OTLARDA UCHRAYDIGAN SURUNKALI ASEPTIK TINDINIT KASALLIGINING ETIOLOGIYASI, KLINIK BELGILARI, DAVOLASH VA
OLDINI OLISH TADBIRLARI
Kamoljon Hamzayev Alixan Babashyev
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada otlarda uchraydigan va vaqtida davolanmaganda o'ta salbiy oqibatlarga olib keluvchi aseptik tindinit kasalligini davolash va oldini olish chora tadbirlari haqida malumotlar keltirilgan. Otlarda uchraydigan surunkali aseptik tindinit kasalligi davolash jixatdan bir muncha murakkablikka ega. Davolash o'z vaqtida olib borilmaganda otlarning ishchanlik qobilyati keskin tushib ketishi yoki butunlay yo'qolishi mumkin. otlarda shikastlanishlar asosan mashq qildirish jarayonini va musobaqalarni yomon tashkillashtirishdan kelib chiqadi. Undan tashqari, ko'p holatlarda sportda yuqori natijalarning orqasidan quvib otlarning fiziologik holati va tayyorgarligi xisobga olinmaydi. Shuning natijasida otlarda surunkali tendinit kasalligi kelib chiqadi.
Kalit so'zlar: shikastlanishlar, mexanik shikastlanish, zo'riqish, pay va pay qini, og'riq, mahalliy harorat, oqsash, shpat usuli, mahalliy og'riqsizlantirish.
ABSTRACT
This article provides information on the treatment and prevention of aseptic tindinits, which occurs in horses and can have serious consequences if not treated in time. Treatment of chronic aseptic tindinitis in horses is somewhat complicated. If not treated in time, horses' ability to function can be severely reduced or completely lost. injuries in horses are mainly due to poor organization of the training process and competitions. In addition, in many cases, the physiological condition and skill training of horses in pursuit of high results in sports are not taken into account.
Keywords: injuries, mechanical injuries, strain, sprains and strains, pain, local temperature, limping, spatula method, local anesthesia.
Kirish hayvonlarda uchraydigan oyoqlardagi pay va boshqa to'qimalar kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish muammolarini yechishga A.V. Lebedev, V.A. Luk'yanovskiy, B.S. Semenov (2000); B.S. Semenov, A.A. Stekolnikov, D.I. Visoskiy (2003) va kafedra olimlari o'z hissalarini qo'shgan va izlanishlar natijalarini amaliyotga tadbiq etganlar. Ammo hozirgi kunda sport otlari orasida keng tarqalgan pay va pay qini yallig'lanishlarini davolash va oldini olish ishlari mintaqamiz sharoitida yetarlicha amalga oshirilmagan. Shuning chun ham biz sport otlarida pay
yallig'lanishlarining etiopatogenezini o'rganish, ularni davolash va oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqishni o'z oldimizga maqsad qilib oldik.
Shundan kelib chiqqan holda, biz o'z oldimizga sport otlari shikastlanishlari turlarini, ularni keltiruvchi sabablarini va organizmda kechadigan o'zgarishlarni o'rganib, shikastlanishlarni samarali davolash va oldini olish chora - tadbirlarini amaliyotga taklif qilishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik. Respublikamiz xo'jaliklarida, ayniqsa yilqichilik fermer xo'jaliklarida hayvonlar orasida oyoq bo'g'inlarining aseptik surunkali yallig'lanishlari keng tarqalgan bo'lib, xo'jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltirmoqda.
