Научная статья на тему 'ОVQАTLАNISH VА АTRОF-MUHIT TА'SIRI BILАN BОG`LIQ BО`LGАN KАSАLLIKLАR PRОFILАKTIKАSI'

ОVQАTLАNISH VА АTRОF-MUHIT TА'SIRI BILАN BОG`LIQ BО`LGАN KАSАLLIKLАR PRОFILАKTIKАSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
214
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rаtsiоn / оvqаtlаnish gigiyenаsi / me`yоr / tаrkib / tuzilish / zаrаrli оdаt. / diet / food hygiene / norm / content / composition / bad habit.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilmurоdоvа Оrzigul Berdimurоd Qizi

Jismоnаn vа ruhаn bаquvvаt hаmdа fаоl yаshаsh uсhun hаr bir kishi sоg‘lоm turmush tаrzigа аmаl qilishi muhim аhаmiyаtgа egа. Ungа tо‘liq аmаl qilinsа insоn qаrishi bilаn shug‘illаnuvсhi xаlqаrо tаshkilоt оlimlаri fikrigа kо‘rа 100 120 yil umr kо‘rish imkоniyаti mаvjud. Аyrim mutаxаssislаr esа 180 yоsh hаm hаyоt dаvоmiyligidа сhegаrа emаsligini tа’kidlаydilаr. Sоg‘lоm turmush tаrzi tushunсhаsi keng mа’nоgа egа bо‘lib, u jismоniy fаоllik, zаrаrli оdаtlаr, yа’ni giyоhvаndlik, tаmаki (nоsvоy) сhekish, spirtli iсhimliklаrni iste’mоligа qаrshi kurаsh vа rаtsiоnаl оvqаtlаnish kаbi tаdbirlаrni о‘z iсhigа qаmrаb оlаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREVENTION OF DISEASES RELATED TO NUTRITION AND THE ENVIRONMENT

It is important for everyone to lead a healthy lifestyle in order to live physically and mentally strong and active. If it is fully observed, according to scientists from an international organization dealing with human aging, one can live 100-120 years. Some experts say that even 180 years is not the limit of life expectancy. The concept of a healthy lifestyle has a broad meaning, it includes measures such as physical activity, the fight against bad habits, i.e. drug addiction, tobacco smoking (irregular), alcohol consumption, and rational nutrition.

Текст научной работы на тему «ОVQАTLАNISH VА АTRОF-MUHIT TА'SIRI BILАN BОG`LIQ BО`LGАN KАSАLLIKLАR PRОFILАKTIKАSI»

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

OVQATLANISH VA ATROF-MUHIT TA'SIRI BILAN BOGLIQ BOLGAN KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI Dilmurodova Orzigul Berdimurod qizi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy profilaktika va Jamoat Salomatligi fakulteti

3-bosqich talabasi https://doi org/10.5281/zenodo. 6792060

Annotatsiya. Jisтопап vo ткан bаquvvаt hаmdа fао1 уа$ка$к исЬмп Наг bir kishi sog'lom turmush tаrzigа ата1 qilishi muhim аhаmiyаtgа egа. U^o to 'liq ата1 qilinsа inson qаrishi Ы1ап shug'illаnuvсhi ха^аго tashkilot olimluri fikrigo. ko'm 100 - 120 yil umr ko'rish imkoniyuti mаvjud. Ayrim mutаxаssislаr esа 180 yosh hаm hаyot dаvomiyligidа сhegаrа emаsligini tа'kidlаydilаr. Sog'lom turmush tarzi tushunchQsi keng mQ'nogQ ego. bo'lib, u jismoniy faollik, zororli odotlor, уо'П giyohvаndlik, tomoki (nosvoy) chekish, spirtli iMm^^m iste 'moligo qorshi kumsh vo rotsionol ovqotlonish ЫЫ todbirlorni o 'z ichigo qomrob o^di.

Kalit so^zlar: rotsion, ovqotlonish gigiyenosi, meyor, tarkib, tuzilish, zororli odnt.

ПРОФИ^^И^ ЗAБOЛЕВAНИЙ, СВЯЗAННЫХ С ПИТAНИЕЙ И OКРУЖAЮЩЕЙ СРЕДОЙ

Аннотация. Для всех вoжнo вести 3dopoeuu o6po3 ^жизни, Hmo6bi жить физически и yMcmeeHHo сильными и активными. Если ezo пoлнocтью coблюдoть, no мнению ученых мeждунарoднoй oргoнизoции, занимающейся вonрocoми старения чeлoвeкo, мoжнo nрoжить 100-120 лет. Нeкoтoрыe специалисты гoвoрят, чтo даже 180 лет — этo не предел nрoдoлжитeльнocти жизни. снятие здoрoвoгo o6po3u жизни имеет ширoкoe значение, o^ включает в себя такие меры, как физическая oктивнocть, бoрьбo с вредными привычками, т.е. нар^манией, тoбoкoкурeним (нерегулярным), у^треблением oлкoгoля, и рoциoнoльнoe питание.

