Научная статья на тему 'SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ ATVORI VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA’LIMNING TA’SIRI (AQSH TAJRIBASI MISOLIDA)'

SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ ATVORI VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA’LIMNING TA’SIRI (AQSH TAJRIBASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
38
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sudlangan shahslar / probatsiya jarayoni / ta’lim / ozodlikdan mahrum etish muassassasi / takroriy jinoyat / jinoyatni oldini olish / xorijiy tillar / jamiyat. / convicted persons / probation process / education / prison / recidivism / crime prevention / foreign languages / society.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ikanova, Lazokat Sultonnazir Qizi

Jamiyat har bir mamlakatning ustuni hisoblanib, unda turli xil insonlar uchraydi. Ularning orasida namunali xulq atvorga ega vatanparvar insonlar uchragani kabi ba’zi jinoyatchilar hamda salbiy harakterga ega insonlarni ham uchratamiz. Ammo jamiyatda har bir insinning o’z huquqi bo’lgani kabi, jinoyatchilar ya’ni sudlangan shahslarning ham o’z haq-huquqlari mavjud. Davlatning vazifasi esa ushbu yo’ldan adashagan insonlarni to’g’ri yo’lga boshlash, hamda ularning tafakkurlarini o’stirib ularni jamiyatimizda o’z o’rniga ega, davlatga foydasi tegadigan inson qilib tarbiyalash uchun turli chora tadbirlar o’tkazish hisoblanadi. Ushbu sohada ko’plab dunyoning rivojlangan mamlakatlari izlanishlar olib borishgan, hamda yuqorida ta’kidlangan vazifalarni amalga oshirishda ta’limning ahamiyati kata ekanini aniqlashgan. Xususan yurtimiza ushbu sohada juda kam ishlar bajarilgan bo’lsada, ushbu soha va unda yechilmagan muammolarni o’rganish vaqti keldi. Jinoyatchilikni oldini olish hamda sudlangan shahslarni takroran jinoyat sodir etishini oldini olish jamiyatning taraqqiyotini yanada yuksaltiradi va insonlarga farovon hayotni ta’minlaydi. Mazkur maqolada sudlangan shahslar (probatsiya jarayonidagi shahslar va ozodlikdan mahrum etish muassassalaridagilar) ta’limi hamda ularning tarbiyasini yaxshilash, qayta jinoyat sodir etishni oldini olish maqsadidagi chora tadbirlar bilan tanishasiz. Shuningdek maqolada AQSH tajribasi bilan tanishasiz hamda ushbu tajribaga tadqiqotchilarning va olimlarning munosabatini uchratishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF EDUCATION IN ELIMINATING THE BEHAVIOR AND RECIDIENCE OF CONVICTED PERSONS AND PRISONERS (US EXPERIENCE AS AN EXAMPLE)

Society is considered the pillar of every country, and different people can be found in it. Among them, as well as patriotic people with exemplary behavior, we also meet some criminals and people with negative character. However, just as everyone has their own rights in society, criminals, that is, convicted persons, also have their own rights. The task of the state is to guide people who have lost their way to the right path, and to develop their thinking and educate them to become people who have their own place in our society and benefit the state. Many developed countries of the world have conducted research in this field and found that education is of great importance in the implementation of the above-mentioned tasks. In particular, although very little work has been done in this field in our country, it is time to study this field and its unsolved problems. Prevention of crime and the prevention of repeated crimes by convicted persons will increase the development of society and provide people with a comfortable life. In this article, you will get acquainted with measures aimed at improving the education of convicted persons (persons on probation and those in prisons), as well as measures to prevent re-offending. Also in the article you will get acquainted with the experience of the USA and you can meet the reaction of researchers and scientists to this experience.

Текст научной работы на тему «SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ ATVORI VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA’LIMNING TA’SIRI (AQSH TAJRIBASI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ ATVORI VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA'LIMNING

TA'SIRI (AQSH TAJRIBASI MISOLIDA)

Ikanova Lazokat Sultonnazir qizi

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Tillarni o'qitish kafedrasi o'qituvchsi lazokat. ikanova@icloud.com

