Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM TARIXIDAN (1925-1940 YILLAR)'

O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM TARIXIDAN (1925-1940 YILLAR) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
23
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq / ta’lim / siyosat / maorif / maktab / fan / o`qituvchi / qurultoy / sovet / mafkura / boshlang‘ich / madaniyat. / people / education / politics / education / school / science / teacher / congress / Soviet / ideology / initial / culture

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sagdiyeva, Xiromonxon Xalxodjayevna

Ushbu maqolada 1925-1940 yillarda O`zbekiston Sovet Sotsiolistik Respublikasida sovet ta’lim siyosati poydevorining tashkil etilishi, uning g`oyaviy, huquqiy va iqtisodiy asoslari yoritilgan. O‘sha vaqtlardagi totalitar g‘oya va keskin sinfiy nuqtai nazardan shakllangan xalq ta’limining sovet modeliga asos solingani, jamiyatning ma’naviy hayotini bir qolipga tushirishga intilgan bolshevikcha fikrlash, umumta’lim sohasidagi o‘ziga xosliklarning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishi ta’kidlangan. Shuningdek, mamlakatning madaniy-ma’rifiy hayoti, ilm-fan, maorifi haqida ma’lumotlar berilgan. O‘zbekiston xalq ta’limining mustamlakachilik va sobiq Sotsialistik davridagi ziddiyatli rivojlanish tarixi, xalq ta’limidagi muammolar, ularni yechish borasida qilingan ishlar ko‘satilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FROM THE HISTORY OF EDUCATION IN THE SOVIET SOCIALIST REPUBLIC OF UZBEKISTAN (1925-1940 YEARS)

This article describes the organization of the Soviet educational policy, ideological, legal and economic foundations in the Soviet Socialist Republic of Uzbekistan in 1925-1940. It was based on the Soviet model of public education, which was formed from the totalitarian idea of those times and a sharp class point of view, the Bolshevik thinking that sought to standardize the spiritual life of society, and the fight against any manifestations of individualism in the field of general education. Also, information is given about the country's cultural and educational life, science and education. Here are shown the history of the conflicting development of Uzbekistan's public education in the colonial and former Socialist era, problems in public education, and the work to solve them.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM TARIXIDAN (1925-1940 YILLAR)»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASIDA BOSHLANG'ICH TA'LIM TARIXIDAN (1925-1940 YILLAR)

Sagdiyeva Xiromonxon Xalxodjayevna

Oriental universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich magistratura talabasi sagdiyevaxiromonxon@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada 1925-1940 yillarda O^zbekiston Sovet Sotsiolistik Respublikasida sovet ta'lim siyosati poydevorining tashkil etilishi, uning g^oyaviy, huquqiy va iqtisodiy asoslari yoritilgan. O'sha vaqtlardagi totalitar g'oya va keskin sinfiy nuqtai nazardan shakllangan xalq ta 'limining sovet modeliga asos solingani, jamiyatning ma 'naviy hayotini bir qolipga tushirishga intilgan bolshevikcha fikrlash, umumta'lim sohasidagi o'ziga xosliklarning har qanday ko'rinishlariga qarshi kurashishi ta'kidlangan. Shuningdek, mamlakatning madaniy-ma'rifiy hayoti, ilmfan, maorifi haqida ma'lumotlar berilgan. O'zbekiston xalq ta'limining mustamlakachilik va sobiq Sotsialistik davridagi ziddiyatli rivojlanish tarixi, xalq ta 'limidagi muammolar, ularni yechish borasida qilingan ishlar ko'satilgan.

Kalit so'zlar: xalq, ta'lim, siyosat, maorif maktab, fan, o^qituvchi, qurultoy, sovet, mafkura, boshlang'ich, madaniyat.

