Научная статья на тему 'SOVET HUKIMATINING ADABIYOT VA SAN’ATDA PARTIYA TARG‘IBOTI'

SOVET HUKIMATINING ADABIYOT VA SAN’ATDA PARTIYA TARG‘IBOTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adabiyot va san’at da Sovet hukumatining mafkuraviy targ’iboti / partiya hukmronligi / Sovet yozuvchilari / V.I.Lenin «Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» asari haqida. / History of Uzbek theater / Surkhandarya musical drama theater / Culture / theater / literature and art served the Soviet ideology.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Choriyev, Sanjar Hamzaevich

Sovet adabiyoti va san’atining partiyaviyligi, markscha-lenincha ta’limot hamda adabiyot va san’atga partiya rahbarligi, o‘zbek sovet adabiyoti va san’atida partiyaviylikning namoyon bo‘lishi ustida haqida mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PARTY PROPAGANDA OF THE SOVIET GOVERNMENT IN LITERATURE AND ART

The partisanship of Soviet literature and art, the Marxist-Leninist doctrine and party leadership of literature and art, and the manifestation of partisanship in Uzbek Soviet literature and art are discussed.

Текст научной работы на тему «SOVET HUKIMATINING ADABIYOT VA SAN’ATDA PARTIYA TARG‘IBOTI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

SOVET HUKIMATINING ADABIYOT VA SAN'ATDA PARTIYA

TARG'IBOTI

Choriyev Sanjar Hamzaevich

Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Sovet adabiyoti va san 'atiningpartiyaviyligi, markscha-lenincha ta 'limot hamda adabiyot va san 'atga partiya rahbarligi, o 'zbek sovet adabiyoti va san 'atida partiyaviylikning namoyon bo 'lishi ustida haqida mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: Adabiyot va san 'at da Sovet hukumatining mafkuraviy targ'iboti, partiya hukmronligi, Sovet yozuvchilari ,V.I.Lenin «Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» asari haqida.

Обсуждаются партийность советской литературы и искусства, марксистско-ленинское учение и партийное руководство литературой и искусством, а также проявление партийности в узбекской советской литературе и искусстве.

Ключевые слова: идеологическая пропаганда советской власти в литературе и искусстве, партийная власть, советские писатели, труд В.И.Ленина «Партийная организация и партийная литература».

The partisanship of Soviet literature and art, the Marxist-Leninist doctrine and party leadership of literature and art, and the manifestation ofpartisanship in Uzbek Soviet literature and art are discussed.

Key words: History of Uzbek theater, Surkhandarya musical drama theater, Culture, theater, literature and art served the Soviet ideology.

Sovet hukumati mafkuraviy siyosati asosiy yurituvchisi yagona Komunistik partiya bo'lib, partiya barcha soha ustidan hukmron bo'lgan. Partiya tomonidan Sovet adabiyoti va san'ati millionlab kishilar uchun shodlik va ilhom manbai bo'lib xizmat qilishi, ularning irodasi va fikrlarini ifodalashi, g'oyaviy boyishi va ma'naviy tarbiyasi uchun vosita bo'lib xizmat qilishi lozimligi soha ijodkorlariga singdirilgan. Sovet hukimatining mafkuraviy targ'ibotiga ko'ra adabiyot va san'at inson tabiatining nozik jihatlariga chuqur kirib borishi, kommunizm qurayotgan millionmillion sovet kishilarining ma'naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilishi kerakligi ko'rsatilgan. Shuning uchun Sovet hukimatining barcha davrlarida va

