Научная статья на тему 'SURXON VOHASIDA SOVETCHA ANDOZADAGI MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATI'

SURXON VOHASIDA SOVETCHA ANDOZADAGI MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
18
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat muassasalari / sovetcha mafkura / Surxon vohasi / madaniy-ma’naviy siyosat. / cultural institutions / Soviet ideology / Surkhan oasis / cultural and spiritual policy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xolmirzayev, Abror Hasan o‘g‘li

Ushbu maqolada sobiq sovet ittifoqi davrida Surxondaryo viloyatidagi madaniyat muassasalarining faoliyati yoritilgan. Shuningdek, madaniyat muassasalarining faoliyatida sobiq tuzum mafkurasini targ’ib qilishning ahamiyati borasida xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTIVITY OF SOVIET-STYLE CULTURAL INSTITUTIONS IN SURKHAN OASIS

This article describes the activities of cultural institutions in the Surkhandarya region during the former Soviet Union. Also, conclusions were made about the importance of promoting the ideology of the former regime in the activities of cultural institutions.

Текст научной работы на тему «SURXON VOHASIDA SOVETCHA ANDOZADAGI MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATI»

SURXON VOHASIDA SOVETCHA ANDOZADAGI MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATI

d https://doi.org/ 10.5281/zenodo. 10397423

XOLMIRZAYEV Abror Hasan o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turlari) yo'nalishi

II bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sobiq sovet ittifoqi davrida Surxondaryo viloyatidagi madaniyat muassasalarining faoliyati yoritilgan. Shuningdek, madaniyat muassasalarining faoliyatida sobiq tuzum mafkurasini targ'ib qilishning ahamiyati borasida xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: madaniyat muassasalari, sovetcha mafkura, Surxon vohasi, madaniy-ma 'naviy siyosat.

ABSTRACT

This article describes the activities of cultural institutions in the Surkhandarya region during the former Soviet Union. Also, conclusions were made about the importance of promoting the ideology of the former regime in the activities of cultural institutions.

Key words: cultural institutions, Soviet ideology, Surkhan oasis, cultural and spiritual policy.

KIRISH

O'zbekistonda, jumladan, Surxondaryo viloyatida ham "sovet davlati"ning mazmun-mohiyati va qudratini insonlar ongiga muntazam singdirish maqsadida barcha viloyatlarda "qizil choyxonalar", "qizil klublar" tashkil etildi. Surxondaryo viloyatining milliy-madaniy merosida qizil choyxonaning o'rni va ahamiyati ham katta.1925-yilda Termizda 2, Sherobodda 4, Denovda 3, Sariosiyoda 2 qizil choyxona ochilgan bo'lib, ularda kommunistik mafkura targ'ib qilindi. Choyxonalar o'zbek xalqi tarbiyasining alohida markazi bo'lib, ijod ahli o'z mehnati samarasini, she'r va qo'shiqlarini xalqimiz bilan baham ko'rdi.

1928-yilda Surxondaryo viloyatida 18 ta "qizil choyxona" va 13 ta "qizil klub" faoliyat yuritgan. Sovet hokimiyati davrida bu choyxonalarning odatiy azaliy faoliyati o'zgartirildi, ularning atamasiga "qizil" so'zi qo'shildi va bu choyxonalar sovet mafkurasini targ'ib qilish uchun ishlatila boshlandi. Qolaversa, "qizil klublar"

30

> www.birunijournal. uz

asosan Marks, Engels, Lenin, Stalinlarning sovet tuzumi siyosatini tarannum etuvchi, asosan rus tilida yozilgan asarlari bilan ta'minlangan. Bu kutubxonalardan o'zbek tilida yozilgan kitoblarni, ayniqsa, ajdodlardan qolgan asarlarni topish, o'qish qiyin edi. Bularning barchasi "madaniy inqilob" tadbirlarining asl maqsadlaridan biri edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

1925-1930-yillarda O'zbekistondagi mavjud kutubxonalar o'z faoliyatini sovet tuzumi talablari asosida olib bordi. Ma'rifiy ishlarni takomillashtirish va kengaytirish maqsadida turli mavzularda kitob ko'rgazmalari, ma'ruzalar, suhbatlar, anjumanlar, kechalar tashkil etildi.