ANNOTATSIYA

Jamiyat har bir mamlakatning ustuni hisoblanib, unda turli xil insonlar uchraydi. Ularning orasida namunali xulq atvorga ega vatanparvar insonlar uchragani kabi ba 'zi jinoyatchilar hamda salbiy harakterga ega insonlarni ham uchratamiz. Ammo jamiyatda har bir insinning o 'z huquqi bo 'lgani kabi, jinoyatchilar ya 'ni sudlangan shahslarning ham o 'z haq-huquqlari mavjud. Davlatning vazifasi esa ushbu yo 'ldan adashagan insonlarni to 'g'ri yo 'lga boshlash, hamda ularning tafakkurlarini o'stirib ularni jamiyatimizda o'z o'rniga ega, davlatga foydasi tegadigan inson qilib tarbiyalash uchun turli chora tadbirlar o'tkazish hisoblanadi. Ushbu sohada ko'plab dunyoning rivojlangan mamlakatlari izlanishlar olib borishgan, hamda yuqorida ta'kidlangan vazifalarni amalga oshirishda ta 'limning ahamiyati kata ekanini aniqlashgan. Xususan yurtimiza ushbu sohada juda kam ishlar bajarilgan bo'lsada, ushbu soha va unda yechilmagan muammolarni o'rganish vaqti keldi. Jinoyatchilikni oldini olish hamda sudlangan shahslarni takroran jinoyat sodir etishini oldini olish jamiyatning taraqqiyotini yanada yuksaltiradi va insonlarga farovon hayotni ta 'minlaydi. Mazkur maqolada sudlangan shahslar (probatsiya jarayonidagi shahslar va ozodlikdan mahrum etish muassassalaridagilar) ta 'limi hamda ularning tarbiyasini yaxshilash, qayta jinoyat sodir etishni oldini olish maqsadidagi chora tadbirlar bilan tanishasiz. Shuningdek maqolada AQSH tajribasi bilan tanishasiz hamda ushbu tajribaga tadqiqotchilarning va olimlarning munosabatini uchratishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: sudlangan shahslar, probatsiya jarayoni, ta'lim, ozodlikdan mahrum etish muassassasi, takroriy jinoyat, jinoyatni oldini olish, xorijiy tillar, jamiyat.

АННОТАЦИЯ

Общество считается опорой каждой страны, и в нем можно встретить разных людей. Среди них, помимо людей-патриотов с примерным поведением, встречаются преступники и люди с отрицательным характером. Однако, как каждый имеет свои права в обществе, так и преступники, то есть

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

осужденные, тоже имеют свои права. Задача государства - направлять людей, сбившихся с пути, на правильный путь, развивать их мышление и воспитывать, чтобы они стали людьми, имеющими свое место в нашем обществе и приносящими пользу государству. Многие развитые страны мира провели исследования в этой области и установили, что образование имеет большое значение в реализации вышеперечисленных задач. В частности, хотя в нашей стране в этой области сделано очень мало работ, настало время изучить эту область и ее нерешенные проблемы. Профилактика преступности и предупреждение повторных преступлений со стороны осужденных повысят развитие общества и обеспечат людям комфортную жизнь. В данной статье вы познакомитесь с мерами по улучшению образования осужденных (лиц, находящихся под испытательным сроком и находящихся в местах лишения свободы), а также мерами по предотвращению повторного совершения преступлений. Также в статье вы познакомитесь с опытом США и сможете встретить реакцию исследователей и ученых на этот опыт.

Ключевые слова: осужденные, испытательный срок, образование, тюрьма, рецидивизм, профилактика преступности, иностранные языки, обшество.

Society is considered the pillar of every country, and different people can be found in it. Among them, as well as patriotic people with exemplary behavior, we also meet some criminals and people with negative character. However, just as everyone has their own rights in society, criminals, that is, convicted persons, also have their own rights. The task of the state is to guide people who have lost their way to the right path, and to develop their thinking and educate them to become people who have their own place in our society and benefit the state. Many developed countries of the world have conducted research in this field and found that education is of great importance in the implementation of the above-mentioned tasks. In particular, although very little work has been done in this field in our country, it is time to study this field and its unsolved problems. Prevention of crime and the prevention of repeated crimes by convicted persons will increase the development of society and provide people with a comfortable life. In this article, you will get acquainted with measures aimed at improving the education of convicted persons (persons on probation and those in prisons), as well as measures to prevent re-offending. Also in the article you will get acquainted with the experience of the USA and you can meet the reaction of researchers and scientists to this experience.

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Key words: convicted persons, probation process, education, prison, recidivism, crime prevention, foreign languages, society.

