Научная статья на тему 'INGLIZ VA O’ZBEK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING ISTE’MOLDAGI O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI'

INGLIZ VA O’ZBEK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING ISTE’MOLDAGI O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1595
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot almashinuv jarayoni / mehmondo’st / nonushta / tushlik / kechki ovqat / ozuqaviy / sog’liq / oziq-ovqat mahsulotlari / iste’molchi / mehnat qobiliyati. / information exchange process / hospitality / breakfast / lunch / dinner / nutrition / health / food / consumer / ability to work.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Latipova, Umida Usmanovna

Fan texnika rivojlanishi natijasida jamiyatda va kishilar yashash tarzida kun sayin sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu rivojlanish va o’zgarishlarni dunyo xalqlarining jumladan ingliz va o’zbek xalqlarining ovqatlanish tarzida ham uchratish mumkin. Ushbu maqolada kunning turli qismlarida iste’mol qilinadigan ingliz va o’zbek oziq-ovqat mahsulotlarining bir-biriga o’xshash va farqli jihatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SIMILARITY AND DIFFERENCE BETWEEN ENGLISH AND UZBEK FOOD PRODUCTS

As a result of the development of science and technology, significant changes are taking place in society and in the way people live every day. These developments and changes can be seen in the diet of the peoples of the world, including the British and Uzbeks. This article highlights the similarities and differences between English and Uzbek food consumed at different times of the day.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O’ZBEK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING ISTE’MOLDAGI O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

INGLIZ VA O'ZBEK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING ISTE'MOLDAGI O'XSHASH VA FARQLI JIHATLARI

Latipova Umida Usmanovna

(O'zJTU tayanch doktoranti)

ANNOTATSIYA

Fan texnika rivojlanishi natijasida jamiyatda va kishilar yashash tarzida kun sayin sezilarli o 'zgarishlar sodir bo 'lmoqda. Bu rivojlanish va o 'zgarishlarni dunyo xalqlarining jumladan ingliz va o'zbek xalqlarining ovqatlanish tarzida ham uchratish mumkin. Ushbu maqolada kunning turli qismlarida iste'mol qilinadigan ingliz va o 'zbek oziq-ovqat mahsulotlarining bir-biriga o 'xshash va farqli jihatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: axborot almashinuv jarayoni, mehmondo'st, nonushta, tushlik, kechki ovqat, ozuqaviy, sog'liq, oziq-ovqat mahsulotlari, iste'molchi, mehnat qobiliyati.

В результате развития науки и технологий ежедневно происходят значительные изменения в обществе и образе жизни людей. Эти события и изменения можно увидеть в питании народов мира, в том числе британцев и узбеков. В этой статье освещаются сходства и различия между английской и узбекской едой, потребляемой в разное время дня.

Ключевые слова: процесс обмена информацией, гостеприимство, завтрак, обед, ужин, питание, здоровье, еда, потребитель, трудоспособность.

As a result of the development of science and technology, significant changes are taking place in society and in the way people live every day. These developments and changes can be seen in the diet of the peoples of the world, including the British and Uzbeks. This article highlights the similarities and differences between English and Uzbek food consumed at different times of the day.

Keywords: information exchange process, hospitality, breakfast, lunch, dinner, nutrition, health, food, consumer, ability to work.

Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumining o'zgarishi, 21 asrda barcha xalqlar qatori ingliz va o'zbek oziq-ovqat mahsulotlari iste'molchilari talablarining ham o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa, ikki xalqning oziq-ovqat mahsulotlariga oid leksik birliklarni funktsional-semantik jihatdan yoritib berish kabi vazifani oldimizga

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

qo'yadi. Iste'molda keng qo'llaniladigan bir komponentli va ko'p komponentli terminlarning ingliz tilidan o'zbek tiliga, yoki aksincha o'zbek tilidan ingliz tiliga berilishdagi o'rnini belgilab, tarjimashunoslik aspektida pragmatik tahlil qilinishi ingliz va o'zbek oziq-ovqat mahsulotlarining bir-biriga o'xshash va farqli jihatlarini ko'rsatib beradi.

