Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA SURXONDARYODA MADANIY HAYOT'

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA SURXONDARYODA MADANIY HAYOT Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
740
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Surxondaryo / ilm-fan / madaniyat / san’at / musiqa / gazeta / jurnal / adabiyot. / Surkhandarya / science / culture / art / music / newspaper / magazine / literature.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nosirova, Dilovar Normahamad Qizi

Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida madaniyat sohasining holati va uning rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Bu davrda faoliyat yuritgan gazeta, jurnallar va boshqa ilmiy-madaniy muassasalar borasida xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CULTURAL LIFE IN SURKHANDARYA IN THE YEARS AFTER WORLD WAR II

This article analyzes the state of culture and its development process in Surkhandarya region in the years after the Second World War. Conclusions are given regarding newspapers, magazines and other scientific and cultural institutions that operated during this period.

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA SURXONDARYODA MADANIY HAYOT»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA SURXONDARYODA MADANIY HAYOT

Nosirova Dilovar Normahamad qizi

DTPI Tarix (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 1-bosqich magistranti

Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida madaniyat sohasining holati va uning rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Bu davrda faoliyat yuritgan gazeta, jurnallar va boshqa ilmiy-madaniy muassasalar borasida xulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Surxondaryo, ilm-fan, madaniyat, san'at, musiqa, gazeta, jurnal, adabiyot.

This article analyzes the state of culture and its development process in Surkhandarya region in the years after the Second World War. Conclusions are given regarding newspapers, magazines and other scientific and cultural institutions that operated during this period.

Key words: Surkhandarya, science, culture, art, music, newspaper, magazine, literature.

Ma'lumki, ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar, vayronagarchiliklar keltirgani bilan xarakterlanadi. Bu urush butun dunyoda bo'lgani kabi bizning xalqimiz boshiga ham og'ir kulfatlar soldi. Urush zararlari faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo'jaligi sohasidagina emas, balki madaniy-ma]rifiy sohada ham katta inqirozni keltirib chiqardi. Ammo shuni alohida qayd etib o'tish joizki, urush davrida ham, undan keying og'ir yillarda ham mamlakatimizda, xususan Surxon vohasida ham madaniy jarayonlar, o'zaro aloqalar butkul rivojlanishdan to'xtab qolgani yo'q. Aksincha, bu davrda urushning naqadar vahshiy hodisa ekanligi aynan madaniyat sohasi xodimlarining ijodida, shoir va adabiyotchilarning asarlarida yaqqon ko'rsatib berildi.Urushdan keyingi yillarda Surxon vohasida ilm-fan, madaniyat, musiqa, adabiyot va san'at sohasida katta o'zgarishlar, yangilanishlar davri ham bo'ldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillar Surxondaryo viloyatida ilm-fan va madaniyat rivojida o'ziga xos davr hisoblanadi. Urushdan keyingi yillarda O'zbekistondagi mavjud kutubxonalar o'z faoliyatlarini sovet tuzumi sharoitida