N.Sh. Davlatov va boshq. (1996) ma'lumotlariga ko'ra, xo'jaliklarda otlar o'rtasida 20 foizdan ko'prog'ida bo'og'inlarning aseptik surunkali xarakterga ega bo'lgan patologiyasi uchraydi va katta iqtisodiy zarar keltiradi. Ma'lumki oyoqlarning distal sohasidagi bunday patologiya albatta paylarga ta'sir etib ularning zararlanishiga sabab bo'ladi. Bu patologiyalarning tarqalishi, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, rivojlanish xususiyatlari, diagnostikasi, davolash va oldini olish usullari to'lig'icha o'rganilmagan.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yurtimizda yilqichilik sohasiga qaratilayotgan etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Xususan yurtboshimizning 2021-yil 11-martdagi PQ-5024 Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarorida ham Respublikamiz hududida yilqichilikni va ot sportining klassik turlarini ommalashtirish chora tadbirlari belgilab berilgan. Sport otlarida aseptik tindinit kasalligi keng tarqalgan bo'lib vaqtida veterinariya yordami ko'rsatilmaganda otlarda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Xalqimizda azaldan ot sportiga qiziqishi juda yuqori bo'lib, bugungi kunda ham otga bo'lgan mehr so'ngani yo'q. Xalq bayramlarida ko'pkari va boshqa ot bilan o'ynaladigan sport o'yinlari o'ynalishi an'ana sifatida avloddan-avlodga o'tib kelmoqda. Shuningdek ot sportini rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo'lib, respublikamizning ko'pgina xududlarida bir nechta ot sport maktablari, ippodromlar o'z faoliyatini olib bormoqda. «O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2017 yil 15 iyundagi PQ-3057-son qarori esa ushbu soxani rivojlantirishning tubdan yangilangan strategiyasini belgilab berdi.
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida sport otlari orasida yuqumsiz kasalliklarning asosiy qismini xirurgik patologiya tashkil etib, jumladan oyoq kasalliklari oqibatida ularning muddatidan oldin hisobdan chiqarilishi qayd etilmoqda. Otlarning lokomotor tizimi, ayniqsa oyoqlarning distal qismi paylarining aseptik yallig'lanishlari jarayonlarining sabablarini aniqlash, erta diagnostika qilish, zamonaviy davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb bo'lib hisoblanadi.
Tadqiqot materiallari va metodlari: Ilmiy tadqiqot ishlari aholiga qarashli ko'pkariga qatnashadigan sport otlari, otlardan pay va pay qiningi aseptik yalliqlanishlari bilan kasallangan har xil zot va yoshdagi otlarda o'tkazildi. Olingan natijalar tahlili. Mintaqamizda milliy ot sporti o'yinlarida ishtirok etadigan mahalliy qorabayir zotli otlarda bo'g'im va pay kasalliklari 16-22 % gacha uchrashi qayd qilingan. Mashqda ma'rom, ehtiyotkorlik va individual yondashish prinsiplariga ahamiyat bermaslik otning xolsizlanishi va shikastlanishiga olib keladi. Shikastlar ko'pincha ot to'siqdan sakrab o'tganda, yiqilganida, mashq qilinadigan joyning yaxshi tayyorlanmasligida, sport inventarining nosozligida, taqaning tishlari bo'lmaganida paydo bo'ladi. Otlarni noto'g'ri egarlash yag'rin, yelka, orqa va ko'krak devorining jarohatlanishiga olib keladi. Hayvonning haddan ziyod charchashi harakat kordinatsiyasi va ishlab chiqilayotgan reflekslar buzilishiga sabab bo'ladi. Tayanch -harakat apparati tomonidan bir xil takrorlanadigan harakatlarni bajarish muskul va paylarning mikrouzilishlariga olib keladi. Ot sportining oliy turlarini (vo'yezdka) bajaradigan otlarda quyidagi asosiy shikastlar kuzatiladi: tushoq va yelka - kurak bo'g'imlar bog'lamlarining cho'zilishi, yelka kamari muskullarining yallig'lanishi, tuyoq kaftining lat yeyishi, tuyoq aylanasining jarohatlari. Konkur musobaqasida qatnashadigan otlarda ko'pincha oyoq apparatining muskul va paylari zararlanadi, xususan shikastga barmoq bukuvchi yuza payi va oldingi oyoqlarning o'rta suyaklararo muskullar, yelka - bosh, kurakning o'simta oldi va deltasimon muskullari chalinadi. Qattiq yerda mashq qilishda oldingi oyoqlarning kaftida lat yeyishlar hosil