Darhaqiqat, har bir sohada zamon bilan hamnafas faoliyat yuritilishi hozirgi davr talabidir. Axborot almashinuv jarayoni jadallashgan bizning zamonimizda ingliz va o'zbek oziq-ovqat mahsulotlari va ularning iste'molidagi o'xshash va farqli jihatlarini xorijiy tilda muloqot asnosida muayyan leksik birlik anglatuvchi ma'noni aniq tushunib, o'zaro muloqotni to'g'ri tashkil etish zarur. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari nomlari, turlari, kuning qaysi qismida is'temol qilinishi, ya'ni nonushta, tushlik, kechki ovqat yoki yengil tamaddi sifatida, mavsumiylik jihatlari, talab darajasi kabilarning farqli va o'xshash tomonlari muammosini ijobiy hal etish maqsadida leksik birliklar tarjimasi funktsional-semantikasining nozik qirralarini ilg'ash amaliyot doirasi kengayishiga xizmat qiladi. Inson organizmi deyarli barcha kerakli moddalarni oziq-ovqat va suv orqali oladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi va ularning xususiyatlari salomatlik, jismoniy rivojlanganlik, mehnat qobiliyati, hissiy holat va umuman, umr ko'rish davomiyligi va sifatiga bevosita ta'sir qiladi. Inson organizmiga shu qadar ta'sir qilishga qodir bo'lgan yana boshqa bir omilni topish qiyin. Ovqatlanish borasida ko'plab nazariyalar mavjud va deyarli har kuni yangi ma'lumotlar paydo bo'lib, ularning ba'zilari go'shtni cheklash kerak desa, boshqa birlari faqat ma'lum bir mahsulotlardan iborat taomnoma har qanday kasalliklardan qarshi ta'sir ko'rsata oladi deyishadi. Aslida inson tanasi juda murakkab tizimdir, uning normal ishlashi uchun u ham go'sht, ham sabzavotli taomlarni talab qiladi. Shu sababli to'g'ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim sanaladi. Bu borada shubhali tavsiyalarga amal qilish salomatlikda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Sog'lom kishi kuniga 4-5 marta, ovqatlanish oralig'ini 5 soat dan oshirmagan holda taomlanishi eng optimal sanaladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kunni qanday boshlash, qaysi mahsulotlar bilan taomlanish va tanlangan taom kun davomida o'z ta'sirini ko'rsatadi. Sog'lom, foydali nonushta inson organizmiga energiya, kuch va qoniqish his qilishiga yordam beradi. Albatta, yaxshi nonushta uchun tanlangan taomlar ko'p jihatdan insonlarning tug'ilib o'sgan joyiga bog'liq bo'ladi. Ingliz oziq-ovqat mahsulotlari oqsilga boyligi muhim o'rin egallaydi. Nonushta uchun tanlangan mahsulotda oqsil ko'p bo'lganda, organizmdan energiya

sekin chiqadi, bu esa tushlikka qadar to'yingan bo'lishni ta'minlaydi.

710

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

o

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

An'anaviy ingliz nonushta taomlari ozining xilma-xilligi bilan yaqqol ko'zga tashlanadi. Nonushta, ya'ni kunning birinchi taomlari alohida ahamiyatga ega. Odatda ingliz nonushtasi tuxum, kolbasa, qovurilgan non, qo'ziqorin va pishirilgan loviyadan iborat deb o'ylashadi. Ammo, bugungi kunda ingliz nonushtasi bir payola don mahsuloti, bir bo'lak tost, apelsin sharbati va bir finjon qahva bo'lishi ehtimoldan yiroq emas. Ko'p odamlar, ayniqsa bolalar, Angliyada makkajo'xori, bug'doy, jo'xori kabi turli xil donlardan tayyorlangan mahsulotlarni sevib iste'mol qilishadi. Qish mavsumida esa ko'p odamlar bo'tqalar yoki qaynatilgan jo'xori yeyishadi. Eng avvalo, tostdagi magmit ingliz nonushtasining o'ziga xosligi yorqin namunasidir. Mazali va oson nonushtani tostsiz tasavvur qilish qiyin. Tost ko'p tushuntirish talab qilmasada, mahsus uskuna, ya'ni tosterda qizartirib, isitib olingan non bo'lagi, magmit haqida biroz fikr bildiradigan bo'lsak, bu xamirturush ekstraktidan tayyorlanadi, bu magmitga aniq sho'r ta'm beradi. Magmitni ta'mi kuchli, buni inkor etib bo'lmaydi, ba'zi iste'molchilar tostdagi magmitni sevib iste'mol qilsalar, boshqalari esa bunaqa ta'mga umuman dosh bera olmaydilar.

