Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN YER-SUV ISLOHOTI (1925-1929 YILLAR) TARIXSHUNOSLIGI SOVET TARIXCHILARI NIGOHIDA'

O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN YER-SUV ISLOHOTI (1925-1929 YILLAR) TARIXSHUNOSLIGI SOVET TARIXCHILARI NIGOHIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
843
784
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yer-suv islohoti / sovet hukumati / yer egaligi / sinfiy yondashuv / statistik ma’lumotlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Quvvtaliyev Ubaydulla Begimqulovich

Ushbu maqolada Sovet davrida e’lon qilingan O‘zbekistondagi yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qilingan ilmiy ishlar va boshqa adabiyotlar haqida muallif talqinini bayon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN YER-SUV ISLOHOTI (1925-1929 YILLAR) TARIXSHUNOSLIGI SOVET TARIXCHILARI NIGOHIDA»

O'ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN YER-SUV ISLOHOTI

(1925-1929 YILLAR) TARIXSHUNOSLIGI SOVET TARIXCHILARI

NIGOHIDA

Quvvtaliyev Ubaydulla Begimqulovich

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti, Tarix fakulteti Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yo'nalishi 2-kurs magistranti. Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi https://doi.org/10.5281/zenodo.7312574

Anotatsiya: Ushbu maqolada Sovet davrida e'lon qilingan O'zbekistondagi yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qilingan ilmiy ishlar va boshqa adabiyotlar haqida muallif talqinini bayon qiladi.

Kalit so'zlar: Yer-suv islohoti, sovet hukumati, yer egaligi, sinfiy yondashuv, statistik ma'lumotlar.

Hozirda shiddat bilan globallashayotgan dunyo, yangi O'zbekiston oldiga ham o'zgarayotgan davrning talabiga mos ravishda, tarixchilar oldida ham, har tomonlama o'z fikriga ega, yuksak bilimli va vatanparvar avlodni tarbiyalashni dolzarb masala sifatida qoymoqda.Binobarin o'z tarixini, milliy o'zligini qadim anána va urfodatlarini bilmagan, uni anglay olmagan xalq tezda o'zining ozodligini, hamda yuz yillar davomida ota-bobolarining mashaqqatli mehnati, chekkan zahmatlari va to'kkan qonlari evaziga qurilgan milliy davlatchiligini va mustaqilligini yo'qotadi.

Xalqimiz necha yuz yillar davomida turli tala to'plar va bosqinlar sharoitda ham o'zligini saqlab qoldi. Shu o'rinda birinchi prezidentimiz Islom Karimovning, "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asridagi quyidagi fikri o'rinlidir. "...dunyodagi zo'ravon va tajovvuskor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o'ziga to'be qilib bo'ysindirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor uni qurolsizlantirishga, yani uning buyuk boyligi bo'lmish milliy qadryatlari, tarixi va ma'naviyatidanjudo qilishaga urinadi"[1].Hech shubha yo'qki bugungi globallashuv jarayonida turli xil yot madaniy,g'óyaviy hurujlarga qarshi kurashda tariximizni chuqur, har tomonlama puxta va holis o'rganish hal qiluvchi rol o'ynaydi[2].Biroq, bugungi milliy mustaqilligimizgacha tariximizning butun boshli davrlariga ham nisbatan to'g'ri va holis qarashlar shakllanmadi, tariximizda sezilarli izqoldirgan masalalar yetarlicha o'rganilmadi. O'zbekistonning eng muhim va ziddiyatli tarixiy davrlaridan biri bu XX asrning 20 yillari tarixi eng dolzarb va ziddiyatli davrlaridan biridir. Bu davrda sovet hukumati tomonidan O'rta Osiyoda bir qator siyosiy, iqtiodiy, ijtimoiy va madaniy tadbirlar o'tkazildi. Bulardan eng muhimi avvalo, o'lkadagi millatlar suniy ravishda bir-biridan hududiy chegaralinish orqali ajratildi

hamda O'zbekiston SSR, Qozog'iston SSR, Тш-kmaniston SSR, Qiгg'iziston SSR, Tojikiston SSR va Qoraqalpog'iston AO lari tashkil etildi. Keyingi bosqichda o'lkadagi mana shu yangi sovet respublikalarida, sovet hukumatining ijtimoiy tayanchini yaratish uchun yer-suv islohoti davom ettirildi. O'zbekiston taгixidagi 1925-1929 yillardagi yer-suv islohoti tarixshunosligi sovet davrida bir qancha qarama-qaTshi talqinlar asosida o'rganildi. Mamlakatimiz tarixining bu qismini bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilish tarix fanining muhim vazifalaridan biriga aylangan. O'zbekiston mustaqillikka eгishganidan buyon sovet davlatining XX asrning 20 yillari taгixi, uning O'гta Osiyo va Qozog'istondagi yer suv islohoti va jamoalashtirish siyosati bo'yicha Ыг qatoг ilmiy ishlaг va asarlar e'lon qilindi[3]. Bu tadqiqot ishlarida Yer-suv islohotining iqtisodiy oqibatlaгi statistik ma'lumotlar, raqamlar asosida berilib, atroflicha tadqiq qilishdi[4]. Sovet hukumatining agrar siyosati O'zbekiston qishloqlarida yuz yillardan beгi shakllanib kelgan yeгga egalik qilish strukturasini butunlay buzib, mulkchilikning mutlaqo yangi va jahon tarixida misli ko'rilmagan shaklini tadbiq qildi.

