*
>
Raxim Samijanovich Kaxxorov
Namangan davlat universiteti Tarix mutaxasisligi magistranti va akademik litsey o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7296268
' t
1> ^
Annotatsiya: Maqolada mavzuning dolzarbligi tushuntiriladi, tarixiy
demografiyaning maqsadlari, vazifalari aniqlanadi. O'zbekistonda tarixiy demografiya tarixshunosligi muammolarini o'rganishga bag'ishlangan ushbu maqolada keng ko'lamli adabiyot va manbalarda demografik jarayonlar muammolari o'rganiladi. Ishda XX asrning ikkinchi yarmidagi demografik jarayonlarni o'rganishning nazariy va uslubiy asoslari o'rganilgan. Muallif tarixshunoslik sharxi nuqtai nazaridan demografik rivojlanishni qisqacha ko'rsatib beradi, ijtimoiy-demografik guruhlarning manbalarini ko'rsatadi va demografik jarayonlarning tarixiy muammolarini tahlil qiladi.
Kalit so'zlar: O'zbekiston, aholi, tarix, demografiya.
Annotation: The article explains the relevance of the topic, defines goals,
»
objectives of historical demography. The work paper is devoted studying the problems of historiography of historical demography in Uzbekistan. And also, on a wide range of literature and sources are studied the problems of demographic processes. In the work researched the theoretical and methodological foundations of
cti i/~K/inrr Hf»mr»rrrar\Viir» nmpAccpe r»f e£»r>r»nH Vialf r»f W anH Kpmrminrr
the studying demographic processes of the second half of the XX -th and beginning of the XXI - th century. The author briefly illustrates the demographic development in terms of historiography review, shows the sources of social - demographic groups and analyzes the historical problems of demographic processes. Key words: Uzbekistan, population, history, demography. O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, tarix fanimizda uzoq yillar
m
davomida buzib talqin etilgrn yoki yashirib kelingan demografik dalillarni,
haqqoniylik va tarixiylik tamoyillari asosida tadqiq qilishga imkoniyat yaratildi. Vatanimiz tarixshunosligini rivojlantirishda zarurligi namoyon bo'layotgan tarixiy
demografiyani o'rganishda erishilgan jiddiy va ijobiy o'zgarishlar, hamda dastlabki
yutuqlar buning yaqqol dalilidir[1]. Aholining soni, tarkibi va tabiiy o'sishi kabi demografik jarayonlarni, tarixiylik printsiplaridan kelib chiqib, retrospektiv usulda yoritishga kirishildi. Demografik tadqiqot usullaridan foydalanib yozilgan, tarixiy
iw ~
! K*
demografiya sohasini yorituvchi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi[2]. Bu esa iqtisodiy, siyosiy, milliy-ma'naviy, ijtimoiy sohalarda yuz bergan murakkab o'zgarishlarni demografik tarixning prizmasi orqali kuzatishga, o'tmishdagi haqiqatni ilmiy tafakkur qilishga yordam bermoqda.
31><}>
u>,* ^ «KQs
>q )> d )> :>
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10
O'zbekiston tarixiy demografiyasini yoritishda aholini nafaqat hudud
#
tushunchasiga bog'lab, balki xalq yoki millat bo'lib shakllangan odamlar majmuining ma'lum bir vaqt chegarasida turli xil demografik jarayonlardagi ishtirokini tarix nuqtai-nazaridan kuzatish dolzarb vazifaga aylandi. Bugun o'zbek xalqi deganda
' 7—t n -4- /"» /4 r» T -t rï 1a /A-IA-t-» -1 -M /-»• r» hIa r» 1AA r» »V»! r» -»"*-« + ^É r»1 r» -»-*-« /-J r» T rr» ri 1--* r»T -« l> Il r»
o'zbeklarni tushunmoq kerakligi bejiz emas.
