilar organizmida tirik kasallik viruslari bo'ladi buni kishi sezmaydi, lekin boshqa kishilarga yuqtiruvchi omil bo'ladi.Quyida bir nechta yuqumli kasalliklarni ko'rib chiqamiz.

SARS-CoV-2 -Koronavirusning kelib chiqishi -2019 yilning so'nggi kunlarida Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus paydo bo'ldi. Uning ta'siri dastlab ommaviy axborot vositalarida bilindi: SARS-CoV-2 haqida yangiliklar, tahlillar, ilmiy maqolalar e'lon qilina boshladi. Oradan bir necha oy o'tib, 2020 yilning mart oyi o'rtalariga kelib atrofimiz deyarli shu so'z bilan boshlanadigan yoki shu so'z qatnashadigan gaplardan iborat bo'lib qoldi. Bugun "koronavirus" degan so'zni bilmaydigan odam yo'q, hisobi - tili chiqqan bolakaydan o'lim to'shagida yotgan keksalargacha bu haqda nimadir biladi. Koronavirus infeksiyasining yashirin davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga yaqin aloqa oqibatida yuz bermoqda. Uning alomatlari isitma, yo'tal va nafas qisishi hisoblanadi.

Virusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yo'liqqan, immuniteti zaiflashgan odamlarda kasallik og'irroq kechishi mumkin. Ayni paytda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlari mutaxassislari ushbu virusga qarshi kurashoqda.

Profilaktikas -avvalo shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish lozim. Qo'llarni tez-tez va sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos. Bundan tashqari, spirti dezinfeksiyadan foydalanish kerak. Ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari oldidan qaytganda ham qo'llarni yuvishni unutmaslik kerak. Avvalo, shamollash yoki gripp alomatlari kuzatilgan odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan tiyilish kerak. Yuzni qo'l bilan ushlamang. Imkon qadar bozor, vokzal, katta do'konlar kabi odamlar yig'iladigan joylarga borishni kamaytiring. Yo'talganda, burun qoqqanda va aksirganda og'iz va burningizni berkiting Go'sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo'llarni yaxshilab yuvish muhim o'rin tutadi.

Go'sht mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim. Xom yoki chala qaynatilgan go'sht mahsulotlarini iste'mol qilishdan saqlaning.. Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.

Kasallikning rivojlanishi -Kasallik klinikasi virus yuqqandan so'ng 2/4 kun o'tgandan keyin namoyon bo'ladi. Kasallik o'tkir, tana haroratining oshishi, yaqqol rivojlanmagan umumiy zaharlanish belgilari bilan boshlanadi. Shuningdek, bolalarda nafas olganda ko'krak qafasida og'riq,pnevmoniya, yo'tal, quruq hushtaksimon xirillashlar eshitiladi.

Davolash usullari - avval boshida koronavirus infeksiyasi oddiy O'RVI kabi olib boriladi bunda ko'p suyuqlik ichish, vitaminlar va zarurat bo'lganida issiqlikni

tushuruvchi dorilarni qabul qilish kerak. Namoyon bo'ladigan alomatlarga qarab, yangi preparatlar qo'shilishi mumkin.

Bu yerda bakteriali nfeksiya ikkilamchi bo'lgani uchun antibiotiklar faqat isitmali qaltiroqdan (harorat 38,5dan yuqori bo'lib, besh kundan ortiq saqlanib tursa) keyin yoki laboratoriyada tasdiqlangan mikrobli florada qo'shiladi. Antibiotiklar ko'p hollarda himoya qiluvchi sifatida beriladi, shu bois kasalxonadan tashqari pnevmoniyani ambulatoriya sharoitlarida yuritish uchun ma'qullangan antibiotiklar, asosan, ularning tabletkalari beriladi.

Zaxira guruhiga kiruvchi antibiotiklar bilan in'eksiya qilish faqat statsionarda, O'SV dagi bemorlar uchun amalga oshiriladi. Ularni faqat reanimatsiyalarda, hayot va mamo tmasalasi turganida, qo'llash zarur. Gormonalterapiya faqat nafas olish yetishmovchiligi yuzaga kelganidagina qo'llanishi kerak.