KIRISH

Mahbuslar - bu jamiyat tomonidan ma'lum bir vaqt unutilgan yoki e'tiborsiz qoladigan odamlar guruhi sifatida baholashimiz mumkin. Shunga qaramay, takroran jinoyat sodir etish - bu butun dunyo bo'ylab inson resurslarini jiddiy ravishda yo'qotib, unga qarshi kurashish ko'plab tadqiqotlarchlar va siyosatchilarni e'tiboridagi mavzu bo'lib kelgan. Xavfsiz muhitda va undan tashqarida ta'lim huquqbuzarlarga yordam berib, takroriy jinoyatlarni kamaytiradi va ishga joylashishni yaxshilaydi, shuningdek jamiyatda o'z o'rnini topishga imkon yaratadi.

Shu bilan bir qatorda mahkumlar hamda sudlangan shaxslarni qayta tarbiyalash va ularning hayotdagi ustuvor maqsadlarini o'zgartirishda ta'lim va tarbiyaning o'rni beqiyosdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ta'lim darajasi qanchalikyuqori bo'lsa, takroriy jinoyatlar darajasi shunchalik past bo'ladi: So'nggi yigirma yil davomida olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, sudlangan shaxslar, shu jumladan, probasiya nazorati ostidagi shaxslarni kasbga o'qitish, shuningdek, xorijiy tillarni o'rgatish ular tomonidan jinoyatlar sodir etilishi takrorlanishini kamaytiradi va bu o'z navbatida jinoyatlarning kamayishiga, soliq to'lovchilar mablag'larini tejashga, jamoat xavfsizligi ta'minlanishiga va farovonlikka hissa qo'shadi.

Ozodlikdan maxrum etish muassasalaridagi ta'lim dasturlari bo'yicha so'nggi tadqiqotlar hozirgi kelgusida takroriy jinoyatlar sodir etilishini prognoz qilish bilan bog'liq ma'lumotlarni taqdim etadi.

Oliy ta'lim siyosati instituti (IHEP) ma'lum qilishicha, muqaddam ozodlikdan mahrum etilgan har 10 kishidan 7 nafari yangi jinoyat sodir etadi, yarmi esa uch yil ichida yana qamoqqa tushadi. Ozodlikdan maxrum etilgan har 100 nafar kishidan 95 nafari oxir-oqibat jamiyatga qayta qo'shilishini hisobga olsak,[1] takror jinoyat sodir etishni samarali kamaytirish uchun dastur va vositalarni ishlab chiqishimiz juda muhimdir.

AQSH Milliy Adliya Institutining ma'lumotlariga ko'ra, qamoqxonadagi ta'lim takroriy jinoyatlarni kamaytirishda ancha samaralidir.[2] 2001-yilda AQSH Tuzatish ta'lim assotsiatsiyasining "Retsidivlikni o'rganish" tadqiqoti axloq tuzatish ta'limi uzoq muddatli retsidivlarni 29 foizga kamaytirganini ko'rsatdi.[3]

2005-yilgi IHEP hisobotida ko'proq raqamlar keltirilgan bo'lib, qamoqxonadagi ta'lim dasturlarida qatnashgan mahkumlar uchun takroriy jinoyatlar ko'rsatkichlari kollejda dars olmagan mahkumlar darajasidan o'rtacha 46 foizga past bo'lgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Mazkur hisobot davomida 1990-yildan buyon o'tkazilgan 15 ta turli tadqiqotlar o'rganib chiqildi va ularning 14 tasi o'rta ta'limdan keyingi tuzatish ta'limida qatnashgan odamlar orasida uzoq muddatli retsidiv holatlari kamayganligini ko'rsatdi.[4]

AQSh qamoqxonalaridagi odamlarning katta qismi o'rta maktabni tamomlaganlik haqidagi guvohnomaga ega emas. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning olgan ma'lumot darajasi va uning qayta jinoyat sodir etish darajasi o'rtasida yuqori bog'liqlik mavjud. Amerika Tuzatish Assotsiatsiyasining xabar berishicha, Indianada kasbga o'qitishni tamomlaganlar uchun retsidivlar darajasi umumiy qamoqxona aholisi darajasidan 20 foizga past, kollej bitiruvchilari orasida esa umumiy aholinikidan 44 foizga past.[5] Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, olingan ta'lim darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, takroriy jinoyatlar darajasi shunchalik past bo'ladi.

2009-yilgi Nyu-Yorkdagi Tuzatish assotsiatsiyasining hisobotiga ko'ra, kollej ta'limi Qo'shma Shtatlardagi eng qimmatli boyliklardan biriga aylangan, sababi bakalavr darajasi umr bo'yi 1 million AQSH dollaridan ko'proq daromad keltiradi.[6] Shunday qilib, ilmiy darajaning mavjudligi (yoki yo'qligi) ilgari qamoqqa olingan odamlarning jamiyatga qayta integratsiyalashuvi uchun mavjud bo'lgan ish imkoniyatlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Daromadli bandlik jamiyatga moslashish, pirovardida, shaxsning noqonuniy faoliyatga qaytishi ehtimolini kamaytiradi.