Vatanimizda fan, madaniyat va davlatchilik rivojlanishi juda qadimiy va boy tarixga ega. Aholi haqida qadimiy qo'lyozmalar, arxeologik yodgorliklar yoki qator ilmiy manbalar guvohlik beradi. Vatanimiz tarixi ilk marotaba, milloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarimiga oid yozma manbalarda qisman yoritilgan. O'rta Osiyo tarixiga tegishli "Avesto" yozma manbalari, dunyo tarixida birinchi bo'lib yurtimizdagi elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichida saqlab qolgan.
O'rta asrlar davrida aholi soni, tarkibini va tuzilishini doimiy kuzatadigan
nlAil A+Int' linil m o rvon K a'I pn nnm ' l'nrln o+rvti volnlnn nnmnn InnnT n nir Kam Am/iirrnti
tashkilotlar tuzilmagan bo'lsa ham Turkiston xalqlari haqida tasavvur bera oladigan
>
ma'lumotlarni topa olish mumkin. Masalan, o'ziga xos aholishunoslikni joriy qilganlar orasida Amir Temur ham bor. Sohibqiron XIV - XV asrlarda buyuk davlatga asos solib, o'zining "Tuzuklar"ida aholi muammolariga qaratilgan
»
qonunlarini yaratgan edi. "Tuzuklar"da Amir Temur o'zining davlatni boshqarishdagi, jumladan aholi nufuzini saqlash siyosatini, ko'p yillik tajribalarini kelgusi ajdodlariga etkazish maqsadida umumlashtiradi. Bular orasida zabt etilgan mamlakatlarda asirlikka olinganlar bilan muloqat qilish qoidalari alohida o'rin egallaydi[3].
Afsuski, yuqorida qayd etilganidek tariximizning turli bosqichlarida, O'rta Osiyo xalqlari haqida to'liq tasavvur bera oladigan demografik tarix ma'lumotlari to'liq holda jamlanmagan. Shu sababli tarixchi olimlar tomonidan kelgusida bajarishi zarur bo'lgan dolzarb vazifalardan biri, bu demografik tarixni yoritishga xizmat qiladigan yangi manbalardan, o'tmish demografik jarayonlarini ko'rsatadigan ma'lumotlarni izlab topishdan iborat.
Aholishunoslik muammolarini yorituvchi adabiyotlar tahliliga ko'ra, sovet davlati hukmronligi yillarida demografik tarixni o'rganishga bag'ishlangan ilmiy
J-jt
tadqiqotlar deyarli olib borilmadi. Chunki, sovet jamiyatida demografik jarayonlarni
ilmiy tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganish kommunistik mafkura tomonidan cheklab
qo'yilgan edi. Boshqacha qilib aytganda, aholishunoslikka oid izlanishlar jamiyatning j > ' ^^ i
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzilishiga (aholini sinflarga ajratib, faqat kasb turiga
qarab yoki aholi tarkibining yoshi va jinsiy tuzilishiga) mos holda olib borildi[4].
Demografik mavzuni o'rganish bilan bog'liq tadqiqot izlanishlarining bajarilishi XX asrning 20-yillari bilan chegaralangan holda qolib ketgan edi[5].
asrning 2°-jillari bila^A che&aralan&a^A holda qolib ket&a^A edi[5].
v> ¡>
>q ] q )> >
g * j
Shunday bo'lsada, aholi tarixini o'rganish butunlay to'xtab qolmadi. Tarixchilar
#
>
tomonidan demografik rivojlanish muammolarini ilmiy o'rganish, 1970-yillar o'rtalari va 1980-yillar oxiridan boshlandi. R.X.Aminovaning asarlarida jamiyatning ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotida ayollar ishtiroki masalalari tadqiq qilindi[6]. Olima muammoni o'rganishning XX. asrning ikkinchi choragi davri bilan ko'proq chegaralangan bo'lsada, uning tadqiqot ishlarida O'zbekistonda ayollarning ijtimoiy ahvoli haqida boy faktik materiallar keltiriladi. Xususan, onalikni, bolalikni muhofaza qilish, bolalar o'limi bilan bog'liq holatlarga bag'ishlangan tahlillari o'sha
1 V L V V V
davr demografik siyosatini yoritishga xizmat qiladi.