Kasallikning to'qqizinchi kunidan oldin, qonda sezilarsiz o'zgarishlar bo'lganida kamdan-kam hollarda qo'llanadi. Gormonlar profilaktik ta'sir ko'rsatmaydi. Uni erta tayinlash kasallikning kechishini yomonlashtirishi mumkin. Qonni suyultiruvchi preparatlar bilan ham xuddi shunday. Ulardan ambulatoriya sharoitlarida davolash uchun foydalanilmaydi.

Immunitetni rag'batlantiruvchi preparatlardan foydalanish mutlaqo mumkin emas. Yaxshi o'rganilmagan kasallikda immunitetning boshqarilmaydigan faoliyatini ishga tushirish umuman kerakmas.

Kuydirgi kasalligi qadim zamonlardan keng tarqalgan bo'lib, ko'p asrlar davomida odamzod boshiga ko'plab talofatlar keltirgan. Kuydirgidan har yili millionlab uy hayvonlari halok bo'lgan, ko'plab odamlar kasallangan. Qadimgi zamonlarda kuydirgini «Muqaddas olov», «Fors olovi» nomlari bilan ham atashgan.

Rus olimi S.S.Andreevskiy 1788 yili Sibirdagi epizootiya vaqtida bu kasallikni tekshirish maqsadida hayvondan o'ziga yuqtirib, odamlar bilan hayvonlarda uchraydigan kasallik bir xil ekanligini isbotlagan va bu kasallikni "Sibirskaya yazva" deb atashni taklif etgan. U kuydirgining patologik anatomiyasini, klinik xillarini tasvirlab bergan, davo va profilaktik usullarini ishlab chiqqan.

Kasallikning kelib chiqishi. Kuydirgini qo'zg'atuvchi mikrobni birinchi marta 1855 yilda shu kasallikdan nobud bo'lgan ot organizmidan rus olimi Braueler topgan. 1886 yilda R. Kox uning toza kulturasini olishga muvaffaq bo'lgan. Kuydirgi mikrobi uzunligi 5-8 mkm, yo'g'onligi 1-1,5 mkm keladigan tayoqcha tuzilishida bo'lib, yuqori harorat va turli dizinfektsiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha minut ichida halok bo'ladi. Sporalari esa tashqi muhitga juda chidamli, 70 daraja issiqda sporalar bir-

necha soat saqlanadi. Qaynatilganda 30 minutdan keyin parchalanadi. Tuzlangan go'shtlarda o'zoq vaqt saqlanadi.

KasaШkning epidemiоlоgiyasi. Kuydirgi kasalligining manbai uy hayvonlari, asosan mayda va yirik shoxli hayvonlar, hamda otlar hisoblanadi. Kasallangan hayvonlar mikroblarni siydik va axlatlari bilan tashqariga chiqaradi. Hayvon o'lganidan so'ng uning terisi, juni, ichki organlari va qoni uzoq muddat yuqumli bo'lib turadi. Odamlarga kasallik tirik va o'lgan hayvonlar orqali ularga yaqin yurish, parvarish qilish natijasida yuqadi. Kuydirgi asosan cho'pon, veterinar, qushxona xodimlari, teri zavodi ishchilari, mo'ynado'zlar va eski-tuski qabul qiladiganlarda uchrashi mumkin.

KasaUik rivоji. Kuydirgi kontakt, alimentar va havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Odam organizmiga tushgan kuydirgi tayoqchasining bir qismini qondagi maxsus xujayralar-fagotsitlar tortib oladi, qolganlari limfa va qon orqali organizmga tarqaladi. Kuydirgi mikroblari jigar, taloq, o'pka, ichak devori, teri osti biriktiruvchi to'qimasiga etib boradi. Keyinchalik ana shu a'zolarda mikrob organizm himoya kuchlari ta'sirida halok bo'ladi yoki infektsiya o'choqlarini hosil qiladi. Kuydirgidan o'lgan bemor jasadi yorib tekshirilganda qonning quyuq tortib rangi qorayib turgani ko'zga tashlanadi. Jigar va taloq kattalashib, to'q-qizil rangga kiradi. Boshqa ichki organlarga, (shu jumladan miyaga) qon quyiladi. Shunga o'xshash gemorragik o'zgarishlar boshqa hamma organ va to'qimalarda ham kuzatiladi. Gemorragiya yuz bergan joylarda ko'plab kuydirgi tayoqchalari topiladi.