bo'ladi. Undan tashqari konkurda qatnashadigan otlarda kaft suyaklarining periostiti ham kuzatiladi. Uch kurashda qatnashadigan otlarda shikastlanishlar darajasi va og'irligi bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Viyezdkada, dala musobaqalarida va to'siqlardan o'tishda oyoqlarning pastki qismlarida lat yeyishlar, tirnalishlar, jarohatlar, pay -bog'lam apparati va muskullarning cho'zilishi, ko'krak va qorin devorlarining lat yeyishi va jarohatlari, tos, yag'rin va orqa sohalarining lat yeyishlari va jarohatlari, oyoq suyaklari va bo'yin umurtqalarining sinishlari kuzatiladi. Aytib o'tilgan shikastlanishlarni oldini olish uchun sportchilar mashqiga ko'proq e'tibor berish, besh kurash uchun mahsus otlarni ajratish va tayyorlash va ularning ishlarini doim kuzatib turish maqsadga muvofiq bo'ladi. Otlarda sport musobaqalari va mashq qilish davrida oyoqlarning pastki qismida, bilaguzuk va sakrash bo'g'imlaridan pastroqda joylashgan paylar ro'p zararlanadi. Pay kasalligini aniqlash oson tuyuladi, ammo teri yoki pay qini kasalliklarining belgilari ham o'xshab ketadi. Pay qini kasalliklarining kelib chiqishi ko'pincha nogavkalarni yoki bintlarni noto'g'ri qo'llashdan kelib chiqadi. Tendinitga tashhisni aniq qo'yish uchun ultratovushli skaner qilish, maxsus xirurgik tekshiruv usullarini qo'llash zarur. Pay uzilishlari to'liq va qisman bo'lishi mumkin. Zararlanish darajasidan kelib chiqqan holda, payning birlashgan joyidan uzilishi, pay tanasining uzilishi, pay muskulga birikkan joyidan uzilishi kabi pay jarohatlatri farqlanadi. Pay
uzilishida kuchli og'riq va tegishli muskul funksiyasining buzilishi yuzaga keladi. Paylaming qisman uzilishi - bo'g'im butunligi buzilmasdan suyak uchlarining o'z joyidan siljishi va payning qisman uzilishi. Shikast joyida qon quyilishi hosil bo'ladi, bo'g'im shishadi, mahalliy harorat ko'tariladi. Bunday holatlarda tezda sovuq quruq kompress qo'yiladi. Agar davolash kechiktirilsa, suyakning patologik o'sishi boshlanadi va hayvon oqsaydigan bo'lib qoladi . Paylarning cho'zilishi - bo'g'im butunligi buzilmasdan suyak uchlarining qisman siljishi va pay to'qimasining jarohatidan kelib chiqadi. Hayvon oyog'ini avaylaydi yoki umuman bosolmaydi, ammo sa'l "qizigandan" so'ng oqsash pasayadi. Tendinit va tendovaginitlar hosil bo'lishiga shikast, jarohat, infeksion kasalliklar sabab bo'ladi. Ularning belgilariga shikastlangan joyning yo'g'onlashishi, og'riqli shish paydo bo'lishi, mahalliy va tana haroratining ko'tarilishi, oqsash kiradi. Ko'pincha uzoq muddat chopishga majbur bo'lgan hayvonlarning oldingi oyoqlar bukuvchi paylari zararlanadi.
Klinik belgilar. Pay to'qimasida shishlar kuzatiladi u yoki bu darajali oqsash hosil bo'ladi. Otlarda pay cho'zilganda chegaralangan serozli yallig'lanish rivojlanib, payda og'riqli issiq shish paydo bo'lishi, ot tinch turganda oyoqlarini tez-tez almashtirib turadi, yurganda ozroq oqsash, qattiq yerda yurgizilsa oqsash kuchayishi qayd etiladi.
Pay qisman uzilganda shikastlangan joy aseptik yallig'lanish oqibatida shishadi, to'satdan og'riq va oqsash paydo bo'lib, mahalliy harorat oshadi, ayrim hollarda tananing umumiy harorati ham oshishi kuzatiladi. Payning qisman uzilgan joyini aniqlash qiyin, faqatgina palpasiya qilganda uzilgan joyda fibrin to'planganligini aniqlash mumkin.
O'tkir tig'li jismlar bilan shikastlanish natijasida pay to'liq uzilsa o'z funksiyasini to'liq yo'qotadi, to'satdan kuchli oqsash paydo bo'lib, oyoq qo'yishi o'zgaradi. Uzilgan payda shish (gematoma) paydo bo'ladi. Palpatsiya qilinganda uzilgan joyda chuqurcha borligi kuzatiladi va g'ijirlagan tovush eshitiladi. Payning uzilgan joyida kuchli yallig'lanish boshlanib, bunda og'riq va mahalliy harorat kuzatiladi, ba'zan umumiy harorat ham ko'tariladi. Hayvon oyoqlariga tayana olmaydi, harakatlanganda mushaklar qaltiraydi, ko'p yotadi, turganda qiynalib turadi va hayvon oriqlaydi. Ikki tomonlama axill payi uzilganda hayvon joyidan turib itga o'xshab o'tiradi.