Albatta, aholi tuzilishida ayollar faolligini bu asarlar e lon qilinishigacha umuman o'rganilmagan, deyish mumkin emas. Biroq R.X.Aminovaning izlanishlarida ayollarning jamiyatda tutgan muhim roli, tarixiy demografiya nuqtai nazariga yaqin holda, tarixiylikka xos omillar asosida ochib berildi. Aynan shu paytdan boshlab, O'zbekiston tarixshunosligida tarix, iqtisod va demografiya fanlari vakillarining o'zaro ilmiy hamkorligi shakllana boshlagan edi. 1973 yilda S. Mullajonova, H.Tursunov, Q.Fozilxo'jaev hammualliflikda e'lon qildirgan « Край преображенный Октябрем» (Oktyabr o'zgartirgan o'lka) nomli asarda, tarixiy-iqtisodiy va demografik ko'rsatkichlar ilk bor keltiriladi. Biroq, ushbu tadqiqotlarga
yillar o'tib baho berar ekanmiz, alohida ta'kidlash joizkim, mustabid tuzum sharoitida demografik muammolarni o'rganishning tarix fanida o'rni yo'q edi.
Sovet jamiyatida demografik jarayonlarni ilmiy tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganish cheklab qo'yildi. Demografiya o'sha davrda butun mamlakat aholisini shunchaki hisobga olish bilan chegaralangan ediki, bu mazkur ilmiy tadqiqot sohasining rivojlanishiga ta'sir etmay qolmadi. Ammo, asta-sekinlik bilan tarixiy-
____J.,,„„„..Г, .............к™.-™
demografik yondashuv, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning echimini topishda qo'llaniladigan bo'ldi. Bu davrda, O'zbekiston aholisi o'z ijtimoiy tarkibiga ko'ra, davlat tomonidan boshqariladigan va unga to'liq qaram bo'lgan sinflar - ishchilar, jamoa xo'jaliklariga birlashtirilgan dehqon (kolxozchi)lar va ziyoliy- intelligentsiya strata(qatlam)laridan iborat bo'lishiga harakat qilindi[7]. Shu sababdan tan olishimiz joizkim, yuqorida sarlavhalari keltirilgan asarlarning nomlanishi, o'z zamonasi zayliga mos holda, mafkuraviy tayziq ta'sirida belgilangan bo'lsa-da, baribir shu
J-jt
tadqiqotlarning yaratilganligi sabab, O'zbekistonda tarix fanining tarixshunosligiga bag'ishlab yozilgan manbada ham ilk marotaba, demografik muammolarni alohida ilmiy izlanish sifatida bajarish zarurligi ko'rsatib o'tilgan edi[8].
Bundan keyingi yillar tarixshunosligida, demografik jarayonlarda ayollarning tutgan o'rni haqida D.A. Alimovaning doktorlik dissertatsiyasida va «O'rta Osiyoda ayollar: tarixini o'rganish va zamonaviy muammolari» nomli monografiyasida atroflicha ochib berildi[9]. Olima birinchilardan bo'lib sovet davrida yaratilgan
♦ ¡>
>q ] i )> >
u>,* ^ t<ns
ko'plab ilmiy ishlarga (xususan, 1940- 1980-yillarga bag'ishlangan tadqiqotlarga)
#
tanqidiy yondoshgan edi.
