Научная статья на тему 'JAZONI IJRO ETISH MUASASSALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI QAYTA MOSLASHISH JARAYONI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI'

JAZONI IJRO ETISH MUASASSALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI QAYTA MOSLASHISH JARAYONI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
383
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moslashish / reabilitasiya / hissiy karaxtlik / koloniya / mahkum / jinoiyat / ijtimoiy moslashuv / qonuniylik / insonparvarlik / jazoni ijro etish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yuldashev Sanjar Ruzimurodovich, Maxmutboyev Rustam Sherzod O’G’Li

Ushbu maqolada siz hozirgi kundagi jazoni ijro etish muasassalaridan uzoq mudatli qamoq jazosini o’tab ozodlikka chiqan shxslarning psixologik holati, shu bilan birga ularning jamiyatga qayta moslashtirish jarayonining istiqbollari haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAZONI IJRO ETISH MUASASSALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI QAYTA MOSLASHISH JARAYONI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI»

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Musurmonova O. Oila ma'naviyati - milliy O'quv qo'll. T.: "O'qituvchi", 1999.

2. Safarov O., Mahkamov M. Oila ma'naviyati. Uslubiy qo'llan. T.: "Ma'naviyat", 2009.

3. Xasanboyeva O. Oila pedagogikasi darslik T.: "Aloqachi, 2007.

4. Shoumarov G'.B. va boshqalar. Oila psixologiyasi. Darslik T.: "Sharq", 2008.

JAZONI IJRO ETISH MUASASSALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI QAYTA MOSLASHISH JARAYONI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI

Yuldashev Sanjar Ruzimurodovich,

«Amaliy psixologiya» kafedrasi dotsenti v.b., PhD Maxmutboyev Ruftam Sherzod o'g'li

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va Psixologiya fakulteti «Amaliy рsixologiya» yo'nalishi 4-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada siz hozirgi kundagi jazoni ijro etish muasassalaridan uzoq mudatli qamoq jazosini o 'tab ozodlikka chiqan shxslarning psixologik holati, shu bilan birga ularning jamiyatga qayta moslashtirish jarayonining i&iqbollari haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Tayanch iboralar: Moslashish, reabilitasiya, hissiy karaxtlik, koloniya, mahkum, jinoiyat, ijtimoiy moslashuv, qonuniylik, insonparvarlik, jazoni ijro etish.

Аннотация: В данной статье можно узнать о психологическом состоянии людей, освободившихся из мест лишения свободы после длительного срока заключения, а также перспективах их реинтеграции в социуме.

Ключевые слова: Адаптация, реабилитация, эмоциональное истощение, колония, осужденный, преступление, социальная адаптация, законность, гуманизм, исполнение наказания.

Ab&ract: In this article, you can learn about the psychological condition of people who have been released from prison after a long term of imprisonment, as well as the prospects of their reintegration into society.

Key words: Adaptation, rehabilitation, emotional exhau&ion, colony, convict, crime, social adaptation, legality, humanitarianism, execution of punishment.

Psixologlar orasida keng tarqalgan fikrlar shundan iboratki, sudlanganlar bora-bora ularni o'rab turgan atrof-muhitga moslashadilar. Aynan mana shu narsa ekspertlarning fikricha, "moslashish"ga sabab bo'ladi - o'ziga xos sindromning bekor bo'lishi,