Agar paylarda o'tkir aseptik yallig'lanish yuzaga kelsa pay qalinlashadi, og'riq, mahalliy harorat oshadi va pay atrof to'qimalarida yallig'lanish shishi kuzatiladi. Payning shikastlanishi qancha chuqur bo'lsa, yuqoridagi belgilar shuncha kuchli namoyon bo'ladi. Hayvon yurganda oqsaydi, fleksorlar (bukuvchi) tendinitida hayvon oyoqlarini bukib turadi (volyar fleksiya), chunki bunda pay kam tortilib, og'riq ham kamayadi.
Kasallikni oldini olish choralari. Ot oyoqlarini cho'zilishlardan va zarbalardan saqlash uchun ellastik bintlar qo'llanadi. Ellastik bintlar ot oyoqlari bilan to'g'ridan
to'g'ri kontakda bo'ladi. Oddiy bintlar esa o'ralganda juda kuchli yoki aksincha yetarlicha emas o'ralishi mumkin. Tunda qoldirilgan bintlar oyoqni siqib, qon aylanishini buzishi mumkin.
Orqa oyoq sakrash bo'g'imini shikastlanishlardan himoya qilish uchun, mexanik zarbalardan kelib chiqqan kasalliklarini esa tezroq tuzatishda, kompresslarni qo'yishda maxsus nakolennik xizmat qiladi.
Otning orqasi va beli muskullari va paylari elastikligini yaxshilash uchun valtrap qo'llanadi. Otni sovuqdan saqlash, mashqdan so'ng muskullar tez oldingi xolatiga kelishi uchun, shikastlanishning oldini olish, davolash muolajalarini samarali o'tkazish uchun maxsus yoping'ich qo'llanadi.
Davolash. Yengil pay yallig'lanishlarini maz shakldagi kortikosteroidlar bilan davolash samarali hisoblanadi. Buning uchun maz bir kunda ikki mahal shikastlanish joyiga surkalib yingil massaj qilinadi. Muolaja 7-8 kun davom etiladi. Ot malum vaqt kasallikning kechishiga qarab mashqlardan va og'ir mehnatdan saqlanadi.
Aseptik va surunkali pay kasalliklarida eng samarali vositalardan biri bu fenilbutazon bo'lib, ushbu preparat otning 100 kg tirik vazniga 2-4 ml miqdorida 4-6 kun davomida vena qon tomiriga yuboriladi.
Adekvan - pay ichi inyeksiyalar. Adeksanning 1 ml (250 mg) inyeksiyasi pay ishchanligini tiklashni ta'minlaydi. Glamuronidaza Q gidrokortizon - pay ichi inyeksiyalar. Bu ikkita usullar zararlangan joyni aniq ko'rsatadigan ultratovushli skanerlash bilan birgalikda eng yaxshi samara beradi. Otga narkoz berib, sirkulyar (aylana) qamal bajariladi. Inyeksiyalar joyi operatsiya maydoniday ishlanadi. Shpritsga 2-4 flakon glalaza (3-6 IB Glamuronidaza) Q 1 ml (25 ml) gidrokortizon olinadi va xajmi steril suv bilan 5-6 mlgacha yetkiziladi. Aralashma 0,25-0,5 ml dan 15-20 nuqtaga yuboriladi. Payning zararlangan markaziy joyiga to'g'ri tushganda qarshilik sezilmaydi (xuddi venaga tushganday). Muolajani bajarish uchun 0,8-16 o'lchamdagi igna eng yaxshi hisoblanadi. Ikkinchi oyoqqa 1 flakon glalaza va 0.5 ml gidrokortizon inyeksiya qilinadi. Ikkala oyoqqa paxta - dokali bog'ich va bint bog'lanadi va 3 kun mobaynida almashtirib turiladi. Bu usul zararlangan joyi yaqqol ifodalangan o'tkir tendinitlarda samara beradi.