Mustabid tuzum sharoitida, O'zbekiston tarixchilarining o'rni, tarixiy -demografik jarayonlarni yoritishda sezilgan bo'lsa-da, faqatgina demografik mavzuga qiziqishning paydo bo'lishidagina namoyon bo'lgan edi. Chunki bu davrda hali aholi muammolarini ilmiy tadqiq qilinishiga bir qancha to'siqlar xalaqit berardi. Mazkur muammolar yechimini topish bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan tadqiqotchilar uchun
! Ш-
arxivlarda saqlanayotgan joriy statistika materiallari umuman berilmas edi. Hujjatlar davlat arxivlarida mutlaqo maxfiylik sharoitida saqlanar edi. Bir qator masalalarni ochiq muhokama qilish (urush yillarida halok bo'lgan fuqarolar soni, qatag'onlarning demografik vaziyatga salbiy ta'siri oqibatlari; o'z yurtlaridan O'zbekistonga zo'rlab ko'chirilgan fuqarolar kontingenti, ularning «maxsus yashash» hududlaridan ozod etilishi va boshqalar) mumkin emas edi.
Bu yillarda faoliyat yuritgan tarixchilar o'z tadqiqot ishlarida o'tmishdagi
rl m г» Arn ri I/- mi i о m m г»1 о m 1 г» ' r(tn mon îyo пп/лппп тшлпо+ он го 1 о п mnrr onn 1/1 I nm о ni
demografik muammolarni o'rganishga asosan mehnat resurslarining shakllanishi,
aholining ijtimoiy, madaniy-maishiy va ta'lim strukturasi, shuningdek, aholi tarkibidagi turli ijtimoiy guruhlarning mehnat faolligi nuqtai nazaridan yondoshdilar[10]. Bu izlanishlardagi kamchilik - bo'lib o'tgan demografik
»
m?
jarayonlarga mos statistika ma'lumotlaridan foydalanmaslikdir. Shunga qaramay, O'zbekiston tarixshunosligida mazkur tadqiqotlarni o'z sohalari bo'yicha muayyan izlanish sifatida ijobiy baholash mumkin.
O'zbekiston tarixiy demografiyasini o'rganishda nazariy-metodologik jihatdan
miiVum +аНтгт1г»+1 or VicmiHa fïVr îrnritih 1СЮЙ_лп1На naeVir É»+i1rran О Afcimir70Pii
muhim tadqiqotlar haqida fikr yuritib, 1998-yilda nashr etilgan O.Atamirzaev, V.Genshtke, R.Murtazaevaning «Uzbekistan mnogonatsional'niy: istoriko-
Pi 1
^amr.rtrnfloliinVùr nnnaUu (V n ' nmi 11 r,+1 i tnnVii,
demografichiskiy aspekt» (Ko'pmillatli O'zbekiston: tarixiy-demografik tomonlar) monografiyasi haqida alohida to'xtalish lozim. Zero, e'lon qilingan ilmiy taqrizga asoslanib aytish mumkinkim,[11] monografiya O'zbekiston tarixiy demografiyasining o'ziga xos yangi yo'nalishiga asos solib, masalaga konkret amaliy yondashishi bilan ajralib turadi. Mazkur kitob aholishunoslik muammolarini o'rganishda, turli fanlarning o'zaro ilmiy hamkorligiga qo'shilgan katta hissa bo'lib ham hisoblanadi.
Tarixiy demografiya muammolarini ilmiy tadqiq qilish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar sonining ortishi, bu sohani yanada rivojlantirish uchun o'quv qo'llanmalari hamda darsliklar yaratishni dolzarb vazifa qilib qo'ydi.
R.X. Murtazaevaning «O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag'rikenglik» nomli, magistrlar uchun tayyorlangan o'quv qo'llanmasi, tarixiy demografiyani o'rganishda birinchi ijobiy namuna bo'ldi[16]. O'quv qo'llanmada, bag'rikenglikning tarixiy jihatlari, uning eng qadimgi davrdan to hozirgi kunga qadar
____________ и-ч____1- • ____ ou.. u:___
Vatanimiz hududida namoyon bo'lganligi, yoritib berilgan. Shu bilan birga
* : j*
"^isr8'- 121| I
: * ^ * n>
>q )> d )> :>
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10
O'zbekiston hududida ko'p millatlilikning shakllanishi va taraqqiy etishi jarayoni
#
>
tarixiy-demografik misollarda ko'rsatilgan. O'zbek tilida nashr etilgan qo'llanmada shu sohani rivojlantirishda xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirishning zarurligi ham juda o'rinli ravishda ko'rsatiladi.