FROM THE HISTORY OF EDUCATION IN THE SOVIET SOCIALIST REPUBLIC OF UZBEKISTAN (1925-1940 YEARS)

Sagdieva Khiromonkhon Khalkhodjaevna

2nd stage master's student at Oriental University, Faculty of History

This article describes the organization of the Soviet educational policy, ideological, legal and economic foundations in the Soviet Socialist Republic of Uzbekistan in 1925-1940. It was based on the Soviet model of public education, which was formed from the totalitarian idea of those times and a sharp class point of view, the Bolshevik thinking that sought to standardize the spiritual life of society, and the fight against any manifestations of individualism in the field of general education. Also, information is given about the country's cultural and educational life, science and education. Here are shown the history of the conflicting development of Uzbekistan's public education in the colonial and former Socialist era, problems in public education, and the work to solve them.

Key words: people, education, politics, education, school, science, teacher, congress, Soviet, ideology, initial, culture

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

1917—1990-yillarda ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda kommunistik mafkura ta'lim-tarbiyaning asosi qilib qo'yilishiga qaramay, xalqimizning tafakkuri, ma'naviy darajasi, pedagogik ongi rivojlanib bordi. Sho'ro siyosatida asosiy e'tibor xalqda o'z tarixi, milliy madaniyati, milliy qadriyatlaridan, ayniqsa yoshlar qalbini milliy g'urur, milliy iftixor, o'z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg'usidan mahrum qilishga qaratildi; ta'lim-tarbiyada o'quvchilarda kommunistik axloqni tarkib toptirish asosiy vazifa qilib qo'yildi.

Sovet davrida O'zbekistonda ta'lim holati bo'yicha yozilgan adabiyotlarda mahalliy aholi "savodsiz" hisoblanib, kamsitilgan, yurtimizda ta'limning ming yillardan ziyod vaqt mobaynida mukammal shakllangani va o'zining betakror an'analariga ega bo'lgan tizimi e'tibordan chetda qolgan. Sovet mualliflarining asarlarida hukumatning salbiy siyosatlarini berkitish maqsadida o'ziga xos bo'lgan ta'limdagi voqeliklarni buzib ko'rsatish hollari kuzatiladi. Vatanimiz tarixining barcha bosqichlarini ilmiy asosda xolisona o'rganish va unga obyektiv baho berish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu boradagi ishlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: "Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratini, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu- ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq", degan ko'rsatmasi asos vazifasini bajarmoqda. O'tmish tarixiga nazar tashlash shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston xalq maorifi tadqiq etilayotgan davrga qadar taraqqiyotning uzoq yo'lini bosib o'tgan. Uning ildizlari qadim o'tmishga borib taqaladi. Xalqimiz azaldan yuksak ma'naviyati, ma'rifati va ilmga chanqoqligi bilan ajralib turgan. To'plangan ma'lumotlar shundan dalolat berdiki, Turkiston milliy aholisining asosiy qismisovet hokimiyati boshlagan ishlarni qo 'llamadi, sababi bu ishlar avval boshidan milliy ozlikni bo'g'ish, buyruqbozlik hokimiyatini o'rnatish, ilgarigi chor Rossiyasi va "milliy o'lkalar" o'rtasidagi munosabatlar notengligini davom ettirish, yoppasiga ruslashtirish kabi harakatlarga yo'naltirilgan edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatni industrlashtirishni yakunlagan hamda sanoatni rivojlantirish va qishloq xo'jaligini sotsialistik rekonstruksiya qilish sohasida yangi vazifalarni ilgari surgan VKP(b) XVI syezdi (1930-yil iyun-iyul) madaniy revolyutsiya, mehnatkashlarning umumiy madaniy darajasini oshirish bundan buyon sotsiolizmni muvaffaqiyatli qurishning eng asosiy sharti ekanligini ta'kidlab o'tdi. Syezd shu asosda mamlakatda majburiy boshlang'ich ta'limni amalga oshirish va savodsizlikni bitirshni tugallash haqida qaror qabul qildi. Partiya XVI syezdining qaroriga, SSSR

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Sovetining umumiy majburiy boshlang'ich ta'lim haqidagi 1930-yil 14-avgust qaroriga, shuningdek, O'zbekiston Kompartiyasi V syezdining qaroriga muvofiq O'zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti 1930-yil 15-sentyabrda "Respublikada bolalar va o'smirlar umumiy majburiy boshlang'ich ta'limini joriy etish to'g'risida"gi qarorini qabul qildi.