Tabiat saxovatli va boy. Mehmondo'st o'zbek dasturxoni bunga yaqqol dalildir. Mazali meva va sabzavotlar, og'izda eriydigan pishiriqlari, betakror ta'mga ega tandirda yopilgan issiq nonlar, sut-qatiq mahsulotlari va shu kabi boshqalar o'zbek oziq-ovqat mahsulotlarining naqadar boyligidan dalolatdir. Azal-azaldan onajonlarimiz erta tongda dasturxonga issiq yopilgan non va qaymoq tortishgan. Erta nasibadan qolma, kechki nasibaga borma kabi o'zbek xalq maqollarida aytilgani kabi ertalab nonushtada tuyimli mahsulotlarni tanavul qilish maqsadga muvofiqdir. Toza tayyorlangan qaymoq bilan tandirdan endi uzilgan non, asal yoki qane bilan issiq choy, mevalar yoki quritilgan mevalar - har qanday o'zbek oilasidagi nonushtani asosidir. Eng muhimi, xamirturush bilan ko'pchitilgan xamirdan pishirilgan non issiqlikda va o'z bug'ida pishadi, pishgan nonda juda ko'p mayda g'ovaklar hosil bo'ladi. Nonning g'ovakdor bo'lishi uning organizmda hazm bo'lishini osonlashtiradi. Bug'doy unidan tayyorlanadigan nonning kimyoviy tarkibida, asosan, 30—35% oqsil, 60—70% uglevodlar, kletchatka, vitaminlar V, RR, mineral tuzlar, shuningdek, temir, kalsiy, fosfor va boshqa moddalar bor. Qaymoq sutdan ajratib olinadigan quyuq yog'li maqsulot. Sutga o'zbekchasiga ishlov berishning birinchi bosqichi — uni qaynatish va qaymog'ini olishdan iborat. Issiqqina non va pishirilgan sutdan olingan qaymoq nonushtaga takrorlanmas ta'mga ega bo'ladigan tanlovdir.

Tushlik - an'anaga ko'ra va ba'zi odamlarning xohishiga ko'ra har xil bo'ladi. An'anaviy ovqatlanishni xush ko'ruvchilar tushlikda yengil tamaddi qilishsa, ba'zilar kechki ovqat vaqtida iste'mol qilinadigan asosiy taomlarni tushlik vaqtida ye yishni

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

afzal ko'rishadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, yakshanba kuni kunning asosiy taomlari ko'pincha kechqurun emas, balki peshin vaqtida iste'mol qilinadi. Bu taom odatda, qovurilgan go'sht, yorshir pudingi va ikki yoki uch turdagi sabzavotlardan iborat qovurilgan ovqatdir. Maktablardagi ko'plab o'quvchilar va ishdagi kattalar yaxshigina kaloriyalik mahsulotlardan iborat bo'lgan to'yimli tushliklarini plastik idishlarda saqlashadi. Bunday tushlik odatda sendvich, bir bo'lak qizartirib pishirilgan go'sht, meva va ichimliklardan iborat.

Tushlik uchun iste'mol qilinadigan taomlarni shunchaki "ovqat" deb atay olmaymiz, chunki o'zbek taomlari Markaziy Osiyodagi eng rang-barang ovqatlardan biridir va tushlik taomlarini "oshpazlik san'ati namunalari" deb atasak arziydi. Mintaqada istiqomat qiluvchi o'troq va ko'chmanchi millatlarning bir necha asrlar davomida to'plangan oshpazlik an'analari bugungi kunda yagona va hammamizga tushunarli bo'lgan o'zbek oshxonasining mazali taomlari majmuasida mujassamlashgan. Masalan, bir-biridan mazali va betakror qo'y, mol va parranda go'shtlaridan tayyorlangan suyuq taomlardan - sho'rva, quyuq taomlardan esa palovni aytib o'tadigan bo'lsak, ular har bir viloyatning bir-biridan maza-ta'mi, mahsulotlari, tayyorlanish uslubi, shu bilan birga dasturxonga tortish jarayonlaridan farq qiladi. Nafaqat, palov balki, somsalar xam xilma-xil, somsa - O'zbekiston an'analarining ajralmas qismidir. Uni shunchaki go'sht yoki sabzavot bilan to'ldirilgan un mahsuloti deb aytish mumkin emas, bu avloddan-avlodga o'tib kelgan an'anadir. Somsani hamma xush ko'radi va hamma yerda tayyorlashadi. Bozorda turli xil somsalarning keng tanlovi mavjud: har xil shaklli, turli xil masalliqli va turlicha usullarda tayyorlangan.

XULOSA

Jizzax somsasi o'ziga xos ta'mga ega. O'zbek six-kabobining so'z bilan tushuntirib bo'lmas darajadagi betakror ta'mi va xushbo'y hidiga hech bir ta'rif mos emas, kabobni tatib ko'ribgina his etish mumkin xolos.

Shuni aytib o'tish joizki, nonushta yoki tushlikda qanday taom iste'mol qilmaylik u albatta eng avvalo odam organism va sog'liq uchun yetarli darajada foydali, kuch va energiya bera olishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarining xilma-xilligi odam organizmi sarflaydigan kuchning o'rnini bosa olganligi sababli, har doim o'zimiz va boshqalarga tavsiya qiladigan mahsulotlarga e'tiborli bo'lishni talab qiladi.

REFERENCES

1. Karim Maxmudov, O'zbek taomlari. 336 bet, Toshkent 1977

2. Pol Breg, To'g'ri ovqatlanish. 334 bet, Toshkent 2014

3. Hosiyatxon Suvonqulova, O'zbek xalq maqollari. 193 bet, Toshkent 2014

712

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.