KasaUikning kechishi. Kasallikning inkubatsion davri (mikrob organizmga tushgan davrdan boshlab kasallikning birinchi belgilari yuzaga chiqquncha bo'lgan davr) bir necha soatdan 6-8 kungacha, o'rtacha 2-3 kun davom etadi. Kuydirgining klinik xillaridan terini zararlaydigan xili (teri xili) va septik xili ma'lum.

Kuydirgining teri xili kuydirgi karbunko'li deb ham yuritiladi. Kuydirgi karbunko'li ko'pincha, badanning ochiq joylarida (yuz, bo'yin, qo'llar) joylashadi. Kuydirgi tayoqchasi kirgan joyda avvalo qizil tuguncha paydo bo'ladi. Bu tuguncha tez orada pufakchaga aylanadi. Pufakcha ichida qon aralash seroz suyuqlik paydo bo'ladi. Pufakcha yorilgach, o'rnida yara paydo bo'ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo'ng'ir rangli qora qo'tir bilan qoplanadi. Qora qo'tir (karbunko'l) og'rimaydi, lekin asta-sekin kattalashib boradi. Qora qo'tir atrofida mayda pufakchalar paydo bo'ladi, bu kuydirgiga juda harakterlidir. Kuydirgi karbunko'li atrofidagi ancha joy shishib chiqadi.

Kasallikning birinchi kuni bemor badani qaqshab, ozgina boshi og'riydi, darmonsizlik seziladi. Ikkinchi kuni bemor eti uvishib, qaltiraydi va harorati 39 -40

darajaga ko'tariladi, yurak urishi tezlashadi bosh og'rig'i kuchayadi, uyqu buziladi. Harorat 5-6 kundan so'ng pasaya boshlaydi, bemorning ahvoli yaxshilanadi, karbunko'l ham qayta boshlaydi: avval shishi kamayadi, 2-3 - hafta oxirida qora qo'tir ko'chib tushadi va tagida chandiq ko'rinadi. Kuydirgi og'ir o'tganda kasallikning ikkilamchi septik xili boshlanishi mumkin.

Septik xili juda kam uchraydi. Kasallik alimentar yoki havo-tomchi yo'li bilan yuqqan hollardagina kuzatiladi. Ba'zan teri xilining asorati tarzida ham uchraydi.

Kasallikning septik xili birdaniga boshlanadi. Bemor eti uvishib, qaltiraydi, harorati 39-40 darajagacha ko'tariladi. U tez-tez nafas oladi, yurak urishi tezlashadi. Ko'pincha bemor biqini sanchib, yo'taladi va qon aralash balg'am tashlaydi. Tekshirib qurilganda pnevmoniya va ekssudativ plevrit belgilari aniqlanadi. Ba'zan infektsion -toksik shok yuz beradi. Bemorning qoni va balg'amida juda ko'p kasallik mikroblari topiladi. Ba'zi bemorlar ko'ngli aynib, qon aralash qusadi, qorni qattiq og'riydi, qon aralash ichi ketadi. Ba'zi hollarda bemorda meningoentsefalit paydo bo'ladi.

Kuydirgining septik xilida bemorning ahvoli ko'pincha og'ir bo'ladi. Harorat 40-41 daraja atrofida bo'ladi, bemor ahvoli birdan og'irlashib qayta-qayta qaltiraydi, yurak tez uradi va gemorragiya alomatlari aniqlanadi (terida gemmorragik toshma paydo bo'ladi, shilliq pardalarga qon quyiladi, bemor qon aralash balg'am tashlaydi), gemorragik pnevmoniya boshlanadi, o'pka shishadi, meningoentsefilit belgilari ko'rinadi va bemor oldiniga sopor, keyin koma holatiga tushib, o'lib qoladi.