O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining 1931-yil 1-dekabrda "O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim sistemasi to'g'risida" qabul qilgan qarorida xalq maorifi xodimlariga ta'lim sistemasini tartibga solish, boshlang'ich maktab bilan o'rta maktab o'rtasida ko'rina boshlagan tafovutni tugatish taklif etildi. Bu qarorning chiqarishning sababi shuki, qishloq boshlang'ich maktablarida bolalarni o'qitish ko'pincha ikki-uch yil bilan cheklanib qolar edi, bu esa bolalarni yetti yillik maktablarda o'qishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum qilardi.

Sovet sotsiolistik tuzum o'rnitilishi bilan yosh avlodni fan asoslari politexnika bilimlari bilan qurollantirish, o'quvchilarni internatsionalizm ruhida, Sovet davlatiga va kommunistik g'oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalashni o'z oldiga asosiy maqsad qilib, buni maktablar, bog'chalar ochish orqali amalga oshirish edi. Sovet mustamlakachilari diniy maktablar va jadid maktablari haqida mahalliy millat bolalari va yoshlarini haqiqiy madaniyatining keng, yorug' yo'ldan chetga tortadigan, ularni diniy xurofotlar bilan zaharlaydigan va quruq qiroatxonlikka o'rgatadi degan noto'g'ri va yolg'on vajlarni keltirib o'zbek xalqining ming yillardan beri shakllanib kelayotgan milliy madaniyatini yo'q qilishga urinardi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yo'lga qo'yishga va uni takomillashtirib borishga e'tibor berdi. Buning uchun uzoq tarixga ega bo'lgan eski milliy ta'lim-tarbiya tizimini tag-tomiri bilan yo'q qilish talab qilinardi. Sotsializm davri maktablarda o'quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o'zgardi. Din ta'qiqlandi, tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslarida esa ko'proq rus yozuvchilarining asarlari bilan tanishtirishga ahamiyat berildi. Matematika, fizika, ximiya fanlarini o'qitiish amaliyot biln bog'lashga e'tibor qaratildi. Siyosiy iqtisod, revolyutsion harakat va sotsializm tarixini o'rganishga keng yo'l ochildi.

Qishloq joylarda 1923/24 o'quv yilidan boshlab 1 bosqich maktab bazasida o'qish muddati uch yil bo'lgan dehqon yoshlar maktabi paydo bo'la boshlagan. Bu maktablarning asosiy maqsadi-qishloq yoshlarini dehqonlar va yaxshi jamoatchilar tayyorlash edi. Ular qishloqdagi asosiy asosiy umumiy ma'lumot maktablari tariqasida 1934-yilgacha ishlab turdi. Shahardagi va va sanoat rayonlaridagi barcha maktablarni korxonalarga, qishloq maktablarini kolxoz va sovxozlarga biriktirib qo'yildi. Maktabning boshlang'ich sinflari uchun ishxonalari, beshinchi va yettinchi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

grupalar uchun esa ishlab chiqarish muhiti bilan bog'liq bo'lgan bo'lgan ustaxona va laboratoriyalarga biriktirildi. Tabiat faniga oid ko'rgazma qurollar, tajriba va laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazish uchun yasama asboblar o'quvchilarning kuchlari bilan yaratilar edi. Tirik tabiat burchagi tashkil qilinar hamda gullar va g'alla ekinlari ekish yuzasidan tajribalar o'tkazilar edi. Biroq maktablarda politexnik ta'limni amalga oshirishda jiddiy kamchiliklar bor edi. Eng yaqin yerdagi ishlab chiqarishni va o'lkani o'rganishni o'quv mashg'ulotlarining asosi qilishga urinish o'quv fanlari mazmunining buzilishiga olib kelar, maktabni fan asoslarini o'rganishdan ajratib qo'yar edi.