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

barcha rahbarlari tomonidan mafkuraviy-g'oyaviy siyosatga alohida e'tibor qaratgan. Bunga misol qilib, V. I. Lenin boshqa muhim masalalar bilan bir qatorda adabiyot va san'atga doimo zo'r e'tibor berganligini ko'rishimiz mumkin. V.I.Leninning «Umumiy, goyaviy jihatdan pishiq, revolyutsion sotsial-demokratiyani g'oyaviy jihatdan birlashtira oladigan» [1,B.393] yangicha adabiyot va san'atni vujudga keltirishga, sovet mafkurasidagi ijodkorlarni tarbiyalashga qaratilgan fikridan bilish mumkin. Sovet hukumati adabiyot va san'atning partiyaviyligini, uning umumxalq ishiga, sovet mafkurasiga xizmat qilishi lozimligini ijodkorlar ongiga singdirgan. To'g'ri har bir davrda adabiyot va san'at davlatning mafkurasiga xizmat qilgan. Ammo, Sovet hukumati davrida bunga alohida etibor qaratilgan. Kommunistik partiyasi esa V.I.Lenin g'oyalarini amalga oshirish uchun qattiq kurashgan, kommunizm qurish, sovet odamlarini kommunistik ruhda tarbiyalashda, mehnatkashlar orasida kommunistik-gumanizm g'oyalarini keng targ'ib qilishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan adabiyot va san'atga doimiy ravishda alohida e'tibor berib, g'amxo'rlik qilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sovet rahbariyati tomonidan Partiya sezdlarida, Markaziy Komitetning ideologiya to'g'risidagi qarorlarida adabiyot va san'atning partiyaviyligi, xalqchil bo'lishi kerakligi aytilgan. "Adabiyot va san'atni rivojlantirishdagi bosh yo'l,- deb yozilgan KPSS dasturida, - xalq turmushi bilan aloqani mustahkamlashdan, sotsialistik voqelikning boyliklari va rang-barang tomonlarini haqqoniy va yuksak badiiylik bilan aks ettirishdan, yangi, chinakam kommunistik voqelikni ilhom bilan va yaqqol hamda jamiyatning olg'a harakat qilishiga to'sqinlik qiluvchi hamma narsani fosh etib borishdan iborat».[2,B. 133-bet]

Adabiyot va san'at partiya tomonidan ko'rsatib berilgan ana shu bosh yo'ldan og'ishmasdan, lenincha partiyaviylik prinsiplariga mos tarzda harakat qilgan. Adabiyot va san'atda partiyaviy bo'lish - partiya va xalq uchun, kommunizm manfaatlari uchun sidqidildan izchillik bilan ijod qilish, xalqning didiga mos keladigan g'oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratib, yosh avlodni kommunistik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi kerak edi.. Bu yuksak burchni bajarish uchun partiya ana shunday ijodkorlar guruhiga zarur sharoitlarni yaratib bergan, adabiyot va san'atda ijod erkinligini va ijodkorlarning rang-barangligini, sotsialistik hayot haqiqatini to'g'ri aks ettirish, kommunistik jamiyat qurish uchun olib borilayotgan kurashdagi xalq qahramonligini va mehnatkashlar ommasining rolini to'laligicha. tasvirlab berish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan.

Shunday qilib, kommunistik partiya va sovet hukumati adabiyot va san'atning lenincha partiyaviyligi prinsipini amalga oshirish uchun barcha tadbirlarini amalga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

oshirgan va doimiy ravishda g'amxo'rlik qilgan. Adabiyot va san'atning partiyaviyligi masalasini ilmiy asosda tahlil etish markscha-lenincha estetikaning, shu jumladan sovet adabiyotshunosligi va san'atshunosligining asosiy muammolaridan biri bo'lgan.

Adabiyot va san'atdagi lenincha partiyaviylik prinsipini to'g'ri tushunish sovet adabiyoti va san'atining asosiy vazifasini, sovet adabiyotining harakterini, uning taraqqiyot yo'llarini, ijodkorning partiya va xalq oldidagi burchini qay yo'sinda bajarayotganligini tug'ri baholay olishga, shu bilan birga, o'tmish adabiy- badiiy merosimizning sotsial mohiyatini aniq tushina olishimizga yordam beradi.