O'xshash kasalliklardan farqlash. Kuydirgining teri xilini oddiy karbunko'ldan farqlash kerak. O'latning teri xili qattiq og'riydi o'rtasidagi qora qo'tir atrofida mayda pufakchalar bo'lmaydi, shish kuydirgidagiga qaraganda ancha kam bo'ladi. Kuydirgining septik formasini o'latning o'pka formasidan farqlash ancha qiyin. Ularni farqlash bemor balg'amida ko'p miqdorda aniqlanadigan kuydirgi tayoqchalarini laboratoriya sharoitida aniqlashga asoslanadi.

Kasallikning davosi. Davolash antibiotiklar-penitsillin, tsefalosporin, levometsetin, natriy suktsinat, gentamitsin, gammaglobo'lin, qolloid va kristalloid eritmalar, plazma, albumin yordamida amalga oshiriladi. Qo'ydirgining teri xilida jarrohlik usullarini qo'llash taqiqlanadi. Aks holda sepsis boshlanishi mumkin.

Kasallikning profilaktikasi. Profilaktik chora tadbirlar veterenariya va tibbiyot xodimlarining hamkorligida olib boriladi. Infektsiya manbalarini tugatish ishlari veterinariya xodimlari tomonidan tibbiyot xodimlari nazorati ostida olib boriladi. Tadbir davomida zootexniklar va veterinariya xizmati xodimlari, hamda hayvon mahsulotlari bilan ishlaydigan kishilar maxsus vaqtsina bilan emlanadi. Bemor kasalxonada alohida xonaga joylashtiriladi. Bemorga yaqin yo'rgan kishshilar 8 kun

davomida nazorat ostiga olinadi va ularga nisbatan shoshilinch profilaktik chora-tadbirlar ko'riladi. Kuydirgidan halok bo'lgan hayvon va odam jasadi kuydiriladi yoki maxsus tobutga solinib, 2 metr chuqurlikka ko'miladi. Infektsiya o'chog'ida bo'lganlarga shoshilinch profilaktik chora tadbir sifatida 7-10 kun davomida kuydirgi gammaglobo'lini va penitsillin ukol qilinadi.

Kuydirgi profilaktikasining kompleks rejasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. Kuydigi bo'yicha xavfli punktlarni hisobga olish va haritaga tushirish.

2. Ushbu xavfli punktlarda qishloq xo'jaligi va uy hayvonlarini yoppasiga kuydurgi kasalligiga qarshi emlash.

3. Bu punktlarda sog'lomlashtiruvchi melioratsiya va agrotexnika choralarini o'tkazish, suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash.

4. Teri tayyorlash, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonida veterinariya -sanitariya qoidalariga amal qilish.

5. Hayvonlar orasida kuydirgi kasalligini o'z vaqtida aniqlash, kasal hayvonlarni boshqa hayvonlardan ajratish, o'choqlarda epizootologtk tekshiruv o'tkazish, o'lgan hayvonlarni yuqumsizlantirish, o'choqlarda joriy va yakunlovchi dezinfektsiya tadbirlari o'tkazish.

6. Kasallik yuqish xavfi yuqori bo'lgan shaxslarni kuydirgiga qarshi emlash.

7. Aholi o'rtasida kuydirgi kasalligidan saqlanish bo'yicha keng ko'lamda sanitariya-targ'ibot ishlarini o'tkazish

Quturish.Quturish o'tkir yuqumli zoonoz kasallik bo'lib, markaziy nerv sistemasining zararlanishi bilan kechadi. Qutirish kasalligi qadim zamonlardan beri ma'lum bo'lib, odamlarda qutirish kasalligi itlarning tishlashi natijasida kelib chiqishini birinchi marta Aristotel aniqlagan. Qutirishning klinikasini dastlab 1 asrda Sels yoritdi va uni "suvdan qo'rqish" deb atadi.

1887 yilda Babesh va 1903 yilda qutirib o'lgan hayvonlar bosh miyasining ammon shoxi deb ataluvchi qismida dog'ga o'xshash yumaloq tuzilmalar borligini aniqlaganlar. Keyinchalik o'sha dog'lar quturish virusi ta'sirida paydo bo'lishini isbotladilar.

Mashhur frantsuz olimi Lui Paster o'tgan asrda (1881-1888) qutirishga qarshi emdori-vaqtsina topdi va ishlab chiqdi, it, bo'ri tishlagan odamlarni shu emdori bilan emlashni amalda joriy etdi.