Dunyoviy bilimlar umuman orqada edi. O'quvchilar ongini va dunyoqarashini keng va chuqur shakllantirish sovet manfaatiga zid kelardi. Buning ustiga maktablar yomon ahvolda bo'lib, oddiy jihozlar, darsliklar yetishmas, o'qitishning aniq dasturi va uslubi hali ishlab chiqilmagan edi. 1928/29 o'quv yilidan boshlab, O'zbekiston maktablari RSFSR Xalq maorifi komissarligi tuzgan programma asosida ishlay boshladi. Ko'pincha joylarda o'ziga xos mahalliy xususiyatlar hisobga olingan holda programmalarga tuzatishlar kiritilardi, lekin qator hollarda bunday tuzatishlar sababli, ular maktab o'quv planida ko'zda tutilgan asosiy fanlar predmetlari hajmining qisqartirilib yuborilishiga sabab bo'lardi. 1931-yilda boshlang'ich ta'limning butun sistemasi unifikatsiya (yagona tizimga, shaklga, bir xillikka keltirish) qilindi.

O'zbekiston tashkil etilganidan keyin ham hukmron siyosiy partiya rahbariyati va hokimyait organlari shahar va qishloq maktablari o'rtasidagi tafovvutlarni bartaraf qilishga yetarli e'tibor bermagan holda, ta'lim sohasi uchun zaruriy mablag'larni keragidan ancha kam ajratgan. Masalan 1927-yilda mazkur soha ehtiyojlariga O'zbekiston davlat byudjetining 9.3 % ajratilgan bo'lsa, ayni vaqtda RSFSRda bu ko'rsatkich14.4 % ni , Ukrainada 12.8 % ni , Turkmanistonda esa 11.1 % ni tashkil qilgan.

Mustaqillikdan keyingi yillarda chop etilgan O'zbekiston SSR tarixi haqidagi ko'pgina mualliflarning monografíyalari, maqolalari va ilmiy izlanishlaridan, jadid matbuotlarida nashr etilgan sovet maktablari haqdagi maqolalardan shuni anglash mumkinki, o'sha davrlarda darsliklar bilan ta'minlanish ishi juda yomon ahvolda ekanligi, yangi darsliklar sho'rolar mafkurasiga moslanganligi, yoshlarni sotsiolistik ruhda tarbiyalash, ularni bilimli emas, balki ko'proq mehnatkash ishchi kuchi qilib tayyorlash maqsadidaligi yaqqol ko'za tashlangan. 1-bosqich boshlang'ich maktablari uchun yaratilgan darsliklar metodik jihatdan juda ko'p nuqsonlarga ega edi. 2-bosqich maktablar uchun esa darsliklar umuman yo'q edi. "Ayrim darsliklarda ideologik jihatdan zararli materiallar kiritilgan, unda panislomizm hamda panturkizm