Shu bilan birga, R.X. Murtazaevaning «Bag'rikenglik, ko'pmillatli O'zbekistonni birlashtiruvchi omil sifatida» deb nomlangan monografiyasida
yoritilishicha, O'zbekistonda sovet totalitar tuzumi keltirib chiqargan oqibatlar, o'tgan asrning 80- yillarida respublikaning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo
о о j Г- О 1 J ./ 1
munosabatlariga, balkim, demografik jarayonlariga ham salbiy ta'sir etdi[12]. Garchi O'zbekistonda shahar aholisining ko'payishi sanoat taraqqiyotiga bog'liq bo'lsada, umuman respublikada qishloq aholisining shaharlarga ko'chib kelishi shaharlarning «tortish kuchi» bilan emas, balki tub joy aholisi paxta yakka - hokimligi bilan erga bog'lab qo'yilib, chetdan ishchi-mutaxassislar O'zbekiston shaharlariga ko'chirib keltirilishi bilan ifodalanar edi. Sovetlar tuzumi siyosati va yakkapartiyaviy mafkuraning iqtisodiyotdan, ijtimoiy sohadan ustuvorligi, respublika sharoitiga mos
bo'lmagan ishlab chiqarish tarmoqlarining shakllantirilganligi, O'zbekistonda iqtisodiyot va ekologik muvozanatning buzilishiga, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi xatoliklar, demografik jarayonlarning xususiyatini hisobga olmaslik,
»
ishsizlikning kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
D.B. Bobojonovaning «O'zbekistonda demografik jarayonlar va ularning xususiyati» monografiyasi 1995-yilda nashr etildi. Kitobda asosiy e'tibor 70-80-yillarda aholi soni, uning o'sishi va migratsiyasi bilan bog'liq muammolarni o'rganishga qaratilgan. Muallif ekologiya hamda aholi sog'lig'ini saqlash muammolarining demografik jarayonlarga bevosita ta'sirini ochib berishga harakat
тлЛ rrnnli m 1/-nflri л 1 >"71 m пх rrr' /"v-f *лг\ л С1ли tv»iio11iir»i-nrf // ' »vKal/i olrvnrl о i t+imAnr
qilganligi katta qiziqish uyg'otadi. Shu muallifning «O'zbekistonda ijtimoiy -iqtisodiy munosabatlar» (1999) o'quv qo'llanmasida millatlararo munosabatlar jarayonini o'rganishda demografik jarayonning evolyutsiyasi ko'rsatilib, bu omilning ijtimoiy-demografik sabablari tahlil qilinadi[13].
Sovet davlatining XX. - asr so'nggi choragida yuritgan milliy siyosati va uning oqibatlarini o'rganish ham faol olib borilmoqda. X. Yunusovaning 2005 yilda nashr etilgan «O'zbekistonda sovet davlatining milliy siyosati va uning oqibatlari» va 2009 yilda chop qilingan «O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma'naviy jarayonlar (XX. asr 80-yillari misolida)»nomli monografiyalarida hamda bir nechta ilmiy maqolalarida «paxta ishi» oqibatlari, 80-yillarda Farg'ona vodiysida yuzaga kelgan ijtimoiy keskinlikning asl sabablari o'rganiladi[14].