NATIJALAR

Bugungi kunda Qo'shma Shtatlarda 2,3 millionga yaqin odam ozodlikdan mahrum etish muassasida saqlanmoqda. AQSH har yili sudlangan shaxslar bilan bog'liq tadbirlar uchun 52 milliard dollardan ortiq mablag' sarflaydi.[7]

AQSH Adliya Statistikasi Byurosining ma'lumotlariga ko'ra, 2001-yilda har bir mahkum uchun o'rtacha yillik xarajatlar 22 650 dollarni tashkil etgan.[8] Nyu-York Davlat Universiteti (SUNY) kabi standart davlat universiteti uchun har bir talaba uchun yillik xarajatlar 8 000 dollardan past.[9] Umuman olganda, sudlangan shaxslarni tuzatish va ta'lim xarajatlari o'rtasida sezilarli xarajat farqi mavjud.

Hozirda mahkumni tarbiyalash xarajatlarining atigi 6 foizi barcha qamoqxona dasturlari, shu jumladan ta'lim dasturlari uchun to'lov uchun sarflanmoqda. O'rta maktabdan keyingi qamoqxonalardagi ta'limning 50 shtatdagi tahlili "ta'lim dasturlari kengaytirilgan taqdirda ham, ularning bir mahkumga to'g'ri keladigan narxi qamoqxonaning umumiy narxidan ancha past" degan xulosaga keladi.[10]

Uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlik: takroriy jinoyatlarning xarajatlarni kamaytirish ta'siri: Axloq tuzatish ishlariga sarflangan xarajatlarning yuqoriligi, milliy retsidivning 67,5 foizni tashkil etgan hayratlanarli darajada yuqoriligi [11]

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bilan yanada kuchayadi, bu esa qamoqxona aholisining ko'payishiga sezilarli hissa qo'shadi. Qayta jinoyat sodir etishni kamaytirish orqali qamoqxona ta'limi qamoqxona aholisining butun ko'lamini va shuning uchun qamoqxona xarajatlarini kamaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti Siyosatshunoslik bo'limi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, "qamoqqa olish uchun 1 million dollar sarmoya 350 ga yaqin jinoyatlarning oldini oladi, shu bilan birga [tuzatish] ta'limga sarmoya 600 dan ortiq jinoyatlarning oldini oladi. Axloq tuzatish tarbiyasi qamoqqa olishdan deyarli ikki baravar tejamkor". [12]

O'rta ta'limdan keyingi ta'lim ko'plab ijtimoiy imtiyozlar beradi, jumladan, katta ijtimoiy samaradorlik, soliq tushumlarining oshishi va hukumat yordamiga bo'lgan ishonchning kamayishi.[13] 2005-yilgi IHEP so'rovida, o'rta maktab diplomiga ega bo'lganlar har bir shtatda bakalavr darajasiga ega bo'lganlarga qaraganda ko'proq davlat yordami olgani haqida xabar berishgan va 28 shtatda bakalavr darajasiga ega bo'lgan hech kim o'tgan yili davlat yordamini olmaganini xabar qilgan.[14] "Qamoqxonalardagi oliy ta'lim dasturlari soliq to'lovchi mablag'larining iqtisodiy jihatdan samarali sarmoyasi bo'lishi mumkin."[15]

Zo 'ravonlikni kamaytirish: Qamoqxonadagi ta'lim dasturlari direktorlari ko'pincha qamoqxonaning umumiy xulq-atvori va intizomi sezilarli darajada yaxshilanganini ta'kidlaganlar. Nyu-York shtatidagi direktorlardan biri bir semestr davomida uning talabalari orasida intizomiy huquqbuzarliklar kamayganini ta'kidladi; yana biri qamoqqa olingan talabalar qamoqxonadagi ta'lim dasturini butunlay yo'qotishdan qo'rqib, o'zlarini qanday nazorat qilganini qilganini tasvirlab berdi.

2009-yilgi hisobot xulosasiga ko'ra: "Xulq-atvordagi o'zgarishlarni kognitiv qobiliyatning yaxshilanishi, shuningdek, qamoqqa olingan shaxsning darslarga borish kabi odatiy faoliyat bilan shug'ullanib, o'zini yana insoniy his qilish imkoniyatiga ega bo'lishi bilan bog'lash mumkin"[16].