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

g'oyalari targ'ib qilingan, revolyutsiyadan oldingi ijtimoiy munosabatlar buzib ko'rsatilgan, O'rta Osiyoning Rossiyaga qo'shib olinishini qoralovchi uydirma gaplar qo'shilgan deb darsliklarni qayta ko'rib chiqish va yangi darsliklar yaratish va uni nashr ettirish xalq maorifining eng dolzarb vazifasi qilib qo'yildi". Maktab darsliklarini puxta qarab chiqish va vaqtinchalik bir chora sifatida rus tilida tabiiy fanlar bo'yicha avval tuzilgan eng yaxshi darsliklarni o'zbek tiliga tarjima qilish zarurati tug'ildi. Maktablar uchun darsliklar tayyorlash hamda chop etish ishiga rahbarlik qilish maqsadida maxsus o'quv-nashryot komissiyalari tuzildi, ular faoliyati Xalq maorifi komissarligi tomonidan muvofiqlashtirib turildi. Hukumat maktablar tarmog'ini tiklash hamda kengaytirish uchun mablag'lar izlab topar edi. Maktab ahvolini yaxshilash, o'quvchilarning ovqatlanishini uyushtirishga qaratilgan tadbirlarda yer uchastkalarini ajratish, boylarning uy-hovlilarini rekvizitsiya (mol-mulkning qiymatini to'lash sharti bilan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olish, aslida mol-mulk qiymatlari to'lanmagan holatlari ko'p uchragan) qilish, sanoat korxonalarining maktablarga otaliq yordamini tashkil etish va hokazolar edi. Maorif xalq komissarligi uchun kadrlar masalasi maktab qurilishidagi bosh muammo edi. Yangi tuzum pedagoglarini tayyorlash, ayniqsa, birinchi navbatda mahalliy maktablar o'qituvchilarini tayyorlash uchun har tomonlama chora-tadbirlar belgilandi. Binobarin, o'qituvchilar tayyorlash butunlay yangicha negizda-qisqa muddatli kurslar orqali yo'lga qo'yildi. Qisqa muddatli kurslar tizimi, eng avvalo bo'lajak o'qituvchilarda siyosiy ongni shakllantirishga va faqat yangi rejimning mafkuraviy yo'l-yo'riqlarini o'zlashtirishga qaratilgan edi. Kurslarning dasturlari, xususan, sotsializm va inqilobiy harakat tarixini, siyosiy iqtisod hamda milliylashtirish va ijtimoiylashtirish g'oyalarini, bolshevistik partiyaning dasturlari hamda taktikasini o'rgatishni o'z ichiga olgan edi.

O'zbekiston barpo eilgan birinchi yilidayoq xotin-qizlar uchun 21 ta savodsizlikni tugatish maktablari ochilgan. Bunda 1200 nafar o'zbek ayoli o'qitilgan. U yerni tamomlagan xotin-qizlar turli umumiy ta'lim kurslariga, jumladan xotin-qiz o'qituvchilar kurslariga kirdilar. Bu vaqtda respublikada o'zbek muallimalarining birinchi otryadlari paydo bo'ldi. Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jihatdan ishonchli, aholining "mehnatkash" tabaqalaridan chiqqan kishilarni tanlab olish kerak, degan g'oya ilgari surildi. Chunki avvaldan yaxshi ma'lumki, aqliy va mantiqiy mushohada etish darajasi qancha past bo'lsa, savolar ham, noroziliklar ham shuncha kam bo'ladi. Shuning uchun ham madaniyat hodimlari tarkibini ijtimoiy jihatdan ishonchli bo'lgan "mehnatkashlar" hisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng zakovatli va omilkor qatlamni siqib chiqarish maqsad qilib qo'yildi. Bu "madaniy inqilob"ning asosiy tezislaridan biri bo'lib, "shaklan milliy, mazmunan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

proletar madaniyaf'ni vujudga keltirishdan iborat edi. Bu g'oya sovet davlatining barcha o'n yilliklari davomida yashab keldi. 1930-yillarda uni amalga oshirish borasida qo'yilgan dastlabki qadam madaniyatning barcha sohalari uchun kadrlar tayyorlash, yuqorida aytganimizdek, "mehnatkashlar", ya'ni, "proletar qatlamdan" boshlanganligi ham bejiz emas edi. Buning natijasida respublikada o'qituvchilar soni 1928/29 o'quv yilidagi 5,5 ming kishidan 1932/33 o'quv yilida 19 ming kishiga, 1941-yilda esa 42 ming kishiga yetgan. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, 1933-yillar boshlarida xalq ta'limi tizimlarida o'tkazilgan "tozalash" oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtayi nazaridan "ishonchsiz" bo'lgan minglab bilimdon va tajribali muallimlar haydalib, ular o'rniga qisqa muddatli kurslarni bitirgan, saviyasi past, lekin ijtimoiy jihatdan "ishonchli" qatlamlardan qo'shimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning boshqa sohalarida ishlash uchun yuborildilar.