O'zbekistonda uzoq vaqt davomida yuz bergan demografik jarayonlarni qamrab olgan, 150 yillik tarixiy davrdagi aholishunoslik muammolarini yoritishga bag'ishlangan, O.B. Ata-Mirzaevning « Народонаселение Узбекистана: история и современность » (2009) kitobining nashr etilishi, [15] mazkur muammoni
o'rganishga salmoqli hissa qo'shdi. Muallif o'z monografiyasida O'zbekiston aholisi
#
dinamikasidagi o'zgarishlar, uning hududiy joylashishi, omillari, takror barpo bo'lishi, jinsiy va yosh tarkibi, hozirgi zamon rivoji muammolari haqida batafsil ma'lumotlar keltiradi. Biroq asarda, tadqqiq etilayotgan 19451991 yillarga, alohida e'tibor qaratilmagan. Vaholanki, sovet davlatining demografik siyosati mohiyatini tushunish va tarixini atroflicha yoritish uchun bu yillar tarixiy demografiyasini alohida o'rganish talab etiladi.
>
! I>S*;
Hozirgi sharoitda, ko'p mamlakatlarda tarixiy demografiya o'z mavqeini egallagan, tobora rivojlanib, ahamiyati oshib bormoqda. Bizda ham yaqin o'tmishimizdagi demografik jarayonlarga o'z ta'sirini o'tkazgan tarixiy voqealarga bag'ishlab yozilgan qiziqarli ilmiy ishlar ko'paymoqda. Ular orasida ikkinchi jahon urushi yillaridagi yo'qotishlar, O'zbekistonga turli xalqlar va millatlarning deportatsiya etilishi tarixiga bag'ishlangan tadqiqotlarni alohida ko'rsatib o'tish mumkin. Bu masalalar SH.D. Pirimqulov, V.L. Genshtke, P. Kim D.M.Inoyatovaning ilmiy tadqiqot ishlaridachuqur tahlil qilib o'rganildi. Ularda turli manba, guvohlar
xotiralaridan tortib, so'nggi yillarda ochiq deb e'lon qilingan arxiv materiallarigacha jalb qilingan. Deportatsiya qilingan, ya'ni zo'rlik bilan ko'chirilgan xalqlar tarixiga bag'ishlangan ishlar tarixshunosligining masalalari A. Rahmonqulovaning ilmiy
»
maqolasida umumiylashtiriladi[16]. Yuqorida qayd etilgan ilmiy tadqiqotlarda aholi tarkibiy tuzilishida yuz bergan nomutanosibliklar, uning sonidagi keskin o'zgarishlar, demografik jarayonlardagi katta yo'qotishlar haqida ko'plab qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Bu masalalarda yanada to'laroq aniqlikka erishish uchun turli hududlar bo'yicha shu muammolar bilan shug'ullanuvchi olimlarning o'zaro ijodiy hamkorligini kengaytirish lozim (O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya Federatsiyasi). Chunki deportatsiya qilingan xalqlar va millatlarning aniq soni hanuzgacha to'liq aniqlanmagan va ular joylashuvining tarixiy geografiyasi haqida bir to'xtamga kelinmagan muammolar ham mavjud bo'lib turibdi.
O'zbekiston tarixiy demografiyasi muammolarini o'rganishda D.A. Alimova tahriri ostida chop etilgan «Трагедия среднеазиатского кишлака:
-----„„„ 1ПОП 1 ПСС _ т „
коллективизация, раскулачивание, ссылка. 1929-1955 гг. Документы и
Ш
материалы» hujjatlar to'plamining ahamiyati nihoyatda katta (tuzuvchilar R.T. Shamsutdinov, B.M. Rasulov. - Toshkent, 2006) bo'ldi. To'plamdan
J1 > ^^ >
respublikamizning markaziy arxivi hamda joylardagi arxivlar, Rossiya Federatsiyasi
>*
va Ukraina arxivlaridagi ilgari e'lon etilmagan materiallar joy olgan[17].