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

amalga oshirib, tarbiyaviy ishlarni yaxshilash va kengaytirish maqsadida turli mavzularda kitob ko'rgazmalari, ma'ruzalar, munozaralar, konferensiya va kechalarni uyushtirishninga sosiy tashkilotchilaridan biriga aylandi. O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1948-yil 17-noyabrida qabul qilgan "O'zbekiston SSRda kutubxonalar ishini yaxshilash tabirlari to'g'risida"gi qarorida Respublika kutubxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, milliy an'analar asosida rivojlantirish kabi masalalar emas, aksincha partiyaning g'oyaviy-siyosiy mafkurasini targ'ib etish vazifalari belgilab berildi. Qarorda aholi o'rtasida, asosan, siyosiy va ateistik tarbiyani kuchaytirish bosh vazifa qilib belgilandi1. Shunga muvofiq, kutubxonalar ishining asosiymazmuni dinga qarshi kurash, o'tmishning "zararli sarqit"larini qoralash, partiya va sovet davlatini mahv etish masalalari tashkil etdi. Kutubxonalarda uyushtirilgan ma'ruza, ko'rgazma, suhbat va konferensiya mavzularini tanlashda ham yuqorida ta'kidlangan omillar to'la o'z aksini topgan. Jumladan, "Ulug' dohiyning safdoshlari", "Kommunistik va diniy axloq", "Diniy bayramlarning kelib chiqishi va mohiyati to'g'risida", "Dinga qarshi dalillar" kabi mavzular kundalik hayotning yetakchi mavzusiga aylantirildi. Gazetalarda "Yuksak turmush tarzi uchun", "Qishloqqa-yuksak turmush madaniyati", "Kolxoz qishloqlari jamoli", "Qishloqlarimiz qiyofasi", "Yangi an'analar hayoti" kabi ruknlar ostida respublikada qishloqlar qurilishi, sotsialistik turmush tarzi va umumsovet madaniy turmush an'analarini tashviqot qilishga bag'ishlangan ko'plab materiallar e'lon qilingan. Asosiy madaniy muassasalardan biri bo'lmish kutubxonalarda salbiy illatlar va nochor ahvolni kuzatish mumkin edi2.

So'z yuritilayotgan davrda Surxondaryo viloyatida kutubxona muassasalari shu ishga moslashtirilmagan, hech bir qulayliklarga ega bo'lmagan binolarda faoliyat olib bordi. Kutubxonalarda ishning sifatini emas, sonini o'stirishga asosiy e'tibor qaratildi. 1946-1990-yillarda Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borgan kutubxonalarning ishini yaxshilash, kitob fondlarini ko'paytirish borasida bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Lekin, zamon talablariga javob beradigan darajadagi sharoit yaratishning imkoniyati bo'lmay, kutubxonalarda davr mafkurasi talablaridan kelib chiqib, o'zbek xalqining milliy an'analariga yot ko'rinishdagi targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Ma'lumki, madaniy muassasalar faoliyatining asosiy turlaridan biri badiiy havaskorlik to'garaklari hisoblanadi. Badiiy havaskorlik to'garaklarini tuzish va ularning faoliyatini rivojlantirish, klublar sohasining o'ziga xos ish yuritish usuliga aylandi. Bu kabi to'garaklarda yuzlab kishilar o'z qiziqishlari, iqtidorlariga qarab

1 Qosimova О. О^Ье^йМа kutubxonachilik ishi tarixi. - Toshkent: O'qituvchi, 1977. - B.88.

2 Народное хозяйство Узбекской ССР за 70 лет Советской власти. - Ташкент: Узбекистан, 1987. - B.127.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

birlashtirildi. Tadqiq etilayotgan davrlarda tuzilgan dramatik, musiqali, xor to'garaklari xalq orasida ma'lum darajada faoliyat olib borib, ularning soni yildan yilga o'sib bordi3.

Urushdan keyingi yillarda Surxondaryoning deyarli barcha qishloqlarida urush keltirgan og'ir qiyinchiliklar tufayli badiiy havaskorlik to'garaklarining faoliyati deyarli to'xtab qolgan edi. Shaharlar va tuman markazlarida bu sohadagi ishlar ma'lum darajada davom ettirildi. Madaniy-ma'rifiy muassasalarning asosiy vazifasi aholining badiiy-estetik ehtiyojlarini qondirish kabi vazifalarni amalga oshirishdan iborat bo'lgan, ular esa kommunistik partiyaning g'oyalarini omma ongiga singdirish rus madaniyatini, targ'ibot-tashviqot qilish kabi ishlarni amalga oshirishda faollik ko'rsatdilar.

1983-yilda O'zbekiston KP MQ "Teatr san'atining ahvoli va uni yanada takomillashtirish hamda respublika mehnatkashlarini kommunistik ruhda tarbiyalashda uning rolini oshirish tadbirlari to'g'risida"gi qarorni qabul qildi. Qarorga muvofiq teatr jamoalari, dramaturglar, rejissyorlar zimmasiga dastlab inqilobiy sovet turmush tarzini ulug'lovchi asarlar sonini ko'paytirishga asosiy e'tiborni qaratish lozimligi belgilandi. Milliy-tarixiy mavzudagi asarlarga "burjua mafkurasiga sajda qilish" deb baholandi. Ammo, bu kabi ko'rsatmalar teatr sahnalarining bo'shab qolishiga, tomashabinlar e'tiborini pasayishiga olib keladi. Sahna asarlaridan qanoat hosil qilmagan aholining teatrga borishi yildan yilga kamayib ketdi.