1925-1929 yillarda Yer-suv islohoti davomida nafaqat yer mulk balki, chorva mollaгi ham davlat foydasiga musodara qilindi. Bu esa oktabг inqilobining "yer dehqonlarga" degan va'dasining buzilganligini, mamlakat mehnatkasЫaгining asliy orzu umidlarini inqilob oqlamaganligini anglatardi. Mavzuning tarixshunosligiga doir ilmiy tadqiqotlar va asarlar ilmiy-nazariy jihatdan ikki (sovet davri va mustaqillik )davriga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir[5]. Bшlar sovet davrida (1925-1991-yillar) yaratilgan kitoblar va ilmiy tadqiqotlar, ikkinchi davri Mustaqillik yillarida yaratilgan ilmiy ishlar va tadqiqotlar. 30 yillardagi adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarning xarakterli jihatitarixiy tadqiqotlarda sinfiy yondashuv kuchayib, lenincha dunyoqarashga asoslangan metadalogiyaga amal qilindi. XX asrning 30 yilarida sovet davlatida markisistik mafkura hukmronligi uzil-kesil qaror topdirildi. Oqibatda sovet davlatida tarix fanining muayyan voqelikka asoslanishiga barham beгildi. Lekin shunday bo'lsa ham tarix fan sifatida rivojlanishda davom etaverdi. O'rta osiyoning agaг tarixining Ыг qismi bo'lgan yeг-suv islohotlarini tadqiq etish uchun bir qator ilmiy isЫaг e'lon qilindi. XX asming 30 yillaming 1 -yarmidan boshlab Sovet davlatining O'zbekistonda olib borgan yeг-suv islohoti va boshqa ijtimoiy siyosiy tadbirlari haqida bir qator ilmiy adabiyotlar yaratilgan. Bir qator ilmiy ommabop asarlarda, chunonchi Katta Sovet ensiklopediyasida yer suv islohoti haqida bazi stastistik ma'lumotlar va raqamlar e'lon qilingan[6]. 1925-1929 yillardagi Yer suv islohotidan avvalgi qishloq xo'jaligidagi vaziyat haqida V.Laverentevning "Kapitalizm Turkistonda (O'rta Osiyoda burjua mustamlakachiligi)" [7].

Jumladan Ilyas Saidgeeriyevich Alkinning "O'rta Osiyo: Qoraqolpog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonning iqtisodiy-geografik

ocherki" asarida O'zbekistonda amalga oshirilgan yer suv islohotining 2-bosqichining iqtisodiy natijalari haqida ma'lumotlar beriladi[8]. E.Zelkina o'zining "O'rta Osiyoda agrar masalar bo'yicha ocherklar"ida Turkistonda keyinroq O'zbekistonda yer sovet davlatining yer va agrar siyosatining mohiyatini kommunistik partiya nuqtai nazaridan ochib, izohlab berishga harakat qiladi[9]. Ikkinchi jahon urushidan keying ilmiy adabiyotlarda sovet hokimyatining paydo bo'lishi, sovetlarning O'rta Osiyodagi agrar siyosatining ijtimoiy xarakteri va oqibatlari nisbatan kengroq ochib berishga harakat qilingan bo'lsa ham marksistik mafkura doirasidan tashqari chiqilmagan G.Rizayevning "O'zbekistonda yer-suv islohoti haqida qisqacha ocherki"da yer suv islohoti va kollektivlashtirish sovet hokimyatining burjua yer egaligi sarqitlariga zarbasi sifatida talqin etiladi[10]. Lidiya Kunakova o'zining "O'zbekistonda Farg'ona vodiysida yer-suv islohotini amalga oshirish uchun kurash"[11] deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyasida O'rta Osiyoda amalga oshirilgan yer suv islohoti sotsalizmningkapitalizm ustidan g'alabasi va jahon proletarning Kommunizm sari muhim qadami sifatida baholandi.Tarixiy tadqiqotlarda sinfiy yondashuv kuchayib, lenincha dunyoqarashga asoslangan metadalogiyaga amal qilindi. XX asrning 30 yilarida sovet davlatida markisistik mafkura hukmronligi uzil-kesil qaror topdirildi.

