Научная статья на тему 'STRATEGIK MENEJMENTNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI'

STRATEGIK MENEJMENTNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
431
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
menejment / iqtisodiyot / strategik menejment / boshqaruv. / management / economy / strategic management / management.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sattarova Nargiz Toxirovna

Mazkur maqolada bugungi kunda iqtisodiyot sohalarida menejmentning ahamiyati, boshqaruv san’atini yuksak darajaga olib chiqish imkoniyatlari, strategik menejmnetning o’rni va ahamiyati bo’yicha muallif tomonidan o’rganishlar olib borilgan hamda ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the importance of management in today's economy, the possibilities of bringing the art of management to a high level, the role and importance of strategic management, and scientific and practical suggestions and recommendations have been developed by the author.

Текст научной работы на тему «STRATEGIK MENEJMENTNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI»

STRATEGIK MENEJMENTNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O'RNI

Sattarova Nargiz Toxirovna

Samarqand iqtisodiyot va servís instituti "Menejment" kafedrasi assistenti e-mail: [email protected]

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda iqtisodiyot sohalarida menejmentning ahamiyati, boshqaruv san'atini yuksak darajaga olib chiqish imkoniyatlari, strategik menejmnetning o'rni va ahamiyati bo'yicha muallif tomonidan o'rganishlar olib borilgan hamda ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: menejment, iqtisodiyot, strategik menejment, boshqaruv.

Abstract. In this article, the importance of management in today's economy, the possibilities of bringing the art of management to a high level, the role and importance of strategic management, and scientific and practical suggestions and recommendations have been developed by the author.

Key words: management, economy, strategic management, management.

Menejmentning asosiy vazifalari korxonafaoliyatini tashkil eta bilish (qila olish), bozor talabi va an'anasini ko'ra bilish, chiziqli, amaldorli, chiziq- shtabli rahbarlik tuzilmasi, xududiy tuzilmasi, ishlab chiqarishning unsurlari (marketing, biznes-reja, tashkil etish, tartibga solish, rag'batlantirish, nazorat, hisobga olish, moyillik, rejalashtirish), boshqarish san'ati va shu kabilar.

Menejment deb tashkil qila olish va tadbirkorlik his-tuyg'usiga ega bo'lgan, kasbiy tayyorlangan mutaxassislarni aytish mumkin. Shu bilan birga u ko'pgina ilmiy usullarni amaliy faoliyatda ishlata bilishi kerak, ijodkor ham bo'lishi zarur.

Menejment jarayoni (tashkil etish, texnologiya, rejalashtirish) tashkil etishda biznes-reja va ta'minot, moliyalash va bizne-reja, narxni shakillantirish va qarz olish va shu kabilarning vazifalashtirish, boshqaruv xodimlarini tayyorlash ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini amalga qo'llash kabilarni ta'minlashi lozim.

Bozor munosabati sharoitida zamonaviy korxonalar (korxonalar, tashkilotlar) faoliyat ko'rsatishlari uchun mahsulot tanlashi va resurslarni sotib olishi kerak. Bozor iqtisodiyotida muammolarning barchasini bozor qonunlariga bo'ysungan holda o'zi hal qiladi.

Menejer o'z ishini rejalashtirish va bajarishda har bir unsur kutilmagan qandaydir talablardan kelib chiqadi.

Menejer ishlab chiqariladigan yoki yetishtiriladigan mahsulot hajmini bashorat qilishga harakat qilganda, talab mexanizmida baho asosiy unsur ekanligini unutmasligi kerak. Bozorda mahsulot hajmini oshirish uchun mahsulot narxini pasaytirish kerak.Bozor jarayonini karomat qilish qiyin. U talab va takliflarning o'zaro ta'sir etuvchi bozor mexanizmini, narxning shakillanishini vash u kabi an'analarni bilish kerak. Bu yerda faqat mahsulot (xizmat ko'rsatish) emas, uni ishlab

chíqarísh (etishtirish, xizmat ko'rsatish)ga jalb qilingan xodimlarning mahoratlari ham muhim.

Korxonaichidagi strategik boshqarish chiziqli, amaldorli, chiziq-shtabli, "mahsulot bo'yicha" tashkiliy tuzilma ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Chiziqli tashkiliy tuzilmadagi menejmentning hamma vazifalari bo'linma menejeri qo'lida (vazifasida, ixtiyorida) bo'ladi. Amaldorli tuzilmada menejer faoliyatining muayyan bir sohasiga ixtisoslashadi va unga javob beradi. Chiziqli-shtabli tashkiliy tuzilmada rejalashtirish, hisobga olish va nazorat masalalari yanada malakaliroq hal qilinadi.

"Mahsulot bo'yicha" tashkiliy tuzilmada boshqarish ancha murakkab, u korxonani boshqarilishning avtomatik tizimi sharoitidagi an'anali chiziqli- funksional tuzilmaning rivojlangan shaklidir.