Kasallikning kelib chiqishi. Quturishni qo'zg'atuvchi virus qutirgan hayvonning so'lagida mavjud bo'lib u tashqi muhitda uzoq saqlana olmaydi. Virus dezinfektsiyalovchi moddalar ta'sirida 5-10 minut, qaynatilganida 2 minut davomida halok bo'ladi. Quritilganda va past haroratda uzoq vaqt tirik saqlanadi.

Kasallikning epidemiologiyasi. Infektsiya manbai qutirgan itlar, mushuklar, bo'rilar, tulkilar, bo'rsiqlar va boshqa hayvonlardir. Kamdan-kam hollarda kasallik quyonlardan, kalamush va boshqa hayvonlardan yuqishi mumkin. Itning so'lagida virus qutirish belgilari ma'lum bo'lishidan 7-10 kun ilgari paydo bo'la boshlaydi. Itdan quturish kasalligi yuqishi uchun itning odamni tishlashi shart emas, uning so'lagi odam terisidagi kichkina shilingan yoki tirnalgan joyga tushsa ham yuqadi. Qutirish kasalligining rivojlanishida tishlangan joy ham katta ahamiyatga ega bo'lib, odam boshi va yuzining tishlanishi oyoq-qo'llar tishlanishiga qaraganda ancha xavfli hisoblanadi chunki virus tananing yuz qismidan bosh miyaga tezroq etib boradi.

Kasallikning kechishi. Kasallikning inkubatsion, ya'ni yashirin davri 1 -2 oy davom etadi, ba'zan 2 haftagacha qisqarishi yoki 1 yilgacha o'zayishi mumkin. Yashirin davrning qisqa yoki uzoq bo'lishi qutirgan hayvon tishlaganda yuzaga kelgan jarohatning qaerda joylashgani, katta-kichikligi va chuqur-yuzakiligiga bog'liq. Jaroxat bosh yoki yuzda bo'lsa, yashirin davr qisqaradi. Bolalarda esa bu davr kattalardagiga qaraganda umuman qisqaroq davom etadi.

Quturishning klinikasida uch davr ajratiladi:

1) boshlang'ich davri;

2) qo'zg'alish davri;

3) falaj davri;

Boshlang'ich davri 2-3 kun davom etadi. Bemor uyqusi buzilib, ishtahasi bo'g'iladi, qo'rquv hissi paydo bo'ladi, kayfiyati o'zgarib turadi. Keyinchalik atrofga loqayd bo'lgan holda yotadi. Bir oz harorati oshadi. Hayvon tishlagan joydagi jarohat tortishib og'riydi. Suvdan va havodan qo'rqish belgilari paydo bo'ladi. Bemorlar chanqab, suyuqlik ichishga urinsa, darhol yutish va nafas muskullari tortishib qisqaradi va qattiq og'riydi. Bu vaqtda bemor juda qiynalib azob chekadi, shu sababli ichish u yoqda tursin suvni ko'rishi bilanoq undan qo'rqadi. Ba'zan suyuqlikni ko'rish emas, balki nomini eshitganda ham uni vahima bosadi. Bu holat qutirish kasalligiga juda harakterlidir. Nafas va yutish muskullari havo harakati ta'sirida ham tortishib qisqarishi mumkin. Bemorning harorati 38 darajagacha ko'tariladi, ovozi bug'iladi, badani terlab, so'lagi oqadi, hiqichoq tutadi, ko'z qorachig'i kengayadi, oyoq-qo'llari og'riydi ko'zlari bir narsadan qo'rqqandek ko'rinadi. Tomiri tez-tez uradi, yurak notekis ura boshlaydi. Nafas tartibsiz va yuzaki bo'ladi, vaqti-vaqti bilan chuqur-chuqur nafas oladi. Muskullar tortishishi nafas va yutish muskullaridan boshlanib, keyin hamma muskullarga tarqaladi. Talvasalanish boshlanadi. Bunda arzimagan tovush, quyosh nuri va lampa yorug'ligi yoki bemor badaniga biror narsaning sal tegishi muskullarning tortishishiga sabab bo'ladi. Bu davrda bemor uxlamaydi, o'z-o'zini tishlaydi,

atrofdagilarga daf qilishi ham mumkin. Es -hushi kirarli-chiqarli bo'lib, ko'ziga yo'q narsalar ko'rinadi va alahlaydi. Bu davr 2-3 kundan 5-6 kungacha davom etishi mumkin.