60-70 yillarda qilingan tadqiqotlarda sovet davlatining yer-suv islohoti, qishloqdagi o'zgarishlar, xususan, qishloqda mulkchilik bekor qilinishi strukturasini rivojlantirish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalari tadqiq qilindi. 60-70-yillardagi muammo tarixshunosligi borasida yaxshi adabiyot va ilmiy ishlar chop etildi. G. Rizaev tomonidan Sovet davlatining ilk yillaridan boshlab O'zbekistonda amalga oshirgan butun agrar siyosti haqida ocherk e'lon qilindi[12].O'zbekistonda Sovet davlatining 1925-1929 yillardagi yer suv islohoti haqida, uning borishi, sabablari va oqibatlari haqida L.Z.Kunakova alohida doktorlik dissertatsiyasini e'lon qildi. Bundan tashqari R.X.Aminova, I.Alimov, A.Y. Ibragimov va boshqalar tomonida tahlil qilindi. Farg'ona vodiysi qishloqlarining 1920 yillarning 2 yarmidagi iqtisodiy hayotining ayrim jihatlari bilan M.Y.Perpera, M.Po'latovalar shug'ullandilar. O'zbekistonda ommaviy kollektivlashtirish arafasidagi iqtisodiy-agrar vaziyat, 20-yillarda O'zbekistonda yer-mulk qonunchilik faoliyati M.S.Vasikova asarlarida ham atroflicha ko'rib chiqilgan. 20-yillar ikkinchi yarmi voqealarining tarixshunoslik jihatlarini R.Aminova va R.Xadiyevna asarlarida ochib berilgan.

O'zbekiston tarixining 20-yillaridagi murakkab va ziddiyatli davri bir tomonlama tahlil qilish asosida o'rganilgan bo'lsa ham,bu davrni o'rganishning tarixiy tajribasi Kommunistik partiyaning tarix fani oldidagi ulkan senzurasiga qaramay ancha takomillashdi. Bu borada sezilarli darajada ilmiy adabiyotlar e'lon qilina bordi. O'sha davrdagi bir qator yirik tarixchilar Sovet davrining ilk yillarini ehtiyotkorlik bilan bo'lsa ham ochib bera oldi. Bu jarayonlarning hammasi

Tarixshunoslik fani rivojida sezilarli yutuq bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov. I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. T -: 2008. 8-bet

2. Dr Talal Atriss. Globalization and moral values. The seventh international conference on "The impact of Globaliztion on Devoloment and care services in Islamic Countries". 12-15 october 2002, Cairo Egypt

3. Shamsutdinov R. Ozbekistonda sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojiali oqibatlari.T.2001

4. Ahmedov Dilshodbek Rustambekovich. Sovet hokimiyatining Farg'ona vodiysi qishloq xo'jaligida mulkdorlar qatlamini cheklash siyosati (1917-1929 yillar)

5. X,aйдapов Муродиллa Мax1мyтaлиевич. Узбекистондa Совет дaвлaти бошкдрув тизимининг шaкллaниши, боскичлapи Ba мохдяти (1917-1941 йй) Узбекистон тaрихи Тaрих фaнлaри доктори диссертaтсияси aвтореферaти. Тошкент - 2018. 8-бет.

6. Большaя российскaя энциклопедия гл. ред. О. Ю. Шмидт. - Москвa : Советскaя энциклопедия, 1926-1947. стр.377;

7. Лaврентьев В. Кaпитaлизм в Typ^CTa^ (Буржуaзнaя колонизaция Средней Азии). - Л.: ИздКоммyнистическaя aкaдемия, 1930.

8. Алкин, Илиaс Сaидгиpеевич.Сpедняя Азия: экономико-геогpaфический очерк Кapa-Кaлпaкстaнa, Киpгизстaнa, Taджикистaнa, Typкменистaнa и Узбекистaнa / Илшс Алкин. - Москвa : Издaние Нayч.-исслед. aссоц. по изучению тац. и колониaльных проблем, 1931. стр.380

9. Зелькита Е. Очерки по aгpapномy вопросу в Средней Азии.-Т.: Госиздaт, 1930;

10. Pизaев Г.Р. ^aram очерк о земельно-водной реформе в

Узбекистaне, - Taшкент, Госиздaт, 1947;

11. Кyнaковa, Лидия Зaхapовнa. Земельно-воднaя pефоpмa в

Узбекистaне. (1925-1929 гг.) [Текст] / Л. З. Кyнaковa, кaнд. ист. тук ; Отв. ред.

д-р ист. мук проф. Х. Ш. Иноятов ; М-во нap. обpaзовaния Кирг. ССР. Ошский

гос. пед. ин-т. - Фрунзе : Мектеп, 1967. - 300 с.

12. Ризвев Г. Агpapнaя попитикa Советской влaсти в Узбекистaне (1917-1955 гг.). Taшкент, 1967 47 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.