Birinchi navbatda qishloq maktablari uchun o'qituvchi kadrlar muammosi o'sha vaqtdayoq eng muhim va zarur bo'lgan, o'quvchilarni sinfdan-sinfga ko'chirish koeffitsentiga, ularni maktabda o'qitish muddatlariga, eng muhimi shuki, o'qish-o'qitish sifatiga sifatiga keskin sur'atda ta'sir etadigan muammolardan biri shaklida asta-sekin namoyon bo'la boshlagan edi. Barcha ma'lumotlarga ko'ra, bu qishloqlarda yuqori sinflar o'qituvchilarining yetishmasligi bilan, shuningdek, ma'lum darajada O'zbekiston qishloq xo'jalik ishlarida (paxtachilik, ipakchilik va boshqalarda) o'smirlar mehnatidan ko'p foydalanilishi bilan muayyan darajada bog'langan edi.

1930-yil 25-iyuldagi qarorda "1930/31 o'quv yilidan boshlab mamlakatning hamma joyida.... umumiy majburiy boshlang'ich ta'lim joriy qilinsin" deb ko'rsatilganidan keyin SSSR Markaziy Ijroya Komiteti va Xalq Komissarlari Sovetining 1930-yil 14-avgustda chiqargan qarori bilan qonunlashtirildi. Bu qonun sovet davlat organlariga 1930/31 o'quv yilidan boshlab mahalliy va davlat byudjetidan maktab ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag'lar hajmini ancha oshirishni talab etardi. Sovet hokimyatining dastlabki 10 yil mobaynida respublikada o'qituvchilar soni to'qqiz baravar ko'paydi. Yetti yilik maktablarning tez o'sishi o'qituvchilarni taxminan uch baravarga ko'paytirishni (283 kishidan 1076 nafarga yetkazishni) talab qilardi. Bu vaqtga kelib qishloq maktablaridagi o'qituvchilar soni 231,5% ga, yetti yillik maktablarda esa 284,2 % ga o'sib yetgan edi. Asosan o'qituvchi qadrlar o'rta ma'lumotni tugatmagan kishilardan iborat bo'lganligi uchun ulardan yetarli darajada yuqori malakali kadrlar tayyorlashning imkoni yo'q edi. O'qituvchilar soni yildan yilga ko'paygan bo'lsada viloyat maktablari o'qituvchi mutaxassislar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan edi. 1930-yillarda maktablarda ko'p hollarda maxsus tayyorgarlikdan o'tmagan, ma'lumoti past, malakasiz kishilar

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

muallimlik qilardi. 1934-yilga kelib, boshlang'ich maktablarda bu ko'rsatkich 77,3%ga o'sgan, oliy ma'lumotli o'qituvchilar 0,7% ni, o'rta ma'lumotli o'qituvchilar 19,1% ni tashkil qilganlar. O'rta maktablardagi ahvol biroz durust bo'lib, o'qituvchilarning 18% past ma'lumotli, 67% oliy ma'lumotli, 12,8 % o'rta ma'lumotli bo'lgan.

M.Galin, I.Zand, M.Mixaylov va boshqa ko'pgina mualliflarning maqolalari maktab ta'limining yuksak yutuqlarini maqtash bilan to'lib-toshgan bir sharoitda O'zbekistonda o'quv ta'lim sohasidagi ishlar qoniqarsiz ahvolda ekanligini ta'kidlagan va ana shunday raqamlarni keltirgan bir muallif o'z maqolasiga I.P. deb imzo chekkan. Bunday qoniqarsiz ahvolning sababi esa muallifning fikricha, o'qituvchilarning asosiy qismi boshlang'ich maktabning 1-2 sinflarini yoki savodsizlikni tugatish kurslarinigina tugatganligida edi. 1931-yil dekabrda O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti "O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim sistemasi to'g'risida" qaror qabul qildi. Unda maktab yoshidagi (8-11 yoshgacha) barcha bolalarni qamrab olish maqsadida majburiy to'rt yillik ta'lim kursi bo'lgan I bosqich boshlang'ich maktabini zarurligi ko'rsatilgan edi. To'rt yillik boshlang'ich politexnika ta'limiga o'tish yo'lidagi bosqich bo'lishi kerak edi. Shu munosabat bilan maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash masalasi jiddiy bo'lib qolgandi. Sobiq maorif institutlari hamda pedtexnikumlarni bitirib, boshlang'ich sinflarning muallimlari bo'lib ishlab kelgan kishilarning ko'plari endi ayrim fan predmetlari bo'yicha dars bera boshladilar. Bu-majburiy ravishda ko'rilgan tadbir, uning ta'lim saviyasi hamda sifatiga muayyan darajada ta'sir etdi.