Falaj davrida suvdan qo'rqish ancha kamayadi, bemor tinchlanadi, suyuqlik icha boshlaydi, lekin harorati yuqori bo'lib qolaveradi. So'zlarni aniq tiniq ayta olmaydi, shu holatda oyoqlar falaji boshlanadi. Oradan 15-20 soat vaqt o'tgach tananing boshqa muskullari ham falaj bo'la boshlaydi. Shu holat davom etib, bemor yurak faoliyati etishmasligi yoki nafas markazining falaji oqibatida o'ladi.

O'xshash kasalliklardan farqlash. Odamni it yoki boshqa hayvon tishlagani, suv va shamoldan qo'rqish, nafasning tartibsiz bo'lishi va vaqti-vaqti bilan chuqur-chuqur nafas olishi qutirish diagnozi uchun juda muhim. Quturishni avvalo qoqsholdan, so'ngra atropindan zaharlanishdan farqlash kerak.

Qoqshol diagnoziga muskullarning tortishib qisqarishi, buning oqibatida yuzdagi istexzoli tirjayish holati bo'lgani holda, alahlash va gallyutsinatsiya bo'lmasligi, ko'z qorachig'ining odatdagidek ko'rinishi, bemor es-hushining aynimasligi va anamnezida it yoki boshqa bir hayvon tishlagani haqida ma'lumot yo'qligi asos bo'la oladi. Bundan tashqari qutirgan odam muskullari tutqanoq tutmagan vaqtda tortishib qisqarib turmaydi. Ma'lumki qoqsholda muskullar hamma vaqt qisqargan holda bo'ladi. Atropindan zaharlanishda bemor ko'z qorachiqlari kengaygan, afti-basharasi qizargan bo'ladi, suvdan va shamoldan qo'rqish hodisalari kuzatilmaydi.

Kasallikning davosi. Bu kasallikning xos davosi yo'q. Quturishga davo qilishda simptomatik va patog'enetik davo usullari qo'llaniladi. Bu usullar bemorni bir oz tinchlantiradi. Bemor shovqin-surondan holi bo'lgan tinch, alohida xonada yotishi kerak. Xona ozgina qorong'ilashtirilgan va eshigi berk turadigan bo'lishi lozim. Unga uxlatadigan, yurakni tinchlantiradigan va og'riq qoldiradigan dorilar beriladi.

Kasallikning profilaktikasi. Quturishga qarshi ko'rash bu infektsiyani avvalo hayvonlar, birinchi navbatda - itlar orasida yo'qotishga qaratilgan bo'lishi kerak. Qutirgan yoki noma'lum it tishlaganda qo'tirishga qarshi emdori (vaktsina) qo'llaniladi.

Bizda Fermi vaktsinasi qo'llaniladi. Vaktsinaning miqdori, emlash muddati jarohatning katta-kichikligi, chuqurligi va qaerda joylashganligiga bog'liq. Vaktsina bilan bir qatorda antirabik gammaglobo'lin ham yuboriladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, har qanday yuqumli kasallik avj olmasidan uni oldini olishimiz kerak chunki, inson hayotiga va sog'ligiga, atrof muhitgamamlakatimiz taraqqiyotiga jiddiy xavf tug'diradi. Natijada insonlarning turmush tarzi mamlakatning iqisodiyoti rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun avvalo har bir inson shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmog'i darkor.

REFERENCES

1. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik-T.:"Toshkent-Iqtisodiyot",2014.- 268 b.

2. Yormatov G'.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T."Aloqachi",2009. -348 b.

3. G'oyipov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T.: "Yangi asr avlodi", 2007. - 264 b.

4. Qudratov A. va b. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma'ruza kursi-T"Aloqachi" 2005.355 b.

5. https://www.amerikaovozi.com/a7new-coronavirus/5257326.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.