Sovet hukumati tomonidan kutubxonalar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilganiga qaramay, ularning faoliyatini darhol yaxshilashning imkoni bo'lmadi. 1936-yilda Termiz shahar kutubxonasi vino sotadigan do'konda joylashgan edi. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati kutubxonasi joylashgan binoda ham aholi o'rtasida keng ko'lamli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazishning imkoni yo'q edi1.

1939-yilda kolxoz va sovxozlarda yangi kutubxonalar tashkil etish, mavjud kutubxonalar tarmog'ini kengaytirish, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish yanada rivojlantirildi. Masalan, Surxondaryo viloyatidagi yirik kutubxonalarning kitob fondlari aholi uchun ochildi. Kutubxona ishining takomillashtirilishi tufayli 1940-yilda viloyatda 99 ta ommaviy kutubxona faoliyat ko'rsatdi. Ammo xodimlar yetarli emasligi sohaning orqaga ketishiga sabab bo'ldi. Masalan, 1939-yilda Boysun, Sariosiyo, Sho'rchi tuman kutubxonalari xodimlarining birortasi ham maxsus ma'lumotga ega emas edi.

Madaniy-ma'rifiy muassasalar tizimining bo'g'inlaridan biri o'z faoliyatini barcha sovxoz va kolxozlarda, shuningdek, shahar va viloyat markazlarida olib boruvchi klublardir. Partiyaning mafkuraviy ta'sirini kuchaytirish shu darajada izchillik bilan amalga oshirildiki, to'garaklardagi ma'ruzalarni maxsus maktablarda ta'lim olgan xodimlar olib bordi.

Klublar, eng avvalo, sovet davlatining ichki siyosati va mafkuraviy tamoyillarini targ'ib qildilar. Sho'rolar davrida zamonaviy klublar qurish, ularni zamon talablariga javob beradigan texnik jihozlar bilan ta'minlash ishlariga amalda e'tibor berilmadi.Ko'p hollarda to'garaklar birinchi navbatda rasmiyatchilik uchun maktab o'quvchilari bilan to'lib-toshgan edi.

Madaniy-ma'rifiy muassasalar ishining asosiy turlaridan biri badiiy havaskorlik jamoalari edi. Badiiy havaskorlik to'garaklarini tashkil etish va ularning faoliyatini

1 Парфёнов Г.А., Краткая история Сурхандарьинского областного краеведческого музея ( 1933- 1943 гг.) Архивное дело № 252. -С. 1-4

31

rivojlantirish to'garaklar faoliyatining o'ziga xos uslubiga aylandi. Bunday davralarda qiziqish va iste'dodga asoslangan yuzlab odamlar birlashdi.

Surxon vohasida tashkil etilgan dramatik, musiqali va xor jamoalari aholi o'rtasida ma'lum darajada faoliyat yuritib, ularning soni yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1934-yilda Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan xalq qo'shiq va raqs ansambllari nafaqat O'zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham o'z mahoratini namoyish etdi. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatida ham bu borada qator muammolar bor edi. Masalan, 1932-1933-yillarda viloyat kolxoz klublarida birorta ham badiiy havaskorlik jamoasi tuzilmagan.

Voha madaniy hayotida Termiz shahrining o'rni beqiyos edi. Shaharda xalq ta'limi, madaniy-ma'rifiy muassasalar jadal rivojlandi. Termizda madaniy-ma'naviy sohaning turli sohalari mavjud bo'lib, ular orasida, ayniqsa teatr, gazetalar, folklor ansambllari, komsomol klublari, qizil choyxonalar alohida o'rin tutadi.

Shahardagi ta'lim muassasalarida tahsil olgan yoshlar vohadagi madaniy-ma'naviy sohada faol edilar. 1940-yilga kelib Surxon vohasida madaniy-ma'naviy sohada band bo'lganlar soni 16962 kishini tashkil etdi.