Sovet davlatining XX - asr so'nggi choragida yuritgan milliy siyosati va uning
oqibatlarini o'rganish ham faol olib borilmoqda. X. Yunusovaning 2005 yilda nashr
____ ______. __________________:___________i:
etilgan «O'zbekistonda sovet davlatining milliy siyosati va uning oqibatlari» nomli * : j*
: * ^ * n>
monografiyasida va bir nechta ilmiy maqolalarida «paxta ishi» oqibatlari, 80 -yillarda
#
Farg'ona vodiysida yuzaga kelgan ijtimoiy keskinlikning asl sabablari o'rganiladi.
Shu kabi, tarixiy demografiyaga yaqin izlanishlar orasida Sh.A. Haitovning «O'zbek muhojirlari tarixi (1917-1991 -yillar) nomli monografiyasi xorijdagi o'zbeklar tarixini o'rganishda muhim qimmatga ega. Bu asarda sovet tuzumining ta'qib va zo'ravonliklari tufayli muhojirlikka ketgan o'zbeklar taqdiri birlamchi manbalar asosida bayon qilingan.
>
! I>S*;
Shunday qilib, O'zbekiston tarixshunosligida kam o'rganilgan yo'nalishlaridan biri bu tarixiy demografiyadir. Respublikamizda tarixiy demografiya fanining yangi ekanligi, mutaxassislarning etishmasligi, demografik jarayonlar tadqiqining murakkabligi ham bu sohada tadqiqot ishini bajarishning o'ta muhimligini ko'rsatadi. 1989-yildagi ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston tug'ilishi yuqori bo'lgan davlatlar guruhigi kirgan bo'lsa, erishilgan mustaqillik tufayli, XXI. asr boshida tug'ilish darajasi o'rtacha bo'lgan va demografik o'tish davri ostonasida turgan davlatlar
miniUi A nn iA\r Л yTiifi+nmll л\г о 1л о Po V\ -i 1 on f~\C rzKaVi rr Л ¿2» m /-v rvrn Pi 1 ^ V>/-v1 o+i
guruhidan joy oldi. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonning demografik holati
ancha yaxshi bo'lib demografik o'tish hech qanday uzilishlarsiz, bir tekis rivojlanmoqda. Bu holat, davlat tomonidan chuqur o'ylangan, ilmiy xulosaga asoslangan demografik siyosat yuritilishi tufayli yuzaga keltirildi. Xulosa qilib aytish
»
mumkinki, O'zbekistonda demografik o'tishning tarixiy masalalari tahlili, aholi o'sish sur'atlarining pasayotganidan, oilalarda bolalar sonining kam tug'ilayotganligi evaziga kam va o'rtacha bolalik oilalarning ko'payotganligidan, xususan demografik o'tish davri ostonasida turganligimizdan dalolat beradi. O'zbekistonning yangi tarixini to'la yoritish uchun uning tarixiy demografiyasini o'rganish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Atamirzayev O.B., Gentshke V.L., Murtazayeva R.X., Saliyev A. Istoriko-demograficheskiye ocherki urbanizasii Uzbekistana. - Tashkent, «Universitet», 2002; Ata- Mirzayev O.B., Gentshke V.L., Murtazayeva R. X. Mejnasionalnaya tolerantnost v Uzbekistane: istoriya i sovremennost. - Tashkent, «Universitet», 2004; Shu mualliflar.
2. Uzbekistan mnogonasionalnbiy: istoriko-demograficheskiy aspekt. -Tashkent, «Abu Ali ibn Sino», 1998 va boshqalar.
3. Hayitov Sh.A. XX - asr o'zbek muhojirligi tarixi. // Tarix fanlari doktori
ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati. - T., 2009; Isoqov B.N. O'zbekistonda 80- yillarning ikkinchi yarmi - 2000 yillardagi tarixiy o'zgarishlarning demografik jarayonlarga ta'siri. //Tarix fanlari nomzodi ....
! И*
dissertasiya avtoreferati. - T., 2010; Xadjimuratova M.X. Farg'ona vodiysining demografik tarixi (1991-2006 yy.) // Tarix fanlari nomzodi ... dissertasiya avtoreferati. - T., 2011 va boshqalar.
4. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - Toshkent, «O'zbekiston», 2010. -
* : j*
—rr^Tci-n -.- с—-и- rt^h ; !>
i Js * iJ
) J
B. 5.
5. Temur tuzuklari. - Toshkent, «Nashriyot - matbaa birlashmasi», 1991. - B. 8687, 95-100.
6. Axunova M.A., Lunin B.V. Istoriya istoricheskix nauk v Uzbekistane. - T., 1970. - S. 100-114.
7. Shelestov D.K. Istoricheskaya demografiya.- M., 1987.- S. 223-230; Timm.Ye.S. Dvijeniye naseleniya goroda Tashkenta za 5 let. 1923-1927. - T., 1928; Shu muallifl. Opbit izucheniya yestestvennogo dvijeniya naseleniya v kishlakax. - T.,
«
1929 va boshqalar.
ikAliL
......—....... —....................... '--------------------
1929 va boshqalar.
8. Aminova R.X. Oktyabr i resheniye jenskogo voprosa v Uzbekistane. -T.,1975; Oktyabr i resheniye jenskogo voprosa v SSSR (1917-1937 gg.). - M., 1978; Sosialnbiye aspektbi jenskogo truda v prombishlennosti Uzbekistana // Sovremennbiye problembi razvitiya rabochego klassa Uzbekistana. - T., 1989. - S. 67-77.
9. Bu haqda batafsil qarang: Mahkamova N.R. Sosialnaya struktura ob^yestva na territorii Uzbekistana: tradisii i transformasii. Avtoreferat dissertasii dokt. ist. nauk. - T., 2009. - S. 4 -5.
10. Aminova R.X., Axunova M.A., Lunin B.V. Istoricheskaya nauka v Uzbekistane. - Tashkent, «Fan», 1987. - S. 156.
3 i
11. Alimova D.A. Jenskiy vopros v sovetskoy istoriografii Sredney Azii (20-80-ye godbi). Avtoreferat dissertasii dokt. ist. nauk. - T., 1991; Jenskiy vopros v Sredney Azii: istoriya izucheniya i sovremennbiye problembi. - Tashkent, «Fan», 1991.
12. Sosialno-ekonomicheskiye problembi Uzbekistana v usloviyax perestroyki. - Tashkent, «Fan», 1990; Problembi istorii respublik Sredney Azii i Kazaxstana v 40 -50-ye godbi. - Tashkent, «Fan», 1989; Sovremennbiye problembi razvitiya rabochego klassa Uzbekistana. - Tashkent, «Fan», 1989; Aminova R.X. Aktualnbiye problembi
r
sosialnogo razvitiya v Uzbekistane v usloviyax perestroyki. - Tashkent, «Fan», 1991; Uzbekistan: stranisbi istorii. - Tashkent, «Fan», 1991 va boshqalar.
m
13. Sodiq°v H., J°'raev N. 0'zbekiston torn. T°m I-III. -T\, «Sharq», 2°H; O'zbekistonning yangi tarixi. Tom I-III. - T., «Sharq», 2000; Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana. - Tashkent, «Fan», 2001; Alimova D.A., Golovanov J-jt A.A. O'zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari. - Toshkent, «O'zbekiston», 2000 va boshqalar.
14. Alimova D.A. Surnyestvuyut li gendernbiye konstruksii v istoriografii Sentralnoy Azii trex epox (kolonialnoy, sovetskoy i sovremennoy)? // O'zbekiston
'Mi iw
! )m
tarixi, 2008, №2, - 59
15. Qarang: Ob^yestvenntiye nauki v Uzbekistane, №7 - 8, 1999, - S. - 84 - 86.
16. Atamirzayev O.B., Gentshke V.L., Murtazayeva R.X., Saliyev A. Istoriko-
__________1___i„- „„1___;„__;; T T„1____ T OAAO
demograficheskiye ocherki urbanizasii Uzbekistan. - T., 2002.