Azaldan Surxondaryo viloyati baxshichilikning beshigi hisoblanib, bu yerda o'ziga xos dostonchilik maktablari shakllangan. Jumladan, Surxondaryoning Boysun, Jarqo'rg'on, Sherobod tumanlarida dostonchilik an'analari qadimiy xarakterga ega bo'lib, ular sovet hukumati mafkuraviy-g'oyaviy tazyiqlari kuchaygan sharoitda ham deyarli yashirin tarzda faoliyat olib bordi. Sherobod dostonchilik maktabi ustoz-shogirdchilik an'anasi tarqalishi jihatdan juda katta hududni egallaydi. Bu maktabning markazi Sheroboddagi Azon qishlog'i bo'lgan4.

Bundan tashqari, Surxondaryoda asosan xalq qo'shiqchiligi janri bu hududning ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-ruhiy xususiyatlariga bog'liq holda davom ettirildi. Bolani beshikka solish, mehnat, maishiy mavzular bilan bog'liq qo'shiqlar ijod qilindi. "Sust xotin", "Boychechak", "Yil boshi", "Navro'z keldi" kabi qo'shiqlar quvnoq ohang bilan aytilib, mavsum-marosim qo'shiqlari hisoblangan. Shuningdek, to'y marosimlari qo'shiqlari ham keng tarqalgan.

3 O'zbekiston teatrlarida. - Toshkent, 1985. - № 10. - B.7-8.

4 Afzalev M. O'zbek xalq baxshilari // Sharq yulduzi. -Toshkent, 1996. -№ 8. - B.19.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

1946-1990-yillarda milliy madaniyatning asosiy elementlaridan biri hisoblangan milliy bayramlarni nishonlash borasida ham aholi qarshiliklarga duch kela boshladi. Jumladan, Ramazón, Qurbon hayitlari, Navro'z hayitini nishonlash borasidagi ziddiyatlar bunga misol bo'la oladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, urushdan keyingi yillarda Surxon vohasida madaniyat rivojlanishda davom etdi. Garchi Sovet hokimiyati tomonidan milliy madaniyatimizga xos bo'lgan urf-odatlar, milliy san'at qattiq tazyiqlarga duchor bo'lgan bo'lsa ham, madaniyat sohasi xodimlari ushbu murakkab sharoitda ham xalqimizga ziyo tarqatishdan to'xtab qolmadilar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Afzalev M. O'zbek xalq baxshilari // Sharq yulduzi. -Toshkent, 1996. -№ 8.

2. Qosimova O. O'zbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi. - Toshkent: O'qituvchi, 1977.

3. Yunusova X.E. O'zbekistonda sovet davlatining milliy siyosati va uning oqibatlari. - Toshkent: Zarqalam, 2005.

4. O'zbekiston teatrlarida. - Toshkent, 1985. - № 10. - B.7-8.

5. Народное хозяйство Узбекской ССР за 70 лет Советской власти. - Ташкент: Узбекистан, 1987.

6. Ibragimovich, N. R. (2020). Social And Philosophical Fundamentals Of National Development. The American Journal of Applied sciences, 2(07), 45-49.

7. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis). The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.

8. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

9. Норлиев, Р. (2021). Узбекистан миллий тараккиётининг янги боскичида маънавий юксалишнинг ижтимоий-фалсафий асослари. Общество и инновации, 2(2), 99-104.

10. Рустам Норлиев (2021). Социально-философские основы духовного роста на новом этапе национального развития Узбекистана. Общество и инновации, 2 (2), 99-104. doi: 10.47689/2181-1415-vol2-iss2-pp99-104

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.