Menejmentning mazmuni uning vazifasini ochadi. Menejmentning strategik vazifasi: tarmoq iqtisodiyotining tuzilmasi; uning hududiy tuzilmasi; ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) ning alohida unsurlari. Ularning o'ziga xos vazifalari: marketing, biznes-reja, tashkil etish, tartibga solish (sozlash), rag'batlantirish, nazorat, hisobga olish, moyillik, rejalashtirish, bashoratlash.

Menejmentning strategik vazifalariga zarur bo'lgan tarkibi va mazmuniga e'tibor (xolis) berilishi kerak, aks holda samara pasayadi.

Menejmentning mehnat faoliyati ijtimoiy, ruhiy, iqtisodiy, pedagogik, kasbiy va boshqa-boshqa fanlar bilan bog'liq. Ularning tavsiyalaridan foydalanish boshqarish san'atini oshiradi. Shunday qilib, menejment strategik vazifalarining tabiatini tushunish uchun uning tushunchalar toifalari bilan bo'ladigan munosabatlari birgalikda tasavvur qilish lozim. Bir tomondan iqtisod, bozor, tadbirkorlik, marketing kabilar faraz qilinsa, ikkinchi tomondan ushbu har bir tushunchalarning ko'rinishini o'zi tanlash ifodasida menejment tizimiga unsur bo'lib kiradi va birlashib borib shakl ko'rinishini oladi. Oqibatda menejmentning tashkiliy tuzilmasi paydo bo'ladi.

Korxonayoki tashkilotda rejalar ishlab chiqilishi, maqsadga muvofiq tuzilma, samarali axborot uzatish, zamonaviy jihoz va uskunalar o'rnatilishi, innovatsion texnologiyalar bo'lishi mumkin. Ammo korxona(tashkilot, korxona) a'zolari kerakli darajada ishlamasa (faoliyat ko'rsatmasa) lar barcha imkoniyatlar yo'qqa chiqariladi. Xodim mashina emas, uni ishi kerak bo'lsa "ulash" mumkin bo'lsin. Xodim samarali boshqarilishi uchun uning malakaviy tayyorligi, xohishi, ixlosi, xush ko'rinishi, rag'bati, kayfiyati, hafsalasi, ya'ni moyilligi bo'lishi kerak.

Moyillik-bu kishini faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlar yig'indisi bo'lib faoliyatga chegara va shakl beradi, bu faoliyatga yo'nalish ko'rsatadi, ma'lum maqsadlarga erishish yo'lini mo'ljallaydi.

Moyillik tavsifini tushunish uchun inson ehtiyoji, sababi, rag'batlantiruvchi omillar, urinish, qat'iyat, halollik, biror maqsadga qaratilganlik kabi faoliyat tavsiflarini aniqlay bilish kerak.

Bir ishni xodim, har xil kuch sarflab bajarishi mumkin. Demak, har xil harakat qilishi mumkin. Moyillik kishi faoliyatini majbur etishga, ma'lum harakat qilish

darajasida, ma'lum darajada qat'iyatlik, halollik bilan maqsadlarga erishishga qaratilgan kuchlarning yig'indisidir.

Moyillik jarayoni va quyidagi bosqichlardan iborat:

• ehtiyojlarni paydo bo'lishi;

• ehtiyojlarni bartaraf etish yo'llarini izlash;

• harakatlar yo'nalishini aniqlash;

• harakatni amalga oshirish;

• rag'batlantira olish uchun harakatni amalga oshirish;

• ehtiyojlarni bartaraf etish.

Bular o'zgaruvchandir. Shu sababli moyillikning mazmuniga va jarayoniga oid nazariyalar mavjud. Moyillik mazmunining nazariyasi inson ko'nglini faoliyatga majbur etishga qaratilgan. Moyillik jarayonining nazariyasi insonni ma'lum xulqga mo'ljallab ish ko'rishini ifodalaydi. Bunda maqsadga erishish uchun kimnidir rag'batlantirish jarayonidir. Ehtiyojlar rag'batlantirish bilan qondirilishi mumkin. Rag'batlantirishning mexanizmi, mazmuni, bahosi, yechimi o'rganilishi lozim. Moyillik jarayoniga oid nazariyalarga kutish nazariyasi, maqsadlarni qo'ya bilish nazariyasi, boshqarishning partisipativ nazariyasi (tashkilot faoliyatida qiziqib qatnashish) kiradi.

Strategik menejment tizimidagi guruh-bu ikki yoki undan ziyod insonlar bo'lib, ulardan har biribir vaqtda boshqacha ta'sir ko'rsatadi va uning ta'sirini o'zi ham xis qiladi. Rahbariyat o'z ixtiyori bilan guruhlarni yaratadi, ya'ni korxonadagi tashkiliy tuzilma bo'linmalaridir (hisobchilar, reja va boshqa bo'limlar). Bular rasmiy guruhlar.

Rasmiy korxona (tashkilot, korxona, korporatsiya) va guruhlar yaratilishi bilanoq, u yana ijtimoiy muhit bo'lib qoladi, unda rahbar istamagan yo'l-yo'riqlar bo'yicha xodimlar o'zaro ta'sir ko'rsatadilar. Ijtimoiy o'zaro munosabatlardan ko'pgina do'stona guruhlar, norasmiy guruhlar paydo bo'la boshlaydi, bularning barchasi bir bo'lib norasmiy korxona(tashkilot, korxona) ko'rinishini oladi. Norasmiy korxona-bu o'z-o'zini yuzaga keladigan insonlar guruhi, bunda ma'lum maqsadlarga erishish muntazam o'zaro ta'sir etadi.