Lazerli terapiya. Muolaja rejimi: 1 hafta, kuniga 2 marta, 10 daqiqa mobaynida 810 nmG 300 mGs. Bunday rejimda lazer nuri to'qimalarga yetarlicha kirib boradi. Glalaza va gidrokortizon inyeksiyalari bilan navbatma - navbat almashtirib turish mumkin.
Ultratovushli terapiya. Dastlabki bosqichlarda shishni pasaytirish uchun qo'llanadi. Tavsiya etiladigan rejim: 1 hafta, kuniga 2 marta, 10 daqiqa mobaynida 2 vattG'sm2.
Yuqorida keltirilgan usullar bilan davolangan ot juda erta mashq qildirilsa, residivlar paydo bo'ladi, residivlar joyida hosil bo'lgan biriktiruvchi to'qima elastik
bo'lmagani sababli uziladi va natijada ot ishchanlik qobilyatini yo'qotishi mumkin. Kasallangan otlarning saqlanishi va ishlatilishi paylarning zararlanish darajasiga bog'liq. Yengil cho'zilishlarda flyuvet yoki deksametazon bilan davolangan ot tezda ishga jalb etilsa, payning markaziy qismi zararlanganda hayvon 6-9 oy, ayrim hollarda esa 1 yil ishdan ozod etilishi lozim. Vaqti - vaqti bilan o'tkaziladigan ultratovushli skanerlash pay tiklanishini nazorat qilishga imkon yaratadi. Payi zararlangan ot davolanish vaqtida har doim dennikda turmasligi kerak. Yallig'lanishning birlamchi belgilari yo'qolgandan so'ng ot avval sekin yurgiziladi, keyinchalik esa ishlatishlar asta - sekin oshirib turiladi, aks holda pay - paycha apparati hech qachon normaga tushmaydi.
Pay va paychalarning cho'zilishi. Hayvon oyog'ini avaylaydi yoki umuman bosolmaydi, ammo sa'l "qizigandan" so'ng oqsash pasayadi. Shikastdan so'ng birinchi kunda zararlangan joyga quruq sovuq qo'yiladi. 3 kundan so'ng zararlangan bo'g'im yengil massaj qilinadi va isituvchi - spirtli kompresslar qo'llanadi, qo'zg'atuvchi malhamlar suriladi. Kasallangan bo'g'imga elastik bint bog'lanadi. Kompresslar va malham sayr qildirishdan so'ng qo'llanishi lozim. Kasallik surunkali kechganda anaboliklar va fermentli preparatlar qo'llanadi. Barcha cho'zilishlarda aspirin yaxshi ta'sir qiladi.
Tendinitda asosiy davolash - tinchlik, birinchi kunlarda siquvchi bog'lamlar va sovuq, ko'p suyuqlik to'planganda - bo'shatuvchi inyeksiyalar bajarilib, bo'shliqni antiseptik eritmalar bilan yuvish va kamforali yoki 5% li ixtiolli spirt bilan nam quriydigan bog'lamlar qo'yish. Og'riq pasayishida kamfora moyi yoki yodvazogen bilan massaj qilinadi.
Kasal otlarda quyidagi davolash ishlari amalga oshirildi
№ Guruh Hayvonlar soni Davolash sxemasi
I. Nazorat 5 1. 24 soat sovituvchi kompress 2. 0,5% li novokain+gidrokortizonni pay ichiga yuborish 3. 48 soatdan so'ng spirtli isituvchi kompress 4. 0,25% li aylana penstrep-novokain qamali 5. Pay qini punksiyasi
II. Tajriba 5 1. 24 soat sovituvchi kompress 2. 0,5% li novokain+gidrokortizonni pay ichiga yuborish 3. 48 soatdan so'ng spirtli isituvchi kompress 4. 0,25% li aylana penstrep-novokain qamali 5. Pay qini punksiyasi 6. Autogemoterapiya
Otlaráa paylaming suгunkali va o'tkiг yallig'lanishidan kelib chiqadigan
asoratlar
Xulosalar: 1. Mamlakatimizda spoгt otlari oгasida bo'gim va pay kasalliklari 16-22 % gacha uchraydi. 2. Sport otlari orasida pay kasalliklarining asosiy etiologik sabablari mexanik shikastlanishlaг, noto'g'гi mashq qildirish va zo'гiqishlaг natijasida kelib chiqadi. З. Paylaming o'tkiг aseptik yallig'lanishlarini o'z vaqtida davolamaslik oqibatida kasallik sumnkali shaklga o'tib, otning erta hisobdan chiqarishga olib keladi. 4. Sport otlari oyoqlari paylarining cho'zilishi va zartalaráan saqlash uchun ellastik bint^ qo'llash maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1. Андреевский, И.С. Книга о болезнях лошадей / И.С. Андреевский. - М.: Либроком, 2012. - 532 с.