Ключевые слова: рацшн, гигиена питания, нoрмo, шдержание, шстав, вредная привычка.

PREVENTION OF DISEASES RELATED TO NUTRITION AND THE

ENVIRONMENT

Abstract. It is important for everyone to lead a healthy lifestyle in order to live physically and mentally strong and active. If it is fully observed, according to scientists from an international organization dealing with human aging, one can live 100-120 years. Some experts say that even 180 years is not the limit of life expectancy. The concept of a healthy lifestyle has a broad meaning, it includes measures such as physical activity, the fight against bad habits, i.e. drug addiction, tobacco smoking (irregular), alcohol consumption, and rational nutrition.

Key words: diet, food hygiene, norm, content, composition, bad habit.

KIRISH

Shu o'rinda inson organizmiga ta'sir etuvchi minglab omillar ichida ovqatlanish ayniqsa, o'z vaqtida va me'yorida, zarur bo'lganda esa parxezbop taomlar iste'mol qilish yetakchi ahamiyatga ega ekanligini yodda tutish lozim. Ovqatlanish tibbiy nuqtai nazardan yosh, tana tuzilishi, iqlim, mabodo kasallik bo'lsa uning turi va davridan kelib chiqib xastalikning oldini olish uchun turli xil tartib va tarkibda tavsiya etiladi. Shundagina inson uzoq, sog'lom va farovon umr ko'rishi mumkin.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Organizm me'yorida faoliyat ko'rsatishi uchun 600 dan ortiq ozuqalar kerak. Ulardan taxminan 90 % shifobaxsh ta'sirga ega bo'lib, juda kam qismi tananing o'zida yaratiladi va aksariyati tashqaridan kiradi. Bunga faqat ratsional ovqatlanish orqaligina erishish mumkin. Lekin, ko'pchilik «ratsional ovqatlanish» deganda, mazali, to'yimli, yuqori kaloriyali taomlarni iste'mol qilishni nazarda tutadilar. Ayrim kishilar tartibsiz, ovqatlanish ritmiga amal qilmasdan (erta naxorda yoki kechqurun yotishdan oldin) taom iste'mol qiladilar.

TADQIQOT NATIJALARI

Lekin yuqoridagidan farqli o'iaroq iste 'mol qilinadigan taomlar organizm tiklanishini ta 'minlasa, yo 'qotilgan energiyaga bo 'lgan talabni qondirsa, tarkibida zarur darajada oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, mikro - makroelementlar, o 'simlik tolalari saqlasa hamda oziq - ovqatlar va ularning tarkibi, miqdori oshqozon - ichak tizimi fermentlari faolligi bilan mos kelsa ratsional ovqatlanish deb ataladi. Yoki bir so'z bilan aytganda, iste'mol qilindigan oziq -ovqatlar insonning real ehtiyojlariga mos kelishi lozim. Ratsional so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, -ratsionll iborasi bir kunlik iste'mol qilinadigan ovqat ma'nosini anglatsa, -ratsionalII maqsadga muvofiq, aql - idrok bilan taom iste'mol qilish degan fikrni bildiradi.

Hozirgi vaqtda ratsional ovqatlanish nazariyasi negizida taom iste 'mol qilishni muvozanatlashtirilgan konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Unga asosan iste'mol qilinayotgan oziq -ovqatlar tarkibida inson uchun zarur darajadagi oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suv bo'lishi kerak. Bunday yondoshishning asosiy mohiyati har bir kishi sarflaydigan energiya organizmga tushayotgan quvvatga mos kelishidan, ovqat tarkibidagi moddalarni o'zaro mutanosibligidan, ovqatlanishni ma'lum son va oraliqda bo'lishidan iborat.