- 186 -

muqaddam sudlangan shaxs uyga qaytganida va to'liq erkin bo'lgan sharoitda qanday yashash kerak degan muammoga duch keladigan holatlardan biridir. Psixologlar sobiq sudlanganlar, qamoqda 19 yildan kam o'tirmaganlar bilan suhbatlashar ekan, eng kamida "odamlarga bo'lgan munosabatda, murakkablashtiradigan har qanday o'zaro munosabatga ishonmaslik" va "qaror qabul qilishdagi qiyinchilik"lar ko'rinishida "tizimlashgan shaxsiy sifatlar" shakllanganligini aniqlashgan. O'rganishlar paytida 36 yoshli muqaddam sudlangan bir erkak ozodlikda bo'lsada qamoqxona qonunlari bilan yashayotganini tan olgan: «Men hali ham o'zimni xuddi qamoqxonadaman, deb bilaman va shunga mos xatti-harakatlarni amalga oshiraman. O'ylaymanki, inson bilan bunday holatning bo'lishiga asosiy sabab shuki, inson xuddi tokni o'chirib yoqadigan moslama yoki suv quvurining krani emaski - unda biror narsani chiqillatib yoki burab o'chirib qo'yish mumkin bo'lsa. Shuday ekan, siz uzoq vaqt mobaynida biror narsani bajarar ekansiz, u a&a sekin sizning bir qismingizga aylanib boradi», - deydi u. Shaxsdagi o'zgarishlar, ular avvalgi holatlardagidek bo'la olmasliklari haqida so'zlay turib, sudlanganlar boshqalarga munosabat u yoqda tursin, hatto o'z hissiyotlariga ishonmay qo'yish, ya'ni "Hissiy karaxt bo'lib qolish" jarayonini kuzatish mumkin. Uzoq muddatga hukm qilingan shaxs jazoni o'tash muassasasi talablari sharoitlariga moslashib qolganligidan, u erkak yoki ayol hissiy jihatdan yopiq, o'zini o'zi cheklovchi, ijtimoiy chetlatligan va balki ozod bo'lganidan keyin hayotga unchalik to'g'ri/mos kelmaydigan, ko'nika olmaydigan bo'lib qoladi. Shuni qo'shimcha qilish lozim-ki, aynan mana shu sabab tufayli bir marta bo'lsa ham jazoni ijro etish muassasasida bo'lgan ko'pchilik odamlar, u yerga yana qaytadilar. Uzoq muddatli ijtimoiy yakkalab qo'yish sudlanuvchining shaxsiyatida mu&ahkam o'rnashadigan salbiy, jinoiy o'zgarishlarga olib keladi va bunga quyidagilar ta'sir qiladi:

- oila bilan aloqalarning uzilishi va qarindoshlik aloqalarini yo'qotish;

- koloniya tashqarisida salbiy muhit bilan munosabat va aloqalar;

- koloniya sharoitida tashabbus ko'rsatish va mu&aqillikni namoyon qilishning imkoniyati yo'qligi;

Shuning uchun, jazoni ijro etish muasassasidan qaytgan shaxslar bilan ishlashda yuqorida keltirilganlarni e'tiborga olgan holda ularning reabilitasiyasi1 va qayta moslashuvi sekinlik bilan kechadigan jarayon ekanligini esda tutgan holda, ijtimoiy ko'makni bosqichma-bosqich to'g'ri tashkil qilish lozim. Jazoni o'tagandan keyingi moslashuv jarayoni. Ijtimoiy jihatdan zaif davlat yordami va ko'magiga muhtoj fuqarolar qatoriga ozodlikdan mahrum qilish ko'rinishidagi jinoiy jazoni o'tab kelganlar, ya'ni jamoatchilik xavfsizligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo'lganlar kiradi. Ozodlikdan mahrum qilish ko'rinishida jinoiy jazoni o'tash nafaqat odamning huquqiy maqomini o'zgarishiga sabab bo'ladi, balki shu bilan bir qatorda ularning ijtimoiy roli va aloqalarini ham yo'qotishga olib keladi. Jinoiy o'tmishga ega bo'lgan shaxslar uchun ishonchli ijtimoiy kafolatlarning yo'qligi, ularni maishiy va ishga joylashish masalalaridagi

1 reabilitasiya (lot. rehabilitatio - tiklash) (tibbiyotda) - organizmning buzilgan funksiyasini va bemorlar hamda nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui.

mavjud qiyinchiliklar ularning qayta ijtimoiylashuv jarayonini murakkablashtiradi, bu esa mazkur toyifadagi odamlar tomonidan takroriy qonun buzilishlarini sodir etishlariga olib keladi. Jazoni ijro etish muasassalaridan ozodlikka chiqqan shaxslar duch kelishi mumkin bo'lgan muammolar oqibatida yana muasassaga qaytishi:

( ~

Yangi jinoyat sodir etilishi, jinoyatni takrorlanishi

Avval sudlangan shaxsning huquqtartibot xodimlari tomonidan ushlanishi va uni yana qamoq muassasalariga qaytarilishi