2. Антонцев, Б. Коннозаводство России в начале 21 века / Б. Антонцев // Коневодство и конный спорт. - 2001. - № 1. - С. 2-4.
3. Борхунова, E.H. Морфофункциональные особенности сухожилий и костносухожильных соединений пальца грудной конечности у рысистых лошадей: автореф. дис. канд. биол. наук / E.H. Борхунова. - М.: MГABMиБ, 2000. - 15 с.
4. Bасильев, B.K Лечение хирургических заболеваний спортивных лошадей на госконюшне «Бурятская» / B.K Bасильев, BA. Леонтьева //
Bестник Бурятской государственной сельскохозяйственной академии им. B.P. Филиппова. - 2009. - № З. - С. 7-13.
5. Bогел К. Bаша лошадь. Полное практическое руководство по уходу за лошадьми / К. Bогел. - М.: БММ, 200З. - 192 с.
6. Жукова, М.В. Ветеринария: Тендинит. Найти и обезвредить. Часть 2. Методы и эффективность лечения / М.В. Жукова, М. Савицкая // Мустанг. 2008. - №6 (74).
7. Зеленевский, Н. В. Клиническая анатомия лошади / Н. В. Зеленевский, В. И. Соколов. - М.: Колос, 2001. - 408 с.
8. К вопросу о профилактике спаечного процесса при повреждении сухожилий /
A.Н. Зохиров [и др.] // Научное обеспечение агропромышленного производстваматериалы: межд. научно-практ. конф. - Курск: Курская государственная сельскохозяйственная академия им. профессора И.И. Иванова,2012. - С. 80-84.
9. Лечение лошади. Выпуск 1. Заболевания конечностей у рысистых и верховых лошадей М.: «ГорКа&Говорун». 2007г. - 40с.
10. Niyozov X. B. «Qishloq xo'jalik hayvonlarida oyoqlarning distal qismi artropatiyasi", veterinariya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya, Samarkand, 2017 yil, 68-72 betlar.
11. Norbekov S. "Otlar orasida tendenitlarning tarqalishi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish" Zooveterinariya junali, 2017 yil, №10, 23-24 betlar.
12. Общая хирургия животных / С. В. Тимофеев [и др.]. - М.: Колос С, 2006. - 687 с. 107.
13. Ортопедия ветеринарной медицины / Э. В. Веремей [и др.]. - СПб.: Лань, 2003.
- 352 с.
14. Родин, И.А. К совершенствованию лечебных мероприятий при травматизме у лошадей. / И.А. Родин [и др.] // Ветеринария Кубани, 2007. - N 6. - С. 4-5.
15. Рыбин, Е.В.Использование диметилсульфоксида при лечении патологии сухожилий у лошадей: автореф. дис. канд. вет. наук / Е.В.Рыбин. - СПб.: СПбГАВМ, 2002. - 18 с.
16. Сапожкова, О.А. Патоморфологические изменения в сухожилиях у спортивных лошадейс острым асептическим тендовагинитом / О.А. Сапожкова,
B.С.Сапожков // Актуальные проблемы современной ветеринарии. -Краснодарский научно-исследовательский ветеринарный институт, 2011. - №. 1. -
C. 144.
17. Слесаренко Н.А., Борхунова Е.Н., Алекнерова В.Г. Морфофункциональные характеристики сухожилий и костно-сухожильных соединений пальца у рысистых лошадей: Учебное пособие. - СПб.: Издательство «Лань», 2005. - 96 с.
18. Стекольников А.А. Содержание, кормление и болезни лошадей: Учебное пособие / Щербаков Г. Г. Андреев Г. М. и др. - СПб.: Издательство «Лань» 2007.
- 624с.
19. Derek C. Knottenbelt, Reg R. Pascoe Diseases and Disorders of the Horse, 2003 -432