MUHOKAMA

Ta'kidlash joizki qayta jinoyat sodir etishning oldini olinishi ushbu harakatlarning eng foydali jihatlaridan biridir. Bu har tomonlama yani moliyaviy juhatdan, tarbiyaviy jihatdan, xavfsizlik jihatdan mamlakatga kata foyda keltiradi. Shuningdek takroriy jinoyatning oldini olinishi va kamayshi jamiyatning tinch va osoyishta hayot kechirishi uchun sharoit yaratib beradi.

Izlanishlarning natijalariga asoslangan xolda ta'lim orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:

S Ta 'lim darajasi qanchalik yuqori bo 'lsa, takroriy jinoyatlar darajasi shunchalikpast bo 'lad.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

S Uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlik: jinoyatlar kam bo 'lsa harajatlar ham kam bo 'ladi.

S Zo 'ravonlikni kamayishi.

Demak ta'lim orqali ushbu yutuqlarga va natijalarga erishilar ekan bizning mamlakatimizda ham sudlangan shahslarning ta'lim darajasini o'rganib, ularga bazaviy ta'limni taminlash kerak. Odatda jinoyat sodir etganlarning ko'p qismi xattoki boshlang'ich ta'limni ham tugallanmagan shahslar bo'ladi. Shu sababli Amerika va shunga o'xshagan boshqa rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o'rgangan xolda smarali natijalarga erishilgan tajribalarni moslashtirgan xolda o'zimizda tadbiq qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ta'limning inson hayotida o'rni beqiyosdir. Ta'lim insonga faqatgina ilmni emas balki unga keng dunyoqarash, kata maqsadlar va tarbiya ham beradi. Bu esa o'z o'rnid a sudlangan shahslarning hayotini yaxshi tonga o'zgartirishga kata hissa qo'shadigan omildir. Shuningdek ilmiy o'rganishlar natijasida aytish mumkunki, sudlangan shaxslarni kasbga, xorijiy tillarga o'qitish ularni qayta tarbiyalanishiga, bandligi ta'minlanishiga, bu orqali jamiyatda o'z o'rnini topishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Laura E. Gorgol and Brian A. Sponsler, "Unlocking Potential: Results of a National Survey of Postsecondary Education in State Prisons," Institute for Higher Education Policy, 2011

2. Lawrence W. Sherman et. al, "Preventing Crime: What Works, What Doesn't, What's Promising," National Institute of Justice, 1998

3. Stephen Steurer, Linda Smith, and Alice Tracy, "Three State Recidivism Study," Correctional Education Association, 2001

4. Wendy Erisman and Jeanne Bayer Contardo, "Learning to Reduce Recidivism: A 50-State Analysis of Postsecondary Correctional Education Policy," Institute for Higher Education Policy, 2005

5. Stephen Steurer, John Linton, John Nally, and Susan Lockwood, "The Top-Nine Reasons to Increase Correctional Education Programs," Corrections Today, 2010.

6. Correctional Association of New York, "Education from the Inside Out: The Multiple Benefits of College Programs in Prison," 2009.

7. Laura E. Gorgol and Brian A. Sponsler, "Unlocking Potential: Results of a National Survey of Postsecondary Education in State Prisons," Institute for Higher Education Policy, 2011.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

8. James J. Stephen, "State Prison Expenditures 2001." Bureau of Justice Statistics, 2001.

9. Correctional Association of New York, "Education from the Inside Out: The Multiple Benefits of College Programs in Prison," 2009.

10. Wendy Erisman and Jeanne Bayer Contardo, "Learning to Reduce Recidivism: A 50-State Analysis of Postsecondary Correctional Education Policy," Institute for Higher Education Policy, 2005.

11. Bureau of Justice Statistics, "Reentry Trends in the U.S.," Bureau of Justice Statistics, 1994.

12. A. Bazos and J. Hausman, "Correctional Education as a Crime Control Program," Los Angeles: UCLA School of Public Policy and Social Research, 2004.

13. Institute for Higher Educatoin Policy, "The Investment Payoff," Institute for Higher Education Policy, 2005.

14. Wendy Erisman and Jeanne Bayer Contardo, "Learning to Reduce Recidivism: A 50-State Analysis of Postsecondary Correctional Education Policy," Institute for Higher Education Policy, 2005.

16. Correctional Association of New York, "Education from the Inside Out: The Multiple Benefits of College Programs in Prison," 2009.

15. Ibid.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.