Surxon vohasining 1917-1941-yillardagi madaniy-ma'naviy hayotini tahlil qilganda, milliy san'atning ma'lum darajada rivojlanganligi seziladi. Kommunistik mafkura ta'siriga qaramay, milliy folklor va san'at vohada ijod namunasi sifatida mahalliy aholi qalbida yashab kelgan. Xususan, xalq homiylari, shoirlar, ijodkorlar, milliy sozandalar, cholg'u sozandalari og'ir zulm ta'sirida ham milliy xor bo'lgan xalqning orzu-umidlarini, niyat va tashvishlarini tarannum etdilar.

Surxondaryo viloyati noyob baxshichilik maktablari shakllangan markazlardan biridir. Vohaning Boysun, Jarqo'rg'on va Sherobod viloyatlarida dostonchilik an'analari hatto sovet hukumati bosimi ostida ham deyarli yashirincha faoliyat ko'rsatgan2. Ba'zi baxshilar yangi davrga moslashishga, milliy musiqa san'atining bu qadimiy turini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldilar. Xususan, Sherobod dostonchilik maktabining yirik namoyandasi Umir Baxshi Safarov o'lkada sovet tuzumining o'rnatilishi bilan bog'liq "Qoraqum", "Dastagul" dostonlari, "Amir Ko'chdi" dostonlarini yaratgan. Siyosiy mafkura tazyiqi ostida xalq dostonlarining epik homiylari - Xizr, qirq chilton, avliyo, pir, payg'ambar, xor bilan bog'liq joylar baxshilar nutqidan olib tashlandi.

1930-yillarda madaniy hayotdagi yana bir muhim o'zgarish teatrlarning paydo bo'lishi bo'ldi. 1935-yil 5-noyabrda Termiz shahrida musiqa va drama teatri o'z faoliyatini boshladi. Teatr ochilishida Afandixon Ismoilovning "G'alaba" spektakli premyerasi namoyish etildi. Bu asardan boshlab, 1930-yillar oxirida teatr spektakllari

2 To'xtayev A., Isayev O. Jarqo'rg'on tarixiga oid muhim sanalar. - Termiz: Surxon-nashr, 2017. - B. 7.

32

galereyasidan K.Yashinning "Ikki kommunist", "Gulsara", Hamzaning "Maysaraning ishi", N.Safarovning "Uyg'onish" kabi asarlar ham o'rin oldi. Teatr ijodiy yo'lining shakllanishiga O.Rixsiev, X.To'laganov, X.Boboxonova, G.Latipova, Z.Olimova kabi san'atkorlar katta hissa qo'shdilar3.

1938-yilda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining "Teatr san'atining ahvoli va uni yanada takomillashtirish va respublika mehnatkashlarini kommunistik ruhda tarbiyalashdagi rolini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qildi.

Qarorga ko'ra, teatr jamoalari, dramaturg va rejissyorlar birinchi navbatda inqilobiy sovet turmush tarzini tarannum etuvchi asarlar sonini ko'paytirishga e'tibor qaratishlari kerak edi.

Milliy tarixiy mavzudagi asarlar "Burjua mafkurasiga sig'inish" sifatida baholandi. 1940-yilda Surxondaryoda 2 ta xalq teatri, jumladan Termiz va Denov teatrlari faoliyat ko'rsatib, ularda 63 kishi xizmat qildi.