V_

Ozodlikdan mahrum qilingan joylardan ozod bo'lib chiqqan odamning ijtimoiy foydali aloqalarini tiklash yo'lida aksariyat hollarda jiddiy to'siqlar kelib chiqadi, bu ijobiy ijtimoiy mavqega ega bo'lgan odamlar tomonidan o'tmishida jinoiy ishlar bo'lgan bunday odamlarni o'z atrofiga yaqinlashishini i&amasliklari, vaziyatni shunday murakkablashtiradiki, ijtimoiy muhim aloqalarning yo'qligi jinoiy muhitning/guruhlar ta'siri bilan to'ldiriladi va qamalib chiqqanlarni ular o'z qatoriga hech qanday to'siqlarsiz qabul qiladilar. Ozod bo'lganlar orasida voyaga yetmaganlar, keksalar, kasallar, muqaddam bir necha bor sudlangan, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum bo'lganlar, kichik yoshdagi bolalari bo'lgan ayollar va boshqa toifadagi fuqarolar bor. Ayniqsa, uzoq muddatli qamoqdan keyin ozodlikka chiqqanlarga oson bo'lmaydi, chunki ozodlikda nimalarga duch kelishini tasavvur ham qilish qiyin bo'ladi: tanib bo'lmas darajada o'zgargan dunyo, mehnat va turmushni izga solishdagi noaniqliklar, qarindoshlar, do'&lar, qo'shnilar, jinoyat qurbonlari bilan o'zaro munosabatlardagi muammolar, nima qilish va kimga yordam so'rab murojaat qilishni bilmaslik kabi holatlar shular jumlasidandir. Jazoni o'tab kelganlarning qayta ijtimoiylashuvi muammosi o'zida o'ta muhim kompleks ijtimoiy muammoni aks ettiradi. Jinoiy jazoni o'tab kelgan, shuningdek ijtimoiy foydali aloqalarini yo'qotgan boshqa shaxslarning ijtimoiy moslashuvi ularni

A

J

ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat bo'ladi va ularning mehnat qilish, uy joy, ta'lim olish, tibbiy xizmat ko'rsatish va qonuniylik, insonparvarlik, adolat tamoyillari asosida boshqa huquq va erkinlarini ro'yobga chiqarishga yo'naltirilgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy, tashkiliy va boshqa choralar tizimi yordamida erishiladi.

Uzoq muddat insonning cheklanishi psixik va ijtimoiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Psixik oqibatlar shunda aks etadiki, qamalganidan keyin taxminan 5-7 yil o'tgach, psixikada qayta tiklash qiyin bo'lgan o'zgarishlar boshlanadi: shundan kelib chiqib, 35% ozod etilganlarning izdan chiqqan moslashuv mexanizmlarini tiklash uchun maxsus psixiatrik yoki psixologk yordamlarga muhtojlik sezadi. Ular faollik, energiya, uddaburonlik, mas'uliyat, mu^aqillik va tashabbuskorlik talab etiladigan erkin hayotga qiyinchilik bilan moslashadilar. Shuning uchun sudlanganlar aniq yashash joyi bo'lmaganlar, tilanchilar, mayda o'g'irlik qiluvchilar, ichkilikbozlik va giyohvandlik bilan shug'ullanuvchilar sonini to'ldirgan holda,bir oz vaqtdan keyin yana jinoyat qiladilar va koloniyaga tushadilar.

Xulosa: Amaliyot shuni ko'rsatadiki, uzoq vaqt davomida jazoni ijro etish muasassasida bo'lgan mahkumlarning kognitiv tizimida sodir bo'ladigan o'zgarishlar ularning ijtimoiy moslashuvdagi muvaffaqiyatlarni susaytiradi. Mahkumlar bilan amalga oshiriladigan reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish maqsadida ozod etilganlarni ijtimoiy foydali mehnatga va o'qishga jalb etish. Sog'lom oilaviy munosabatlarni qayta tiklash, shu jumladan ota-onalar va yaqinlar bilan ham samarali muloqotni o'rnatish. Kommunikativ ijtimoiy aloqalarni tiklash hamda duloqotchanlik darajasini yanada oshirish orqali sog'lom ijtimoiy muhitni shakilantirish. Ijtimoiy normalar va ijtimoiy xulq omili sifatida axloqiy qadiryatlarni mu^ahkalash orqali mahmumlar shxsini ijtimoiy moslashish jarayonini yanada ijobiy tashkil etish mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Андреева Г.М.Сосиалная психология. Учебник. М.: Аспект Пресс, 2000.

2. Ричард Карлсон. «Не суетитесь по мелочам... и все есть мелочь».

3. Ruxiyeva X.A.,Y Doziyev, A.Muxtorov. Sud-psixologik ekspertiza. o'quv qo'llanma. T. 2001.

4. Чуфаровский Й.В."Юридическая психология". М., 2007

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Reabilitatsiya.

http://lex.uz/ - O'zbeki$;on Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.