Said Shermuhammedovning "Ulug' oktyabr ziyosi" (Savodsizlikni tugatishdan umumiy o'rta ta'limgacha) risolasida umumiy boshlang'ich ta'limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avj olgan umumxalq kurashi natijasida maktablar tarmoqlari va ulardagi o'quvchilar soni o'sdi; o'qituvchi kadrlar tayyorlash intensiv ravishda olib borildi. O'qituvchilarning malakasini oshirish va ularga metodik yordam ko'rsatish maqsadida 1930-yilda O'zSSR Xalq maorifi Komissarligi qoshida o'qituvchilar malakasini oshirish Respublika instituti hamda madaniy qurilish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil (Hozirgi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti) tashkil etilganligi yoritib berilgan. Mustaqillik yillaridan keyin olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, buni Q.Ergashevning O'zbekistonda xalq ta'limining rivojlanishi asarida kuzatish mumkin. Unda quyidagilar keltiriladi: O'zbekiston kompartiyasining VI syezdi (1934-yil, yanvar) buyruqbozlik uslubida oliy maktabda pedagog kadrlar tayyorlash ishlari qoniqarsiz ahvolda ekanligi ta'kidlab, ikkinchi besh yillik davrda pedagogika institutlarida o'qituvchilar tayyorlashni keskin ko'paytirish haqida ko'rsatma berdi. Shu asosda pedagogika o'quv yurtlariga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

talabalar qabul qilish ko'paytirildi, bundan tashqari 1935-yilda Toshkentda Nizomiy nomida davlat pedagogika instituti tashkil etildi. O'qituvchi kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish ishlari ancha jonlantirildi. Bu ishlar 1937-yilda 1 universitet, 18 ta pedagogika va o'qituvchilar instituti, 43 ta texnikum, 25 ta bir va ikki yillik kurslar tomonidan bajarilmoqda edi. 1936-yilda O'zSSR Xalq Komissarlari Soveti "O'qituvchilar malakasini oishirish sistemasi to'g'risida" qaror qabul qilindi. Unda birinchi bosqich maktablarining to'liq yetti sinf ma'lumoti bo'lmagan o'qituvchilarga 1937-yilgacha yetti yillik maktabni, 1940-yilning noyabrigacha esa pedtexnikum kursini o'qib tugatish taklif qilindi. Birinchi bosqich maktablarning yetti sinf ma'lumoti o'qituvchilarga, 1938-yilning noyabrigacha pedtexnikumlar kursini, to'liq oliy ma'luiotga ega bo'lmagan o'qituvchilarga esa 1937-yilning iyuliga qadar pedinstitutni tugatish shart qilib qo'yildi.