Kino, shubhasiz, madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatining asosiy qismini tashkil etadi. Tahlil qilinayotgan davrda kino xalq ta'limining asosiy quroli bo'lib, kommunistik mafkura g'oyalarini targ'ib qilish jarayonida asosiy vosita bo'lib xizmat qildi. XX asrning 30-yillarida Surxondaryo viloyatida keng ekranli kinoteatrlar qurilishi boshlandi. Denov, Termiz, Sherobod, Sho'rchi, Jarqo'rg'on kabi tuman va shaharlarda keng ekranli kinoteatrlar qurish ishlari olib borildi. Termiz shahrida filmlar namoyishi asosan Ofitserlar uyi va M.Gorkiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida tashkil etildi. Ushbu bog'da yozgi maxsus kinoteatr tashkil etilgan. Biroq, shunga qaramay, aholiga kino xizmati ko'rsatish darajasini qoniqarli deb bo'lmaydi. Bu borada Surxondaryo viloyati respublikada oxirgi o'rinda edi. Jumladan, 1940-yilda hududda 25 ta kinoteatr ishlagan. Lekin aholisi soni bo'yicha Surxondaryoga nisbatan ancha kam bo'lgan Xorazmda 28 ta, Qoraqalpog'istonda 33 ta, Sirdaryoda 45 ta kinoteatr faoliyat ko'rsatgan. Shuni ta'kidlash kerakki,

1927-yilda Surxondaryo viloyatida radiostansiya ochish uchun davlat byudjetidan 5200 so'm ajratildi. Bu mablag' evaziga Termiz, Sherobod, Denov tumanlariga radioapparat o'rnatildi.

Sovet davlati o'z siyosatini amalga oshirishda davriy matbuotdan unumli foydalandi. Shu maqsadda 1932-yilda Termiz shahri, viloyat markazi va tumanlarda gazetalar chiqarish yo'lga qo'yildi. Denovda ilk gazeta lotin alifbosida "Qizil Denov" nomi bilan 1932-yil aprel oyida nashr etilgan4.

Madaniy tarbiyada muzeylar alohida o'rin tutgan. Surxondaryo viloyati tarix -o'lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi ikki fidoyi inson - Gavril Vasilyevich

3 Парфёнов Г.В. История исследования Старого Термеза. - С. 5.

4 Tursunov S., Turdiyev T. Denov. - B. 156.

33

Parfenov va Georgiy Nikolaevich Maksimov nomi bilan bog'liq. 1933-yil 17-sentabrda Termiz shahar ijroiya qo'mitasining majlisida tuman rejalashtirish bo'limi boshlig'i R.Gubaydullin va G.V.Parfenovlarning ma'ruzalari tinglandi. Shu asosda 1933-yil 17-sentabrda Surxondaryo o'lkashunoslik muzeyi tashkil etildi. 1933-yil 1-oktabrgacha uning faoliyati maxsus tuzilgan guruhga ishonib topshirilgan5.

XULOSA

Xulosa sifatida aytish mumkinki, sovet ittifoqi davrida Surxon vohasida, uning shahar va tumanlarida tashkil etishgan madaniyat muassasalari asosan sovet mafkurasini, kommunistik ruhni singdirishga qaratilgan edi. Ammo shunday bo'lsa-da, bu davrda voha aholisi ming yillar davomida saqlanib qolgan xalq og'zaki ijodi namunalari, dostonchilik, baxshichilik maktablari faoliyatini rivojlantirishga erisha oldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 89-fond, 1-ro'yxat, 78-ish, 26-varaq.

2. To'xtayev A., Isayev O. Jarqo'rg'on tarixiga oid muhim sanalar. - Termiz: Surxon-nashr, 2017. - B. 32.

3. Tursunov S., Qobilov E., Pardayev T., Murtazo yev B. Surxondaryo tarix ko'zgusida. -Toshkent: Sharq, 2001. - B. 382.

4. Tursunov S., Turdiyev T. Denov. -Toshkent: Fan, 2009. -B. 501.

5. Raimov, M. (2023). BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE CHIGATOY SHARE. Modern Science and Research, 2(5), 1150-1154.

6. Raimov, M. (2023). A NEW ERA IN THE STUDY OF TERM HISTORY. Modern Science and Research, 2(9), 146-151.

7. Safar o'g'li, R. M. (2023). The Study of The History of Termiz by Researchers. Genius Repository, 26, 24-27.

8. Safar o'g'li, R. M. (2023). TERMIZ OBIDALARINING RUS TADQIQOTCHILARI TOMONIDAN O 'RGANILISHI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM,, 3(34), 37-41.

5 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 89-fond, 1-ro'yxat, 78-ish, 26-varaq.

34

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.