Rasmiy korxonada biror o'zgarish o'tkaziladigan bo'lsa norasmiy korxonaqarshilik ko'rsatadi. Masalan, YAngi texnologiyani joriy etish guruhlarga ta'sir ko'rsatadi, mansablari, holatlari o'zgaradi. Buni sezgan kishilar xolis (ob'ektiv) bo'ladigan o'zgarishlar guruhlarga xavf soladi. Raxbariyat qarshilikni pasaytirish uchun qabul qilingan yechimda qatnashuvchilarni rag'batlantiradilar. Rasmiy korxonadagi kabi norasmiy korxonalarda ham o'z rahnamolari bo'ladi. Norasmiy rahnamo o'zining holatiga erishadi, ya'ni guruh a'zolariga o'zining munosabati bo'yicha mansabga ega bo'ladi va qo'llaydi. Bu yerda norasmiy rahnomani rasmiy korxonarahnomasi kabi xodimlarga ta'sir ko'rsatish imkoniyatlari paydo bo'ladi.

Norasmiy rahnamo guruh maqsadiga erishishda yordam beradi, uni faoliyat ko'rsatishini qo'llaydi va mustahkamlaydi.

Norasmiy korxonalar rasmiy korxonabilan vaqti-vaqti bilan o'zaro munosabatda bo'ladilar, rahbarlar buni tushunishlari muhim.

Norasmiy korxonani boshqarish uchun norasmiy korxonani mavjudligini tan olish va tushunib yetish kerak, ularni qo'rqitish o'rniga, ular bilan ishlash kerak. Norasmiy guruhlarning a'zolari va rahnamolari fikrini eshitish lozim, to'g'ri xulosa chiqarish foydali.

Korxonadagi xodimlar va mehnat jamoalari o'zaro munosabatlardan tashkil topadi. Korxona(tashkilot, korxona, korporatsiya)ni boshqarishdagi iqtisodiy tizimlar, tashkiliy tuzilmalar, ularning ish usullari, iqtisodiy mezonlar shaxslar bir-birlari bilan o'zaro munosabatlaridan tashkil topadi. Korxonadagi xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatlari o'zaro bog'liq bo'ladi. O'zaro bog'liqlik muammosining mazmuni: xulqi qanday; korxonaqamroviga xodimning qo'shilishi. Korxonada xodimning ishi uning korxonaqamrovi bilan doimiy o'zaro ta'sir etuvchi jarayondir. Xodim korxonaqamrovidan ko'pgina ehtiyojlarini qondirishni kutsa, korxonaham xodimdan ko'pgina ish kutadi.

Har bir xodim hayotida korxona(korxona, tashkilot, korporatsiya) ga kirish jarayonini bir necha marta "boshidan" o'tkazishi mumkin. Korxonada bo'lish, uning a'zosi bo'lish va korxonaga kirish, uning a'zosi bo'lib qolish bir xil narsa degani emas.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, korxonaning muvaffaqiyatli ish faoliyati, korxona salohiyatining ustuvorlik belgisi, strategik qarashlari, iqtisodiyot tarkibidagi bo'lak sifatidagi rivojlanish bosqichlari uning quyidagi holatlarda mukammal harakatini ta'minlaydi. Bularga:

S korxonaning bosh maqsadlari;

S korxonaning maqsadlariga erishishi uchun afzal vositalarni ishlatilishi;

S korxonaning nufuzi;

S korxonaning bir butun organizm bo'lib faoliyat ko'rsatishidagi tamoyillar, qoida va me'yorlar;

S xodim o'ziga oladigan majburiyatlari;

S xodim o'z burchini bajarishi uchun zarur bo'lgan xulqiy standartlar kiradi.

Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Savdo iqtisodiyoti muammolari. O'quv qo'llanma. // G'.H.Qudratov, B.A.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, va boshkalar. // I.f.d., professor M.Q.Pardayevning umumiy tahriri ostida. - T.: "IQTISOD-MOLIYa" nashriyoti, 2016. - 430 bet.

2. Philip Kotler: Marketing Essentials, 1984. / Filip Kotler: Osnovbi marketinga. Perevod na russkiy yazbik: V. B. Bobrov. — M., 1990.

3. Koval, A.G., Pesold, K. Innovasii v roznichnoy torgovle: texnologii samoobslujivaniya kak put povbisheniya konkurentosposobnosti kompaniy. Innovasii / A.K. Koval, K. Pesold. - 2012 - №7 - s. 18-81.

4. Sallivan M., Edkok D. Marketing v roznichnoy torgovle. SPb.: «Neva», 2004. - 384 s.

5. WTO (2019), World Trade Report 2019: The Future of Services Trade, Geneva: WTO.

6. http://statista.com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.