XULOSA

Sho'ro hukumati mamlakatda madaniy inqilobni amalga oshirish rejasini ishlab chiqar ekan, xalq maorifini hal qiluvchi soha, deb bildi. Sotsiolistik madaniyatni rivojlantirish va keng mehnatkashlar ommasini madaniyat bilan "oshno" qilish uchun, avvalo, xalq maorifi mustahkam zamin, eng muhimi omil bo'lishi darkor edi. Milliy xususiyati yot kommunisti kta'limot aqidalariga suyangan sovet siyosiy rahbariyatixalq maorifini rivojlantirish va pedagoglar tayyorlash ishini avval boshidan o'zbek xalqi milly ongi va obyektiv ehtiyojlariga zid yo'nalishga solib yubordi. Xalq ta'limi sotsialistik shaklini mustahkamlash siyosati shunga mos o'qituvchilar tayyorlash muammosini dolzarb qilib qo'ydi. "Harbiy kommunizm" sharoitida u asosan qisqa kurslarni keng joriy etish hisobiga hal qilindi. Mutaxassislar tayyorlash darajasida jiddiy nuqsonlar bo'lgani holda, bu kurslar sovet o'qituvchilarining jadal sur'atlarda miqdor jihatdan o'sishini ta'minladi. Sovet voqeligida "savodsizlikni tugatish" ishlari to'laligicha hokim tizimning siyosiy maqsadlariga xizmat qildi. Bu tadbirda ma'muriy majburlash usullari keng qo'llanildi.To'g'ri? Umumta'lim maktabining rivojlanishida muayyan siljishlar bo'ldi, lekin unga to'liq o'tish bir necha yilni talab etdi. Xalq ta'limini mablag' bilan ta'minlanishida "qoldiq tamoyili" ning ta'siri yaqqol sezildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. //uza.uz sayti, 30.09.2020 y

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. KPSS syezdlar, konferensiyalar va Markaziy Komitet pleniumlarining rezolyutsiya va qarorlarida. III qism, Toshkent, O'zdavnashr, 1954, 22-bet. E.Qodirov O'zbekistonda umumta'lim maktablarining rivojlanish tarixi.

3. O'zbekiston kommunistik partiyasi syezdlarining rezolyutsiya va qarorlari, O'zdavnashr, T.,1958,303 b

4. Q.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov., Pedagogika tarixi.,Toshkent: O'qituvchi., 1996.,-B. 488

5. Konstantinov, N.A., Pedagogika tarixi., Toshkent.: O'qituvchi, 1976.,-B.520

6. N.Rahmonov. A.Umaraliyev Sovet O'zbekistoni madaniyati tarixi ocherklari., Toshkent., "O'qituvchi"., 1984.,-B.204.

7. Ikromov A. Izbranniye trudi V 3-x tomax.- T.,1987. T.1.-B292

8. O'zbekistonning yangi tarixi 2-kitob.T.2000-y. Sharq nashryoti. 386 b) .

9. O'zbekiston tarixi 1917-1991 -yillar. 1 -kitob. 1917-1939-yillar, O'zbekiston nashryoti, T.2019, 341 bet)

10. E.Q.Qodirov O'zbekiston umumta'lim maktablarining rivojlanish tarixi (19171975). O'qituvchi., Toshkent.,1979.,-B.348

11. Z.Raximbabayeva. Jen^ina Uzbekistana na puti k kommunizmu. Tashkent, Gosizdat UzSSR, 1949, 31-bet

12. Ochilov M. O'zbekiston komsomolining umumiy - majburiy ta'lim uchun kurashi (1930-1941yy) - T., "O'zdavnashr", 1958;

13. Galuzo P.OcherednLie zadachi shkolnogo stroitelstvav respublikax Sredney Azii// "Sotsialisticheskiye stroitelstva v Sredney Azii". 1934.,№2-6,S.26. (Narodnoye obrazovaniya na podyeme. N .Allaberganova T.1979g. "Uzbekistan" rashryoti 40-b)

14. A.P. O shkolnom stroitelstve v respublikax Sredney Azii//Prosve^eniye natsionalnostey. 1937.№5.S.45

15. T.d.f.,prof. D.A.Alimova O'zbekistonda ta'limning rivojlanish tarixi va tarixshunosligi. Ocherklar. Toshkent-2017. Adabiyot uchqunlari// 20-30 yillar tarixshunosligida ta'lim va madaniyat:bolshevistik g'oya va real holat.

16. Q.Ergashev. O'zbekistonda xalq ta'limining rivojlanish tarixi. T: O'qituvchi.1998-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.