Binobarin, sovet adabiyoti va san'atining lenincha partiyaviyligi prinsipini, kommunistik partiyamizning adabiyot va san'at masalalari bo'yicha tutgan siyosatini o'quvchilar ommasiga tushuntirish va propaganda qilish mazkur asarning asosiy maqsadidir.

Adabiyot va san'atning partiyaviyligi, badiiy ijodni bema'ni san'atbozlikdan, g'oyasizlikdan qutqarish yo'llari haqidagi, adabiyot va san'atni xalqqa, ishchilar sinfi manfaatlariga xizmat qilishi to'g'risidagi g'oyalarni birinchi bo'lib Marks va Engels asos soldilar. Marks va Engelsning adabiyot va san'at haqidagi fikrlarini

V. I. Lenin yangi davr, yangicha-sovetcha mafkurada rivojlantirdi.

V. I. Leninning adabiyot va san'atning partiyaviyligi haqidagi ta'limoti uning 1905 yilda yozilgan «Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» nomli asarida adabiyotning partiyaviyligi to'g'risidagi marksistik ta'limotni yaratdi va uni mukammal ilmiy materialistik xulosalar bilan asoslab berdi. U ijtimoiy xodisalar taraqqiyotini chuqur analiz qilib, adabiyot va san'atning sotsial xarakteri va jamiyatdagi mavqeini zo'r dalillar bilan belgilab berdi. Asarda o'sha davrlarda «hech qanday partiyani tan olmaymiz, adabiyot va san'atni siyosatsiz yo'ldan olib boramiz, sof san'at uchun kurashamiz» deb jar solib yurgan ayrim san'atkorlarning amalda riyokorlik bilan burjua mafkurasiga xizmat qilib yurganliklari ochib tashlandi. «Burjua yozuvchisi, rassomi, artistining ozodligi puldorga, pulga, xo'jasiga qaramlikdan (yoki munofikona nikoblanadigan qaramlikdan) boshqa narsa emas" [3,B.36ligi ayovsiz sur'atda fosh etildi.

V. I. Lenin burjua adabiyoti va san'atining kapitalistlar xizmatini u yoki bu tarzda bajo keltirayotganini ochib tashlash bilan birga, proletar adabiyoti umumproletar ishining bir qismi bo'lishi lozimligini, «butun ishchilar sinfining butun ongli avangardi yurgizib turgan yagona, katta bir sotsial-demokratik mexanizmning " parrak va vintchasi, bo'lmog'i kerak" [4,B.36]ligini asoslab berdi.

Shunday qilib, Lenin K. Marks va F. Engelsning adabiyot va san'atning partiyaviyligi tug'risidagi marksistik ta'limotni yaratdi; partiya xalq ommasiga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

xizmat qilganidek adabiyotning ham xalqga, partiyaga xizmat qilishi kerakligi aytilgan.

Rossiya Federatsiyasidagi avtanom respubliklarning barcha poytaxtlarida, hamma o'lka va oblast, shaharlarida yozuvchilar tashkilotlari bo'lgan. Ular respublikaning ijtimoiy va madaniy hayotida tobora katta ro'l o'ynagan, partiya siyosatini targ'ibot qilish va amalga oshirishda faol ishtirok etgan.

Sovet yozuvchilari kommunizm binokori bo'lgan yangi insonni tarbiyalashda hamisha partiyaning sodiq yordamchilari bo'lib kelgan. Sovet yozuvchilari zamonning eng muhim mavzularini badiiy jihatdan ishlab chiqishda faol qatnashgan, xalq, va mamlakat hayotidagi eng muhim veqealarni ifodalovchi asarlar yaratishni o'zlarining yuksak burchlari deb bilgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI / REFERENCES

1. V. I. Lenin. Asarlar, 4-tom, 393-bet.

2. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining Programmaen, davnashr, 1961, 133-bet

3. V. I. Lenin. Asarlar. Uzdavnashr, 10-tom, 36-bet

4. X.Doniyorov, S.Mirzayev, S.Shermuhammedov "Adabiyot va san'atda Lenincha partiyaviylik prinsiplari" 45-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.