Научная статья на тему 'SOG‘LOM OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI'

SOG‘LOM OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fiziologik / energiya / biologik / ratsion / ko‘nikma / taom / taomnoma / oqsillar / yog‘lar / uglevodlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xamdamova Nasiba Izzatullaevna

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish va ota-onalar bilan hamkorlikda bolalarni ovqatlantirish jarayonlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOG‘LOM OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

SOG'LOM OVQATLANISH - SALOMATLIK GAROVI

Xamdamova Nasiba Izzatullaevna

Namangan shahar 63- sonli MTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11288606

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sog'lom ovqatlanishini tashkil etish va ota-onalar bilan hamkorlikda bolalarni ovqatlantirish jarayonlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: fiziologik, energiya, biologik, ratsion, ko'nikma, taom, taomnoma,oqsillar, yog'lar, uglevodlar.

Har qanday millatning asosiy boyligi-bolalar salomatligidir. Farzandlarimiz salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobardir. Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim o'rin tutadi. Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog'liq hayotimiz so'ngiga qadar bizga hamroh bo'ladi. Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan va jismoniy sog'lom insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadilar. Bunga zamin yaratishda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ta'lim-tarbiya olishlari jarayonida ularni to'g'ri ovqatlantirish nihoyatda muhimdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning fiziologik hususiyatlari, ular organizmining faolligi va tez o'sib rivojlanishi bilan harakterlanadi. Ushbu yoshdagi bolalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari, organlarning tuzilishi, vazifalari va taraqqiyoti, jumladan ovqat hazm qilish organlari rivojlanishida ham o'zgarishlar vujudga keladi. 3-7 yoshli bolalar organizmining oziq moddalarga va energetik harajatlarni qoplashga bo'lgan ehtiyojlari 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga nisbatan yuqoriroq bo'ladi. Shuningdek 7-10 yoshli bolalarga nisbatan 10-16 yoshli bolalarning ham ehtiyoji yuqori bo'ladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining biologik ahamiyatini yoritish maqsadida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, darmondorilar, mineral moddalar kabi tarkibiy qismlarning organizm uchun ahamiyati va ularning manbalari xususida to'xtalib o'tsak. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda asosiy ovqat mahsulotlari, ya'ni, oqsillar, yog'lar va uglevodlar ovqat tarkibida bir-biriga to'g'ri nisbatda bo'lmog'i lozim. Ana shu moddalar ovqat tarkibida yetarli va earur miqdorda bo'lganda organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo'lgan ehtiyoji to'liq qondirilgan bo'ladi.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni to'g'ri ovqatlantirishga qo'yiladigan asosiy talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg'ayishi va rivojlanishini to'liq ta'minlashdan iborat.

Bolalar ovqatini to'g'ri tashkil etish bolalar muassasalari rahbarlari va mas'ul xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar har tomonlama odobli, madaniyatli bo'lib yetishishlarida ovqatlanish odobining ham muhim o'rin tutishini unitmasligimiz zaur. Shunga ko'ra ushbu qo'llanmada bolalarni ovqatlanish odobiga o'rgatish borasida ham so'z yuritilgan. Bunda bolalarni ovqatlanish dasturxon atrofida o'tirganda va ovqatlanish jarayonida amal qiladigan tartib-qoidalarga to'xtalib o'tilgan hamda shu mavzuda she'r va hikoyalar berilgan.

Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga ko'nikish davrida uning ovqatlanishiga alohida e'tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog'cha tarbiyasiga o'tishida, bolalar o'rtasida deyarli har doim ma'lum psixologik qiyinchiliklar kuzatiladi. Bola qancha yosh bo'lsa, bog'cha sharoitiga ko'nikishi shuncha qiyin bo'ladi. Bu davrda bolaning ishtahasi

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

bo'g'iladi, yaxshi uxlamaydi, asabi buziladi, organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni to'g'ri ovqatlantirish ularning tezroq bog'cha sharoitiga ko'nikishiga bog'liqdir.

Bola maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoitiga kirib kelishidan oldin ota-onalar tomonidan bog'chada ko'proq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish, hamda ushbu taomlarni uyda tayyorlab (asosan bola uyda iste'mol qilmagan taomlarni) bolani iste'mol qilishiga ko'niktirib borishlari tafsiya qilinadi. Ko'nikish davrining boshlarida bola o'zi yeyishni bilmasa yoki hohlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo'yish lozim. Bola agar ovqat yeyishni xoxlamasa uni zo'rlab ovqatlantirish yaramaydi. Bu bolani taomga va maktabgacha ta'lim tashkilotiga kelihga bo'lgan munosabatini yomonlashtiradi.

Kunlik ovqat ratsionidagi mahsulot yoki taomni ayrim sabablarga ko'ra almashtirish lozim bo'lsa, almashuvchi va almashtiruvchi mahsulot yoki taomning ozuqaviy va energetik qiymatlari teng bo'lishi lozim. Ko'pincha kunlik taomnomalarda taom, kulinariya mahsuloti va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini na'munali ratsionda ko'rsatilganiga nisbatan almashtirish holatlari sodir bo'ladi. Bunday paytda aynan o'xshash yoki shu guruhga mansub bo'lgan hamda ozuqaviy va energetik qiymati mos keladigan mahsulotga almashtirish mumkin.

Ayrim hollarda mahsulot yetkazib berishda uzilishlar bo'lganda yoki keltirilgan mahsulotlar sifatsiz bo'lgan holatlarda ma'lum bir vaqtga (uch kundan ortmasligi hamda 1 oyda bir martadan ortiq takrorlanmasligi kerak) ozuqaviy qiymati mos keladigan (asosiy oziq moddalar; birinchi o'rinda ratsionda o'zgarmasligi lozim bo'lmagan oqsil va yog') boshqa mahsulotlardan tayyordangan kulinariya mahsulotlari hamda taomlarni kiritilishiga ruxsat etiladi. Go'sht mahsulotini ozuqaviy qiymatini tenglashtirgan holda baliq, tvorog, tuxum bilan almashtirish mumkin. Ovqat ratsioniga oldindan kiritilgan taom yoki kulinariya mahsulotlari tarkibidagi oziq-ovqat xom-ashyolari va ovqat mahsulotlarini almashtirishga to'g'ri kelsa, u holda me'yoriy hujjatlar (taom va kulinariya mahsulotlarining yig'ma tarkibi) da belgilangan almashtirish me'yoriga asoslanib almashtirish lozim. Biroq bunday almashtirish muddati chegaralab qo'yiladi (bir haftadan ortmagan vaqtga). Bu vaqtda o'simlik yog'ini- hayvonot moyi bilan, mol yog'ini-margarin yoki kulinariya moyi bilan almashtirmaslik kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni sog'lom ovqtatlantirish ularni ertangi hayoti uchun muhum rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 0016-21-sonli "Sanitariya qoida va me'yorlari", 2021 yil 26 iyun.

2. Ro'ziyeva Sh.M. "Bolalar taomlari tayyorlash texnologiyasi"

3. Soldixo'jaev S.S. "Bolalar ovqatiga qo'yiladigan gigiyenik talablar". -T: "Meditsina", 1989.

4. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.