MUHOKAMA

Asosiy almashinuv quvvati - bu insonning jismoniy tinch holatda (masalan, uyquda) hayotiy muhim jarayonlari (hujayralarda modda almashinuvi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm bo'lishi, asab tizimi) va mushaklar tonusini qo'llab - quvvatlash uchun zarur bo'lgan energiya. U inson jinsi, bo'yi. tana vazni va tuzilishi, yoshi, ichki a'zolardagi gormonlar muvozanati hamda boshqa qator omillarga bog'liq. Shuningdek, asosiy almashinuv uchun zarur bo'lgan energiyaga yil fasli, iqlim, ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Tinch holatda organizm ehtiyoji uchun zarur bo'lgan quvvat tana mushaklari og'irligi va yog' to'qimalari miqdori bilan ham uzviy bog'liq. Erkaklarda asosiy almashinuv ko'rsatkichi ayollarga nisbatan 10 % ko'proq. Shuningdek, ularda tana vaznining bir kg ga 1 soatda bir kkal energiya sarf etilsa, ayollarda bu ko'rsatkich 0,9 kkal ga teng. Ma'lumki, yosh ulg'ayib borgansari insonda mushaklar kichrayishi kuzatiladi. Binobarin, unga mos ravishda asosiy almashinuv ko'rsatkichi ham kamayib boradi. Sovuq iqlim sharoitlarida va yuqori harorat bilan kechadigan ayrim kasalliklarda asosiy almashinuv ko'rsatkichlari bir muncha yuqori bo'lishini (tana haroratini 10 ga oshishi energiyaga bo'lgan talabni 10 - 15 % ga ko'taradi) esda tutish lozim.

Ovqatning spesifik - dinamik ta'siri - bu oziq - ovqatlarni organizmga singishi uchun sarflanadigan quvvat. Uning eng ko'pi (30 - 40 %) oqsillarni undan so'ng yog'larni (4 - 14 %) va nihoyat uglevodlarni (4 - 7 %) o'zlashtirish uchun sarflanadi. Turli xil oziq - ovqatlar ya'ni aralash tarkibli taom iste'mol qilganda asosiy almashinuv ko'rsatkichi 10 % ni tashkil etadi. Tibbiyotda boshqariladigan quvvat sarflash iborasi mavjud bo'lib, bu jismoniy faollik natijasida yo'qotiladigan energiya hisoblanadi va 40 % ni tashkil etadi. Har bir insonning bir kecha -kunduzlik sarflaydigan energiyasidan kelib chiqib qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiya

miqdoriga qarab ovqat ratsionini tuzish mumkin. Biz iste'mol qilayotgan ovqat mahsulotlari tarkibidagi bir gramm oqsil vauglevodlarning har biridan 4 kkal, yog'lardan esa 9 kkal energiya hosil bo'ladi. Har bir kishining asosiy almashinuv quvvati va ovqat mahsulotlaridan hosil bo'lgan energiyani bilgan holda qabul qilinayotgan vasarflanayotgan energiyani aniqlash hamda unga mos ravishda ovqat ratsionini tuzish mumkin. Bunday yondashish ovqatlanish konsepsiyasining qoidasigajavob beradi.

Har bir inson sog'lom turmush tarzi va ratsional ovqatlanish tamoillariga amal qilgan holda qator og'ir kasalliklarning oldini olishi mumkin. Xaqiqatdan ham Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, inson salomatligi va uzoq umr ko'rishi 10 foiz hollarda tibbiyotga, 20 foiz hollarda uning nasliga, 20 foiz hollarda tashqi ta'sirlarga (ekologik, iqtisodiy va boshqalar), 50 foiz hollarda esa, uning hayot tarzi va odatlariga (jismoniy faollik, chekish, spirtli ichimliklrni suiste'mol qilish, ortiqcha tana vazni va boshqalar) shu jumladan ovqatlanish tartibiga bog'liq.

Respublikasining 2015 yil 26 avgustdagi 393 sonli Qonuni (O'zR qonun hujjatlari to'plami, 2015 y., 34-son, 451-modda) -18b.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining -Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta'minlanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarill to'g'risidagi 2015 yil 26 iyundagi 170-sonli Qarori.

3. Румянцев Г.И., npoxopoB Н.И., Нoвикoв С.М. Ba б. -ГигиетаН Учебник для by3ob, М., 2009.- 608б.

4. Umumiy gigiyena bilan ekologiya. Amaliy mashg'ulotlar uchun o'quv qollanma. L.A.Ponomareva, E.K. Kazakov, L.K. Abduqodirova, B.E.Tuhtarov, I.K.Dravskix, S.A.Sharipova, X.A.Sadullaeva. - T.,2011.

5. Environmental health Dade W. Moeller Third Edition Harvard University Press Cambridge, Massachusetts London, England, 2005

6. Бoльшaкoв A.M. -Общaя гигиетаН М. 2019, -736 б

XULOSA

Adabiyotlar ro^yxati

1. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidallgi O'zbekiston

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.